Просмотр содержимого документа
«Ochiq dars : Ot so‘z turkumi»
Samarqand viloyati
Kattaqo’rg’on shahar
XTMFMT va TEB ga qarashli
11-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabi
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Bobomurodova Shohista tomonidan
3-“D” sinfida ona tili fanidan
o’tkazilgan ochiq dars
2019-2020- o`quv yili.
Sinf: 3-“D”
Fan: Ona tili
Mavzu: Ot so`z turkumi bo`yicha o`tilganlarni mustahkamlash.
Darsning maqsadi:
Ta`limiy: Kim?, nima?, kimlar?, nimalar? so`roqlariga javob bo`ladigan so`zlar, kishi ism-shariflarining, joy nomlarining, hayvon nomlarining bosh harf bilan yozilishi haqidagi bilimlarni aniqlash, ulardan to`g`ri foydalana olish malakalarini tekshirish, o`quvchilar nutqini o`stirish.
FK1: gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va ifodali o`qiy oladi; Kim?, nima?, kimlar?, nimalar? so`roqlariga javob bo`ladigan so`zlarni yoza oladi.
Tarbiyaviy: Yuksak insoniy fazilatlar mohiyatini anglatish, ularga ongli munosabatda bo`lish, yaxshini yomondan ajrata olish bilimini shakllantirish.
TK5: o`zi yashab turgan joining tarixiy obidalarini bilish.
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo`llab ko`rishga chorlash.
FK2: talaffuz me`yorlariga va bo`g`in ko`cherish qoidasiga rioya qila oladi.
Darsning turi: noan`anaviy mustahkamlovchi dars
Darsning uslubi: savol-javob, og`zaki, xususiydan umumiyga o`tib boorish.
Darsning jihozi: darslik, tarqatma materiallar (test, kartochkalar), rasmli plakatlar.
Darsning borishi
I.Tashkiliy qism.
Hamma so`zning ichida
Salom sevgan so`zimiz
Tilimizni bu so`zga
O`rgatganmiz o`zimiz
Shuning uchun aytamiz
Assalom-u alaykum!
O`qituvchi: Har narsadan xabarchi
Sinfda kim navbatchi
Navbatchi axboroti tinglanadi.
O`qituvchi: Ma`lumot qabul qilindi. Demak, davomatimiz a`lo, buning uchun ota-onangizga, sizga ming rahmat.
O`qituvchi: Bolajonlar! Hozir o`lkamizda qaysi fasl hukm surmoqda?
O`quvchilar: Qish.
O`qituvchi: Qish faslida tabiatimizda qanday o`zgarishlar ro`y beradi?
O`quvchi: Havo soviy boshlaydi, qor yog`adi …
Hamshiraning maslahati mevalar va sabzavotlarga
O`qituvchi: Yanvar oyida bo`ladigan qanday muhim sanalarni bilasiz?
O`quvchi: 1-yanvar – Yangi yil bayrami
14-yanvar – Vatan himoyachilar kuni.
30-yanvar – Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning tavallud topgan kunlarini nishonlaymiz.
O`qituvchi: Hozirgi sabog`ingiz nomi?
O`quvchilar: Ona tili darsimiz,
Navoiy avlodimiz
O`rganib olib bilim,
O`rgatmoq maqsadimiz.
O`qituvchi: Darsning shiori?
O`quvchilar: Chiroyli yoz yozsang xat,
Husnixat ham bir san`at.
O`qituvchi: Maqsadimiz?
O`quvchilar: Kuchli 30talik davlatlar qatoriga kiribA1+maktablarida o`qish.
O`qituvchi: Balli bolajonlarim!
Mening bilag`onlarim
Diqqat qiling o`zimga
Quloq soling so`zimga.
Bolajonlar darsimiz yanada qiziqarli bo`lishi uchun noan`anaviy tarzda, 3 guruhga bo`lib o`tamiz. Sinfimiz sardorlari guruhlarining nomlari bilan tanishtiradilar.
Mana bolajonlar guruh sardorlari bilan tanishib oldik. Endi bugungi darsimizda amal qilishimiz kerak bo`lgan “Oltin qoidalar” bilan tanishib olishimiz kerak bo`ladi.
Intizom
Diqqatni jamlash.
O`ng qo`l qoidasi
O`zaro hurmat.
Agar shu qoidalarga dars davomida amal qilsangiz darsimiz yanada qiziqarli bo`lib o`tadi. Berilgan savollarga a`lo darajada javob bersangiz rag`bat kartochkasiga ega bo`lasiz.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
O`qituvchi: Qani bolajonlar biz o`tgan darsda qanday mavzu o`tgan edik?
O`quvchi: Biz o`tgan darsda kim?, nima? so`roqlariga javob bo`lgan so`zlarni o`tgan edik.
Kim?, nima? so`roqlariga javob bo`ladigan so`zlarni aytadilar.
Gaplar tuzadilar.
Stol ustidagi rasmlarni yopishtiradilar.
O`qituvchi: 2019-yil 19-martda O`zbekiston Respublikasining prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan 5 ta tashabbus ishlab chiqildi. Bolajonlar qani birma-bir tashabbuslarni sanab beringchi?
1-tashabbus: Yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san`atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste`dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
2-tashabbus: Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish.
3-tashabbus: Aholi va yoshlar o`rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
4-tashabbus: Yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish, ular o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish bo`yicha tizimli ishlarni tashkil etish.
5-tashabbus: Xotin-qizlarni ish bilan ta`minlash masalalarini nazarda tutadi.
O`quvchilar tomonidan 5 tashabbusga bag`ishlangan she`rlar aytiladi.
Endi bolajonlar biz siz bilan “Husnixat daqiqasi”ni o`tkazamiz.
Men sizga bitta topishmoq aytaman, qani, javobini topingchi?
Oq yer ochilgan,
Qora bug`doy sochilgan. (Kitob)
III. Yangi mavzu bayoni: Ot so`z turkumi bo`yicha o`tilganlarni
mustahkamlash.
Shaxs va narsa nomini, kishilarning ismi va familiyasini,kasbini, hayvonlarning nomini, narsa-buyumlarning nomini, tabiat hodisalarini, o`rin-joy va hududlarning nomlarini bildirib, kim?, nima?, kimlar?, nimalar?, qayer? so`rog`iga javob bo`lgan so`zlar ot deyiladi. Masalan, cho`pon, stol, chaqmoq, o`rdak, randa, binokor, to`zon, quvur kabi so`zlar otlardir.
225-mashq. She`rni o`qing. Hayvon va parranda nomlarini bildirgan otlarni topib yozing.
Ana sichqon, mushukvoy,
Ana xo`roz, kuchukvoy,
Ana mug`ambir tulki,
Ana o`rdak bilan g`oz,
Ana maymun – sho`x dorboz.
Xo`roz qichqirar: quq-qu!
Bunda yo`lbars, sher yo`q-ku. (Quddus Muhammadiy)
B u mashq orqali darsimizni ingliz tili fani bilan bog`laymiz. Slayd orqali parranda va hayvonlarning rasmi chiqadi o`quvchilar esa birma bir inglizchasini aytadilar.
S ichqon – mouse
M ushuk – cat
Xo`roz – cock
K uchuk – dog
Tulki – fox
O `rdak – duck
G`oz – goose
M aymun – monkey
Yo`lbars – tiger
Sher – lion
“Darvoza” ta`limiy o`yini.
226-mashq. Katakchalar o`rniga mos harflarni qo`yib yozing. Kim?, nima? so`rog`iga javob bo`ladigan otlarni aniqlang.
1
2
3
5
6 4
Poliz ekini
Bog`da ishlovchi kishi
Qiz bolalar ismi
Cholg`u asbobi
O`quv quroli
Meva
Kuy bastalovchi
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
“O`rgimchak to`ri” o`yini. O`quvchilar lenta orqali kim?, nima? so`roqlariga javob bo`ladigan so`zlarni aytadilar.
V. Darsni yakunlash.
Baholash: Dars yakunida guruhlarning rag`bat kartochkalari hisoblanib, g`olib guruh aniqlanadi va baholanadi.
VI. Uyga vazifa topshirish.
Uyga vazifa: 227-mashq. O`qing. Nuqtalar o`rniga mos so`zlarni qo`yib, maqollarni ko`chirib yozing.