kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Ochiq dars ishlanmasi: "Non qayerdan keladi".

Нажмите, чтобы узнать подробности

4-sinf

Oschiq dars ishlanmasi:Non qayerdan keladi

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Ochiq dars ishlanmasi: "Non qayerdan keladi".»


Mavzu: Non qayerdan keladi?

Maqsadlar:

ta'limiy: o'quvchilarni Qambar O'tayevning «Non qayerdan keladi?» she'ri bilan tanishtirish;

tarbiyaviy: nonning aziz ne'mat ekanligini uqtirish, uni uvol qilmaslikka o'rgatish, she'r orqali o'quvchilarda nonni e'zozlash va qadrlash hissini rivojlantirish;

rivojlantiruvchi: o'quvchilarningifodalio'qishmalakalariniva non tayyorlashmashqijarayonidaqo'lmotorikasinirivojlantirish.

Darsturi: yangibilimberuvchi, noan'anaviy.

Darsmetodi: guruhlardaamaliyishlash, aqliyhujum, o'z-o'zinibaholash, boshqotirma, «Venn diagrammasi».

Didaktikvositalar: non turlariaksetganrasmlar, rubob, o'quvchilargatanishtirishuchunbug'doy, unvaboshqotirmausulidagitarqatmalar.

Texnik vositalar: proyektor, ekran, kompyuter, disk.

Darsning borishi

I. Tashkiliy qism (3 daqiqa). (O'qituvchi tomonidan dars nomi

va кип hikmati e'lon qilinadi. O'quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi).

Dars nomi: «Non — eng aziz ne'mat»

Kun hikmati:

Non aziz, eng halol * Non serob bemalol. Bo'lmasin hech uvol, Uvog'ini terib ol.

II. O'tilgan mavzuni mustah-kamlash (7 daqiqa).

Shoir Shukur Sa'dullaning «Yoz»she'ri tezkor savollar orqali yodga olinib, o'tilgan mavzu mustahkam-lanadi. Har bir o'quvchiga tezkor savollar tarqatiladi. Uning natijasi o'z-o'zini baholash usuli orqali aniqlanadi.

III. Yangi mavzuni tushuntirish (20 daqiqa).

(O'qituvchi bugungi mavzuni e'lon qiladi va o'quvchilarni guruhlarga ajratadi).

O'qituvchi: — Bugun darsda shoir Qambar O'tayevning «Non qayerdan keladi?» she'rini o'tamiz.

«Aqliy hujum» metodi o'tkaziladi. «Non qayerdan keladi?» savoliga o'quvchilarning javoblari tinglanib, umumlashtiriladi. Ekranda ovozli slayd namoyish etiladi. Unda nonning qanday paydo bo'lishi va uning tayyor holda dasturxonimizga yetib kelguncha bo'lgan jarayon hikoya qilinadi. She'r o'qituvchi tomonidan ifodali o'qib beriladi.

So'ng har bir guruh o'quvchilari she'rni qismlarga bo'lib, ifodali o'qiydilar.

Non qayerdan keladi? 1- guruh:

Uyga kelganda mehmon

Oyim yozar dasturxon.

Oldiga non qo'yishar,

Eng awal non yeyishar.

Mehmonuygayo'lolar,

To'g'ram-to'g'ram non qolar...

Yuzyoshdanoshganbobom

Dadamlarga der: — Bolam,

2- guruh:

Non qayerdan keladi, Bular qaydan biladi? Qurit, qopga solib qo'y, Nobud qilma, olib qo'y. Bolalar ko'chamizda Qish, bahor yoz-u kuzda Non yeb yurishar, gohi Tushar yerga ushog'i.

3- guruh: O'yga tolib qolar jim To'qsonga kirgan buvim Ko'ziga yosh oladi:

— Non qayerdan keladi,

Bular qaydan biladi?

Bobomlar qotgan nonni

Boqsam, qiynalib joni

Hovonchalarda tuyar,

Ushog'in o'pib qo'yar.

Lug'at ustida ishlash va ohangdosh so'zlarni topish guruhlarga vazifa qilib beriladi.

Ohangdosh so'zlar:

qo'yishar — yeyishar

yo'l olar — non qolar

solib qo'y — olib qo'y

keladi — biladi

Lug'at ishi:

Hovoncha — qotgan nonlar solib tuyuladigan idish.

O'quvchilar ohangdosh va mazmuni yaxshi tanish bo'lmagan so'zlar bilan tanishtirilgach, she'rning umumiy mazmunini o'qituvchi bilan birgalikda tahlil qiladilar. Birinchito'rtlikdagimehmonkelgandadasturxonyozib, oldiga non qo'yishkerakligiodobnomadarslarida ham o'tilganiesgaolinadi.O'quvchilarshe'rning keyingi to'rtligidagi nonning yerga tushgan ushog'idan ta'sirlanib, ko'ziga yosh olgan to'qson yoshli buvi holatini va non ushog'ini ko'zlariga surtib o'pgan, yuz yoshdan oshgan bobo holatini «Venn diagrammasi» usuli orqali tasvirlaydilar.


Bobosi


Buvisi

nuroniy


ko'nglibo'sh

mehribon


yumshoq

saxiy

рок vijdonli

halol

nasihatgo'y

inson

hammanarsaning

jiddiy


qadrigayetuvchi

tejamkor


nonnie'zozlovchi


Non — qadim-qadimdan ulug'lanib, har bir xonadonda muqaddas va aziz hisoblangan ne'mat. O'qituvchi bu haqda hikoya qilish jarayonida o'quvchilarni non turlari, pishirish usullari va texnologiyasi bilan ham tanishtiradi.

















I. Nonning pishirish usuliga ko'ra turlari: tandir non, tova non, gaz pech non.

II. Tarkibiga ko'ra turlari:

bug'doy non, arpa non, makkajo'xori va oq jo'xori non.

III. Tayyorlash texnologiyasiga ko'ra:

obi non, gijda non, patir non, shirmoy non, (ba'zan lochira non ham alohida texnologik turga kiritiladi). Dam olish daqiqasi.

Musiqa faniga bog'langan holda o'tkaziladi. «Non aziz — eng halol» qo'shig'i o'quvchilar bilan rubob jo'rligida ijro etiladi. (Po'lat Mo'min she'ri, Shermat Yormatov musiqasi).

«Amaliy ish» metodi. Bu metod mehnat faniga bog'langan holda o'tkaziladi. O'qituvchi o'quvchilarga oldindan tayyorlab kelingan xamir bo'laklaridan beradi. Va bu xamirdan non yasash mumkinligini aytib, uning tarkibini tushuntiradi.

O'qituvchi: — Non xamirini tayyorlash uchun, dastlab qaynab chiqqan suvni ilitib, unga tuz, xamirturush, so'ngra un solib xamir qoriladi. Yaxshilab qorilgan xamirni oshirish uchun uni maxsus qalin dasturxonga o'rab, ikki .soatga dam oldirib qo'yiladi. Qo'limizdagi xamir ham ana shunday oshirilgan bo'lib, endi sizlar bilan undan non yasaymiz.

O'qituvchi dastlab bir bo'lak xamirdan o'zi non yasab ko'rsatadi. O'quvchilar esa atrofida aylana shaklida turishib, nonning yasalishi bilan tanishadi.

O'qituvchi: — Qani ayting-chi, bolalar, bu non shakliga o'xshadimi?

— Ha (bolalar bir ovozda javob berishadi).

O'qituvchi: — Non ko'rinishi matematika fanidagi qaysi shaklni eslatyapti?

O'quvchilar: — Dumaloq.

O'qituvchi: — Barakalla bolalar, keling, unda sizlar ham qo'lingizdagi xamirdan shunday non yasashga harakat qilib ko'ring.

(O'quvchilar 3 guruhga bo'linadi. Ular orasidan mehnat fanidan eng faol bo'lgan o'quvchilar tanlanib, ikki daqiqa vaqt mobaynida non yasashga kirishadilar).

O'qituvchi o'quvchilarning ishini kuzatar ekan, xamirgacha bo'lgan jarayonni tushuntirib, tabiiy bug'doy va tegirmondan chiqqan unni ko'rsatadi.

O'qituvchi: — Barakalla bolalar, siz juda chiroyli nonlar yasadingiz. Endi ularni pishirish uchun maktab oshxonasidagi oshpaz akalarimizga beramiz. Ular nonlarni tanaffusga chiqqunimizcha pishirib qo'yishar ekan. Bugun tushlikda siz o'z qo'llaringiz bilan yasagan nonlarni tanovul qilasiz. O'quvchilar xursandchiliklaridan

с h a pак chalishadi.

Bu metod yordamida o'quvchilar nonning tayyorlanish jarayoni bilan qisman bo'lsa- J da, tanishadilar. «Non ** yopayotgan novvoy» rasmi asosida esa v— o'qituvchi xamir yasash jarayonidan keyingi bosqich- • larni ham gapirib beradi.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa)

Har uchala guruhga mazkur bo'g'inlarni birlashtirib, ulardan qanday maqol hosil bo'lishini topish vazifasi beriladi.

«Nonning uvog'i ham non» maqolini birinchi bo'lib topgan guruh, maqolni non haqidagi o'zlari bilgan birorta she'rga bog'lagan holda izohlab beradi. Nonni nima uchun qadrlash kerakligi o'quvchilardan so'raladi. O'quvchilarning fikrlarini o'qituvchi xulosalaydi. Dars boshida e'lon qilingan kun hikmatiga oydinlik kiritiladi.

Non aziz - eng halol














Non serob, bemalol.

Bo'lmasinhechuvol,

Uvog'initeribol.

V. O'quvchilarnibaholashvauygavazifaberish(5 daqiqa).

Bu bosqichda darsda va amaliy ish qismida faol qatnashgan o'quvchilar rag'batlantirilib, baholanadi.

Uyga vazifa: Qambar O'tayevning «Non qayerdan keladi?» she'rini yod olish.

Xulosaqilibaytganda, boshlang'ichsinflardatabiatshunoslik, mehnat, musiqa, o'qishvaonatilifanlaribog'langanholdaolibborilsa, o'quvchilarijodkorligivadarssamaradorligigaerishishimkoniyatioshadi. Buninguchunpedagogdanboshqafanlarbilanbog'liqjihatnidarsdao'rinlivakerakliuslubdaqo'llaybilishtalabqilinadi. Agar o'qituvchilarimizanashumuhimjihatnihisobgaolsalar, albatta, integratsiyalashgandarslarnio'tishdamuvaffaqiyatgaerishadilar.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 4 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Ochiq dars ishlanmasi: "Non qayerdan keladi".

Автор: Adilova Tursuntosh Azimovna

Дата: 07.04.2020

Номер свидетельства: 545731


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства