kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Ochiq dars ishlanmasi :ilk saboq

Нажмите, чтобы узнать подробности

Maqsad: ilk saboq mavzusi orqali o'quvchilarni bilimlarini boyitish

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Ochiq dars ishlanmasi :ilk saboq»







O’ZBEKISTON REPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI

KATTAQO`RG`ON SHAHAR XALQ TA’LIMI BO’LIMIGA QARASHLI 2-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI

BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISI

G.KAMOLOVA ISH TAJRIBASI

ILG’OR ISH TAJRIBALAR AMALDA

BOSHLANG’ICH SINFLARDA O’QISH FANIDAN ILK SABOQ”

















2019-2020-o’quv yili













ILG’OR ISH TAJRIBALAR AMALDA



BOSHLANG’ICH SINFLARDA O’QISH FANIDAN ILK SABOQ”

(Yosh mutaxasislar uchun metodik qo’llanma)





































Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyevning dono fikrlarida aytiladiki-

Biz kimmiz, qanday ulug’ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o’zligiga sodiq qolishiga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan ”

Sh.M. Mirziyoyev









Kamolova Gavhar Asadullayevna 1973-yil 15-noyabrda Kattaqo'rg'on shahrida ziyoli oilasida tug'ilgan.1981-yildan, 1988-yilgacha Kattaqo'rg'on shahridagi 2-maktabda a'lo baholarda o'qib, 1988-yil Kattaqo'rg'on pedagogika bilim yurtining “ Boshlang’ich sinf o’qituvchisi”yo’nalishi bo’yicha o’qishga kirdi.

1992-yil shu bilim yurtini tugatib, shahardagi 19-MTM tarbiyachi lavozimida ishladi.1997-yilda shahardagi 2-umumta’lim maktabiga “Kuni uzaytirilgan guruhlarda”tarbiyachi bo’lib ishga kirdi.1998-yildan “Boshlang’ich sinf”o’qituvchisi bo’lib ishlab kelmoqda.

2006-2009-yillarda A.Navoiy nomidagi SamDUda sirtdan o’qib, o’z malakasini oshirdi. Gavhar Kamolova 28 yillik pedagogic faoliyati davomida yuzlab o’g’il-qizlarni beg’ubor bolalikning sehrli olamidan kamollik sari yetaklagan ustoz muallimdir. Shahar semenarlarida ochiq darslari, ma’ruzalari bilan doimiy faol qatnashadi.Ta’lim sohasida kiritilgan innovatsion texnologiyalarni qo’llab , o’quvchilarga zamon talablari darajasida puxta bilim berib borishda izlanuvchan ustoz.

Donolar bisotida “Dunyoda shunday insonlar borki, ularning so’zlari nur, tafakkuri dur, hayot yo’li ezgulik va saxovatga to’la bo’ladi ”deyilgan.Bu sifatlar go’yo G.Kamolova kabi mohir va tajribali pedagog , dilkash o’qituvchilarga atab aytilgandek.

G. Kamolova bir qancha maktab faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.Darslarni yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’zaro hamjihatlikka, ijodkorlikka, topqirlikka –o’rgatadidegan xulosaga asoslanib ustoz har bir darsga ulardan foydalanadi. Ta’lim sohasida xizmat qilayotgan fidoyi ustozga doimo yosh murg’ak qalblarga ta’lim-tarbiya berishda, ustozlik kasbiga omadlar tilab qolamiz.


O’IBIBM: Tursunova .M.S





Mavzu: ILK SABOQ Raim Farxodiy


Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga DTS talablari asosida bilim berish. O’rganilgan asarga mustaqil ravishda baho bera olishga o’rgatish. O’quvchilarga ustoz va murabbiy bilim chashmalarini ochuvchi ulug’ va mo’tabar inson sifatida e’zozlanishi haqida bilim berish. FK1:ertak va she’riy matnlarni tinglab tushuna oladi.

Tarbiyaviy: O’quvchilarni ona tilimizga hurmat ruhida tarbiyalash . TK2:Turli manbaalardan (kitobcha ,telefon va kompyuterdan ) foydalanish. TK3: Kun tartibiga amal qilish ; TK5: odob-axloq normalariga rioya qilish.

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni maktab haqidagi fikrlarni boyitish, rivojlantirish. FK2:Asar mazmunidan ta’sirlana oladi.

Dars turi: O’tgan mavzuni mustahkamlash. Yangi bilim berish.

Metodi: Savol-javob, guruhlarda ishlash,aqliy hujum.

Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazmalar , multimediyali ilovalar ,tarqatmalar, test savollari

DARS TAQSIMOTI

T/R

Dars bosqichlari

Bajariladigan ish mazmuni

Bajariladigan ish shakli

Ajratilgan vaqt

1.

Tashkiliy qism

O’quvchilarni darsga tayyorlash. Navbatchi axboroti.

Suhbat.

3 daqiqa

2.

O’tilgan mavzuni takrorlash va mustahkamlash.

Otilgan mavzuni takrorlash. Savol va topshiriqlar berib xulosalash.

Savol javob

10 daqiqa

3.

Yangi mavzu ustida ishlash

“ILK SABOQ”

Ko’rgazmalilik

20 daqiqa

4.

Yangi mavzuni mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash.Savol va topshiriqlar

Savol javob

10 daqiqa

5.

Darsni yakunlash va o’quvchilarni rag’batlantirish.

Darsga faol ishtirok etgan o’quvchilarni baholash va rag’batlantirish.

Rag’bat

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism.Salomlashish.Davomatni aniqlash.Navbatchining axboroti.

O’quvchilar: Assalomu alaykum, aziz ustozim,

Hamisha biz sizga qilamiz ta’zim

O’qituvchi: Va alaykum assalom, bolajonlarim,

Ishonchim, quvonchim, aziz o’quvchilarim.

O’qituvchi: Qani, ayting bolalar,

Kim navbatchi bo’ladi?

Ushbu kunning hisobin,

Menga aytib beradi?

O’quvchi: Menman bugun navbatchi,

Gullarga suv quyuvchi,

Sanani ham aytivchi.

Bugun oktabr oyining 25-sanasi.Sinfimizda jami 35 nafar o’quvchi shundan 13 nafari qizlar.Darsga hamma ishtirok etayapti.

O’qituvchi:So’zlang hozir qaysi dars

Tayyormisiz saboqqa?

A’lo baho olish uchun

Aniq, to’g’ri javobga.

O’quvchilar: Darsimiz o’qish darsi,

O’qish va uqish darsi.

O’qituvchi:Bolajonlar bugun ona tilimizga Davlat tili maqomi berilganiga necha yil to’ldi?

O’quvchi: Bugun ona tilimizga Davlat tili maqomi berilganiga 30 yil to’ldi. “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim!” shiori ostida nishonlandi.

O’qituvchi: Bolajonlar Konstitutsiyamizning nechanchi moddasidagi qonunda belgilangan.?

O’quvchi: O’zbekiston Respublikasining Davlat tili o’zbek tilidir “Davlat tili haqida”gi qonun 1-modda.

1-o’quvchi : Eshitganman ilk bor shu tilda alla,

Kuylaganman ilk bor shu tilda yalla

O’zbegim, o’zligi timsoli sensan,

Shu tilda kuylayver, kuyla baralla.

2-o’quvchi: Ona tilim sen borsan shaksiz,

Bulbul kuyin she’rga solaman.

Sen yo’qolgan kuning shubhasiz,

Men ham soqov bo’lib qolaman.

3-o’quvchi:Momolarim alla aytgan sen bilan

Navoiy ham ijod etgan sen bilan

Istiqlol ham birga qaytgan sen bilan

O’zbek tilim singib ketgan qonimga

Ko’rk berasan she’rlarim-u borimga.

4-o’quvchi: Til-millatning qalbi, ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan bebaho xazina.

5-o’quvchi: Til-umumbashariy qadriyat, insoniyatga ato etilgan ulug’ ne’matdir.

6-o’quvchi: Muhtaram Yurtboshimiz “ Ona tili bu-millatning ruhida o’z tilini yo’qotgan har qanday millat o’zligidan judo bo’lishi muqarrar”deya ta’kidlaydilar.

7-o’quvchi:Til-shaxsni shakllantirgan, millatni vujudga keltirgan uni taraqqiyot bosqichiga olib chiqqan mo’tabar xilqat.

O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. O’quvchilardan she’rni yoddan so’rash.

Bolajonlar o’lkamizga hozir qaysi fasl? Kuz fasli.

Kuz fasli bo’lganligi uchun bog’dagi daraxtlar “Xazonchinak” o’yinini taklif etishyapti.O’yin o’ynash orqali bog’dagi qolgan hosilni yig’ib olishga harakat qilamiz.





































Bunda barglar orasida qolib ketgan olmalarni topib berilgan savollarga javob bergan o’quvchi o’yinimiz g’olibiga aylanadi.

1.She’rdagi o’quvchi nima uchun xayol surib qoldi?

2.Uning xayollari tasvirlangan bandni topib o’qing?

3.Siz ham shu bolani holatiga tushib qolishingiz mumkinmi?

4.She’rning muallifi kim?

5. Kavsar Turdiyevaning yana qanday she’rlaridan bilasiz?

Yangi mavzuning bayoni: Ilk saboq Raim Farxodiy

She’r muallifi bilan tanishtirish.

Raim Farxodiy o’zbek shoiri, yozuvchi, dramaturg,journalist, tarjimonva rassom. O’zbekiston rassomlar uyushmasi akademiyasi a’zosi, “Buloqch a”ekologik jurnalining bosh muharririva yoshlar san’at va ijodiyot studiyasi rahbari.O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, “Do’stlik”ordeni bilan taqdirlangan. 50 dan ortiq kitob muallifi. Bobomiz Alisher Navoiyning asarlarini tarjimoni.

Multimediali slayd orqali mavzu yoritiladi.

Topishmoqlarga javob topilsa mavzu nomi kelib chiqadi.

ILK SABOQ RAIM FARXODIY


Bugun rosa shodlandik,

Maktab tomon otlandik.

Ostonadan hatlaymiz,

Darsga she’rlar yodlaymiz.


Ilm olib behisob

O’qiymiz qancha kitob ,

Aql-idrok bulog’I,

O’quvchining o’rtog’i.


Yordam ayamas har on,

Ustoz –eng aziz inson,

Ustozga biz havasda ,

Taqdim etdik guldasta,

Bo’ldi rangin kamalak,

Ustozga aytdik tilak,

Jaranglasin qo’ng’iroq,

Darslar boshlansin tezroq!

She’rni o’quvchilar navbat bilan o’qiydilar.Mazmunini muhokama etish.

1.She’r kimlar haqida?Siz maktab va ustoz haqida yana nima deya olasiz?

Lug’at ishi o’tkaziladi.

Sahna ko’rinishi:

Husayn Boyqaro :

Do’stim, Mir Alisher, oqilsiz ,

Yaxshilab fikrlab ko’ring.

Birinchi o’ringa qo’yursiz kimni-

Aziz otangiznimi yoki muallimni?

Alisher Navoiy

Avval ustozimga bergayman salom!

Husayn Boyqaro:

Hayhot ! Nechun ?

Nahot otangizdan ulug’dir ul zot?

Alisher Navoiy:

Ha, otam joy olmish yurak-yurakdan.

Yerga tushirdilar meni falakdan ,

Ustozchi, ko’nglimni burib iymonga ,

Ko’tardilar meni yerdan osmonga.

Husayn Boyqaro: Ofarin, barakallo, tasanno!

Ustozlar haqida sh’erlar so’rash.


Bolajonlar “Kitobni –beminnat ustoz ”deb aytsak ham bo’ladimi?

Kitob bizni har daqiqa donishmandlarning bilim xazinasi bilan oshno eta oladi.Prezidentimiz tashabbuslari bilan “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbus besh muhim imkoniyat amalga oshirilyapti ”

Dam olish daqiqasi:Ustozlar qo’shig’ini kuylash.

Kitob haqida maqollar, she’rlar,topishmoqlar so’rash.

Qatorlar musobaqasi

1-qator

VENN DIAGRAMMASI


2-qator

KLASTER





3-qator

BOSHQOTIRMA


KITOB BILIM BULOG’I

Dars yakuni: Darsga faol qatnashgan o’quvchilarni baholash va rag’batlantirish.

Uyga vazifa:She’rni yod olish.





Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 2 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Ochiq dars ishlanmasi :ilk saboq

Автор: Kamolova Gavhar Asadullayevna

Дата: 01.04.2020

Номер свидетельства: 544814


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства