kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Ochiq dars ishlanma:"Nutq.Matn"

Нажмите, чтобы узнать подробности

Sinf 4

Darsning mavzusi Nutq.Matn

Darsning maqsadlari 

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Ochiq dars ishlanma:"Nutq.Matn"»

Sinf : 4-

Sana: Fan: Ona tili

I.Darsning mavzusi: Nutq.Matn.

II.Darsning maqsadi: nutq,matn so`zlariga izoh berish, nutqning inson hayotidagi tutgan o`rni haqida tushuncha berish, matn haqidagi bilimlarini kengaytirish.

FK 1: o`qilgan matn mazmunini anglash,tanlangan matnga sarlavha va reja tuza olish, tuzilgan rejani ijodiy matnni mantiqiy izchillikda xatboshi, imlo,husnixat qoidalariga amal qilib yoza olish.

b)o`quvchilarni tilimizni qadrlashga ,hurmat bilan munosabatda bo`lishga o`rgatish

TK4: o`quvchilik burch va huquqlarini bilish,ularga rioya qilish

v)mashq matnlari orqali bog`lanishli nutqni o`stirish

FK2: so`zlarni og`zaki va yozma nutqda o`rinli qo`llash

III.Darsning turi: Yangi bilim beruvchi

IV.Darsning metodlari: suhbat,analiz,ta`limiy o`yinlar,savol-javob,collection

V.Darsning jihozi: plakat,slaydlar,rasmlar,tarqatma materiallar

VI.Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism: o`quvchilarni aylanma daftarlarini tarqatish,darsga tayyorgarlik nazorati,o`quvchilarni guruhlarga bo`lish)

-Bolajonlar hamma ona tili darsiga tayyormi?

-Bobolardan meros qolgan

Butun olam e`zoz qilgan

Bu dunyoda yagonamsan

Ona tilim- jonu dilim!

-Bugun darsimizni guruhlarga bo`lib o`tamiz.

-Eng nutqi ravon o`quvchilar guruhi:”Yosh tilshunoslar”

-Eng husnixati chiroyli o`quvchilar guruhi “Yosh xattotlar”

-Eng fikri teran o`quvchilar guruhi “Tafakkur” deb nomladik.

-Darsimizni “Ofarin-5 baho”, “Yaxshi-4 baho”, “Intiling-3 baho” bilan baholaymiz

Darsning rejasi:

1.”Fikrni to`ldir”ta`limiy o`yini

2.Ma`naviyat daqiqasi

3.Chiroyli ta`rif

4.Collection

5.Husnixat

6.Yangi mavzu:Nutq.Matn

7.Darslik bilan ishlash

8.Tarozi

9.Piktogrammalar

-Bugun O`zbekiston Respublikasining “Davlat tili” haqidagi Qonunining qabul qilinganligining 30yilligi “TARIXIMSAN,TAQDIRIMSAN, KELAJAGIMSAN, ONA TILIM!” degan ezgu g`oyani o`zida mujassam etgan shior ostida o`tmoqda. Barchangizni ushbu bayram bilan muborakbod etaman. Darsimiz ona tilimizga bag`ishlanadi. Mana shu g`oyadagi so`zlarning ma`nosini dars davomida yoritib boramiz.

-uy vazifasini aniqlash,tekshirish, xatolar tahlili 80-mashq

2.O`tilgan mavzuni mustahkamlash

1.”Fikrni to`ldir”

Quyidagi berilgan gapga yana 3 ta yangi fikr qo`shib yozing,yozgan fikringiz berilgan gapga mazmunan bog`lansin.

1-guruh: Yer yuzida 6000 ga yaqin til mavjud

1.......................

2......................

3......................

2-guruh:Ona tilimiz-turkiy tillar oilasiga kiradi.

1.......................

2......................

3......................

3-guruh:Ona tilimiz qadimiy tillardan bo`lib,boshlanishi VI-VII asrlarga borib taqaladi

1.......................

2......................

3......................

Fikrlar umumlashtirilib ,to`ldiriladi.

2.Ma`naviyat daqiqasi

Demak ona tilimiz ajdodlarimizdan meros bo`lib qolgan qadim tildir.U bizning tariximiz.

TARIXIMSAN”

3.”Chiroyli ta`rif”

Har bir guruhga uyga vazifa qilib berilgan M.Yusufning she`rlaridan Vatanimizga berilgan “chiroyli ta`riflarni” ,ya`ni parchalarni eshitamiz.

1-guruh:

O`g`lim,desang osmonlarga G`irot bo`lib uchgayman,

Chambil yurtga Alpomishga navkar bo`lib tushgayman

Vatanim” she`ridan olingan bu parchada “O`g`lim” undalmasi qatnashgan.

1-ta`rif:

-So`zlovchining nutqi qaratilgan shaxsni bildirgan so`z undalma deyiladi

(ta`riflar doskaga ilinadi).

2-guruh:

Yurtim, ko`nglingdek keng osmonlaring bor

Yulduzni yig`latgan dostonlaring bor

Osmonlaringda ham,diydoringga zor

Jayrondek termulgan Cho`lponlaring bor

Yurtim”she`rida undalma “Yurtim” so`ziga ,ya`ni yurtiga qaratilgan.

2-ta`rif:

Undalma bosh kelishikda keladi,ohang bilan ajratib aytiladi.

3-guruh:

Qurboning bo`layin,ey onajonim,

Sening faryodlaring-mening fig`onim

O`tmishingni o`ylab,qiynalar jonim

Aytsam ado bo`lmas dostonlaring bor

Yurtim” she`rida onajonim undalmasi qatnashgan.

3-ta`rif:

Undalmaning gapdagi o`rni erkin,yozuvda vergul yoki undov belgisi bilan ajratiladi.


4.COLLECTION



5.Husnixat daqiqasi

Har bir tilning poydevori

Yozuv harflaridir azal

So`z tuzadi,ular so`zga

Ma`no berar galma-gal

Bugungi mavzu uchun berilgan multimediali ilovamizda husnixat bilanquyidagi gapni yozamiz.

Sog` tanda-sog`lom aql

Yurtimizda yoshlarni bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo`yicha 5ta muhim tashabbus qabul qilindi. Bu tashabbusning 2-si nima?

Sportning turli yo`nalishlari bo`yicha jahon arenalarida sportchilarimiz oltin,kumush,bronza medallarini qo`lga kiritmoqda. Ular “O`zbek” nomi bilan o`zbek madhiyasi bilan yurtimiz,sha`nini himoya qilmoqdalar. Madhiyamiz jahon bo`ylab yangramoqda. O`zbek tili bor ekan-millat ruhi o`lmaydi,millat yo`qolmaydi shuning uchun tilimiz taqdirimiz!

TAQDIRIMSAN

3.Yangi mavzuni bayoni:

NUTQ.MATN

1-guruh:Maktabimizda



______________ _____________ ______________ _____________

sport to`garaklari tashkil etilgan.

2-guruh:Boshlang`ich qismi berilgan matnni davom ettir.

Maktabimizda gimnastika,boks,kurash,karate sport to`garaklari tashkil etilgan.

.............................. ...............

Karate sport to`garagiga murabbiy Erkin aka ustozlik qiladilar. Bolalarga karate sport turini barcha sirlarini o`rgatib kelmoqdalar.

3-guruh:Berilgan sodda gapdan yangi gap tuz.

Bolalar chiniqadilar

Bolalar g`olib bo`ladilar.

Bolalar karatedan chaqqonlikni,hushyorlikni o`rganadilar,chiniqadilar. Bolalar respublika miqyosida o`tkazilgan musobaqalarda g`oliblikni qo`lga kiritib kelmoqdalar.

3ta matn birlashtirilib mavzu savol-javob orqali tushuntiriladi.

Biz fikrimizni qanday ifoda etamiz?

Nutq orqali. Nutq gaplar orqali bildirilgan fikrdir.

Nutq qanday shaklda bo`ladi?

Og`zaki va yozma

Nutq kishilarga nima uchun kerak?

Xabar berish,so`rash,maslahat,iltimos,buyruq,hayajonini aytish uchun

Karate to`garagi” tuzgan matnimiz nimalardan tuzilgan?

Gaplardan.O`zaro mazmunan bog`langan bir nechta gapdan tuzilgan.

Nutqning yozma shakli matndir.Uni qismlarga bo`lish,sarlavha qo`yish , reja tuzish mumkin. Nutq-she`r shaklida ham ifodalanishi mumkin. Yer yuzidagi barcha insonlar bir-birlari bilan nutq orqali muloqot qiladilar. Nutq faqat insonlarga xosdir. Dunyodagi millatlar o`z ona tillarida so`zlashadilar. Yer yuzidagi 6000 tildan 2300 ga yaqini yo`qolib ketish arafasida,shunday tillar ham borki, unda 10dan 50 tagacha inson so`zlashadilar. Til yo`qolsa millat yo`qoladi. Shuning uchun tilimiz kelajagimizdir!

KELAJAGIMSAN!

83-mashq

Nutq she`r ko`rinishida ham ifodalanadi.

7.Yangi mavzuni mustahkamlash.

8.Tarozi

O`yin.Dam olish daqiqasi.

Har bir guruh tarozi pallasiga tilimizdagi eng go`zal so`zlardan yozadilar,ikkinchi pallasiga esa salbiy so`zlardan yozadilar.


-Tarozida hamma vaqt yaxshi so`zlar og`ir bosadi. Chunki ular insonni quvontiradi go`zal qiladi,mehrli,sadoqatli,qalbini pok,vijdonli qiladi,umrini uzaytiradi.

-Yomon so`zlar insonni umrini qisqartiradi,dilni yaralaydi,sog`lig`ini yomonlashtiradi, obro`sini to`kadi.

Tilimiz naqadar so`zlarga boy,lug`atimizda so`zlar xilma-xildir.

Turkiy tillar daraxtining eng azamat butoqlaridan biri bo`lgan o`zbek tilimizni ,ona tilimizni asraylik,qadrlaylik.

ONA TILIM!

Piktogrammalar


foydalanamiz!

Hozirgi fan-texnika taraqqiyot etgan zamonda ushbu belgilar ham fikrni ifoda etadi.

Topshiriq

Siz maktab hayotida qanday piktogrammalarni tashkil etgan bo`lardingiz?

Taqdimotlar xulosalanadi.

VII.Darsning yakuni

-O`quvchilarni bilimini baholash

-Uy vazifasi 84-mashq

Ona tilim she`ri
















KATTAQO`RG`ON SHAHAR

17-IXTISOSLASHTIRILGAN DAVLAT

UMUMTA`LIM MAKTABI

BOSHLANG`ICH SINF O`QITUVCHISI

ABDULLAYEVA HILOLANING



MAVZU: NUTQ. MATN.







2019 - 2020 O`QUV YILI


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 4 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Ochiq dars ishlanma:"Nutq.Matn"

Автор: Abdullayeva Xilola Baxodirovna

Дата: 02.04.2020

Номер свидетельства: 545008


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства