kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Ochiq dars ishlanma: "Non ulug' ne'mat"

Нажмите, чтобы узнать подробности

Sinf 2

Mavzu Non ulug‘ ne'mat

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Ochiq dars ishlanma: "Non ulug' ne'mat"»

Sana:

Sinf:

Mavzu:Non ulug` ne`mat

Darsning maqsadlari:

Ta`limiy:o`quvchilar o`qish orqali rizq-u ro`zimiz non haqida tushunchaga ega bo`ladi. O`qilgan she`r mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob berish, ularda to`g`ri va ifodali o`qish malakalarini shakllantirish.

FK 1: she`riy matnni tinglab tushuna oladi va bir daqiqada ongli ,ifodali, to`g`ri ,tez 30-35 ta so`zni o`qiy oladi.

Tarbiyaviy: o`quvchilarda nonni asrab-avaylash,uvol qilmaslik, tejamkorlikka rioya qilish, mehnatsevarlik ko`nikmalarini tarbiyalash.

TK 3: o`zining o`quvchilik burchi va vazifalarini bilish, unga rioya qilish,o`zidan kattalarga, o`rtoqlariga va o`zidan kichiklarga yordam berish.

Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning og`zaki nutqini, fikrlash qobiliyatini, topishmoqlar javobini topish malakasini rivojlantirish.

TK 2: o`quv fanlarini o`rganish va bir-biridan farqlash, o`z xatosini tushunish va tuzatish.

Dars turi:yangi tushuncha va bilimlarini shakllantiruvchi.

Dars metodi: suhbat,ko`rgazmalar va tarqatma materiallar, “Zanjir” metodi, “Mozaika” o`yini.

Dars jihozlari: darslik, texnik vositalar, rasmlar, rebus, test savollari, slayd va lavhalar, yasalgan va yopilgan nonlar.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism.

O`quvchilar bilan salomlashib, davomat aniqlanadi.

O`quvchilarning darsga hozirligini tekshirish.

O`quvchilarga darsning “Oltin qoidasi” eslatiladi. O`quvchilar “Nonvoy”, “Dehqon”, “Bug`doy” guruhlariga bo`linib oladi. Guruh a`zolari o`zlarini tanishtiradi.

Dehqon guruhidan bitta o`quvchi dehqon bo`lib kiyingan holda qo`lida kichik ketmoni bilan she`r aytadi:

Men dehqon bobongizman,

Belni mahkam bog`layman.

Ketmon-u teshalarni

Zo`r yumushga chog`layman.

Bug`doy” guruhidan bitta o`quvchi qo`lida bug`doy boshoqlarini ushlagan holda she`r aytadi:

Bug`doyman men oltin rang,

Hosilim ko`p bir qarang.

Xirmon to`la boshoq ,don,

Dasturxonda to`la non.

Nonvoy” guruhidan bitta o`quvchi chiqib, novvoy kiyimida ,qo`lida kulcha bilan she`r aytadi:

Har tong erta turaman,

Tandirga o`t qalayman.

Xamir qorib, non yopib,

Elga xizmat qilaman.

Dars davomoda har bir guruh o`quvchilari rag`batlantirilib boriladi.

II.O`tilgan darsda berilgan uyga vazifani tekshirish va o`quvchilarni baholash:

1.Davom ettir o`yini orqali har bir guruhdan ketma-ketlikda o`quvchilar mavzu so`zlab beradilar.

2.”Chala xat” mashqi orqali mavzu mustahkamlanadi. 3 guruhga 3 ta qog`ozga oldindan tayyorlab kelingan chala xatlar beriladi. O`quvchilarga so`zlarni topib o`rniga qo`yib o`qish topshiriladi.

Chala xat” mashqi

Temurbek ____________ ,hamma narsani bilishga intiluvchan bo`lib o`sdi. ___________ yoshga to`lganida, otasi uni ____________ ______________ qo`liga topshirdi.

Tarag`ay Bahodir o`g`li qo`l qovushtirib:

-Bolamning _________ chiqarib bersangiz, - dedi.

Ibodulla domla bu __________ va xushfe`l odamni juda yaxshi bilardi. Shuning uchun ham uni ochiq _______ bilan kutib oldi. Qo`lidagi tugunini olib, ___________ maktabga qabul qildi.


Chala xat” mashqi

Tarag`ay bahodir chiqib ketganidan keyin __________ uning o`g`lini oldingi qatorga ____________ . Keyin unga ________________ qildi:

-Qani, __________ , tur o`rningdan. Isming ne?

Yangi __________ dast o`rnidan turdi va: “_________”, - deb javob berdi.

-Barakallo, ____________ , maktabimizga kelib yaxshi ish qilibsan. Sho`xlik qilib, ____________ bo`lsang, o`zingdan ko`r.

Temurbek boshini quyi solganicha qo`l qovushtirib , __________ turardi.

Temurbek to`rt yil __________ domlaning qo`lida o`qidi.




Chala xat” mashqi

Savodi chiqqanidan keyin _____________ bahodir o`g`lini Shahrisabzdagi __________________ berdi. U maktabdagi singari madrasada ham ________ o`qidi.

Mamlakatni boshqarish ilmini esa _____________ o`rgandi. Buni otasi kechqurunlari ______________ tashvishlaridan xoli bo`lgan paytlarida o`rgatdi.

Temurbek ustozi va ______________ pand-nasihatlarini butun vujudi bilan ____________________. Keyin bularga ___________ umr rioya qildi.



Yangi mavzu slayd orqali “Non va tilla” rivoyati eshittiriladi. Rivoyat nima haqidaligi so`raladi. Yangi mavzu ochib beriladi.

Non ulug` ne`mat” o`qituvchi tomonidan matn o`qib beriladi. Mazmuni tushuntiriladi. Mirzo Ulug`bek haqida ma`lumot beriladi. Notanish so`zlar yuzasidan lug`at ishi o`tkaziladi.

Qo`yniga-

Mulozim-

Zanjir usulida matn bir nuqtadan o`qitiladi. “Mozaika “o`yini orqali mustahkamlanadi. Konvert ichida berilgan bo`g`inlarni to`g`ri joylashtirib maqol hosil qilish tushuntiriladi.

1)-e`, -lash, -ni, non, -zoz, -liy, -o, -mat, -him.

2)Non, -ho, -be, -ba, -gi, - boy, -li, -miz.

3)Non, -baxsh, -ne` , -shi, -mat, -fo

Dam olish daqiqasi.

Hamma birgalikda non yopganda qo`shig`ini kuylash, har bir guruh o`quvchilar texnologiya ,tasviriy san`at fanlari bo`lgan ,qiziqishlarini yasab kelgan non va kulchalari rasmlari bilan baholash.

Kim ko`p aytadi?” o`yinini o`tkazish. Guruhlararo o`tkaziladi. Har biridan bittadan o`quvchi chiqadi. Bir nafasda eng ko`p aytgan o`quvchi g`olib sanaladi.

Non yasashasizmi?

Sholi sanashasizmi?


Darsga yakun yasash va baholash.

Test savollar ekran orqali ko`rsatiladi:

1.Non turlari qaysi qatorda to`g`ri ko`rsatilgan?

a)bulochka,pirojniy,keks

b)patir non, obinon, jizzali non

2.Bug`doy qanday mashina yordamida yig`ib olinadi?

a)kombayn b)tegirmon

3.Dasturxon ko`rki nima?

a)non bilan b)turli xil taomlar

4.Keragidan ortiq _________ ishlatmang.

Nuqtalar o`rniga qaysi so`z mos keladi?

a)nonni b)bulochkani

5.Bug`doy qanday ekinlar sarasiga kiradi?

a)dorivor b)donli ekinlar

6.Non bu ....................

Nuqtalar o`rniga qaysi so`z qo`yish mumkin?

a)hayot b)non


Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Yig`ilgan ballarni qo`shib, eng yuqori natija ko`rsatgan guruhga o`rinlar beriladi. Eng faol qatnashgan o`quvchilar uchun ko`krak nishoni bilan taqdirlanadi.












KATTAQO`RG`ON SHAHAR

11-IXTISOSLASHGAN DAVLAT

UMUMTA`LIM MAKTABI

BOSHLANG`ICH SINF O`QITUVCHISI

YUZBAYEVA GULANDOMNING

2-“B” SINF BILAN O`TKAZGAN



MAVZU:NON ULUG` NE`MAT





2019-2020 O`QUV YILI


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 2 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Ochiq dars ishlanma: "Non ulug' ne'mat"

Автор: Yuzbayeva Gulandom Ismailovna

Дата: 07.04.2020

Номер свидетельства: 545670


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства