Просмотр содержимого документа
«Ochiq dars ishlanma:"Harakatga doir masalalar yechishni mustahkamlash"»
Sana:
Sinf:4-“B’
Dars mavzusi :Harakatga doir masalalar yechishni mustahkamlash. Uchrashma harakat va qarama-qarshi yo’nalishdagi harakatga doir masalalarni yechishga tayyorlash.
Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy: harakatga doir masalalar yechishni mustahkamlash. Uchrashma harakat va qarama-qarshi yo’nalishdagi harakatga doir masalalarni yechishga tayyorlash.TK 1: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish; TK 2:axborotlarni statistik ma’lumotlar ko’rinishlarning bir turidan boshqa ko’rinishga o’tkaza olish ; FK 1: vaqt , tezlik , tekis harakatda bosib o’tilgan yo’l kabi kattaliklar orasidagi bog’lanishlarga oid masalalarni yecha olish ; bir-biriga nisbatan hamohang hamda qarama-qarshi yo’nalishdagi harakatga doir 2-4 amalli masalalar , proporsional bo’lishga doir masalalarni yecha olish ;
b) Tarbiyaviy: tabiatni sevishga chaqirish , uni asrashga undash , o’quvchilarni kasbga yo’naltirish . TK 4: atrofdagilar bilan o’zaro muloqot chog’ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash ;
d) Rivojlantiruvchi : o’quvchilarning mustaqil fikrlashini , atamalarni to’g’ri o’qish malakalarini rivojlantirish . FK 2: o’rganilgan matematik tushunchalar , faktlar va algoritmlarni o’quv vaziyatlarda qo’llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish .
Darsning borishi :
1 . Tashkiliy qism . O’quvchilar bilan salomlashiladi . Navbatchining axboroti tinglanadi . O’quvchilarning darsga tayyorgarligi ko’zdan kechiriladi. Dars noan’anaviy tarzda o’tilishi aytib o’tiladi . Sinf o’quvchilari 3 guruhga bo’linishadi .
1-guruh Bilimdonlar
2-guruh Olimlar
3-guruh Topqirlar
O’quvchilarni guruh sardorlari baholab borishlari aytib o’tiladi .
Dars shiori:
Biz o’qiymiz hozirda
O’n yettinchi maktabda
A’lo o’qib albatta
Olim bo’lish niyatda
A’lo o’qish uchun . olim bo’lish uchun bo’sh vaqtingizni mazmunli tashkil eting . Bunda O’zbekiston prezidenti Shavkat Miromonovich raisligida 2019 yil 19-martda yoshlarga e’tiborni kuchaytirish , ularning san’at , sport , axborot texnologiyalari va kitobga qiziqishini oshirish masalalariga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishi bo’lib o’tdi . Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbus qabul qilindi. Biz darsimiz davomida bu tashabbusning har biri bilan tanishib , o’rganib chiqamiz .
II.O’tilgan mavzuni mustahkamlash
Grafikli matematik diktant
1-Qirralar uzunligi 4 sm, 6m, 2 sm bo’lgan parallelepipedning sirtining yuzini hisoblang va chizing. (qirralar uzunligi -48 sm) ( sirtining yuzi – 88 sm).
2-Teng yonli uchburchakning asosi 4 sm, perimetri 16 sm. Uchburchakning yonlari uzunligini toping. (16-4):2=12:2=6 sm )
3-Radiusi 2 sm 4mmli doira chizib, uning 3dan 2 qismini boshqa rangga ajratib bo’yang.
Rasmdan doira shakliga ega bo’lgan predmetlar topiladi. Ramda qanday musiqa aboblarini ko’rayapsiz va qanday musiqa aboblarini bilasiz? Musiqa asboblarini chalishni biz musiqa maktablarida o’qib o’rganamiz.
1-tashabbus.Yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarish uchun shart sharoitlar yaratish.
III.Yangi mavzu bayoni.Yangi mavzu ekranda tushuntiriladi.Ekranda masala ishtirokchilarining harakati ko’rsatiladi.
1—masala.Ikki qishloqdan bir-biriga qarab 2 ta sportchi yugurish uchun yo’lga chiqdi.Birinchi sportchining tezligi 8km/soat, ikkinchi sportchining tezligi 10 rm/soat bo’lsa, ular bir soatda necha kmga yaqinlashadilar? 2 soatda-chi? UCHRAHMA HARAKAT.
2-masala.Bir qishloqdan qarama-qarshi tomonga qarab ikki sportchi yugurish uchun yo’lga chiqdi.Birinchi sportchining tezligi 8 km/soat, ikkinchi sportchining tezligi 10 km/soat bo’lsa, ular bir soatda necha km uzoqlashadilar? 2 soatda-chi ? Qarama-qarshi yo’nalishdagi harakat.
Bolalar yana qanday sport turlarini bilasiz? Yugurish, gimnastika, futbol,voleybol,uzunlikka sakrash,suzish,basketbol va boshqalar.
2-tashabbus.Yoshlarning jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish.
Darslikdan 340-masala bajariladi. ,,Quruvchi’’ o’yini asosida.
G’isht teruvchi bir kunda 1000 ta g’isht terishi kerak. U kunning birinchi yarmida 487 ta g’isht teradi, bu uning kunning ikkinchi yarmida terganidan 18 ta kam. G’isht teruvchi kunlik rejani bajarganmi?
Har bir guruh masala yechimini alohida qog’ozga bajarishib, berilgan rasmlardan imoratlar hosil qilishadi.
Darslikdan 341- masala bajariladi.
Toshkent va Bekobod shaharlari orasidagi masofa 144 km. Avtobus bu masofani 3 soatda bosib o’tadi. Yengil mashina esa bu yo’lni 72 km/soat tezlik bilan bosib o’tadi. Qaysi mashinaning tezligi katta va qancha katta?
Darslikdan 342-masala bajariladi.Masalalar tenglama tuzib bajariladi.
1-qator. Noma’lum son 8 marta orttirilsa, 1392 hosil bo’ladi. Noma’lum sonni toping. (x*8=1392 )
2-qator.O’ylangan son 8 ta kamaytirilsa, 3485 hosil bo’ladi. Qanday son o’ylangan? ( x-8=3485 )
3-qator. O’ylangan son 8 ta orttirilsa ,2029 hosil bo’ladi. ( x+8=2029 )
Masala javoblari tekshiriladi. Har bir javoblar sanasi muhokama qilinadi.
2021-yil O’zbekiston Republikasi ilk bora PISA xalqaro baholash dasturida ishtirok etadi.
PISA- 15 yoshli o’quvchilarning o’qish, matematika va tabiiy fanlardan savodxonlik darajasini baholash.
Biz internetdan matematika faniga oid turli xildagi mantiqiy masalalarni ishlamoqdamiz.
Tabiatshunoslik fanidan turli ma’lumotlarni bilib olayapmiz.
K
Ziyoni
eling bolalar internetning foydali va zararli tomonlari haqida ma’lumotlarni bilib olamiz. ( ven diagrammasi asosida bajariladi )
Foydasi
Internet
3-tashabbus. Aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni o’rgatish.
343-misol. Amallar tartibi bajariladi. To’g’ri va tez bajargan o’quvchilar badiiy kitoblar bilan taqdirlanadi. Har bir kitobda maqollarning boshi berilgan o’quvchilar uni davom ettirishlari mumkin.
4-tashabbus. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish , ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etish.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash. Mavzuni mustahkamlashda qatorlarga masalalar tarqatiladi.
1-qator. O’quv markazi ,, Malika Education’’ ga 472 nafar o’quvchi qatnaydi. Ulardan 106 nafari rus tili faniga, undan 43 nafari ingliz tili faniga qatnaydi.Qolgan o’quvcilar matematika faniga qatnaydi. Matematika faniga necha nafar o’quvchi qatnaydi?
2-qator.Qandolatchilik sexida 5 turdagi shirinlikdan 126 kgdan pishirishdi. Bog’chaga 346 kg shirinlik, maktabga 124 kg shirinliklar jo’natildi. Sexda necha kg shirinlik qoldi ?
3-qator. ,,8-mart’’ nomli tikuv sexida bir kunda 26 tadan bolalar kiyimlari tikilishi kerak.Lekin tikuv mashinalari yangisiga almashtirilgani uchun rejadagidan 3 ta ortiq tikadigan bo’lishdi. 4 kunda nechta kiyim ortig’I bilan bajargan bo’lishadi ?
5-tashabbus. Xotin – qizlarni ish bilan ta’minlash .
V.O’quvchilarni baholash va darsga yakun yashash. Guruh o’quvchilari to’plagan ballari sanalib baholar qo’yiladi va rag’batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa berish. Vazifa 344-masala va 345-masala tushuntirilib topshiriladi. Darsyakunlanadi.
KATTAQO`RG`ON SHAHAR
17-IXTISOSLASHTIRILGAN DAVLAT
UMUMTA`LIM MAKTABI
BOSHLANG`ICH SINF O`QITUVCHISI
SHAMSIYEVA UMIDANING
MAVZU: Harakatga doir masalalar yechishni mustahkamlash. Uchrashma harakat va qarama-qarshi yo’nalishdagi harakatga doir masalalarni yechishga tayyorlash.