kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Ochiq dars ishlanma:"Bo'lish"

Нажмите, чтобы узнать подробности

Sinf 3

Mavzu Bo'lish 

Darsning maqsadlari

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Ochiq dars ishlanma:"Bo'lish"»

Darsning mavzusi : Bo’lish.Bo’lish amalining ma’nosi 1 – 7 - misol va masalalar

Darsning maqsad:

Ta’limiy: O’quvchilarga DTS talablari asosida bo’lish haqida bilim berish.

O’quvchilarni bo’lish amali, uning ma’nosi bilan tanishtirish.

Tarbiyaviy: O’quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash, kattalarni mehnatini hurmat qilishga o’rgatish.

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki va yozma hisoblash malakalarini o’stirish.

O`quv jarayoniga oid kompetensiyalar:

TK1matematikaga oid atamalarning ma’nosini tushunib to‘g‘ri o‘qiy olish;

FK2 boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi, matematik faktlar va sodda mantiqiy qonunlar asosida xulosa keltirib chiqara oladi;

FK1 o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi;

Dars turi: Yangi bilim berish.

Darsning uslubi: Savol- javob, muammoli vaziyat , mustaqil ish, didaktik o’yin, zinama – zina.

Darsning jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, tarqatmalar, multimedia ilova, test savollari.

Darsning borishi.

I Tashkiliy qism.

  1. salomlashish, navbatchi axboroti.

  2. Ma’naviyat daqiqasi 8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan suhbat

-Bolajonlar hammamiz juda yaxshi bilamizki, 8-dekabrda biz O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kunini bayram qilamiz. Qani, ayting-chi, siz bu bayram haqida nimalarni bilasiz?

-O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi O’zbekiston Respublikasining asosiy qonuni hisoblanadi.

-O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992 yil 8-dekabrda qabul qilingan va bu kun umumxalq bayrami hisoblanadi.

-O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 7 bob, 8 bo’lim va 128 moddadan iborat.

--O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida O’zbekiston hududida yashovchi fuqarolarning huquqi, burchi va erkinliklari belgilab berilgan.

-Konstitutsiya so’zining o’zi lotincha so’zdan olingan bo’lib, “o’rnataman”, “belgilayman” degan ma’noni anglatadi.

-Albatta, har bir inson o’z huquq, burch va erkinligini bilishi kerak.

-Bolajonlar, darsimiz davomida sizdan odob-axloq qoidalariga rioya qilishingizni talab qilaman.Sizning to’g’ri javoblaringizni esa qish fasli bo’lganligi uchun, faqat qish faslida bo’ladigan qorning yog’ishini juda sog’inganligimiz uchun qor parchalari bilan baholaymiz.

- Bolajonlar, yuqorida aytganimizdek, a’lo o’qish sizning burchingiz hisoblanadi.A’lo baholarga o’qishimiz bilimdon, zukko bo’lishimiz uchun biz eng avvalo sog’lom bo’lishimiz kerak. Lekin biz har kuni biz sog’ligimizga zarar yetkazdigan ko’plab xurujlarga duch kelamiz. R A S M

Bular: Mikroblar, viruslar, parazitlar, har xil yuqumli kasalliklar.

Ular bizning ko’zimizga ko’rinmasada lekin turli yo’llar bilan tanamizga kirib olishga harakat qiladi .Agar tanamizga kirib olgudek bo’lsa, u bizlarni turli kasalliklar bilan kasallantiradi. Bu kasalliklar geppotit, suvchechak, gripp, shamollash,tomoq og’rishi, tish og’rishi kabilardir.Ulardan o’zimizni himoyalashimiz kerak ekan.Dars jarayonida topshiriqlarni bajarib,ulardan himoyalanish haqida bilib olamiz.

II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

O’tgan mavzuni mustahkamlah uchun 3 o’quvchi doskada misol yechadi.

100-7-56 36+46-73 97-(38+15)

TO ZA LIK

Misollar ortidan bo’g’inlar chiqadi. O’quvchilar ularni o’z o’rniga qo’yib, “TOZALIK” so’zini hosil qiladilar.

1.Tozalik (shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish ) ekan.

Qolgan o’quvchilar bilan “Koptokchani ilib ol” ta’limiy o’yini o’ynaladi.

O’qituvchi koptokchani har bir o’quvchiga irg’itib, ko’paytirishga doir misollar aytiladi. Koptokchani ilib olgan o’quvchi javobini aytadi. 5x5 4x3 2x7 4x4 2x9 kabi.

Bu o’yin jismoniy tarbiya fani bilan bog’lanadi.

2.Sport bilan muntazam shug’ullanish.

Doskada bajarilgan har bir misol o’quvchilar tomonidan tushuntiriladi.

Ko’rgazma orqali o’tilgan mavzu savol-javob qilinadi.

3x5=15




Misolni o’qing

Ko’paytirish nima?

Uni qanday misol bilan almashtirish mumkin? ( 1 o’quvchi doskada yozadi)

Ko’paytirish hadlari nomini ayting.(Ko’paytuvchi ko’paytuvchi ko’paytma)

III Yangi mavzu bayoni

1 – masala.

  1. 8 ta to‘tiqushni 4 ta qafasga teng qilib solindi. Har bir qafasga nechtadan to‘tiqush solingan?


Yechish: 8:4=2

Javob: Har bir qafasga 2 tadan to’tiqush solingan.


  1. 8 ta to‘tiqushni har bir qafasga 2 tadan qilib solindi. Nechta qafas kerak bo‘lgan?

Yechish: 8:2=4 ta qafas.

Javob: 8 ta to‘tiqush uchun 4 ta qafas kerak.

2-misol. Masalalarni yeching va ularni taqqoslang

(Masalani yechish o’quvchilar tomonidan amaliy bajartiriladi)

1) 10 ta konfet 5 tadan qilib taqsimchalarga solindi. Nechta taqsimcha kerak bo‘lgan?

10 : 5 = 2 Javob: 2 ta taqsimcha kerak bo’ladi.

2) 10 ta konfet 2 ta taqsimchaga teng qilib solindi. Har bir taqsimchaga nechtadan konfet solingan?

10 : 2 = 5 Javob: 5 tadan konfet solindi.


3 . Rasmlardan foydalanib, masalani yeching:




Hayvonot bog’idagi 4 ta olmaxonning har biriga 2 tadan yong’oq berildi. Olmaxonlarga

jami nechta yong’oq berildi?

Yechish: 4 ∙ 2 = 8

Javob: 8 ta yong’oq.

Bolajonlar yuqorida siz bilan biz uchun foydali bo’lgan mahsulotlar haqida gaplashdik. Bundan xulosa shuki, demak tanamiz himoyasi uchun 3.Tog’ri ovqatlanish ham kerak ekan.

Dam olish daqiqasi:


-Mana biroz dam olidik, bir-birimizga tabassum ulashdik.Bolajonlar, 4.Kayfiyat ham bizning sog’lom bo’lishimizga yordam berar ekan.

IV Yangi mavzuni mustahkamlash:

4-misol Misollarning yechilishini tushuntiring. Ko’rgazma orqali o’quvchilar shapka , sharf va qo’lqoplarni 2tadan bo’lib bajaradilar .

6:2= 8:2= 10:2=

6:3= 8:4= 10:5=

1-qator 6 ta aylana chizing va uni 2 ga bo’ling

2-qator 8 ta uchburchak chizing va uni 2 ga bo’ling

3-qator 10 ta kvadrat chizing va uni 2 ga bo’ling

Bolalar, biz bu kiyimlarni qaysi faslda kiyamiz?Ha, har bir faslning o’ziga xos kiyimi bo’ladi. 5. To’g’ri kiyinish ham sog’ligimizga foyda bo’lar ekan.

5 – misol. Jadvaldagi javobi bir xil bo’lgan misollarni toping:


90 – 50

57 + 32

87 + 13

52 – 24

67 + 3

36 + 4

50 + 39

38 + 32

75 – 50

55 – 30

64 – 36

76 + 24

Doskaga 40 70 25 89 100 28 kabi sonlar yozilgan kartochqalar osiladi.O’quvchilar misollarni yechib natijaga mos misollarni yozadilar.

Misolni o’quvchilar daftarga yozib boradilar. Husnixat bilan yozishni ta’kidlash.

Kelinglar bolalar,ushbu sonlarni o’sish tartibida yozamiz.

25 28 40 70 89 100

-Uni o’ngdan chapga yomon o’qisak qanday tartib bo’ladi?

-Kamayib boorish tartibi.

-Sonlar ham ma’lum bir tartibga bo’y so’nadi.Biz qanday tartibga amal qilamiz?

-Kun tartibiga.

-Kun tartibi ham sog’ligimiz garovi hisoblanadi.

V Baholash. Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.

VI Uyga vazifa. 6 – 7 misol va masala.




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 3 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Ochiq dars ishlanma:"Bo'lish"

Автор: Rashidova Xadicha Boymuratovna

Дата: 02.04.2020

Номер свидетельства: 545007


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства