kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Non aziz ne'mat

Нажмите, чтобы узнать подробности

Non aziz nemat ekanini o'quvchilarga o'rgatish

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Non aziz ne'mat»




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI


NAMANGAN VILOYAT XALQ

TA`LIMI BOSHQARMASI


NAMANGAN SHAHAR XALQ TA`LIMI

BO’LIMI


Namangan shahar 26-umumiy o’rta ta’lim

maktabi boshlang‘ich sinf o’qituvchisi

Musabayeva Noilaning

3-sinf ona tili fanidan yozgan 1soatlik






Namangan-2020yil

Musabayeva Noilabonu – Namangan shahar xalq ta`limi bo`limiga qarashli 26-umumiy o`rta ta`lim maktabining ikkinchi toifali boshlang`ich sinf o`qituvchisi. 1992-yil 6-mayda Namangan shahrida tug`ilgan.

2009-2013-o`quv yillarida Namangan Davlat Universiteti Boshlang`ich ta`lim va sport tarbiyaviy ishlari yo`nalishini tamomlagan.

Muallima pedagogik ish faoliyatini 2012-yil shahardagi 26-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabida boshlagan. O`z ish faoliyati davomida shahar va viloyat miqyosidagi smenarlarda dars o`tgan. 2015-yil “Yil o`qituvchisi” ko`rik tanlovida shahar bosqichida 4-o`rinni egallagan.

Darslarni yangi ped tehnologiyalar, AKTdan foydalangan holda olib boradi. Oilali, 2 farzandning onasi.







Ona tili 3-sinf

Mavzu: Bosh bo`laklar.

108-109-mashqlar.

Darsning maqsadi:

Ta`limiy maqsad:

1. O`quvchilarga bosh bo`laklar mavzusini o`rgatish.

2. Ega va kesim haqida bilim berish. O`quvchilar bilimidagi bo`shliqlarini to`ldirish.

Tarbiyaviy maqsad:

Ona vatanga muhabbat va sadoqat ruhida barkamol shaxs etib tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi maqsad:

So`zlarning ega va kesimini bildirgan so`zlar haqida tushunchalarini boyitish.

Darsning turi: Yangi bilim, ko`nikma, malakalarini shakllantiruvchi dars.

Darsning uslubi:Tushuntirish,savol-javob,

Suhbat, test, hikoya.

Darsning jihozi: Tarqatma materiallar, rasmli

ko`rgazmalar, magnitafon, yozuvchilar surati, kompyuter.

Dars sxemasi.


Dars bosqichlari

Bajariladigan ish mazmuni

Bajariladigan ish shakli

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

O`quvchilarni darsga tayyorlash.

Navbatchi ahboroti.



suhbat



2minut

2

Uy vazifasini so`rash.

Uyga vazifasini so`rash.

Savol-javob guruhlar bilan ishlash.





8minut

3

Yangi mavzuni tushuntirish




Ko`rgazmalilik.



14minut

4

Yangi mavzuni mustahkam

Lash

Dam olish daqiqasi.


Guruhlarda ishlash.


15minut

5

Darsni yakunlash

Hikmatli so`zlar.

Rag`batlanti

rish.

4minut

6

Vazifa

Matnni o`qib kelish.

Maqol va hikmatli gaplarni yod olish.

Tushuntirish.

2minut


Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism

O`quvchi:

Har kun ertalab turib

Boramiz maktab tomon,

Bizlar bilimga chanqoq

Ustozimiz mehribon.

Qo`limiz ko`ksimizda

Hamma: Assalomu aleykum

O`qituvchi:

Raxmat bolajonlarim.

O`tiringlar marxamat

Savollarimga faqat.

Javob beringiz o`ylab.

O`quvchilar: O`ylab javob berishga qilamiz biz harakat.

O`qituvchi: Bolajonlar omonmisiz?

Bugun darsga tayyormisiz?

O`quvchilar: Ustoz bizlar omonmiz.

Bugun darsga tayyormiz.

O`qituvchi: Bugun kim navbatchi?

Navbatchi: Sinfda men navbatchi.

Ustozimga yordamchi.

Pok tutaman xonani.

Hamda yozuv taxtani.

Ustozimiz shod bo`ling.

Bugun xamma shu yerda.

Darsingizni miriqib.

Eshitish umidida.

Navbatchi o`quvchi darsga qatnashayotgan o`quvchilar haqida ma`lumot beradi.

Darsning shiori: Chiroyli yoz yozsang xat.

Chunki bu xam zo`r san`at.

Shoshilmay, tartibli yozishga

Bizda daftar, ruchka taxt.

O`qituvchi: Endi sinfdagi o`quvchilar bilan tanishib olamiz.

„Zanjir“ o`yini orqali o`quvchilar ismlarining bosh xarfi bilan, boshlanadigan o`z sifatlarni aytadilar. O`quvchilar o`z ismlariga sifatlarni qo`shib aytadilar.

O`quvchilar: Aziza-aqilli, Marjona-mehribon, Oydina-oqila, Qodirxon-qaysar, Mukarram-mehnatkash, Maftuna-mehnatsevar...“

O’qituvchi:

Hozir darsimiz ona tili. Bu fanni o’rganishdan asosiy maqsadimiz nima ekan?

1-o’quvchi:

Ona tili fanini o’rganishdan maqsadimiz:

- To’gri va ravon yoza olishimiz ;

- Ijodiy mustaqil fikrlay olish ;

- Nutq madaniyatini oshirishdir.

Hamma:

Tilimiz boy , tilimiz sof go’zaldir ,

Biri maqol , biri matal , masaldir.

Dog’ tushurmay avlodlarga eltaylik.

Navoiyning ruhini shod etaylik.

1-o’quvchi :

Ona tilim , jon tilim .

Sen o’zingsan , jon dilim .

Yuragimning to’rida

Sayrab turgan bulbulim

2-o’quvchi:

Sen borsan , men tirikman ,

Suyumliman,suyukman .

Men sen bilan ardoqli ,

Men sen bilan buyukman .

Siyosiy daqiqa:

O`quvchilardan savol javob asosida rahbarlarni so`raladi.









O`qituvchi: Qani bolajonlar, aytingchi, xumo qushini tasvirini qayerda ko`rgansiz?

O`quvchi:


-Tamg`amizga bir qarang, Bir tomoni paztazor,

Tovlanadi rang- barang. Quyosh nurin sochadi.

Unga beradi chiroy, Amudaryo, Sirdaryo

Teppasida hilol oy. Chanqog`ingni bosadi

O`rtasida Xumo qushi

Bizga omad tilaydi.

O`zbekiston nomini

Jahon uzra taraydi.

O`quvchi:

Go`zal yurtim O`zbekistonim

Eng navqiron yoshga to`libsan.

Istiqloldan kulib imkoning

Chindan bugun buyuk bo`libsan.


O`quvchi:

Osmoning tinch xalqing farovon.

Hurlik sabab yo`llaring ravon.

Karvonlaring oshmoqda davon

Chindan bugun buyuk bo`libsan.


O`quvchi:

Odimlaysan shaxdam mustaqil.

Qaro kunlar chekinar nari.

Yetaklaydi yurtboshing oqil

Seni buyuk kelajak sari.


O`quvchi:

Bugun bizlar barkamol avlod

Shu vatanning suyanch ardog`i

Azim chinor bo`lsa gar Vatan.


Keling bir oz inglizcha so`zlar bilan o`rtoqlashamiz!

Ingliz tilini o`rganish bo`yicha ham qisqacha

suhbat o`tkaziladi. O`quvchilar 1 dan 10 gacha

bo`lgan raqamlarni, meva va sabzavotlar nomini

ingliz tilida aytadilar:

- one,two,three,four,five,six,seven,eight,nine,ten









I I. O’tgan mavzuni mustahkamlash.

O`tgan darsda o`tilgan “Gap bo`laklari” mavzusi mustahkamlab olinadi.

Gapda so`zlar ma`nosiga qarab, ma`lum bir vazifani bajaradi. Mustaqil ma`noli so`z gapning bo`ladi deb keladi.

Namuna: Quyosh nuri olamni yoritadi gapida fikrni o`ziga qaratayotgan bo`lak nur so`zi bo`lsa, u haqda fikr bildiruvchi bo`lak yoritadi so`zidir. Har ikki bo`lak gapning asosini tashkil etadi.

Nur(i) yoritadi.

Gapdagi boshqa bo`laklar gapning asosiy mazmunini to`ldirish uchun xizmat qiladi:

Quyosh(nuri), olamni(yoritadi).












Har bir qatordan 1tadan o`quvchi chiqib gapning bosh bo`laklari vazifasini bajarib keluvchi so`zni topadilar va bosh bo`laklar tagiga chizadilar.

Onam yopar shirmoy non.

Mayin shamol yaproqlarni tebratdi.

Ertalab uyimizga mehmon keldi.

Gapning asosiy mazmunini tashkil etgan gap bo`laklari bosh bo`laklardir. Asosiy mazmunini to`ldirish uchun qo`llanilgan bo`laklar ikkinchi darajali bo`laklardir.

G`ayratli bola charchashni bilmaydi.

-bola bilmaydi.

Bilmaydi-bosh bo`laklar.

G`ayratli, charchashni- ikkinchi darajali.







( Faol o`quvchilarni rag`batlantirib boriladi).

V. Yangi mavzu ustida ishlash.

Yangi mavzu e`lon qilinadi.

Ega va kesim gapning bosh bo`laklaridir. Ular birgalikda gapning asosini tashkil etadi. Gapning kim yoki nima haqida aytilganini bildiradigan bo`lagi ega deb ataladi. Gapning egasi haqida nima deyilganini bildirgan bo`lak kesim deyiladi. Kesim gapning boshqa bo`laklarini atrofiga birlashtiradi.

Bolalar maktabda o`qiydilar.

Bu gapda bosh bo`lak ikkita: kimlar? Bololar-ega, nima qiladilar? O`qiydilar?-kesim.

Bolalar o`qiydilar-gap bolalarning mashg`uloti o`qishi haqida fikr bildirayapti.







108-mashq bajariladi. O`qing va ko`chiring . birinchi gap kim haqida aytilyapti? Shu so`zning tagiga bir chiziq chizing. Yamin haqida nima deyilgan? Shu so`zning tagiga ikki chiziq chizing. Keyingi gaplarni xam shu tartibda tahlil qiling.

Har bir qatordan 1tadan o`quvchi chiqib gaplarni tahlil qiladi.

U mid duradgorlik to`garagiga qatnaydi.

T o`garakda bolalar yog`ochdan turli buyumlar yasashni o`rganadi. Yamin kursicha, xontaxta yasashni biladi. Hozir bolalar javon yasashni o`rganishyapti.


109-mashq.

Nuqtalar o`rniga so`roqlar mazmuniga mos so`zlarni qo`yib, matnni o`qing. Ko`chiring. Bosh bo`laklarni aniqlang.

H aydovchi mashinani yurgizdi. Avtobus bekatda to`xtadi. Shifokor bemorlarni davolaydi. Artist sahnada o`ynaydi. Oftob chiqdi olamga. O`quvchilar tanlovga tayyorlanmoqdalar.


IV. Dam olish daqiqasi.

O `qituvchi: Lets pley.

E kranda inglizcha “THE FINGER FAMILY” videosi qo`yiladi. O`quvchilar o`rnilaridan turib qo`shiq ijro qilish bilan birga qo`l va oyoqlarida harakatli mashqlar bajaradilar.

















V. Yangi mavzuni mustahkamlash.

“Blits so`rov” metodi.

O‘quvchi savollarni o`qib tegishli javobning raqamini O`quvchining javobi ga yozishi kerak bo‘ladi.


T/r

Savollar

O`quvchining javoblari

Javoblar

1

Ega gapda qanday so‗roqqa javob bo‗ladi?


4

1. Kesim gapda nima qildi?, nima qilladi?, nima qilmoqchi? So‗roqlariga javob bo‗ladi.

2

Kesim gapda qanday so‗roqqa javob bo‗ladi?

1

2. Ega va kesim gapning bosh bo‗laklari

3

Ega va kesim gapning qanday bo‗lagi

2

3. Qodir yoshligidan kitob o‗qishni yaxshi ko‗radi. Ushbu gapning egasi Qodir so‗zi

4

Qodir yoshligidan kitob o‗qishni yaxshi ko‗radi. Ushbi gapning egasini toping.

3

4. Ega gapda kim? yoki nima? so‗rog‗iga javob bo‗ladi.


Rasmga savol berib bosh bo`laklar ega va kesim topadilar.

Raqamli joylashuv” ta‘limiy o`yini. Buning uchun raqamli kataklarga yozilgan so`zlardan mazmunli gap tuzishlari kerak so`ng so`zlarga so`roq berib, ega va kesimni aniqlashlari zarur. Topshiriqni yakka tartibda yoki kichik guruhda ishlash mumkin.

1 oshxonasida

2 maktab

3 qo`li

4 ishlaydigan

5 oshpazlarimiz

6 shirin

7 uchun

8 bizlar

9 mazali

10 doim

11 tayyorlaydilar

12 ovqat


Klaster” metodi. O`quvchilar rasmga so`roq beradilar va shu kesimlar topadilar.

Sakraydilar


O`qiydilar

O`ynaydilar

Yozadilar

Kimlar? Nima qiladilar?

(O`quvchilar)


VI. Baholash va rag`batlantirish.

Guruhlardagi “rag`bat” kartochkalari hisoblab chiqilib, o`quvchilar baholanadi.







VII Uyga vazifa: 110-mashq bosh bo`laklarni aniqlab tagiga chizib kelish




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 2 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Non aziz ne'mat

Автор: Ustabayeva Nargizaxon

Дата: 21.06.2020

Номер свидетельства: 553796


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства