kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Nima eksang,shuni o`rasan

Нажмите, чтобы узнать подробности

Данная разработка для учителей начальных классов с узбекским языком обучения

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Nima eksang,shuni o`rasan»



Namangan shahar xalq ta’limi

bo’limiga qarashli 75-umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi


Ahmedova Sohibaning

2-sinf o’qish fanidan bir soatlik dars

Ishlanmasi




Namangan - 2020









Ushbu dars ishlanma Namangan shahar xalq ta’limi

bo’limiga qarashli 75-umumiy o’rta ta’lim maktabining

boshlang’ich sinf o’qituvchisi Ahmedova Sohiba

tomonidan tayyorlangan.





Muallif: Ahmedova Sohiba – Namangan shahar

75-umumiy o’rta ta’lim maktabining

boshlang’ich sinf oqituvchisi.





Muharrir: Yo’ldasheva.N – Namangan shahar

xalq ta’limi bo’limi boshlang’ich sinflar

uslubchisi.



Taqrizchi: Usmanova.D - Namangan shahar

75-umumiy o’rta ta’lim maktabining

boshlang’ich sinflar ilmiy bo’lim mudiri



Mazkur dars ishlanma Namangan shahar xalq ta’limi

bo’limi metodika kengashoning 2020_ yil ___________

oyidagi__ sonli qarori bilan ommalashtirishga tavsiya etilgan.









Darsning mavzusi: Nima eksang , shuni o’rasan (Shorasul Zunnun)

Darsning maqsadi:

Ta’limiy maqsad:Fk1- Hikoyani tinglab tushunish, fikrni og’zaki bayon qila olishga o’rgatish. Og’zaki nutqini o’stirish, mantiqiy fikrlashga, aniq, ravon so’zlashga va ifodali o’qishga o’rgatish.

TK2-Turli manbalardan (kitob,telefon, televizor, radio) orqali o’rganganlarini qo’llay olishga o‘rgatish.

Tarbiyaviy maqsadTK4-Tadbirkorlik, rostgo’ylik,mehnatsevarlik va yaxshilardan ibrat olish, o’quvchilarni mehr - oqibatli, saxovatli bo’lib kamol topishga hissa qo’shish va ota-onaga muhabbat ruhida tarbiyalash. O’z tiliga, Vataniga sadoqatli, aqlan yetuk va barkamol shaxs etib tarbiyalash.

TK5-Asardagi qahramonlaning insoniylik va boshqa fazilatlariga qarab turib mulohaza yurita olishga o’rgatish.

Rivojlantiruvchi maqsad:TK3-O’quvchilarni o’quv fanlarini o’rganish va bir-biridan farqlay olishga o’rgatish.O’qilgan hikoyadan xulosa chiqarib o’z xatosini tuzatishga harakat qilishga o’rgatish . Oqillik va nodonlikni farqlash va yaxshi fazilatlarni o’zida aks ettirish.Ekin fikrlash va og’zaki nutqlarini rivojlaniish.

Darsning turi: Yangi bilim beruvchi

Darsning uslubi: suhbat, savol-javob, ko'rgazmalilik, slayd, Multmediyali ilova, Sahnalashtirish, ”Ertaklar olami”

Darsning jihozi: darslik, mavzuga oid ko’rgazmalar, tarqatma materiallar, kompyutr,televizor, slayd, ko'rgazmali qurol, Kosmik kema maketi.

Fanlararo bog'lanish: ona tili, matematika, tabiat, odobnoma, mehnat, tasviriy san'at, musiqa, iqtisod,rus tili.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism.

O’qituvchi: Hozirda men netarman

Bog’da hizmat etarman.

Bog’imning gul g’unchasin,

Tanishtirsam barchasin.

17 ta gulg’uncham,

14 tadir bulbulcham.

Sinfdagi o’g’il – qiz,

31 ta jamul—jam.

O’qituvchi: Shioringiz: Vatanga munosib farzand bo’lish,

Kelajagi buyuk davlat qurish.

O’qituvchi: Har narsadan habarchi ,

Sinfda kim navbatchi.

O’quvchi: Sinfda mmen navbatchi

Tayyor barcha o’quvchi.

O’qituvchi:O’quvchilar darsga tayyormisiz, Unday bo’lsa ko’zguga qarab chiroylimiz , kayfiyatlaringiz yaxshimi, do’stingizga tabassum qiling.

O’qituvchi: Hozir darsimiz nima?

O’quvchi: Hozir darsimiz o’qish darsi.

O’qituvchi: O’qish darsida nimalarni o’rganamiz?

O’quvchi: O’qishni va yozishni,

Tez aytishlar aytishni.

Maqollarni o’qishni ,

Topishmoqlar topishni.

O’qituvchi: Darsimizni qoidasi qanday?

O’quvchi: O’zaro hurmat, faollik, vaqtdan unumli foydalanish.

O’qituvchi: Darsimizni boshlashdan oldin guruhlarga bo’lib olsak.

1-guruh: Amir Temur

2-guruh: Alisher Navoiy

3-guruh: Mirzo Ulug’bek

( Guruh sardorlariga ko’zacha va gullar beriladi, ular guruhlarini to’g;ri ja voblari uchun bittadan gul solib turishadi va oxirida g’olib guruhlarni aniqlanadi.)

Tezkor savollar.

1.Biz Qayerda yashaymiz?

J: Biz O’zbekistonda yashaymiz.

2.O’zbekiston qachon mustaqillikka erishdi?

J: O’zbekiston respiblikasi 1991-yil, 31-avgustda mustaqil davlat deb e’lon qilindi.

3.O’zbekiston respublikasining davlat ramzlarini bilasizmi?

J: .O’zbekiston respublikasining davlat ramzlari bayroq, gerb, madhiya.

4. O’zbekiston respublikasining birinchi prezidenti kim?

J: O’zbekiston respublikasining birinchi prezidenti I. A.Karimov.

5. O’zbekiston respublikasining hozirgi prezidenti kim?

J: O’zbekiston respublikasining hozirgi prezidenti SH.M.Mirziyoyev.

6.5 ta tashabbus haqida nimalarni bilasiz?

J: (O’quvchilar birin - ketin 5 ta tashabbus haqida gapiradilar)

O’qituvchi: O’quvchilar ma’naviyat deganda nimani tushunasiz?

O’quvchi: Ma’naviyat - insonni ulg’ayish va kuch – qudrat manbaidir.

Ma’naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban uyg’onishga chorlaydi.

O’qituvchi: Bugungi darsimizda qishning ayozli kunlarida bahorni sog’inib ma’naviyat bog’I tashkil qilsak . Bunga hamma o’zi o’stirgan gullarini olib chiqsa va nom ham bersa. ( Bolalar o’zlari o’stirgan gullariga nom qo;yib birma - bir olib ciqadilar.)

O’qituvchi: Men ham bog’imizni bir chetiga archa daraxtini ekdim unga “Yuksalish” deb nom qo’ydim.

Y U K S A L I SH

















O’qituvchi: Qanday chiroyli bog’ hosli bo’ldi, sizga yoqdimi?

Oquvchilar: Xa yoqdi.

Endi bog’imizdagi gul va daraxtlarni yashnatish uchun nima qilish kerak bo’ladi?

Oquvchilar: Quyosh kerak bo’ladi.

O’qituvchi: Bulut osmonni qoplab olobdi , buning uchun bulut tomchilaridagi savollarga javob berishimiz kerak.











( Uchta guruhlardan bittadan o’quvchi chiqib tomchilar savoliga javob beradilar .)

1-guruh: Baliq skeletida yil fasllarini ko’rsating?

2-guruh : Farzandlik burchini ayting?

3-guruh: Kitob o’qish qoidasi qanday?

(O’quvchilar javob beradilar va quyosh ham ko’rinadi, quyoshga atab topishmoqlar aytishadi.)

II. O’tilgan darsni so’rab mustahkamlash.

O’qituvchi: Biz o’tgan darsimizda qanday mavzu o’rganganmiz?

O’quvchi: Biz o’tgan darsda “Non aziz ne’mat” rivoyati bilan tanishganmiz.

(O’tgan dars yuzasidan savol-javob o’tkaziladi.)

1.Mirzo Ulug’bek nimani ko’rib qoldi?

2. Nima uchun mulozimlariga aytmadi?

O’qituvchi: Non haqida she’r va maqollar bilasizmi?

O’quvchi: Non yopganda, non yopganda,

Mening oyim, mening oyim.

Kichik kulcha , kichik kulcha

Yopar doim, yopar doim.



O’qituvchi: Bugungi darsimizga kirpivoy tashrif buyurgan, sizlardan maqollar so’ramoqchi javob berasizmi?

1-guruh: Non haqida

2-guruh: Mehnat haqida

3-guruh:Do’stlik haqida maqollqr aytadilar.

Dam olish daqiqasi:

(O’quvchilar kulca nonlarni qo’llarigab ushlab, non yopganda ashulasini aytadilar.)

III.Yangi mavzuni bayoni: Nima eksang shuni o’rasan

( Yangi mavzuni boshlashdan ol;din naxon bilan nabira kirib keladi. Ular darsda mehmon bo’lib o’tiradilar. Bugungi dars qahramonlari .)

(Yangi mabzu matni o’qituvchi tomonidan o’qib beriladi)





(O’quvcilarga savollar beriladi.Mavzuga oid multmediya namoyish etiladi)

Lug’at ishi:

Bechora – chorasiz

Masumona – parishon

O’ksinib – ko’ngli yarim

IV. Yangi darsni mustahkamlash.

( Kichik sahna ko’rinishi namoyish qilinadi. O’quvchilar ijro etadilar.)

O’qituvchi: Mathda berilgan = ko’chirdi = so’zi ishtirok etgan gap tuzing?
Oquvchi: Otasini hujraga ko’chirdi.

O’qituvchi: Bolalar kelinglar bugungi darsimizda bir uy yasasak. Qriyalarimizning xislatlari asosida yasaymiz. Buvi va bobolarimizning qanday xislatlari bor?

( Har sakl orqasida so’zlar yozilgan bo’ladi, bu shakllarni o’z joyiga qo’ysak ajoyib uycha hosil bo’ladi)











Mehribon,

Nasihatgo’y,

Shirinso’z,

Kichik ko’ngil,

Bolajon.

O’qituvchi: Qarang o’quvchilar qanday chiroyli uy bo’ldi.

Bu uyni hikoyamiz qahramoni onaxonimizga bersak maylimi, bugingi darsimizdan esdalik.

(Onaxon bilan nabira sahnaga chiqqishadi va rahmat aytishadi)

Onaxon: Tig’ yarasi bitar u ,

Til yarasi , bitmaydi.

Tildan ozor cheksa kim,

Dil yarasi bitmaydi.

Nabira: Inson shunday ojiz yaratilmish,

To’g’ri yashamoqlik ha, qiyin bir ishdek,

Shunday yashamoq bizga vazifa,

Sabr etgan doimo murodga etar,

Ey do’stlarim siz ham murodga yeting.



V. O’quvchilarni baholash, darsni yakunlash.

G’olib guruhlar aniqlanadi, o’quvchilarni faol ishtirok etganlari rag’batlantiriladi.

Bilimdon, ziyrak, chaqqon, aqlli, topqir, rostgo’y, kamtarin, xushchaqchaq, zukko o’quvchilar aniqlanib ularni taqdirlanadi.

Onajon ashulasi ijro etiladi.

VI. Uyga vazifa: Matnni o’qib kelish.





Foydalanilgan adabiyotlar.

1.2-sinf o’qish kitobi.

2 .2-sinf o’qish darsligi o’qituvchi qo’llanmasi.

3. Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti va

o’quv dasturi boshlang’ich ta’lim.

4. O’qish fanidan amaliy mashg’lotlar (Odiljon Parpiyev)

5. Telegramning “Oqituvchi”kanali




Ushbu dars ishlanma Namangan shahar 75-sonli maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi Sohiba Ahnedova tomonidan yaratildi.






Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 2 класс

Скачать
Nima eksang,shuni o`rasan

Автор: Ахмедова Сохиба

Дата: 19.02.2020

Номер свидетельства: 540407


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства