kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Navro'z bayrami

Нажмите, чтобы узнать подробности

Bu dars o'quvchilarni vatanga muhabbat, topqirlik, ijodkorlik fazilatlarini  shakllantiradi.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Navro'z bayrami»

Sana: 11.03.2020 yil

Mavzu: Navro'z bayrami

Darsning maqsadi:

Ta`limiy: Ravon va qiroat bilan o'qish ko`nikmasini rivojlantirish, tabiatni asrab-avaylashga o'rgatish. Navro`z bayrami, milliy udumlar, urf-odatlar bilan tanishtirish. O`quvchilarni fasllar haqidagi bilimlarini oshirish. Mustaqil o`qish va hikoya qilib berish qobiliyatini oshirib borish, O`tgan mavzulardan olgan bilimlarini oshirib borish.

Tarbiyaviy: Navro`z milliy bayramimiz, uning kelib chiqishi, navro`z udumlari an`analari haqida tushuntirish.

Rivojlantiruvchi: Milliy qadriyatlarimizni qadrlash ruhida tarbiyalash.

Tayanch kompetensiyalar:

Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan munosabat multimedia ilovalariga ongli bildirish.

Fanga oid kompetensiyalar:Adabiy – nutqiy kompetensiya elementlari(tinglab tushunish, fikrni og’zaki bayon qilish, o’qish, fikrni yozma bayon qilish.) hikmatli gap, hikoya, she’r va ixcham audio matnlarni tinglab tushuna oladi; ularni ongli, ifodali to’g’ri o’qiy oladi.

Dars turi: Yangi bilim beruvchi.

Dars metodi: suhbat, hikoya, “Quvnoq qyoshcha”,” Aql qayrog’i”, “Sirli sandiqcha” o’yinlari

Dars jihozi: darslik,quvnoq poyezdcha maketi, stikerlar, suratlar,AKT

Darsning borishi.


I.Tashkiliy qism :

Salomlashish, davomotni aniqlash, sinf tozaligini tekshirish,

navbatchi ishini baholash.

II.O`tgan mavzu yuzasidan savol javob o`tkazish va o`tilgan mavzuni mustahkamlash:

8-mart Onajonlar haqida she’rlar aytiladi.

Biz bugun darsimizda “Quvnoq poyezdcha” orqali sayohat uyushtiramiz

III . Yangi mavzuning bayoni.

1-bekat “Quvnoq quyoshcha”

  • Sanoq qaysi sondan boshlanadi ? 1-Nav

  • Bahor fasli necha oydan iborat? 3-ro’z

  • O’ng qo’lingizda nechta barmoq? 5 -bay

  • Kamalakda necha xil rangda? 7 -ra

  • 8 dan katta,10 dan kichik sonni ayting 9 -mi


.Matnni o'qishga tayyorgarlik.

Bolalar, biz: "Bugun biz Navro'z bayrami mavzusini o'rganamiz", deb, yangi darsni e'lon qilinadi. .

. Matn ekran orqali o'qib eshittiriladi

Navro`z -- yangi kun degani. 21- mart - Navro`z bayrami. Navro`zda tabiat uyg`onadi.

Birinchi bo`lib chuchmoma va boychechaklar ochiladi. Onalarimiz navro`zda sumalaklar pishiradilar. Yalopiz, iamaloq , jag`jag` kabi ko`katlardan terib , ko`k somsalar yopadilar.

Bayramda turli tomoshalar bo`ladi. Navro`z bayramida ko`chatlar ekilib, hovli- joylar supuriladi. Ko`chalar tozalanib, yasatiladi. Urushganlar yarashadilar. Hamma birgalikda o`ynab kuladi.

Matn yuzasidan dastlabki suhbat o’tkaziladi.

. Lug'at ishi o'tkaziladi:

Soz- yaxshi, juda yaxshi

Chorbog’lar –atrofdagi bog’lar

2-bekat. Ifodali o’qish bekati

O'quvchilar matnni o'qiydilar. Matn jo'r bo'lib o`qitiladi. Keyin 3 ta o'quvchiga navbat bilan o'qitiladi. Bir necha marta shu tartibda o'qiladi.

Ekran orqali dam olish mashqlari bajariladi.

3-bekat. Bilag’on bekati

Darslikdagi savollarga javob beriladi

1.Navro’z qachon bayram qilinadi?

2.Navro’zni odamlar qanday nishonlaydilar?

3. Bahorgi taomlarga solinadigan ko’katlar nomini ayting

Navro’z urf-odatlaridan qaysilarini bilasiz?

1.Navro’zda uy-joyni tozalaydilar.

2.Navro’zga qadar daraxtlar tanasini oqlaydilar.

3.Navro’zda bug’day undirib, sumalak

pishiradilar.

4.Navro’zda yaxshi niyatlar qiladilar.

5.Navro’zda Navro’z taomlari pishiradilar.

6.Navro’zda araz-ginalarni unutadilar.

7.Navro’zda qarindosh-urug’larnikiga boradilar.

8.Navro’zda g’iybat qilmaydilar.

9.Navro`zi olamda kimda-kim 3 qoshiq sumalak yalasa, yanagi Navro`z kelgunicha shirinchilik,totuvlik hamisha hamroh bo`ladi.

10.Navro`z kunlari bog`dagi o`rik daraxti shoxiga arg`imchoq solib,qizlar navbat bilan uchishadi.

11.Kimda-kim arg`imchoq uchayotganda daraxtning eng baland uchidagi shoxidan bargni uza olsa, jamiki orzulariga erishadi,degan gaplar ham bor.


4-bekat

Aql qayrog’i” bekati

Topishmoqlar:

• Oq sandig'im ochildi,

Olamga nur sochildi. (Quyosh )

• Dum-dumaloq barkash non, Ko‘k yuzida suzadi. (Oy)

Qo’lsiz –oyoqsiz eshik ochar (Shamol)

Bahorda kiyinadi, qishda yechinadi.(Daraxt)

Kunduz kuni o’chirib

Tunda yoqa olmaysan. (Quyosh )

Yerga tushsa loy qilar

Dehqonlarni boy qilar (Yomg’ir)

Zuv-zuv boradi,

Tomdan qaraydi.

Cho’p-loy ch’qiydi

Zambil to’qiydi. (Qaldirg’och)

Tez aytish

• Gulsara gulzor oralab gul sanadi. 

IV. Darsni mustahkamlash: O'quvchilar bilimi savollar orqali mustahkamlanadi

5-bekat –so’nggi bekat

Sirli sandiqcha” bekati

Savol va topshiriqlar:

1. Navro'z qachon bayram qilinadi?

2. Navro'zni odamlar qanday nishonlaydilar?

3. Bahorgi taomlarga solinadigan ko'katlar nomini ayting.

I) Navro'z so'zining ma'nosini ayting.

2) Navro`z qachon nishonlanadi.

3) Siz bu bayramga qanday tayyorgarlik qilasiz?

V. Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish.

VI. Uyga vazifa: Matnni o`qib hikoya qilib berishga tayyorlanib kelish.

O’IBDO’ __________
























Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 1 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Navro'z bayrami

Автор: Farmanova Nasiba Turakulovna

Дата: 13.04.2020

Номер свидетельства: 546424


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства