kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Mehribon oyijonim.

Нажмите, чтобы узнать подробности

O`qituvchi:   Assalomu alaykum,

Parvozga shay lochinlarim.

Mustaqil yurt kelajagi.

Alpomish-u Barchinlarim.

O`quvchilar: Assalomu alaykum mehribon ustoz

Maktab degan qutlug` dargoh,

Muqaddasdir bizga har chog`.

Bilim sari boshlar yo`lga.

Aziz quchoq tanish yo`lka.

O`qituvchi:   Raxmat aziz bolalar marhamat o`tiringlar.

O`qituvchi: Bolajonlar omonmisiz?

Bugun darsga tayyormisiz?

O`quvchilar: Ustoz bizlar omonmiz.

Bugun darsga tayyormiz.

O`qituvchi: Bugun kim navbatchi?

Navbatchi: Sinfda men navbatchi.

Ustozimga yordamchi.

Pok tutaman xonani.

Hamda yozuv taxtani.

Ustozimiz shod bo`ling.

Bugun xamma shu yerda.

Darsingizni miriqib.

Eshitish umidida.

Navbatchi o`quvchi darsga qatnashayotgan o`quvchilar haqida ma`lumot beradi.

Darsning shiori: A`lo o`qish  burchimiz,

Unga  yetar  kuchimiz.

O`qituvchi: Endi sinfdagi o`quvchilar bilan tanishib olamiz.

„Zanjir“ o`yini orqali o`quvchilar ismlarining bosh xarfi bilan, boshlanadigan o`z sifatlarni aytadilar. O`quvchilar o`z ismlariga sifatlarni qo`shib aytadilar.

O`quvchilar: „Marjona-mehribon, Oydina-oqila, Qodirxon-qaysar, Mukarram-mehnatkash, Maftuna-mehnatsevar.“

       O`qituvchi:    - Hozir  darsimiz  nima?

       O`quvchilar:  - O`qish bu – odoblar  ilmi,

                                Berar  bizga  hayotdan saboq.

                                U bordirki, hayot  suruvli,

                                U bordirki, kelajak  poroq.

O`qituvchi:  - Biz ona  diyorimiz, hur O`zbekistonning 

farzandlarimiz. Albatta, jahon keng, dunyoda  mamla-                katlar  ko`p. Lekin bu olamda  betakror ona yurtimiz 

      O`zbekistonimiz  yagona.  Bu  go`zal yurt tolei baland,  iqboli kulgan xalq  faqat  bizgagina  atalgan. 

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Mehribon oyijonim.»





O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI


NAMANGAN VILOYAT XALQ

TA`LIMI BOSHQARMASI


NAMANGAN SHAHAR XALQ TALIMI

BO’LIMI


Namangan shahar 26-umumiy o’rta ta’lim

maktabi boshlang‘ich sinf o’qituvchisi

Musabayeva Noilaning

O`QISH fanidan yozgan 1soatlik








Mavzu: Mehribon oyijonim.

Po`lat Mo`min

Ta`limiy maqsad:

1. Qo`shiq matnining mazmun-mohiyatini

tushuntirish.

2. O`quvchilarning ma`naviy-ma`rifiy ongini

o`stirish.

Tarbiyaviy maqsad:

1. Oilaviy rishtalar va mehr-muhabbat

tushunchasini shakllantirish.

2. Ona naqadar buyuk zot ekanligini anglash.

3. Kasbga yo`naltirish.

Rivojlantiruvchi maqsad:

1. Og`zaki nutqni rivojlantirish va fikrlashga

o`rgatish.

2. Dunyoqarashlarini kengaytirish.

Darsning turi: Yangi bilim, ko`nikma, malakalarini shakllantiruvchi dars.

Darsning uslubi:Tushuntirish,savol-javob,

Suhbat, test, hikoya.

Darsning jihozi: Tarqatma materiallar, rasmli

ko`rgazmalar, magnitafon, yozuvchilar surati, kompyuter.

Dars sxemasi.

1

Tashkiliy qism

5

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5

3

Yangi mavzu bayoni

25

4

Dam olish daqiqasi

3

5

Yangi mavzuni mustahkamlash

5

6

Baxolash va rag`batlantirish

1

7

Vazifa

1




Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism

O`qituvchi: Assalomu alaykum,

Parvozga shay lochinlarim.

Mustaqil yurt kelajagi.

Alpomish-u Barchinlarim.

O`quvchilar: Assalomu alaykum mehribon ustoz

Maktab degan qutlug` dargoh,

Muqaddasdir bizga har chog`.

Bilim sari boshlar yo`lga.

Aziz quchoq tanish yo`lka.

O`qituvchi: Raxmat aziz bolalar marhamat o`tiringlar.

O`qituvchi: Bolajonlar omonmisiz?

Bugun darsga tayyormisiz?

O`quvchilar: Ustoz bizlar omonmiz.

Bugun darsga tayyormiz.

O`qituvchi: Bugun kim navbatchi?

Navbatchi: Sinfda men navbatchi.

Ustozimga yordamchi.

Pok tutaman xonani.

Hamda yozuv taxtani.

Ustozimiz shod bo`ling.

Bugun xamma shu yerda.

Darsingizni miriqib.

Eshitish umidida.

Navbatchi o`quvchi darsga qatnashayotgan o`quvchilar haqida ma`lumot beradi.

Darsning shiori: A`lo o`qish burchimiz,

Unga yetar kuchimiz.

O`qituvchi: Endi sinfdagi o`quvchilar bilan tanishib olamiz.

„Zanjir“ o`yini orqali o`quvchilar ismlarining bosh xarfi bilan, boshlanadigan o`z sifatlarni aytadilar. O`quvchilar o`z ismlariga sifatlarni qo`shib aytadilar.

O`quvchilar: „Marjona-mehribon, Oydina-oqila, Qodirxon-qaysar, Mukarram-mehnatkash, Maftuna-mehnatsevar...“

O`qituvchi: - Hozir darsimiz nima?


O`quvchilar: - O`qish bu – odoblar ilmi,

Berar bizga hayotdan saboq.

U bordirki, hayot suruvli,

U bordirki, kelajak poroq.


O`qituvchi: - Biz ona diyorimiz, hur O`zbekistonning

farzandlarimiz. Albatta, jahon keng, dunyoda mamla- katlar ko`p. Lekin bu olamda betakror ona yurtimiz

O`zbekistonimiz yagona. Bu go`zal yurt tolei baland, iqboli kulgan xalq faqat bizgagina atalgan.

Siyosiy savol-javoblar:

1. – Xozir qaysi fasl? Unga ta`rif bering.

- Bahor fasli, fasllar kelinchagi deydilar.

2. – Bahorda qanday bayramlar bor?

Bahor haqida she`r va qo`shiqlar aytish. Bahor kelgach

Tursunboy Adashboyev

Qish qorini supurdi,

Quyosh nurin ufurdi,


Yalpiz hidi gupurdi,

Bahor kelgach.

Chaqmoq ko`kda yong`oq chaqdi,

Qizg`aldoqlar selda oqdi,

Mayin shamol

Bizga yoqdi,

Bahor kelgach.

Quvonchli kunlar

K avsar Turdiyeva

Yurtimizda bayramlar ko`p,

Kutamiz biz quvonib xo`p.

Tabriklaymiz yaqinlarni,

Aytib ezgu tilaklarni.


Omon bo`ling barcha yoshlar,

Shodon o`sing o`g`il-qizlar.

Shirin-shakar qora ko`zlar,

Yurt kelajagi siz yoshlar!


3. – Davlat ramzlarini bilasizmi?

- Ha, bayroq, gerb, konstitutsiya, madhiya.


O`quvchi:

Assalom ona zamin, muqaddas tuproq

Sening bag`ringga men shoshilib keldim.

Qanotlarim ostida tinchlik, totuvlik,

Shu yurtga Baraka, baxt olib keldim.











O`qituvchi: Qani bolajonlar, aytingchi, xumo qushini tasvirini qayerda ko`rgansiz?


O`quvchi: -Tamg`amizga bir qarang, Bir tomoni paztazor,

Tovlanadi rang- barang. Quyosh nurin sochadi.

Unga beradi chiroy, Amudaryo, Sirdaryo

Teppasida hilol oy. Chanqog`ingni bosadi

O`rtasida Xumo qushi

Bizga omad tilaydi.

O`zbekiston nomini

Jahon uzra taraydi.



O`qituvchi: Osmonlarda uchguvchi.

Bulutlarni quchguvchi.

Tog`lardagi shalola.

Sensan ey sog`lom bola.

Yetuk ilg`or barkamol,

Unib o`sib top kamol.

Qilmagaysan hech nola.

Chunki sen sog`lom bola.



Keling bir oz inglizcha so`zlar bilan o`rtoqlashamiz!

Ingliz tilini o`rganish bo`yicha ham qisqacha

suhbat o`tkaziladi. O`quvchilar 1 dan 10 gacha

bo`lgan raqamlarni, meva va sabzavotlar nomini

ingliz tilida aytadilar:

- one,two,three,four,five,six,seven,eight,nine,ten









I I. O’tgan mavzuni mustahkamlash.

O`tgan mavzu o`quvchilar tomonidan sahnalashtiriladi.

Ona allasi – naqadar yoqimli kuy. Bu kuy insonni

porloq kelajakka chorlayotganday go`yo.

Ona allasida butun borliq yashaydi. Uning ohangida bola tarbiyasi, uning baxti, barkamol kelajagi yashaydi.Tarixdan ma`lumki, ona allasidan podshoxlar ko`zi yoshga to`lgan. Bu juda sehrli kuy.

Ona allasi.

(Rivoyat)

Qadim zamonda bir podshoh bo`lgan ekan.

U bir kuni qo`shiqchilarni chaqiribdi. Ularga

navbatma- navbat kuylashni buyuribdi.

Qo`shig`i yoqmaganlarni jazolabdi. Axiyri bir

onaxonni keltiribdilar. U alla aytishni boshlabdi.

Podshoh esa qo`shiqni eshitib, yum-yum

yig`labdi. Bu kuy unga munis onajonini,

beg`ubor bolaligini eslatibdi. Shuningdek, bu

allada xalqning orzu-armonlari ham bayon

etilgan ekan:






Senga qo`ydim yaxshi ot, alla,

Yaxshi nayatdir murod, alla,

Yurt-u elga suyansang, alla

Senga bo`lg`usi qanot, alla.


* * * * * * * *

Ertak-rivoyatni o`quvchilar bilan birga o`qish,

mazmuni yuzasidan savol-javob asosida

o`quvchilar bilimini baholash. Darslikdagi

savollarga javob topish. Faol o`quvchilarga

“Rag`bat” kartochkalarini tarqatish.


Savollar:

1. Podshoh nimani buyuribdi?

2. Onaxon qanday qo`shiq kuylabdi?

3. Nima uchun podshoh yig`labdi?

O`quvchilar o`rtasida alla aytish musobaqasi o`tkazaman.

U xla qo`g`irchoq,

Ko`zlari munchoq.

Kuni bilan o`ynadim,

Qilding ko`nglim choq.

Alla, alla, alla-yo-o-o alla!

---------------------

S enga qo`ydim yaxshi ot, alla,

Yaxshi nayatdir murod, alla,

Yurt-u elga suyansang, alla

Senga bo`lg`usi qanot, alla.

-----------------------

Alla aytay jonim bolam

Quloq solgin alla.

Shirin allam tinglab asta

Uhlab qolgin alla.

---------------

Uxla qo`g`irchoq,

Ko`zlari munchoq.

Kuni bilan o`ynadim,

Qilding ko`nglim choq.

A lla, alla, alla-yo-o-o alla!











III.Yangi mavzu bayoni.

O`quvchilarga ona buyuk zot ekanligini

tushuntirish.

Shoir Po`lat Mo`min haqida qisqacha

ma`lumot berish.














O`qituvchi: Bolajonlar sizlarni oq yuvib, oq taragan kim?

Hamma o`quvchilar: Onajonlar.

O`qituvchi: Kim sizga shirin-shirin taomlar tayyorlab beradi?

Hamma o`quvchilar: Onajonlar.

O`qituvchi: Kim sizga issiq nonlar yopib beradi?

Hamma o`quvchilar: Onajonlar.


O`qituvchi: Demak onajonlar chaqirsalar doimo labbay, ish buyursalar ho`p bo`ladi deyishimiz kerak.


Mavzu: Mehribon oyijonim.


Po`lat Mo`min


Juda ham a`losiz, oyijon,

Juda ham donosiz, oyijon.

Siz meni qo`zim, deb sevasiz,

Nur to`la ko`zim, deb sevasiz,

Oyijon, oyijon, oyijon.


Siz meni barchaga yaxshilab,

Quchasiz o`rgilib, erkalab.

Shu aziz boshimni silaysiz,

Menga baxt, omonlik tilaysiz,

Oyijon, oyijon, oyijon.









- Qo`shiq matnini ifodali o`qish.


- O`quvchilar bilan birgalikda qo`shiqni

kuyga solish.


T o p i s h m o q l a r


1. Aytsalar oyim bizga,

Uyqu keladi ko`zga.

(alla)

2. Na boshi bor, na tani,

Na joni, na vatani.

Eshitsa biror ovoz,

Javob qaytarar shovvoz.

(aks sado)

3. Tikuvchiga o`rtoq o`zi,

Bittagina jajji ko`zi.

(igna)

4. Tinmay o`qisang agar,

Ko`p narsani o`rgatar.

Bilsang, uka, o`ylab top,

Bilim koni u - …

(kitob)


( Faol o`quvchilarni rag`batlantirib borish).


IV. Dam olish daqiqasi.

O `qituvchi: Lets pley.

Ekranda inglizcha “THE FINGER FAMILY” videosi qo`yiladi. O`quvchilar o`rnilaridan turib qo`shiq ijro qilish bilan birga qo`l va oyoqlarida harakatli mashqlar bajaradilar.









V. Yangi mavzuni mustahkamlash.
















O`qituvchi: Qadrli o`quvchilar! Muhtaram prezidentimiz aytganlaridek, siz kelajak vorisisiz. O`zbekistonni yanada ravnaq topishi, gullab yashnashi sizlarning zimmangizda. Shunday ekan yurtboshimiz, ota-onamiz, vatanimiz ishonchini oqlash uchun faqat a`lo baholarga o`qishingiz, odob-ahloq bobida tengdoshlaringizga na`muna bo`lishingiz kerak. Axir aytadilarku, vatan qudrati unda kamol topayotgan barkamol avlodlarga bog`liq.

VI. Baholash va rag`batlantirish.

Guruhlardagi “rag`bat” kartochkalari hisoblab chiqilib, o`quvchilar baholanadi.







VII Uyga vazifa:


1. “Mehribon oyijonim” qo`shig`ini yod olish

va kuyga solish.


2. Ota-ona va barcha kattalarga hurmatda,

kichiklarga esa izzatda bo`lish.


3. Yangi topishmoq va maqollar o`rganish.






Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 1 класс

Скачать
Mehribon oyijonim.

Автор: Мусабаева Ноилабону

Дата: 19.05.2020

Номер свидетельства: 550452


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства