kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

May dasturxoni haqida ma'lumot

Нажмите, чтобы узнать подробности

Ushbu dars ishlanmada poliz ekinlari, maydagi to'kin sochinlik haqida

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«May dasturxoni haqida ma'lumot»

_________ viloyati

_______ tuman Xalq ta’limiga qarashli

_-maktabning

Boshlang’ich sinf o’qituvchisi

__________________ning

3-sinf uchun O’qish fanidan “May dasturxoni” deb nomlangan bir soatlik dars ishlanmasi

Sana:_______________________________

Mavzu: May dasturxoni. Go`zal Begim

Darsning maqsadi: Ta`limiy:. o`quvchilarning „ “ sheri yuzasidan mavzularni o'rganish davomida o'zlashtirgan bilimlarini mustahkamlash.

Tarbiyaviy: O`zbekiston farzandi ekanligidan faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otish. Insoniylik ruhidatarbiyalash.T.k.4. badiiy asarlarda aks etgan ma’naviy va madaniy hodisalar mohiyatini to‘g‘ri tushunish va talqin qila olish, ulardagi estetik jihatlarni ilg‘ash hamda tushuntirib bera olish;

Rivojlantiruvchi: tanqidiy fikrlash qobiliyatini oshirish.Nima yaxshi-yu, nima yomonliginifarqlashga o`rgatish. F.k.2. o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi;

Darsning turi: Yangi bilim beruvchi dars.

Darsning metodi: Ifodali o’qish, kichik gurunlarda aqliy hujum, suhbat, izlanish metodi.

Darsning jihozi: Darslik , konspekt, mavzu yuzasidan tarqatmalar.ko‘rgazmalar

Darsning borishi.

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

I.Tashkiliiy qism:

o`quvchilarning fanga oid darslik va o`quv qurollarini nazoratdan o`tkazish,

kun haqida, maktab ichki tartib intizom yuzasidan, sinfni toza tutish,

darsliklarni tartibli va ozoda tutish yuzasidan suhbat o`tkazish.

I Topshiriq. Aqliy mashq:
“Raqamlar tilga kirganda”.
Bunda raqam yozilgan kartochka ko’tariladi, guruhlar javob beradilar.
1989 yil 21 oktabr - O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun.
1993 yil 2 sentabr - Lotin yozuviga asoslangan O’zbek alifboga o’tish to’g’risidagi qonun qabul qilingan kun.
1995 yil 6 may -“Yangi yozuv qayd qilingan kun”.
1995 yil 21 dekabr –Davlat tili to’g’risidagi qonunga o’zgartirishlan kiritilgan kun.
1995 yil 24 avgust - Imlo qoidalari tasdiqlash to’g’risidagi qaror qabul qilingan kun.
1998 yil 13 may - Umumiy o’rta ta’lim tashkil etish to’g’risidagi BM qarori.
Demak, ona tilimiz nechog’li go’zal va boy til ekanligini his etdik.
Ona tilimizning sodda, ravon,go’zal va boy til ekanligini shoirlar ijodida ham o’z aksini topgan. Qani, aziz o’quvchilar ona tilimizga bo’lgan hurmat va muhabbatimizni qanday ifodalay olasiz?
Avval o’zim boshlab beraman:

O’zbek so’zin tinglab kirdi menga jon,
Ohista tirildim va shunda bildim:
Meni tuzatolmas hech dori-darmon,
Jonimga Masihdir shu ona tilim.

Mayli, kim qay tildan zavqu shavq olsa,
Mening o’z tilimga ming jonim fido.
Erta ona tilim agar yo’qolsa,
Men bugun o’tishga bo’lurman rizo.

Mayli, qashshoq bo’lsin, mayli behasham,
Lekin mening uchun aziz va suyuk.
Jahon minbaridan yangramasa ham
Ona tilim menga muqaddas, buyuk.

II.O`tgan mavzuni mustahkamlash. O`quvchilar bilan matn yuzasian savol-javob o`tkazaman. Matnni o`quvchilarga o`qitib, oqish malakalaini tahlil qilgan holda baholab boraman.

III.Yangi mavzu bayoni: G O‘ZAL BEGIM (1974)

Go‘zal Begim 1974-yili Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanida tug’ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetinining o’zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. 2001-2003-yillarda Moskvadagi M.Gorkiy nomidagi oily adabiyot kursida ta’lim olgan.
Shoiraning «Sukunat jaraigi» (1998), «Uchayotgan yaproq soyasi» (2002), “Shabada qirg’og’i” nomli she’riy kitoblari chop etilgan. “O’zbek modern she’riyati” (Toshkent, 2003), “Yoshlar kitobi” (Toshkent, 2008), “Anor” (Moskva, 2008) to’plamlarida she’rlari e’lon qilingan. Ijod namunalari rus, ingliz va qozoq tillariga tarjima qilingan.  

M ay dasturxoni

Go‘zal Begim

Chalib nog‘ora, karnay,

Dasturxon yozibdi may.

Mehmonlari bir talay

Kelishsin-da kechikmay.

Sim qoqibdi qulupnay,

Olchaga der: „Aylanay,

Boramizmi bazmga?

Gilosxon yonimda shay!“

Tut to‘kilibdi tap-tap,

Dovcha kelibdi sakrab.

O‘rik, olma sal shoshib,

Borar daraxt, bog‘ oshib.

Bodringjon va rediska

Yo‘l yuribdi har kecha.

Sabzi, piyoz, bulg‘ori

Sabzavotlar ilg‘ori.

Ko‘k ko‘ylak kiygan karam

Etagi par-par biram.

Pomidor kartoshkaga

Der: „Hammadan men ko‘rkam“.

Qovun, tarvuz palakda,

Anor xola pinakda.

Uzum „oh“ tortib qo‘yar,

Mayning tirnog‘in bo‘yar.

Barcha izzat-ikromda

Qozonxon-u likopda.

Etakchasin taqib may,

Xizmat qiladi tinmay.

IV.Mustahkamlash: O`quvchilar bilan sherni birma bir o’qiydi va tahlil qilinadi. Bo`limda o`tilga she`rlarni eng kim ko`p ayta olishi yuzasidan musobaqa o`tkaziladi.

Darslikda berilgan savollarga o`quvchilar bilan birgalikda javob topiladi:

1. She’rni ifodali o‘qing.

2. She’rda mevalar, sabzavotlar, poliz ekinlari haqida nimalar deyilgan?

“Tarmoqlash metodi”



V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.: Barcha fikrlarni umumlashtirib ushbu bo`lim bizga qanday bilimlarni berganligi yuzasidan xulosalaymian. Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni baholayman.









VI. Uyga vazifa: Sherni yod olish va mazmuniga mos rasm chizish

O`IBDO`:____________________________________





Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 3 класс

Скачать
May dasturxoni haqida ma'lumot

Автор: Toymasova Feruza G'aniyevna

Дата: 08.06.2022

Номер свидетельства: 609151


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства