Просмотр содержимого документа
«Maxraji 3,6,12 bo'lgan kasr sonlar»
ChortoqtumanXalqta’limibo’limigaqarashli
48-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Xodjiyeva Fazilatning
35 nafargacha bo’lgan 3- sinflarining
matematika darslari uchun
Bir soatlik
D A R S
ISHLANMASI
Ushbu dars ishlanma boshlang’ich sinflarda matematika darslari uchun tayyorlangan bo’lib, yangi pedagogik texnologiya asosida dars o’tishga yo’naltirilgan. Bu dars ishlanma 3-sinf ga mo’ljallangan. Mavzu asosida o’quvchilarga maxraji 3,6,12 bo’lgan kasrlar haqida ma’lumot beriladi
Tuzuvchi: 48-sonli umumta'lim maktab boshlang’ich sinf
o’qituvchisi F.Xodjiyeva
Mavzu:Maxraji 3,6,12 bo’lgan kasrlar
Maqsad:
a)ta’limiy: O’quvchilarning kasr tushunchasiga oid bilimlarini mustahkamlash , maxraji 3,6,12 bo’lgan kasrlar bilan tanishtirish, bilim ,ko`nikma hosil qilish.
TK1:fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish;FK:kasrlarni so’zlar ,kasrlar yoki modellar yordamida tasvirlay olish;
b)tarbiyaviy: Sport bilan shug`ullanishni targ`ib qilish,bir-birini hurmat qilishga,o’zaro do’stona munosabatda bo’lishga o’rgatish;TK4:atrofdagilar bilan o’zaro muloqot chog’ida odob-axloq qoidalariga rioya qilishva guruhda ishlash;
d)rivojlantiruvchi:O’quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni, yozuv ko’nikmalarini rivojlantirish. O’quvchilarning faolligini oshirish, olingan bilimlarini hayot bilan bog’lash;FK2:o’rganilgan matematik tushunchalar,faktlar va algoritmlarni o’quv vaziyatlarda qo’llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish.
Dars turi:yangi bilim beruvchi
Dars metodi:savol- javob, tushuntirish,suhbat,Bingo mashqi, guruhlarda ishlash,qismni top,mustaqil ish,
Dars jihozi: darslik,mavzuga oid ko’rgazma, tarqatmalar,mavzuga oid taqdimotlar.
Darsning texnologik xaritasi:
Dars
bosqichi
Bajariladigan ish mazmuni
Metod
Vaqt
1-bosqich.
Tashkiliy
qism
0‘quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.Daftarlar tarqatiladi.Siyosiy daqiqa o’tkaziladi.
4 min
2-bosqich.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash
Matematika darslarida 3-sinf davomida nimalar o‘rganilganligi,kasrlarga doir og‘zaki va yozma misollar yechiladi.
Suhbat, ko’rsatmalilik,
Bingo mashqi
6 min
3-bosqich.
Yangi mavzu
bayoni
Darslikdagi 1-2-3-misol va masalarni yechish orqali maxraji 3,6,12 bo’lgan kasrlar haqida tushuntiriladi.
Savol-javob,”Qismni top”
17 min
4-bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash
4-masalani o‘qituvchi yordamida bajariladi.5-topshiriqni o‘quvchilar mustaqil yechadilar..
Mustaqil ish, savol- javob
13 min
5-bosqich.
O’quvchilarni rag’batlantirish va baholash
Darsdagi faolligiga qarab o‘quvchilar baholanadi va rag’batlantiriladi.
O’z –o’zini baholash
3 min
6-bosqich. Uyga vazifa berish
Darslikdagi 7-misol va 8-masala uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi.
2020-yil O'zbekistonda "Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb e'lon qilindi.
2.”Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish to’g’risida”gi ma’ruzasida belgilab berilgan beshta muhim tashabbus haqida nimalarni bilasiz?
Har bir tashabbus kasr tarzida so’raladi:
1. ni ayting?
2. ni ayting?
Siyosiy daqiqa asosida kasr mavzusi o’tilgan darsga bog’lanadi.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
O`tilgan darsda kasrlarni mustahkamlashga oid misol va masalalar bilan tanishgan edik.O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o`tkazish:
1.Nimchorak nima?
2.Kasr chizig’ining osti nima ddeb ataladi?
3.Kasr chizig’ining usti nima deb ataladi?
Uy vazifasini bajarilishini tahlili o`tkazilib noto`g`ri bajarilgan misollar yuzasidan ko`rsatma beriladi:
6-chizma :
Kesmani 4 ta teng qismga bo’ling. Uchta bo’lagining uzunligini toping. Bu kesmani A va B harflar bilan belgilang . AB kesma butun kesmaning qancha qismiga teng? Kasr ko’rinishida yozing.
Bu chizma asosida berilgan topshiriqni karton qog’ozi yordamida bajariladi. Karton qog’ozini buklash yo’li bilan teng 4 qismga bo’linadi. Buklangan chiziqni belgilangan a va B harflari bilan belgilanadi . Ajratib olingan AB kesmaning butunga nisbatan qismi aytiladi.Javob: AB kesma - qismga teng
7-misol a va b ning berilgan qiymatlari bo’yicha a-b ifodaning qiymatlarini toping.
a
3867
4743
5461
7654
8242
b
1545
2355
2748
3897
5369
a-b
Bu misol “Bingo mashqi ” asosida bajariladi. O’qituvchi A3 qog’ozga chizib kelgan chizmaning to’g’ri javoblarini tarqatmalarda berilgan javoblar asosida topiladi
a
3867
4743
5461
7654
8242
b
1545
2355
2748
3897
5369
a-b
2713
Shu tarzda bajariladi.
III Yangi mavzu bayoni: 1.Chizmani tahlil qiling.
Bir butun doira
Bir butun doira teng qismga bo’lindi
Bo’yalgani uchdan bir. Bo’yalmagan qismi uchdan ikki
Oldindan tayyorlab kelingan turli xil kattalikdagi doirachalar buklash va qirqish yo’li bilan topshiriqdagidek qismlarga ajratiladi.
Bu topshiriqni mustahkamlash uchun to’g’ri to’rtburchak shaklidan foydalanamiz.Induksiya metodi asosida qismlarga bo’lingan to’g’ri to’rtburchakni yig’iladi va ranglari bo’yicha qismlarga ajratiladi:
Bu kvadratchalarni birlashtirib bir butun kvadrat hosil qilinadi:
Yashil- oltidan uch qism
Sariq- oltidan uch qism
2.Uchta doira berilgan. Ular nechta bo’lakka teng bo’lingan ? Birinchi doiraning , ikkinchi doiraning , uchinchisini qismini ko’rsating.
Ko’rgazma asosida oq qog’ozdan qirqilgan doiralar buklash yo’li bilan berilgan qismlarga bo’linadi. Har bir guruhdan bir nafardan o’quvchi chiqadi . O’quvchilar topshiriq asosida so’ralgan qismlarni bo’yashadi. Bo’yalgan chizmalarini izohlab berishadi.
III.Yangi mavzuni mustahkamlash:
3-masala Chizma asosida mustahkamlanadi. Buning uchun berilgan ko’rinishdagi tasmalar qirqib olinadi. O’qituvchi 1- qismini buklash yo’li bilan ko’rsatib beradi. . Qolgan qismlarni o’quvchilar bilan birgalikda bajaradi. Hosil bo’lgan qismlarni topiladi.
Yuqoridagi tasmalarni bajarishda guruhlarda ishlanadi. Har bir guruh berilgan tasmalarni topshiriqlar asosida buklash yo’li bilan teng qismlarga bo’lishadi.
Dam olish daqiqasi:
Sport bilan shug’ullanishning ahamiyati haqida ozgina suhbat o’tkaziladi.Salomatlik,tozalik haqida o’quvchilar bilgan ma’lumotlarini aytishadi.
O’qituvchi :Birgalikda tort qilamiz:
Qo’llarni harakatga keltirib tort qilish bosqichlari bajariladi.O’quvchilar avval tuxum solish ishini bajarishadi. Undan so’ng esa shakar , un va boshqa masalliqlarni qo’l harakati yordamida solishadi.Tortni aralashtirib, pechga qo’yishadi.Harakatlar davomida :
Shirin tortim totligina,
Pishiraman yumshoqqina.
Onam xursand bo’lsinlar
Yuz yoshga kirsinlar. she’rini aytishadi.
Tort pishgach ularni harakatlar yordamida qismlarga bo’linadi. Monitorda pishgan tortni ko’rsatiladi:
Savol-javob bilan qismlarni so’raladi. Bu mashq yordamida ota-onalarni e’zozlash, kattalarni hurmat qilish,do’stlar bilan ahil bo’lish va har narsada saxiylik va tejamkorlikka amal qilish eslatib o’tiladi.
4-masala birgalikda bajariladi:
Detal -532 ta
Bu hamma buyurtmaning - qismi
Buyurtma qilingan -? ta
Yechish: 532:4*2= 133*2= 266
O’quvchilarga kichik tasmalar tarqatilib , tasmalarni monitorda ko’rsatilgan qismlarga buklash topshiriladi:
V. O`quvchilarni baholash va uyga vazifa:
O ’quvchilar dars davomida savol-javob,suhbat,guruhlarda ishlash va mustaqil ishlash jarayonida rag’batlantirib boriladi. Bunda har bir bola uyga topshiriq qilib berilgan shakllarning yaproqchalariga o’z ballarini qo’yib boradilar:
Ballar dars so’ngida umumlashtiriladi va baholanadi.
VI.Uyga vazifa : 6-7- misol.
Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beriladi va dars yakunlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Prezidentimizning ”Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish to’g’risida”gi ma’ruzasida belgilab berilgan beshta muhim tashabbus 2019-yil 19-mart
2.S.Burxonov,O’.Xudoyorov,Q.Norqulova,N.Ruzikulova,L.Goibova muallifligidagi 3-sinf matematika darsligi 2019-yil