kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Matematika fanidan metodik qo'llanma

Нажмите, чтобы узнать подробности

Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan integratsiyalashgan dars ishlanma

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Matematika fanidan metodik qo'llanma»

Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi

3- maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi

Ikromova Jannatoy Normurodovnaning

1-sinflar uchun matematika fanidan yozgan

1 soatlik noana’naviy integratsiyalashgan

dars ishlanmasi













2022-2023 o’quv yili





1-sinf

Dars: Matematika

Mavzu: 100 ichida qo’shish va ayirish

Maqsad: a) Yuz ichida sonlarni xonadan o’tmasdan qo’shib ayirishga o’rgatish

b) To’g’ri va noto’g’ri tushunchalarini hayotda qo’llash ko’nikmasini shakllantirish

d) Qo’shish va ayirish amali natijasining to’g’riligini chamalab , baholay olish malakasini rivojlantirish

Integratsiya: ona tili va o’qish savodxonligi,jismoniy tarbiya, tasviriy san’at, texnologiya, tabiiy fan, tarbiya , ingliz tili

Asosiy tushunchalar: qo’shish va ayirish hadlari, amallari, natijalari

  1. Tashkiliy qism. Salomlashish va oquvchilar davomatini aniqlash. Bu darsimizda o’quvchilar erkin o’tiradilar. Faqat o’z o’rinlarida qay holatda bo’lsa ham ustozlari va tendoshlari so’zlariga e’tibor berib turishlari kerak. Ular qo’l va oyoqlarini bir tekisda qimirlatmay turishlari shart emas. O’zlariga qulay usulda joylashib ,erkin o’tiradilar. Chunki bu darsda biz O’ynab o’rganamiz Darsimizda hamma ishtirok etishi shart.

O’quvchilarni 3 guruhga ajratamiz. Bunda o’quvchilar o’qituvchi stoli oldiga kelib, 1 , 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10 raqamlari yozilgan qizil, sariq, yashil doirachalarni oladilar.

100

9

8

7

6

5

4

3

2

1





10

2

3

4

5

6

8

7

9

1





10

93

8

7

63

5

4

3

2

1





Jami 30 ta doiracha tayyorlangan. O’quvchilar xohlagan rangdagi va raqamdagi doirachani navbat bilan kelib oladilar

1 raqami yozilgan doiracha egalari 1-stol atrofiga joylashib o’tiradilar

2 raqami yozilgan doiracha egalari 2-stol atrofiga joylashib o’tiradilar

3 raqami yozilgan doiracha egalari 3-stol atrofiga joylashib o’tiradilar

Taxminan 30 ta o’quvchi bo’lsa 10 tadan qilib, teng 3 guruhga bo’linadi

A’LO

YA

JYA

Endi o’quvchilar dars davomida 10 ta shart asosida bellashadilar. Har bir shartni , har bir guruhdan 1nafar o’quvchi bajaradi. Shunday qilib dars davomida 10 ta shart asosida 3 tadan 30 nafar o’quvchi darsga to’liq qatnashadi. O’quvchilar faqat o’zlarining savollariga emas ,javob berishga qiynalgan o’quvchilarning ham savollariga javob beradilar va qo’shimcha ballga ega bo’ladilar. Biz uchun o’quvchini bilmagan javobi emas, bilgan narsasi muhimroq,shuning uchun o’quvchini kamsitmasdan 3 xil yozuvli kartochkalardan bergan javobiga qarab bittadan beramiz.

A’lo Juda yaxshi Yaxshi

Ma’naviyat daqiqasi: 1-shart

Yo’l harakati qoidalari darsi bilan integratsiya.

Doska oldiga 1 raqami yozilgan 3 nafar o’quvchini taklif qilamiz

1-savol. Chorrahada nechta yo’l tutashadi? (4 ta)

2-savol. Svetaforda necha xil rang bor?( 3 xil)

3-savol. G’ildiraklari soni nechta?

O’quvchilarning javoblariga qarab rag’bat kartochkalari beriladi va o’qituvchi tomonidan fikrlar umumlashtiriladi.

O’tilgan mavzuni takrorlash (21 dan 100 gacha bo’lgan sonlar).

Tabiiy fan bilan integratsiya. Ekranda bahor fasliga oid suratlar ko’rsatiladi

.

O’quvchilarga umumiy savol beriladi. Tabiatda nimalar taxmiman yuztadan ortiq. (qushlar, daraxt barglari, yulduzlar, daraxtlardagi mevalar, odamlar, mashinalar)

2-raqamli o’quvchilar doska oldiga taklif qilinadi.

1-savol. Bahor fasli necha oydan iborat? (3 oy)

2-savol. Bir oy necha kundan iborat? (30 va 31 kun)

3-savol. Mart 31 , aprel 30 , may 31 kundan iborat bo’lsa ,bahor fasli necha kundan iborat. (92 kun)

O’quvchilaring fikri umumlashtiriladi va murakkabroq savolga ham qiynalmay javob bera olganliklariga qarab rag’bat kartochkasi beriladi

Yangi mavzuga zamin tayyorlash.

Ingliz tili bilan integratsiya. Ingliz tilida jamoa bo’lib sanaymiz.

3-raqamli o’quvchilarni taklif qilamiz.

Javoblarni ingliz tilida aytamiz.

1-savol. 90-89=? (1 one)

2-savol. 7+8=? (15 fifteen)

3-savol. 86-80=? (6 six )

4-savol. 0+9=? (9 nine)

5-savol. 22-11=? (11 eleven)

Yangi mavzuni bayoni.

Jismoniy tarbiya bilan integratsiya.

Dam olish daqiqasiO’rnimizni topamiz o’yini” o’yini o’tkaziladi.

Bu o’yinda jamoa bo’lib o’ynaladi. Savollar beriladi agar javobi juft son bo’lsa, o’quvchilar stulchaga o’tirishadi. Agar toq son bo’lsa tik turishadi.

1, 5, 2, 9 , 6, 7, 4, 8, 3, 10

Doskaga sana va mavzu yoziladi.

Mavzu: 100 ichida qo’shish va ayirish

( O’quvchilar doskadan sana va mavzuni ko’chirib yozgunlaricha matematik estafeta o’tkaziladi)

Matematik estafeta

4-raqamli o’quvchilarni taklif qilamiz

20+10= 30-20= 50-40=

50-40= 20+10= 30-20=

20+30= 50-40= 20+10=

100-70= 60+40= 100-70=

60+40= 100-70= 60+40=

Birinchi bo’lib misollarni yechib bo’lgan o’quvchi g’olib sanaladi va tegishli rag’bat kartochkasiga ega bo’ladi Darslikning 123-betidagi 1-misol tushuntiriladi.

1 ta o’nlik=10 ta birlik

2 ta o’nlik=20 ta birlik…

9 ta o’nlik=90 ta birlik

10 ta o’nlik=100 ta birlik.

Ona tili va o’qish savodxonligi bilan integratsiya.

O’quvchilar daftarlariga 1-misolni o’qituvchi yordamida matematik diktant sifatida yozadilar.

7 ta o’nlik va 2 ta o’nlikning yig’indisi (70+20=90)

8 ta o’nlik va 4 ta o’nlikning ayirmasi (80-40=40)

Har bir qalam qutida 10 ta qalam bo’lsa, 5 ta qalam qutida nechta qalam bor?(10+10+10+10+10=50)

Qalam qutilari 10 ta, bu 10 ta o’nlikdan iborat. Jami qalamlar soni nechta?(10+10+10+10+10+10+10+10+10+10= 100 ta)

Darslikdagi 2-misol o’quvchilarga tushuntiriladi.

Doskaga 5-raqamli o’quvchilar taklif qilinadi.

10 ni qo’shamiz


10 ni ayiramiz


10 ni qo’shamiz

15


53


38


45

55

51

41

47

57

59


97


18


O’quvchilar daftarlariga quyidagicha yozishlari tushuntiriladi,ko’chirib yechadilar.

2-misol

15+10= 53-10= 38+10=

45+10= 51-10= 47+10=

59+10= 97-10= 18+10=

Kitobdagi 3-misol amaliy ish

Iqtisodiy bilim asoslari bilan integratsiya

6-raqamli o’quvchichilarni taklif qilamiz

Topshiriq amaliy ko’rinishda tangalar yordamida tushuntiriladi. “Bank” o’yin o’tkaziladi.

Mana bu pullarga ega bo’lish uchun quyidagi misollarni yechishimizga to’g’ri keladi. Kuchingizga qarab harakat qiling yoki tavakkal qiling.Bilamizki,ko’p mehnat talab qilgan ishning qiymati ham baland bo’ladi. Kim qancha pulga ega bo’ladi.O’quvchilarga hayoti davomida ildam borishga, vaqti kelganda buyuk maqsadlarga erishish uchun qo’rqmasdan tavakkal qilish ham mumkin ekanligini, asosiysi ortga chekinmaslik qo’rqmay harakat qilish kerakligi ham aytib o’tiladi. Bozorlar haqida, savdo-sotiq haqida ham tushuncha beriladi

Ekranda bank ko’rinishi tasvirlanadi

Bank

100

60



80

70

90

50



sos

25+35-10=? (50 so’m)

45+35-20=? (60 so’m)

65+25-20=? (70 so’m)

45+55-20=? (80 so’m)

45+35-10-0=? (90so’m)

35+35+45-15=? (100 so’m)

Yechgan misollariga qarab, ko’p pul qiymatiga ega bo’lganliklariga qarab o’quvchilar rag’batlantiriladi

Texnologiya fani bilan integratsiya.

O’quvchilar siz minorani ko’rganmisiz?

U qaysi shaharlarda bor?

7-raqamli o’quvchilarni taklif qilamiz. Ekranda Minora rasmi gavdalanadi.


O’quvchilar berilgan g’ishtlardan o’nliklarni ketma-ket joylashtirib minora yasaydilar Minorani tez va xatosiz birinchi bo’lib yig’gan o’quvchi g’olib hisoblanadi

50

10

80

100

90

80

70

60

50

40

30

20

10



60



100

70

20



30

90



40





O’quvchilar berilgan g’ishtlardan o’nliklarni ketma-ket joylashtirib minora yasaydilar Minorani tez va xatosiz birinchi bo’lib yig’gan o’quvchi g’olib hisoblanadi.

O’quvchilar daftarlariga quyidagicha.yozishlari tushuntiriladi.

10, 20, 30, 40, 50, 60, 70, 80, 90, 100

100, 90, 80, 70, 60, 50, 40, 30, 20, 10.

Yangi mavzuni mustahkamlash.

Tarbiya fani bilan integratsiya

8-raqamli o’quvchilarni doska oldiga chaqiramiz

Berilgan maqollarni ma’nosini tushuntirishlari kerak. Ekranda maqollar yoziladi.

1. Sanamay 8 dema.

2. 7 o’lchab bir kes.

3. 1 yigitga 40 hunar oz.

O’quvchilar fikri umumlashtirib o’qituvchi tomonida to’ldiriladi.

Sirli sandiq o’yini

9 raqamli o’quvchilarni taklif qilamiz.Ona tili va o’qish savodxonligi darsi bilan integratsiya.

Sandiqchada 3 ta matematik topishmoq yozilgan .Javobini topamiz

  1. 1onada 4 bola , 12 ta nevara (1 yil , 4 fasl, 12 oy )

  2. O’zi 1 ta ko’zi 1000 ta (elak)

  3. Ingichka va nozik,peshanasida 1 ta ko’zi bor (igna)

Doska oldiga 10-raqamli o’quvchilarni taklif qilamiz

Masala tuzib yechadilar 1-masala

10kg 10kg 20kg

Jami =? Kg

35 so’m 40so’m Jami= ? so’m

+ =? Jami nechta halqadan iborat?


oquvchilarga uy vazifasi Loyiha ishi tarzida beriladi. Gugurt cho’plaridan 100 dona olib 10 liklarga ajratish va har bir o’nlikdan biror shakl yasash.

Dars yakunida .dars shiori yodga olinadi

Bilmaslik ayb emas , o’qimaslik aybdir.

Guruhlar bali hisoblab chiqiladi

A’LO yozilgan kartochkalar 5 balldan ,JYA yozilgan kartochkalar 4 balldan,

YA yozilgan kartochkalar 3 balldan. Balli yuqori bo’lgan guruh g’olib, ammo do’stlik birinchi o’rinda. YA kartochkasini olgan o’quvchila bilmasak emas, ular ko’proq o’qishi kerak bo’lgan o’quvchilar ekanligi samimiy tushuntiriladi
























Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 1 класс

Скачать
Matematika fanidan metodik qo'llanma

Автор: Ikromova Jannatoy

Дата: 31.03.2023

Номер свидетельства: 628752


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства