kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni!

Нажмите, чтобы узнать подробности

«Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni!»

1- boshlovchi: — Assalomu alaykum, osuda hayotimizning posbonlari, hurmatli otaxonlar, mehri ummon onaxonlar, ustoz-murabbiylar! Sizni bugungi davramizning aziz mehmoni sifatida ko‘rib turganimizdan juda xursandmiz.

2- boshlovchi: — Biz bugun 14- yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganliginini nishonlash  maqsadida ushbu koshonaga yig‘ildik. E’tiboringizga

««Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni!», mavzusidagi tadbirni namoyish qilamiz.

1- boshlovchi: — Dunyoda «Vatan» so‘zidan aziz va yurakka yaqin kalom topilmagani kabi, vatan himoyachisi bo‘lishdan ortiq shon-sharaf ham yo‘q. Mazkur tushunchalar bir-biri bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, asrlar osha ajdodlarimiz o‘gitlarida, xalqimizning bugungi bunyodkorlik ishlarida yashab kelmoqda. 

2- boshlovchi: — Bu bayram — el-yurtga sadoqat bayrami. Qurolli Kuchlarimiz mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligining, kelajagi buyuk davlat barpo etayotgan O‘zbekiston fuqarolarining tinch-osoyishta hayoti, bunyodkorlik yo‘lidagi mehnati xavfsizligining kafolatidir.

1- boshlovchi: — Vatan himoyachisi deganda ko‘z o‘ngingizda kimlar gavdalanadi?

o‘quvchi: — Men muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan akamni ko‘z oldimga keltiraman.

2- o‘quvchi: — Kursantlarga harbiy bilim berib kelayotgan dadamni birinchi navbatda eslayman.

3- o‘quvchi: — Hozirgi kunda nafaqadagi bobom ham vatan himoyachisi bo‘lgan.

4- o‘quvchi: — Vatan himoyachisi deganda ko‘z o‘ngimizda, eng avvalo, qomatiga harbiy libos yarashgan, tug‘ilgan yurti va oq sut bergan xalqini jondan sevuvchi, zamonaviy harbiy bilim va ko‘nikmalarga ega, tinchlik va barqarorlikni saqlashdek olijanob maqsad yo‘lida har qanday jasoratga tayyor mard va botir o‘g‘lonlar namoyon bo‘ladi.

1- boshlovchi: — Har birimiz yaxshi xulq va a’lo baholarimiz bilan vatanga sodiq farzand ekanligimizni ko‘rsatamiz. Hozirgi videorolikda ham bunga guvoh bo‘lamiz.

  1. boshlovchi: — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining

52- moddasida «O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish — O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar», deyilgan.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni!»

Samarqand viloyati

Kattaqo`rg`on shahar

16 –umumiy o`rta ta`lim maktabi

boshlang `ich sinf o`qituvchisi

Xayriyeva Feruzaning

«Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni!»

mavzusida

o’tkazgan

TADBIR ISHLANMASI









«Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni!»

1- boshlovchi: — Assalomu alaykum, osuda hayotimizning posbonlari, hurmatli otaxonlar, mehri ummon onaxonlar, ustoz-murabbiylar! Sizni bugungi davramizning aziz mehmoni sifatida ko‘rib turganimizdan juda xursandmiz.

2- boshlovchi: — Biz bugun 14- yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganliginini nishonlash maqsadida ushbu koshonaga yig‘ildik. E’tiboringizga

««Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni!», mavzusidagi tadbirni namoyish qilamiz.

1- boshlovchi: — Dunyoda «Vatan» so‘zidan aziz va yurakka yaqin kalom topilmagani kabi, vatan himoyachisi bo‘lishdan ortiq shon-sharaf ham yo‘q. Mazkur tushunchalar bir-biri bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, asrlar osha ajdodlarimiz o‘gitlarida, xalqimizning bugungi bunyodkorlik ishlarida yashab kelmoqda. 

2- boshlovchi: — Bu bayram — el-yurtga sadoqat bayrami. Qurolli Kuchlarimiz mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligining, kelajagi buyuk davlat barpo etayotgan O‘zbekiston fuqarolarining tinch-osoyishta hayoti, bunyodkorlik yo‘lidagi mehnati xavfsizligining kafolatidir.

1- boshlovchi: — Vatan himoyachisi deganda ko‘z o‘ngingizda kimlar gavdalanadi?

  1. o‘quvchi: — Men muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan akamni ko‘z oldimga keltiraman.



2- o‘quvchi: — Kursantlarga harbiy bilim berib kelayotgan dadamni birinchi navbatda eslayman.

3- o‘quvchi: — Hozirgi kunda nafaqadagi bobom ham vatan himoyachisi bo‘lgan.

4- o‘quvchi: — Vatan himoyachisi deganda ko‘z o‘ngimizda, eng avvalo, qomatiga harbiy libos yarashgan, tug‘ilgan yurti va oq sut bergan xalqini jondan sevuvchi, zamonaviy harbiy bilim va ko‘nikmalarga ega, tinchlik va barqarorlikni saqlashdek olijanob maqsad yo‘lida har qanday jasoratga tayyor mard va botir o‘g‘lonlar namoyon bo‘ladi.

1- boshlovchi: — Har birimiz yaxshi xulq va a’lo baholarimiz bilan vatanga sodiq farzand ekanligimizni ko‘rsatamiz. Hozirgi videorolikda ham bunga guvoh bo‘lamiz.

  1. boshlovchi: — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining

52- moddasida «O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish — O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar», deyilgan.

1- boshlovchi: —  Vatan, vatan himoyasi haqida shoirlar ko‘p she’rlar bitgan. O‘quvchilarimiz yod olgan ana shunday she’rlarni aytishadi.

(Ular shoir Rauf Tolibning «O‘zbek askari so‘zi» nomli she’rini o‘qishadi). 

1- o‘quvchi:

Men askarman, doimo

Hushyorlik menga qurol.

Darrov sezaman, hatto

Shitirlasa, gar shamol.

2- o‘quvchi:

Axir ona-Vatanim

Tikkan menga ko‘zini,

Fido etib bu jonim,

Oqlayman yurt tuzini.

3- o‘quvchi:

Qo‘riqlayman el tinchin,

Tonglarning kulgusini.

Keksalar baxt, sevinchin,

Go‘daklar kelgusini.

4- o‘quvchi:       

— Mustaqil ona-Vatan

Mening ko‘z qarog‘imda.

Axir shu yurt, shu chaman,

O‘stirdi quchog‘ida.

1- boshlovchi: — Askar — mard, jasur, epchil, kuchli yigit degani. Sinfimizning o‘g‘lonlari Vatanimizning bo‘lajak posbonlaridir. Ular hozir jasur askar bo‘lish orzusida.

2- boshlovchi: — Ular ishtirokidagi sahna ko‘rinishini tomosha qiling.

(2010- yil 12- yanvarda poytaxtimizda ochilgan «Vatanga qasamyod» monumentining surati oldida o‘g‘il bolalar davlatimiz timsoli —- bayrog‘imizni o‘pib, Vatan himoyasi uchun, qutlug‘ zaminning har qarich tuprog‘ini asrash uchun tayyorman, deb tiz cho‘kib qasamyod qilishadi. Sahna ko‘rinishi tugagach, bo‘lajak askarlar O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymonning «Askarlar» nomli jangovar qo‘shig‘ini aytib chiqib ketadilar).

1- boshlovchi: — Bugungi kunda nafaqat mard yigitlar, balki jasoratli qizlar ham Vatan himoyasi, el kori uchun bel bog‘lab xizmat qilmoqda. Ular haqida sinfimiz qizlari she’r yod olishgan. Marhamat!

1- o‘quvchi:

To‘marisning avlodlari asli sizlar,

Oybarchinday shijoatli, shahdli qizlar.

Qasamyodga sodiq qutlug‘ ahdli sizlar,

El posboni libosini kiygan qizlar.

2- o‘quvchi:

Baxtlisizlar kun-tun elga tinchlik so‘rab,

Lekin doim yurolmaysiz o‘ynab-yayrab.

Yurtni ko‘proq sevgim kelar sizga qarab,

El posboni libosini kiygan qizlar.

3- o‘quvchi:

Yelkangizda yulduzchalar porlab turar,

Sizni mudom yorug‘likka chorlab turar.

Siz kulganda osoyishta olam kular

El posboni libosini kiygan qizlar.

1- boshlovchi: — Biz To‘maris, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur kabi dovyurak sarkardalarning vorislarimiz. Ishonch bilan aytamizki, bobolarimizga munosib, Vatanimizga sodiq farzand bo‘lamiz.

2- boshlovchi: — Tadbirimizga tashrif buyurgan ichki ishlar xodimlariga so‘z navbatini beramiz. 

1- boshlovchi: — Bayram tadbirimiz ham nihoyasiga yetdi. Barchangizni mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana — Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari bilan chin qalbdan yana bir bor muborakbod etamiz.

2-  boshlovchi: — Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bo‘lsin.




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 3 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni!

Автор: Xursanova Dilrabo Islomovnaning

Дата: 04.04.2020

Номер свидетельства: 545291


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства