kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Ma`naviyatli xalqni yengib bo`lmaydi.

Нажмите, чтобы узнать подробности

Ma`naviyatli xalqni yengib bo`lmaydi.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Ma`naviyatli xalqni yengib bo`lmaydi.»







Namangan tuman

Xalq ta`limi bo’limiga qarashli

1-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi

Boshlang’ich sinf o’qituvchisi

Dilnoza Toshmirzayevaning

O`qish fanidan

































































Mavzu: Ma`naviyatli xalqni yengib bo`lmaydi.

Darsning maqsadlari:

Ta`limiy: o`quvchilarda ma`naviyat haqida tushunchalarini hosil qilish. To`g`ri, ifodali va ravon o`qish ko`nikmalarini mustahkamlash, rivoyat mazmunini tushunish, tahlil qila olishga o`rgatish

Tarbiyaviy: o`quvchilarni vatanimiz ma`naviyati va madaniyatini ardoqlashga o`rgatish. Ma`naviyatlarini boyitish, Vatanparvarlik tuyg`ularini rivojlantirish.

Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning og`zaki nutqlarini rivojlantirish, topqirlik va hozirjavobliklarini mustahkamlash.

O`zini-o`zi rivojlantiruvchi kompitensiya:o`z xatosini tushunish va tuzatish.

Milliy va umummadaniy kompitensiya: orasta kiyinish, yurish-turishda kattalardan o`rnak olish.

Dars turi: yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi.

Dars usuli: tushuntirish, savol-javob, kichik guruhlarda ishlash, “So`zni top” didaktik o`yini

Jihozi: daralik, mavzuga doir ko`rgazmli rasmlar, tarqatmalar, rag`batlar, oymomo va yulduzlar, so`zli bo`g`inlar va texnik vosita.

Darsning borishi:

Tashkiliy davr:

  • o`quvchilar bilan salomlashish;

  • navbatchini tinglash;

  • o`quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish.

O`qituvchi: Aziz o`quvchilar bugun darsimizni 3 guruhga bo`lib olib boramiz:

1-guruh: “Zukkolar”

2-guruh: “Bilimdonlar”

3-guruh: “Chaqqonlar”

O`qituvchi:Darsimiz davomida guruhlarimizni “Oymomo” metodida baholaymiz. Har bir guruhdan qatnashgan o`quvchi yulduzchalarini oymomo yoniga to`playdilar. Dars so`ngida yulduzchasi ko`p guruh g`olib bo`ladi.

- O`quvchilar har kuni ertalab qayerga shoshib kelasiz?


O`quvchi: Maktabga

O`qituvchi: Siz maktabda nimalarni o`rganasiz?

O`quvchi: Maktabda biz o`qishni, yozishni, rasm chizishni, odob-axloqni o`rganamiz.


O`qituvchi: Barakalla maktabda ta`lim bilan tarbiyani birgalikda o`rganar ekanmiz-a.

O`quvchilar maktab biz uchun nima ekan?

O`quvchi: Maktab bizning qadrdon go`shamiz.

O`quvchi: Maktab bizning ikkinchi uyimiz.

O`quvchi: Maktab bizning ilm dargohimiz.

O`quvchi: Maktab bizning kichik vatanimiz.

O`qituvchi: Vatan o`zi nima?

O`quvchi: Vatan – biz tug`ilib o`sgan o`lka.

O`quvchi: Vatan – kindik qonimiz to`kilgan tuproq.

O`quvchi: Vatan – katta bo`lgan beshigimiz.

O`quvchi: Vatan – yashab turgan honadonimiz.

O`quvchi: Vatan - ta`lim olayotgan maktabimiz.

O`quvchi: Vatan - qishlog`imiz, so`lim go`shamiz.

O`quvchi: Vatan - taqdirimiz, baxtimiz.

O`quvchi: Vatan – mustaqil O`zbekistonimiz!

O`qituvchi har bir aytilgan ta`rifli shakllarni doskaga yopishtirib boradi .

















O`qituvchi: Vatanimiz qachon mustaqillikka erishgan?

O`quvchi: 1991-yil 1-sentabrda

O`qituvchi: O`zbekiston mustaqillikka erishgach o`zining nimalariga ega bo`ldi?

O`quvchi: Vatanimiz o`zining milliy ramzlariga ega bo`ldi. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan.

O`quvchi: O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan.

O`quvchi: O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi 1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan.

O`quvchi: O`zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan.

O`qituvchi: o`tgan darsimizda qanday mavzu bilan tanishgan edik?

O`quvchi: biz o`tgan darsimizda nazorat ishi o`tganmiz, uyga vazifa o`tilganlarni takrorlash.

O`tilganlar bo`yicha guruhlar savol-javob o`tkazadi. Har bir savolga javob bergan o`quvchi o`z guruhiga yulduzcha taqdim etadi va bo`g`inli so`zlardan sinf doskasiga so`z tuzadi.

Savol: “Tandir” rivoyati qahramonlarini ayting.

Javob: A.Navoiy, Xudoyberdi va Muhammad ota.

Savol: “Vatanjonim - Vatanim” she`rini kim yozgan?

Javob: P.Mo`min

Savol: Vatan haqida maqol ayting.

Javob: Ona yurting – oltin beshiging. Bulbul chamanni sevar, odam vatanni.

Savol: Qadimda poytaxtimiz Toshkentni yozuvchilar qanday nomlar bilan ta`riflashgan?

Javob: Osiyoning yuragi, Non shahri, Do`stlik shahri.

Savol: U yoqqanda dala qir, kular qiqir-qiqir. Topishmoqning javobini toping.

Javob: Yomg`ir

Savol: Buyuk allomalardan kimlarni bilasiz?

Javob: A.Navoiy, A.Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mirzo Ulug`bek, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar.

MA`

NAV I

Y A T



Q A L B






K O`Z

G U

S I




O`qituvchi: o`quvchilar qanday so`z hosil bo`ldi?

O`quvchilar: ma`naviyat-qalb ko`zgusi

O`qituvchi: ma`naviyat arabcha so`zdan olingan bo`lib, “ma`nolar yig`ini” degani. Ma`naviyat – insonning ruhan poklanishi, qalban ulg`ayishi, iymon e`tiqodini mustahkamlaydi. Ma`naviyatning o`zagi - axloq, nafosat, g`oya, madaniyat va ma`rifat. Odob – axloqi go`zal, yetuk saviyali va bilimga boy, mustaqil fikrlaydigan insonlar - ma`naviyatli insonlardir. Aziz bolajonlar bizning bugungi o`rganadigan mavzuyimiz “Ma`naviyatli xalqni yengib bo`lmaydi” rivoyati.

O`qituvchi matnni ifodali o`qib tanishtiradi. Mavzu yuzasidan tushuncha beradi. Lug`at ishi o`tkazadi.

O’tov – Matodan yasalgan uy.

Avj - qizg’in vaqti.

Miq etmay – indamay, jim.

Palla – payt, mahal.

Yangi mavzuni mustahkamlash: matnni o`quvchilarga navbat bilan o`qitish. Mavzuga doir savol-javob o`tkazish.

O`qituvchi: Bilasizlarmi bolajonlar qadimdan xalqimizning ma`naviyatini yuksaltirishda bizning buyuk bobolarimiz buyuk ishlar qilganlar. Siz ularni taniysizmi?

Slayd namoyish etiladi. O`quvchilar ularga ta`rif beradilar.

O`quvchilar tomonidan M.A`zamning “To`rt og`a – ini” ertagi namoyish etiladi.

O`qituvchi: O`quvchilar bizning ma`naviyatimizning yuksalishida kitobning o`rni beqiyosdir. Kitob haqida nimalarni bilamiz?

O`quvchi: Kitob - qalblarga nur, aqlga qudrat beruvchi vositadir.

O`quvchi: Kitob - zehnlarni charxlab, bilimlar xazinasiga eshik ochadi.

O`quvchi: Allomalar va buyuklar ham barcha muvaffaqiyatlar uchun kitobdan minnatdor bo`lganlar.

O`quvchi: Inson ma`naviyatining yuksalishida, dunyo qarashining shakllanishida kitobning o`rni beqiyosdir.

O`qituvchi: darsimiz so`ngida “Topishmoqni toping topqirlikda o`zing” o`yinida har bir qatorga bittadan topishmoq aytaman. Topgan guruhga sovg`a bor.

Oyog`i yo`q yuradi,

Og`zi yo`q gapiradi. (soat)

O`zi ming xil,

Gapi bir xil. (soat)

Og`zi yo`g`u tili bor,

Dumaloqqina yuzi bor. (soat)

Uyga vazifa: Matnni o`qib, so`zlashga tayyorlanib kelish.

Dars so`ngida guruhlarning yulduzlari sanaladi va g`olib guruh aniqlanadi.


















































































Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 3 класс

Скачать
Ma`naviyatli xalqni yengib bo`lmaydi.

Автор: Toshmirzayeva Dilnoza Abdurasulovna

Дата: 13.04.2020

Номер свидетельства: 546481


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства