kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Ko‘p xonali sonni ikki xonali songa bo‘lish

Нажмите, чтобы узнать подробности

Mavzu: Ko‘p xonali sonni ikki xonali songa bo‘lish

Darsning maqsadi:

 Ta’limiy: o‘quvchilarga ko‘p xonali sonni ikki xonali songa bo‘lishga oid bilim berish;

TK1: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish;

FK1: arifmetik amallarning algoritmlaridan foydalangan holda 1 000 000 ichida nomanfiy butun sonlar ustida amallar bajara olish.

Tarbiyaviy: o‘quvchilarni mehnatsevarlik va tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash;

 TK4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash.

 Rivojlantiruvchi: didaktik o‘yinlar orqali o‘quvchilar bilimini mustahkamkash,  matematika faniga qiziqishlarini orttirish;

 FK2: o‘rganilgan matematik tushunchalar,  faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Ko‘p xonali sonni ikki xonali songa bo‘lish»

Samarqand viloyati

Kattaqo`rg`on shahar

16 –umumiy o`rta ta`lim maktabi

boshlang `ich sinf o`qituvchisi

Aminova Mavluda Dusmurodovnaning

Ko‘p xonali sonni ikki xonali songa bo‘lish

mavzusida o’tkazgan

DARS ISHLANMASI



Sana: 11.03.2020 yil

Mavzu: Ko‘p xonali sonni ikki xonali songa bo‘lish

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: o‘quvchilarga ko‘p xonali sonni ikki xonali songa bo‘lishga oid bilim berish;

TK1: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish;

FK1: arifmetik amallarning algoritmlaridan foydalangan holda 1 000 000 ichida nomanfiy butun sonlar ustida amallar bajara olish.

Tarbiyaviy: o‘quvchilarni mehnatsevarlik va tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash;

TK4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash.

Rivojlantiruvchi: didaktik o‘yinlar orqali o‘quvchilar bilimini mustahkamkash, matematika faniga qiziqishlarini orttirish;

FK2: o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism.

"Quvnoq parovoz” o‘yini.

Bugungi darsni quvnoq paravozni harakatga keltirib, manzilga yetkazishda dars etaplaridahamkorlikda, do‘stonava tezkorlik bilan harakatlanish talab etiladi. Doska yoniga quvnoq paravoz rasmi ilib qo‘yiladi. Uning vagonlarida dars etaplari yozilgan bo‘ladi. Har bir etapda bittadan vagon ilgarilaydi.








II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

O‘quvchilar tartib bilan chiqib vagonacha ko‘rinishidagi shakllardagi misollarni ishlab avval vagonchalarga so‘ngra daftarga yozib ishlaydilar.

Doskadada qoldiqli bo‘lishga doir misollar beriladi.

Matematik diktant o‘tkaziladi.

  1. 1 sutka necha soatga teng? (24 soat)

  2. 45 soatni sutka va soatda ifodalang. (1 sutka 21 soat)

  3. 8 soat sutkaning necha qismiga teng? (3 dan 1 qismiga)

Shundan so‘ng vagonlardan biri oldinga suriladi.

III. Yangi mavzu bayoni.

Darslikdagi 692-misol orqali o‘quvchilarga yangi mavzu tushuntirib beriladi.

Tushuntirish: 6 142 sonini 83 ga bo‘lish kerak.

Bo‘lamiz: 6 142 ni 83 ga emas, 80 ga bo‘lamiz.

O‘nliklarni bo‘lamiz: 614ta o‘nl. – birinchi toliqsiz bo‘linuvchi. Demak, bo‘linmada ikkita raqam bo‘ladi.

Bo‘lamiz: 614 ni 80 ga. Buning uchun 61ni 8 ga bo‘lamiz, 7 chiqadi. Bu sinash raqami bo‘lgani uchun uni tekshirib ko‘ramiz.

Ko‘paytiramiz: 83 ni 7 ga. 581 hosil bo‘ladi. 7 raqami to‘g‘ri topilgan. Uni bo‘linmaga yozamiz. ;

Ayiramiz: 614 dan 581 ni, 33 chiqadi. Bu —qoldiq.

Qoldiqni bo‘luvchi bilan taqqoslaymiz: 33

Demak, bo‘lishni davom ettirish mumkin.

Birliklarni bo‘lamiz: 33 o‘nlik — bu 330 birlik,

yana 2 birlik, hammasi 332 birlik. Bu ikkinchi to‘liqsiz bolinuvchi. 332 ni 83 ga bo‘lsak, 4 chiqadi va chiqqan sonni bo‘linmaga yozamiz. 332 dan 332 ni ayirsak, 0 chiqadi. Qolgan misollar ham tushuntirish bilan bajariladi.

693-misol ham doskada o‘quvchilar tomonidan bajariladi. Bunda quyidagi rejadan foydalaniladi.

  1. Birinchi to‘liqsiz bo‘linuvchini ayting. Bo‘linmada nechta raqam bo‘lishini aniqlang.

  2. Bo‘linmaning birinchi raqamini qanday topganingizni ayting.

  3. Ikkinchi to‘liqsiz bo‘linuvchini ayting.

  4. Bo‘linmaning ikkinchi raqamini qanday topganingizni ayting.

  5. Bo‘linmaning raqamlarini to‘g‘ri topganingizni tekshiring.

1176 : 49 = 24

5096 : 56 = 91

350 ∙ 428 : 700 = 149 800 : 700 = 214

Yangi mavzuni tushunib olishgach yana bir vagoncha harakatlanadi.

Dam olish daqiqasi.O‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagicha dam olish daqiqasi bajariladi.

Shamol esadi g‘uv-g‘uv,

Yig‘laydi bulut duv-duv

Osmonda quyosh xafa

Kulib boqsin u yana!

Dam olish daqiqasida yana ekranda “vertolyot” trenajor mashqi bajariladi.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

694-masala ham doskada ishlanadi. Masalalami yeching va yechilishlarini taqqoslang:

1) Tegirmonga 39 qop bug‘doy va 27 qop arpa keltirildi. Tegirmonga arpaga qaraganda 840 kg ko‘p bug‘doy keltirildi. Agar bug‘doyli va arpali qoplar bir xil massaga ega bo‘lsa, tegirmonga necha kilogramm bug‘doy va necha kilogramm arpa keltirilgan?

Masalaning qisqa sharti:

B ug‘doy – 39 qop, 840 kg ortiq

Arpa – 27 qop,

Bug‘doy - ? kg

Arpa - ? kg

Yechish:

39-27=12 (qop)

840:12=70 (kg)

39·70=2730 (kg)

27·70=1890 (kg)

Javob: bug‘doy 2730 kg, arpa 1890 kg keltirilgan.

2) Tegirmonga bir xil qoplarda 2 730 kg bug‘doy va xuddi shunday qoplarda 1 890 kg arpa keltirildi. Bug‘doy arpaga nisbatan 12 qop ko‘p keltirildi. Necha qop bug‘doy va necha qop arpa keltirilgan.

Masalaning qisqa sharti:

B ug‘doy – 2730 kg, 12 qop ko‘p

Arpa – 1890 kg

Bug‘doy - ? qop

Arpa - ? qop

Yechish:

2730-1890=840(kg)

840:12=70(kg)

2730:70=39(qop)

1890:70=27(qop)

Javob: bug‘doy 39 qop, arpa 27 qop keltirilgan.

Masalalar bajarilib bir-birlari bilan solishtirib farqini tushunib olgach, vagonlardan yana biri yuradi. Shundan so‘mg mavzuga oid trenajor mashq bajariladi. Bunda o‘quvchilar berilgan misollarning bo‘linma va qoldig‘ini tog‘ri topsangiz qo‘ziqorin haqidagi qiziqarli ma’lumotga ega bo‘lasiz.



Misol

Bo‘linma

Qoldiq

682:96

7

10

511:63

8

7

341:37

9

8

581:58

10

1


Agar to‘g‘ri moslashtirilsa misollarning o‘rniga qo‘ziqorin rasmi chiqib, u haqida ma’lumot beriladi.

Bilasizmi, olimlar 1960-yilgacha “Qo‘ziqorin o‘simlikmi yoki jonivor?” deya o‘zaro bahslashishgan ekan. Axiri qo‘ziqorinlar zamburug‘lar oilasiga kiradi, degan ilmiy xulosani qabul qilishgan. Dunyoda qo‘ziqorinlarning taxminan 2 millionga yaqin turi mavjud. Ammo olimlar atigi 100 mingga yaqin qo‘ziqorin turini o‘rganishgan, xolos. Qo‘ziqorindan mazali taomlartayyorlash mumkin. Lekin ba’zi qo‘ziqorinlar zaharli bo‘ladi. Tanlashni bilmaydigan odam qo‘ziqorindan zaharlanib qolishi ham hech gap emas. Qo‘ziqorin judayam tez o‘sadi.

Oxirgi vagon o‘rnidan siljiganda o‘qituvchi bugungi kutilgan natijaga erishilganini aytadi va “quvnoq vagon” da kelajak sari yana bir omadli yurish qilinganini aytadi.

695- masala sharti tushuntiriladi.

Do'konga har biri 50 kg dan 4 qop un keltirildi.Hamma un 2 kg dan qilib xaltachalarga joylandi.

Nechta xaltacha kerak bo'lgan?

50•4= 200 200:2= 100

Javob; 100 xaltacha

V. O‘quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi va rag‘batlantiriladi.

VI. Uyga vazifa berish va darsni yakunlash 696-topshiriq.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 4 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Ko‘p xonali sonni ikki xonali songa bo‘lish

Автор: Aminova Mavluda Dusmurodovnaning

Дата: 04.04.2020

Номер свидетельства: 545288


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства