kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Конспект по тему "Undosh tovushlar va harflar"

Нажмите, чтобы узнать подробности

Darsning maqsadi :

Ta’limiy maqsad: o’quvchilarning  undosh tovushlar va harflar haqida bilimlarini aniqlash va mustahkamlash.Undoshlarni so’z tarkibida aniqlay olishga o’rgatish.FK:1 ko’rgan rasmlar va o’qib eshittirilgan matn yuzasidan o’qituvchi yordamida suhbatga kirisha oladi, nutq jarayonida o’zlashtirgan yangi so’zlarni og’zaki nutqda qo’llay oladi.

Tarbiyaviy maqsad:o’quvchilarda milliy qadriyatlarni qadrlash  va vatanga bo’lgan muhabbat hissini tarbiyalash.Tabiat ne’matlarining foydasi haqida elementar tushuncha hosil qilib, tabiatni asrashga, parvarishlashga odatlantirish.TK:6 o’quv qurollarini saranjom saqlash.

Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning so’z boyligini  oshirish, xotirani charxlash, chiroyli va xatosiz yozuv malakasini rivojlantirish.FK:2 mavzuga oid so’zlarni og’zaki nutqda qo’llay oladi.

Darsning turi:yangi bilim beruvchi.

Darsning shakli: noan’anaviy.

Darsning uslubi: suhbat,savol-javob,tushuntirish,didaktik topshiriq va ta’limiy o’yinlar.

Darsning jihozi: “Ona tili”darsligi,tarqatmalar,mavzuga oid rangli rasmlar, slaydlar,multimedia ilovasi.

I. Tashkiliy qism

   Salomlashish. Davomatni aniqlash.O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish.Ona tili darsini tashkil etish. Aylanma daftarlarni almashtirish va yuritilishini tahlil qilish.

Dars shiori: Ona tili, onajon tilim,

                       Sen men uchun jonajon tilim.

                       Bu tilning har kalomi ulug’

                      Ulug’dirki salomi ulug’.

 Ma’naviy daqiqa: Muhtaram Prezidentimiz har yilni vatanimizning ravnaqini o’ylab, ma’lum nom bilan atashni odat qilganlar.”2020 yil-iqtisodiy o’sish va yangi ommaviy axborotni rivojlantirish yili“deb nomlandi. Yil nomi haqida qisqa tushuncha berish).

Biz  buyuklar avlodi. Bobokalonlarimizdan kimlarni bilasiz?

A.Navoiy,Z.M.Bobur,A.Temur,Al-Xorazmiy,Imom Al  Buxoriy, At Termiziy, Al Xorazmiy, Mirzo Ulug’bek, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar.

Biz bobolarimizga munosib bo’lishimiz uchun a’lo baholarga o’qishimiz,berilgan vazifalarni o’z vaqtida bajarishimiz kerak.

Shu maqsadda bugunga darsni guruhlarga bo’lib, guruhlarni Navoiylar,Boburiylar,Temuriylar deb nomladik.

  Bugungi darsdagi ishtirokingizni yong’oqlar bilan baholab boraman.dars yakunida qaysi guruh ko’p yong’oq yig’sa, shu guruh g’olib hisoblanadi.

Nega aynan yong’oq bilan baholanishingizni dars davomida bilib olasiz.

II O’tilgan mavzuni mustahkamlash

Biz qanday mavzuni o’rgangan edik?-Unli tovushlar va harflar.

O’zbek tilida nechta tovush bor?  30 ta tovush bor.

Tovushni nima qilamiz? Tovushlarni talaffuz qilamiz va eshitamiz.

Tovushlar yozuvda nimalar bilan ifodalanadi? Harflar bilan ifodalanadi.

O’zbek tilida nechta harf bor?   2 ta harf bor.

Nimani ko’ramiz, yozamizva o’qiymiz?  Harflarni  ko’ramiz, yozamiz va o’qiymiz.

Tilimizda nechta unli tovush bor?   6 ta unli tovush bor.

Unli tovushni ifodalovchi harflar nechta?  6  ta.

Unli tovushlar qanday aytiladi?  O’pkamizdan kelayotgan havo oqimi to’siqqa uchramaydi.

“Unlilarni farqla,yoz” ta’limiy o’yini.

3 ta guruhga 3 xil topshiriq berish.

1-guruh: unlilarni “Alifbe” darsligida berilgan tartibda yozish.  a, o, i,o’, u,e.

2-guruh:unlilarni Alifbo” tartibida yozish :a, e, i, o, u, o’

3-guruh: unlilarni tovush va shakl jihatdan o’xshashi, talaffuzda almashinuviga ko’ra juftlab yozing.

Topshiriqni tahlil qilish.

Uy ishini aniqlash va tekshirish.Uy ishi 22-mashq.

Harflardan foydalanib, so’zlar tuzing va yozing.

   Tin, tish, qish, qin.(So’zlarning ma’nosini tushuntirish).(Slayd orqali tekshirish)

O’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilar bilimini baholash.

III Yangi mavzu bayoni

Husnixat daqiqasini o’tkazish:

-Bugun biz siz bilan “Undosh tovushlar va harflar”mavzusuni o’rganamiz.

-Tilimizda tovushlar ikkiga bo’linadi: unli va undosh.

Unli tovushlar to’siqqa uchramagani uchun ovozdan hosil bo’ladi.

-Undosh tovush talaffuzida o’pkamizdan chiqayotgan havo og’iz bo’shlig’ida turli to’siqlarga uchraydi.To’siq bor joyda shovqin yuzaga keladi.

O’zbek tilida 24 ta undosh tovush va 23 ta undosh harf bor.Harflar sonining tovushlar sonidan kamligiga sabab J harfi 2 ta tovush ifodalaydi.

    Bb   Dd   Ff   Hh   Jj   Kk   Ll   Mm

   Nn   Pp   Qq   Rr   Ss   Tt   Vv   Xx

   Yy   Zz   G’g’   Sh sh   Chch   hg

Hozir 23-mashq orqali yangi mavzuni o’rganamiz.(Multimedia ilova ilinadi).

She’rni o’qing.ko’chiring.Undoshlar tagiga chizing.

Yong’oq

Kuz kelganda pishaman,  (Ustoz undoshlarni aniqlaydi)  k,z,l,g,n,d,p,sh,m.

Qoqsang tap-tap tushaman.  (Navoiylar guruhi)  q,s,ng,t

Yog’li qilib noningni,                  (Boburiylar guruhi )     y,g’,b

Tozalayman qoningni.              (Temuriylar guruhi)

Topishmoqning javobi Yong’oq

Yong’oq ko’p yillik va juda foydali.Yong’oqda B-1, B-12, A, D, C, E vitaminlari va boshqa moddalar mavjud.U organizmda moddalar almashinuvini normallashtiradi va immunitetni oshiradi.

Yong’oq haqida yani bitta she’r aytish

Miya kabi shaklim bor,

Boshim to’la aqlim bor.

Meni yegan-donishmand

Bo’lur, degan naqlim bor.

O’quvchilarga she’rni ko’chirish va undoshlarning tagiga chizish topshirig’i beriladi

Didaktik topshiriq:She’r matnida nechta undosh borligi va nechta undosh qatnashmaganligini aniqlatish

She’rda 15 ta undosh qatnashgan, 9 ta undosh qatnashmagan.

Multimedia ilova asosida 24-mashq bajariladi.

Ekranda sabzavotlarning rasmlari namoyish etiladi.O’quvchilar ularning nomlarini aytadilar.Bu mashq Rasmli diktant tarzda o’tkaziladi.Rasmdagi sabzavotlar nomini daftarga husnixat bilan yozish.Shu so’zlar doskada ham bajariladi.Lug’atdan to’g’riligi tekshiriladi.

Sabzavotlar nomini ingliz tilida aytish.Ular haqida she’rlar, topishmoqlar aytish.

                 Karam olib keldilar,tozalab qo’y dedilar.

                 Shoshilib archsam shu chog’, hammasi ekan po’choq.

Yashil to’nli bolalar, makoni keng dalalar

Karsillaydi tishlasa, bo’lar osh bilan yesa.(Turp)

              Sabzi--Yupqagina po’stim bor, dalada ko’p do’stim bor.

              Maqolda ham  yoziqman,  o’sha –oltin qoziqman.

              Yotsam yerga qapishib,dumginamdan tortishib,

               Tashladilar o’raga. salom palov to’raga!    (Sabzi)

 Sabzavot nomlarini tahlil qiling.

Karam-5 ta tovush, 5 ta harf, 3 ta undosh, 2 ta unli.

Kartoshka-8 ta tovush, 7 ta harf,1 ta harf birikmasi, 5 ta undosh, 3 ta unli.

Turp-4 ta tovush,4 ta harf, 3 ta undosh,1 ta unli.

Piyoz-5 ta tovush, 5ta harf, 3 ta undosh, 2 ta unli.

Sholg’om- 6 ta tovush, 5 ta harf,1 ta harf birikmasi,4 ta undosh,2 ta unli.

Sabzi- 5 ta tovush, 5 ta harf, 3 ta undosh,2 ta unli.

Lavlagi-7 ta tovush, 7 ta harf, 4 ta undosh, 3 ta unli.

Sarimsoq-8 ta tovush,8 ta harf,5 ta undosh, 3 ta unli.

   Har bir guruh 2 tadan sabzavot nomini tahlil qilishi kerak.

Dam olish daqiqasi:

Vatan baxtli bolangman,qalbim quyoshga makon.

IV Yangi mavzuni mustahkamlash

“BLITS-SO’ROV”mashqini o’tkazish

Tovushlar

d

g

a

e

b

x

u

o’

r

z

k

o

f   

i

Unli

Undoshd

“So’z tuz”  ta’limiy o’yini

Qaysi guruh “bosh”,  “boy”,  “bol” so’zlaridagi” b” undoshini boshqa undoshlar bilan almashtirib,ko’p so’z hosil qila oladi.

Bosh- dosh, fosh,mosh, qosh, tosh, yosh, shosh, chosh.

Boy- hoy, loy, loy, moy, poy, soy, toy, voy, yoy,choy.

Bol-fol, gol, hol, lol, mol,nol, pol, qol, rol, sol, tol, xol, yol, shol, chol.

Topshiriqlarni tahlil qilish va g’olib guruhni aniqlash.

Ta’limiy o’yin: ”Bir qadam” Bu bellashuvda guruh sardorlari bellashadilar.

O’yin savollari:

1. Alifbo nima?

2.Alifboda nechta harf bor?

3.Tovushlar nechaga bo’linadi?

4.Bir yil necha oydan iborat?

5.Bir yilda nechta fasl bor?

6. “O’qish”darsligidagi “Yurt qalqonlari”she’ri muallifi kim?

7.O’zbek tilida nechta unli tovush bor?

8.Tovushlar yozuvda nima bilan ifodalanadi?

9. Eng katta bir xonali sonni ayting.

10.70 sonida nechta o’nlik bor?

G’olib sardorni aniqlash.

V Dars yakuni

“Eng bilimdon o’quvchi”ni aniqlash va uni rag’batlantirish.Shu bilan birga g’olib guruhni aniqlash.Faol o’quvchilarni rag’batlantirish.O’quvchilar bilimini baholash.

VI Uyga vazifa

Uyga vazifa 25-mashq.Topishmoqni o’qing, javobini toping.

O’zi  ekin,  gul taqar,pishgach yesang xo’p yoqar.

Kun doim unga boqar,u doim kunga boqar.  (Kungaboqar)

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Конспект по тему "Undosh tovushlar va harflar"»

Sana :27-yanvar 2020 yil

Fan : Ona tili

Darsning mavzusi : Undosh tovushlar va harflar

Darsning maqsadi :

Ta’limiy maqsad: o’quvchilarning undosh tovushlar va harflar haqida bilimlarini aniqlash va mustahkamlash.Undoshlarni so’z tarkibida aniqlay olishga o’rgatish.FK:1 ko’rgan rasmlar va o’qib eshittirilgan matn yuzasidan o’qituvchi yordamida suhbatga kirisha oladi, nutq jarayonida o’zlashtirgan yangi so’zlarni og’zaki nutqda qo’llay oladi.

Tarbiyaviy maqsad:o’quvchilarda milliy qadriyatlarni qadrlash va vatanga bo’lgan muhabbat hissini tarbiyalash.Tabiat ne’matlarining foydasi haqida elementar tushuncha hosil qilib, tabiatni asrashga , parvarishlashga odatlantirish.TK:6 o’quv qurollarini saranjom saqlash.

Rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning so’z boyligini oshirish, xotirani charxlash, chiroyli va xatosiz yozuv malakasini rivojlantirish.FK:2 mavzuga oid so’zlarni og’zaki nutqda qo’llay oladi.

Darsning turi:yangi bilim beruvchi.

Darsning shakli: noan’anaviy .

Darsning uslubi: suhbat ,savol-javob ,tushuntirish ,didaktik topshiriq va ta’limiy o’yinlar.

Darsning jihozi: “Ona tili”darsligi ,tarqatmalar ,mavzuga oid rangli rasmlar, slaydlar ,multimedia ilovasi.

I. Tashkiliy qism

Salomlashish . Davomatni aniqlash.O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish.Ona tili darsini tashkil etish. Aylanma daftarlarni almashtirish va yuritilishini tahlil qilish.

Dars shiori: Ona tili, onajon tilim,

Sen men uchun jonajon tilim.

Bu tilning har kalomi ulug’

Ulug’dirki salomi ulug’.

Ma’naviy daqiqa: Muhtaram Prezidentimiz har yilni vatanimizning ravnaqini o’ylab, ma’lum nom bilan atashni odat qilganlar.”2020 yil-iqtisodiy o’sish va yangi ommaviy axborotni rivojlantirish yili“deb nomlandi. Yil nomi haqida qisqa tushuncha berish).

Biz buyuklar avlodi. Bobokalonlarimizdan kimlarni bilasiz?

A.Navoiy,Z.M.Bobur,A.Temur,Al-Xorazmiy,Imom Al Buxoriy, At Termiziy, Al Xorazmiy, Mirzo Ulug’bek, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar.

Biz bobolarimizga munosib bo’lishimiz uchun a’lo baholarga o’qishimiz ,berilgan vazifalarni o’z vaqtida bajarishimiz kerak.

Shu maqsadda bugunga darsni guruhlarga bo’lib, guruhlarni Navoiylar,Boburiylar,Temuriylar deb nomladik.

Bugungi darsdagi ishtirokingizni yong’oqlar bilan baholab boraman.dars yakunida qaysi guruh ko’p yong’oq yig’sa, shu guruh g’olib hisoblanadi.

Nega aynan yong’oq bilan baholanishingizni dars davomida bilib olasiz.

II O’tilgan mavzuni mustahkamlash

Biz qanday mavzuni o’rgangan edik?-Unli tovushlar va harflar.

O’zbek tilida nechta tovush bor? 30 ta tovush bor.

Tovushni nima qilamiz? Tovushlarni talaffuz qilamiz va eshitamiz.

Tovushlar yozuvda nimalar bilan ifodalanadi? Harflar bilan ifodalanadi.

O’zbek tilida nechta harf bor? 2 ta harf bor.

Nimani ko’ramiz, yozamizva o’qiymiz? Harflarni ko’ramiz, yozamiz va o’qiymiz.

Tilimizda nechta unli tovush bor? 6 ta unli tovush bor.

Unli tovushni ifodalovchi harflar nechta? 6 ta .

Unli tovushlar qanday aytiladi? O’pkamizdan kelayotgan havo oqimi to’siqqa uchramaydi.

“Unlilarni farqla ,yoz” ta’limiy o’yini.

3 ta guruhga 3 xil topshiriq berish.

1-guruh: unlilarni “Alifbe” darsligida berilgan tartibda yozish. a, o, i,o’, u,e.

2-guruh:unlilarni Alifbo” tartibida yozish :a, e, i, o, u, o’

3-guruh: unlilarni tovush va shakl jihatdan o’xshashi, talaffuzda almashinuviga ko’ra juftlab yozing.

Topshiriqni tahlil qilish.

Uy ishini aniqlash va tekshirish.Uy ishi 22-mashq.

Harflardan foydalanib , so’zlar tuzing va yozing.

Tin , tish , qish , qin.(So’zlarning ma’nosini tushuntirish).(Slayd orqali tekshirish)

O’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilar bilimini baholash.

III Yangi mavzu bayoni

Husnixat daqiqasini o’tkazish:

-Bugun biz siz bilan “Undosh tovushlar va harflar”mavzusuni o’rganamiz.

-Tilimizda tovushlar ikkiga bo’linadi: unli va undosh.

Unli tovushlar to’siqqa uchramagani uchun ovozdan hosil bo’ladi.

-Undosh tovush talaffuzida o’pkamizdan chiqayotgan havo og’iz bo’shlig’ida turli to’siqlarga uchraydi.To’siq bor joyda shovqin yuzaga keladi.

O’zbek tilida 24 ta undosh tovush va 23 ta undosh harf bor.Harflar sonining tovushlar sonidan kamligiga sabab J harfi 2 ta tovush ifodalaydi.

Bb Dd Ff Hh Jj Kk Ll Mm

Nn Pp Qq Rr Ss Tt Vv Xx

Yy Zz G’g’ Sh sh Chch hg

Hozir 23-mashq orqali yangi mavzuni o’rganamiz.(Multimedia ilova ilinadi).

She’rni o’qing.ko’chiring.Undoshlar tagiga chizing.

Yong’oq

Kuz kelganda pishaman, (Ustoz undoshlarni aniqlaydi) k,z,l,g,n,d,p,sh,m.

Qoqsang tap-tap tushaman. (Navoiylar guruhi) q,s,ng,t

Yog’li qilib noningni, (Boburiylar guruhi ) y,g’,b

Tozalayman qoningni. (Temuriylar guruhi)

Topishmoqning javobi Yong’oq

Yong’oq ko’p yillik va juda foydali.Yong’oqda B-1, B-12, A, D, C, E vitaminlari va boshqa moddalar mavjud.U organizmda moddalar almashinuvini normallashtiradi va immunitetni oshiradi.

Yong’oq haqida yani bitta she’r aytish

Miya kabi shaklim bor,

Boshim to’la aqlim bor.

Meni yegan-donishmand

Bo’lur , degan naqlim bor.

O’quvchilarga she’rni ko’chirish va undoshlarning tagiga chizish topshirig’i beriladi

Didaktik topshiriq:She’r matnida nechta undosh borligi va nechta undosh qatnashmaganligini aniqlatish

She’rda 15 ta undosh qatnashgan, 9 ta undosh qatnashmagan.

Multimedia ilova asosida 24-mashq bajariladi.

Ekranda sabzavotlarning rasmlari namoyish etiladi.O’quvchilar ularning nomlarini aytadilar.Bu mashq Rasmli diktant tarzda o’tkaziladi.Rasmdagi sabzavotlar nomini daftarga husnixat bilan yozish.Shu so’zlar doskada ham bajariladi.Lug’atdan to’g’riligi tekshiriladi.

Sabzavotlar nomini ingliz tilida aytish.Ular haqida she’rlar, topishmoqlar aytish.

Karam olib keldilar,tozalab qo’y dedilar.

Shoshilib archsam shu chog’, hammasi ekan po’choq.

Yashil to’nli bolalar, makoni keng dalalar

Karsillaydi tishlasa, bo’lar osh bilan yesa.(Turp)

Sabzi-----Yupqagina po’stim bor, dalada ko’p do’stim bor.

Maqolda ham yoziqman, o’sha –oltin qoziqman.

Yotsam yerga qapishib,dumginamdan tortishib,

Tashladilar o’raga.. salom palov to’raga! (Sabzi)

Sabzavot nomlarini tahlil qiling.

Karam-5 ta tovush, 5 ta harf, 3 ta undosh, 2 ta unli.

Kartoshka-8 ta tovush, 7 ta harf,1 ta harf birikmasi, 5 ta undosh, 3 ta unli.

Turp-4 ta tovush,4 ta harf, 3 ta undosh,1 ta unli.

Piyoz-5 ta tovush, 5ta harf, 3 ta undosh, 2 ta unli.

Sholg’om- 6 ta tovush, 5 ta harf,1 ta harf birikmasi,4 ta undosh,2 ta unli.

Sabzi- 5 ta tovush, 5 ta harf, 3 ta undosh,2 ta unli.

Lavlagi-7 ta tovush, 7 ta harf, 4 ta undosh, 3 ta unli.

Sarimsoq-8 ta tovush,8 ta harf,5 ta undosh, 3 ta unli.

Har bir guruh 2 tadan sabzavot nomini tahlil qilishi kerak.

Dam olish daqiqasi:

Vatan baxtli bolangman,qalbim quyoshga makon.

IV Yangi mavzuni mustahkamlash

“BLITS-SO’ROV”mashqini o’tkazish

Tovushlar

d

g

a

e

b

x

u

o’

r

z

k

o

f

i

Unli















Undoshd

















“So’z tuz” ta’limiy o’yini

Qaysi guruh “bosh”, “boy”, “bol” so’zlaridagi” b” undoshini boshqa undoshlar bilan almashtirib,ko’p so’z hosil qila oladi.



Bosh- dosh, fosh,mosh, qosh, tosh, yosh, shosh, chosh.

Boy- hoy, loy, loy, moy, poy, soy, toy, voy, yoy,choy.

Bol-fol, gol, hol, lol, mol,nol, pol, qol, rol, sol, tol, xol, yol, shol, chol.

Topshiriqlarni tahlil qilish va g’olib guruhni aniqlash.

Ta’limiy o’yin: ”Bir qadam” Bu bellashuvda guruh sardorlari bellashadilar.

O’yin savollari:

1. Alifbo nima?

2.Alifboda nechta harf bor?

3.Tovushlar nechaga bo’linadi?

4.Bir yil necha oydan iborat?

5.Bir yilda nechta fasl bor?

6. “O’qish”darsligidagi “Yurt qalqonlari”she’ri muallifi kim?

7.O’zbek tilida nechta unli tovush bor?

8.Tovushlar yozuvda nima bilan ifodalanadi?

9. Eng katta bir xonali sonni ayting.

10.70 sonida nechta o’nlik bor?

G’olib sardorni aniqlash.

V Dars yakuni

“Eng bilimdon o’quvchi”ni aniqlash va uni rag’batlantirish.Shu bilan birga g’olib guruhni aniqlash.Faol o’quvchilarni rag’batlantirish.O’quvchilar bilimini baholash.

VI Uyga vazifa

Uyga vazifa 25-mashq.Topishmoqni o’qing, javobini toping.

O’zi ekin, gul taqar,pishgach yesang xo’p yoqar.

Kun doim unga boqar,u doim kunga boqar. (Kungaboqar)


















Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 1 класс

Скачать
Конспект по тему "Undosh tovushlar va harflar"

Автор: Тоирова Замира Исоковна

Дата: 06.04.2020

Номер свидетельства: 545582


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства