kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Қизиқарли математик топишмоқлар

Нажмите, чтобы узнать подробности

Рахманова феруза нагматуллаевна  рахмат бвапчага 

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Қизиқарли математик топишмоқлар»

Sana ____________________


Yosh dasturchi to’garagi mashg’uloti. 20-dars.


Darsning mavzisi: Hujjat hosil qilish va saqlash.

Maqsad:

1) ta’limiy maqsad: O’quvchilarga Wordda matn hujjat hosil qilish va saqlashni o`rgatish..

2) tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga estetik tarbiya berish.

3) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning matnlar nilan ishlash malakasini hosil qilish.

DTS: Wordda matn hosil qilish va saqlashni bilish

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism.

a) Davomatni aniqlash;

b) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini aniqlash.

II. O’tgan mavzularni takrorlash.

  1. Hujjatlarning asosiy parametrlarini sanab o'ting.

  2. Formatini o'zgartirish deganda nima tushuniladi?

  3. Sahifa o'lchamlari qanday o'rnatiladi?

  4. Sahifa yo'nalishi deganda nima tushuniladi?

  5. Hoshiya nima va u qanday o'rnatiladi?

  6. Abzas chekinishi deganda nimani tushunasiz?

  7. Shrift turi va o`lchami haqida gapirib bering.

  8. Satrlar orasidagi masofa qanday o'zgartiriladi?

III. Yangi mavzuni o’rgansh.

Wordda matnli hujjat hosil qilish va saqlashning usullari ko'p bo'lib, ular vaziyatga qarab qo`llaniladi. Bu usullarni eslab qolishingiz uchun ozgina mashq qilishingiz kifoya.

Matnli hujjat tayyorlash uchun avvalo yangi sahifa (ishchi maydon) hosil qilinadi. Microsoft Word matn protsessorida bu quyidagicha amalga oshiriladi:

a) Ishga tushgan dastur “Документ1”nomi bilan yangi hujjat hosil qihshni taklif etadi;

b) Fayl menyusidan Hosil qilish ([Создать]) buyrug'i tanlanadi. Natijada matn terish uchun yangi sahifa ochiladi. Bu ishni standart uskunalar inelidagi Hosil qilish tugmasini bosish bilan ham amalga oshirish mumkin. Shu bilan matn hujjat tayyorlash jarayoni boshlanadi. Hosil qilinayotgan matnli hujjat xususiyatlariga qarab yuqorida aytib o'tilgan hujjat parametrlari mos ravishda o'rnatiladi.

Ma'lumki, matn gaplardan, gaplar so'zlardan, so'zlar esa harflardan tashkil topadi. Bundan tashqari, matnda tinish belgilari va maxsus belgilar ham ishlatiladi. Bu belgilarning hammasi klaviaturada mavjud. Shu sababli mazkur klavishlarning klaviaturada joylashish tartibini qanchalik yaxshi bilsangiz, matn terish shunchalik oson bo'ladi. Buning uchun kerakli belgili klavishlarni ketma-ket bosish kifoya. Bosilgan klavishga mos belgi ishchi maydonining yurgich (kursor) ko'rsatib turgan yeriga yoziladi va yurgich bir o'rin o'ngga suriladi.

Yodingizda bo'lsa, kursor harakatini boshqaruvchi yana bir nechta klavishalar bor. Ulardan eng muhimi [Enter] klavishidir. [Enter] klavishi bosilganda yurgich keyingi qator boshiga ko'chadi. Bu esa matnda abzas tugab, yangi abzas boshlanganini bildiradi. Yurgichni „chapga”, „o'ngga”, „yuqoriga”, „pastga” yo'nalish klavishlari mos ravishda chapga, o'ngga, yuqoriga va pastga siljitadi.

Ba’zi klavishlarda ikkita yoki uchta belgining tasviri tushirilgan bo'ladi:

Bu klavishlarni bosganda, unda tasvirlangan belgilardan qaysi biri ekranga chiqarilishi kompyuter va klaviatura qaysi holatda ishlayotganiga bog'liq. Masalan, [VМ] klavishi bosilganda ekranga to'rt xil belgidan bittasi chiqariladi:

  • Kompyuter lotin alifbosi va kichik harflar holatida bolsa „v" belgisi.

  • Kompyuter lotin alifbosi va katta harflar holatida bo'lsa „V" belgisi.

  • Kompyuter kirill alifbosi va kichik harflar holatida bo'lsa „м" belgisi

  • Kompyuter kirill alifbosi va katta harflar holatida bo'lsa „M" belgisi ekranga chiqariladi,

Alifboning kichik harflari „quyi registr", katta harflari „yuqori registr" belgilari deyiladi. Kompyuter ishga tushirilganda klaviatura odatda quyi registr holatida bo'ladi. Yuqori registr belgilarini ekranga chiqarish uchun kerakli klavish [Shift| klavishi bilan birgalikda bosiladi. Demak, yuqori registr [Shift] klavishi bosib turilgan vaqtda ishlaydi. [Shift] klavishi qo'yib yuborilishi bilan klaviatura quyi registr holatiga qaytadi.

Ba'zan matnning biror qismini faqat bosh harflarda yozishga to`g`i keladi. Bunday holda, odatda, [Caps Lock] klavishidan foydalaniladi. Bu klavish bosilganda klaviaturaning o'ng yuqori qismida [Caps Lock] indikatori yonadi va klaviatura yuqori registr holatiga o'tadi. [Caps Lock] klavishi qaytadan bosilsa, [Caps Lock] indikatori o'chadi va klaviatura quyi registr holatiga qaytadi. Bosh harflarni yozish uchun |Shift] klavishini bosishni unutmang! Faqat bosh harflarni yozish kerak bo'lganda Caps Lock klavishidan foydalaning!

Hujjatni saqlash

Hosil qilingan matnni diskda saqlab qo'yish lozim. Buning uchun matnni oxirigacha yozib bo'lishni kutish shart emas. Odatda, matn kiritilishi boshlanishi bilan uni diskda saqlab, matn yozib bo`linguncha vaqt-vaqti bilan saqlab turish maqsadga muvofiq. Chunki turli sabablarga ko'ra kompyuter o'chib qolishi mumkin. Bu holda diskda matnning oxirgi marta saqlangan qismi qoladi.

Matnni saqlash uchun, agar u birinchi marta saqlanayotgan bo'lsa, Fayl menyusidan “Saqlash” (Сохранить) yoki “…kabi saqlash” (Сохранить как…) buyrug'i tanlanadi. Natijada ekranda „…kabi saqlash” muloqot oynasi hosil bo`ladi.

Kerakli papka (Папка) tanlanib, fayl nomi (masalan, „Informatikadan referat") yoziladi va Saqlash (Сохранить) tugmasi bosiladi. Navbatdagi saqlashda fayl menyusidagi Saqlash buyrug'ini tanlash yoki STANDART uskunalar panelidagi saqlash tugmasini bosish kifoya.

Agar avval saqlangan faylni boshqa nom bilan yoki boshqa papkada saqlash lozim bo'lsa, u holda Fayl menyusidan faqatgina “...kabi saqlash" (Сохранить как… ) buyrug'i tanlanadi.

Yozayotgan matningizni vaqt-vaqti bilan saqlab turish yodingizdan chiqmasin!

IV. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar

1. Matnli hujjatni hosil qilish nimadan boshlanadi?

2. Word dasturida yangi hujjat hosil qilish uchun qanday amallar bajariladi?

3. Qaysi uskunalar paneli yordamida yangi sahifa hosil qilinadi? Amalda ko'rsating.

4. Matnda yurgich qaysi klavishlar yordamida harakatlantiriladi?

5. Bitta klavishdagi bir nechta belgidan qaysi biri ekranga chiqadi?

6. Quyi registr va yuqori registr deganda nimani tushunasiz?

7. Bosh harflarni yozish uchun qo'shinicha qaysi klavish bosiladi?

8. Faqat bosh harflarini yozish holatiga qaysi klavish yordamida o'tiladi?

9. Hujjatni saqlashning qanday usullari bor? Amalda ko'rsating.

V. Uyga vazifa

Mavzuni o`rganish. EHM da mashq qilish.

Ko’rildi:

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha

direktor o’rinbosari: __________________




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 3 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Қизиқарли математик топишмоқлар

Автор: Рахманова Феруза Нагматуллаевна

Дата: 03.04.2020

Номер свидетельства: 545133


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства