kopilkaurokov.ru - сайт для учителей
Файл удален или неудачно загружен. Попробуйте загрузить файл повторно

Создайте Ваш сайт учителя Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Kishilarning ism va familiyasida bosh harf.

Нажмите, чтобы узнать подробности

I.  Tashkiliy qism

O`quvchi: Har kun ertalab turib,

Boramiz maktab tomon,

Bizlar ilmga chanqoq,

Ustozimiz mehribon.

Qo`limiz ko`ksimizda

Hamma o`quvchilar: Assalomu alaykum.

 O`qituvchi: Qalam tutgan nozikkina.

Qo`lingizdan o`rgilay.

Mehr bilan boqib turgan.

Ko`zingizdan o`rgilay.

Sizni juda sog`inaman.

Sizni intiq kutaman.

Meni moydek erituvchi.

So`zingizdan o`rgiray.

Vaalaykum assalom bolajonlar.

Hamma o`quvchilar: Zamonaviy dars o`tmoqqa.

 Bizlar shaymiz saboqqa.

O`qituvchi: Kimdir bugun navbatchi?

O`quvchi;  Sinfda men navbatchi

Tayyor barcha o’quvchi

Xonamiz ham ozoda

Topshirdim men Xonzoda

 

 

O’qituvchi:

Hozir darsimiz ona tili. Bu fanni o’rganishdan asosiy maqsadimiz nima ekan?

1-o’quvchi:

Ona tili fanini  o’rganishdan maqsadimiz:

- To’gri va ravon yoza olishimiz ;

- Ijodiy mustaqil fikrlay olish ;

-  Nutq madaniyatini oshirishdir.

Hamma:

Tilimiz boy, tilimiz sof go’zaldir,

Biri maqol, biri matal, masaldir.

Dog’  tushurmay avlodlarga eltaylik.

Navoiyning ruhini shod etaylik.

O`qituvchi: Shiorimiz nima?

O`quvchilar:Chiroyli yoz, yozsang xat,

 Bilsang  bu ham zo’r san’at.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?

Как тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков?
Как быстро и объективно проверять знания учащихся?
Как сделать изучение нового материала максимально понятным?
Как избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков?
Как наладить дисциплину на своих уроках?
Как получить возможность работать творчески?

Просмотр содержимого документа
«Kishilarning ism va familiyasida bosh harf.»





O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI


NAMANGAN VILOYAT XALQ

TA`LIMI BOSHQARMASI


NAMANGAN SHAHAR XALQ

TA`LIMI BO’LIMI


Namangan shahar 26-umumiy o’rta ta’lim

maktabi boshlang‘ich sinf o’qituvchisi

MUSABAYEVA NOILABONUning

2-sinf “Ona tili” fanidan 1soatlik








Namangan-2020yil

Ushbu dars ishlanma Namangan shahar xalq talimi bo`limi tasarrufidagi 26- umumiy o`rta ta’lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi MUSABAYEVA NOILABONU tomonidan tayyorlangan.

Ona tili fanidan dars berayotgan o`qituvchilar uchun foydalanishga mo`ljallangan




Tuzuvchi: MUSABAYEVA NOILABONU

26–sonli umumiy

o`rta ta’lim maktabining boshlang`ich sinf

o’qituvchisi.

Ushbu dars ishlanma 26-maktab Metodika Kengashining

“____” ____________ 201__-yildagi “_____” sonli qarori

bilan foydalanishga tavsiya etildi.
















Musabayeva Noilabonu – Namangan shahar xalq ta`limi bo`limiga qarashli 26-umumiy o`rta ta`lim maktabining ikkinchi toifali boshlang`ich sinf o`qituvchisi. 1992-yil 6-mayda Namangan shahrida tug`ilgan.

2009-2013-o`quv yillarida Namangan Davlat Universiteti Boshlang`ich ta`lim va sport tarbiyaviy ishlari yo`nalishini tamomlagan.

Muallima pedagogik ish faoliyatini 2012-yil shahardagi 26-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabida boshlagan.

Darslarni yangi ped tehnologiyalar, AKTdan foydalangan holda olib boradi. Oilali, 2 farzandning onasi.










Mavzu: Kishilarning ism va familiyasida bosh harf.


Darsning maqsad va vazifalari: O`quvchilarga davlat ta’lim standartlari asosida bilim berish.

  1. ta’limiy maqsad: O`quvchilarni kim?, nima?, kimlar?, nimalar?so`rog`iga javob bo`ladigan so`zlar, kishi ism va familiyasining, joy nomlarining, hayvon nomlarining bosh harf bilan yozilishi haqida bilimlarini aniqlash, ulardan to`g`ri foydalana olish malakalarini shakllantirish.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi; darsda kitob bilan ishlay olish, o`rganilayotgan mavzuni, kerakli qoidani, mashqni toppish, mashq qoidalarini tartib bilan bajarish. TK-2.

  1. tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarda ona-vatan, tabiatga mehr-muhabbatli bo`lish hissini tarbiyalash.

Milliy va umummadaniy kompetensiyasi; orasta kiyinish va gigiyenik talablarga amal qilish, maktabni ichki qoidalariga va odob ahloq qoidalariga amal qilish. TK-5

  1. rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning nutqini o`stirish, yangi so`zlar bilan boyitish.

O`zini-o`zi rivojlantirish kompetensiyasi; o`quv fanlarini o`rganish va ularni bir biridan farqlash, mustaqil ma`noga ega bo`lgan bir necha so`zzdan tuzilgan so`zni topish va namuna asosida so`zlar tuzish.

Darsning turi: Yangi bilim, ko`nikma, malakalarini shakllantiruvchi dars.

Darsning metodi: savol-javob, tushuntirish, “Yomg`ir yog`di mashqlari.

Darsning jihozi. Proyektor, elektron doska, kompyuter, rasmlar, tarqatmalar, rangli qalamlar,A4formatli list.

Dars sxemasi.


1

Tashkiliy qism

5

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5

3

Yangi mavzu bayoni

25

4

Dam olish daqiqasi

3

5

Yangi mavzuni mustahkamlash

5

6

Baxolash va rag`batlantirish

1

7

Vazifa

1



Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism

O`quvchi: Har kun ertalab turib,

Boramiz maktab tomon,

Bizlar ilmga chanqoq,

Ustozimiz mehribon.

Qo`limiz ko`ksimizda

Hamma o`quvchilar: Assalomu alaykum.


O`qituvchi: Qalam tutgan nozikkina.

Qo`lingizdan o`rgilay.

Mehr bilan boqib turgan.

Ko`zingizdan o`rgilay.

Sizni juda sog`inaman.

Sizni intiq kutaman.

Meni moydek erituvchi.

So`zingizdan o`rgiray.

Vaalaykum assalom bolajonlar.


Hamma o`quvchilar: Zamonaviy dars o`tmoqqa.

Bizlar shaymiz saboqqa.

O`qituvchi: Kimdir bugun navbatchi?

O`quvchi; Sinfda men navbatchi

Tayyor barcha o’quvchi

Xonamiz ham ozoda

Topshirdim men Xonzoda



O’qituvchi:

Hozir darsimiz ona tili. Bu fanni o’rganishdan asosiy maqsadimiz nima ekan?

1-o’quvchi:

Ona tili fanini o’rganishdan maqsadimiz:

- To’gri va ravon yoza olishimiz ;

- Ijodiy mustaqil fikrlay olish ;

- Nutq madaniyatini oshirishdir.

Hamma:

Tilimiz boy , tilimiz sof go’zaldir ,

Biri maqol , biri matal , masaldir.

Dog’ tushurmay avlodlarga eltaylik.

Navoiyning ruhini shod etaylik.

O`qituvchi: Shiorimiz nima?

O`quvchilar:Chiroyli yoz , yozsang xat,

Bilsang bu ham zo’r san’at .

1-o’quvchi :

Ona tilim , jon tilim .

Sen o’zingsan , jon dilim .

Yuragimning to’rida

Sayrab turgan bulbulim

2-o’quvchi:

Sen borsan , men tirikman ,

Suyumliman,suyukman .

Men sen bilan ardoqli ,

Men sen bilan buyukman .


O`qituvchi: - Biz ona diyorimiz, hur O`zbekistonning

farzandlarimiz. Albatta, jahon keng, dunyoda mamla- katlar ko`p. Lekin bu olamda betakror ona yurtimiz

O`zbekistonimiz yagona. Bu go`zal yurt tolei baland, iqboli kulgan xalq faqat bizgagina atalgan.


Siyosiy savol-javoblar:


1. – Xozir qaysi fasl? Unga ta`rif bering.

- Bahor fasli, fasllar kelinchagi deydilar.

2. – Bahorda qanday bayramlar bor?

3. – Davlat ramzlarini bilasizmi?

- Ha, bayroq, gerb, konstitutsiya, madhiya.


O`quvchi:

Assalom ona zamin, muqaddas tuproq

Sening bag`ringga men shoshilib keldim.

Qanotlarim ostida tinchlik, totuvlik,

Shu yurtga Baraka, baxt olib keldim.

O`qituvchi: Qani bolajonlar, aytingchi, xumo qushini tasvirini qayerda ko`rgansiz?


O`quvchi: -Tamg`amizga bir qarang, Bir tomoni paztazor,

Tovlanadi rang- barang. Quyosh nurin sochadi.

Unga beradi chiroy, Amudaryo, Sirdaryo

Teppasida hilol oy. Chanqog`ingni bosadi

O`rtasida Xumo qushi

Bizga omad tilaydi.

O`zbekiston nomini

Jahon uzra taraydi.



O`qituvchi: Osmonlarda uchguvchi.

Bulutlarni quchguvchi.

Tog`lardagi shalola.

Sensan ey sog`lom bola.

Yetuk ilg`or barkamol,

Unib o`sib top kamol.

Qilmagaysan hech nola.

Chunki sen sog`lom bola.

Keling bir oz inglizcha so`zlar bilan o`rtoqlashamiz!


Sinf – classroom – /klesrum/

O`quvchi – pupil - /pyupl/

Kitob – book - /buk/

Daftar – note-book -/noutbuk/

O`qituvchi – teacher -/tiche/

Saxiy – generous - /generos/


II.O’tilganlarni takrorlash va mustahkalash:

- Bolajonlar darsimizni turli o’yinlar va topshiriqlar orqali takrorlab olamiz . Doska yonida uch hil bulutlar bo`lib, ulardan olma, behi, anor yomg`iri yog`adi. O`quvchilar istagan bulutning biridan, ya`ni olma bulutidan olma, behi bulutidan behi yoki anor bulutidan anor mevalari rasmini olib, uning ortiga yozilgan so`zlarga so`roq beradilar.


Masalan: Olma mevasi ortiga “Quyonlar” so`zi yozilgan bo`lsa, o`quvchi unga “Nimalar?” deb savol beradi va joyiga o`tiradi.











“Zanjir” o’yinidan foydalanib og’zaki nutqni shakllantiriladi.

  • Ikki o’quvchi ishtirok etadi.

  • Sinf jihozlari: (nima?) parta ,stol , stul , doska , shkaf, bo’r, doska artgich.

  • Navbatma-navbat o’quvchilar so’zlarni aytib xonadagi sinchkovlik sifatini oshiradilar.

  • O’quv qurollari:(nima?)kitob, daftar, qalam, ruchka , panel , o’chirg’ich, chizg’ich.

G`olib o’quvchi aniqlanadi rag’bat kartochkasi beriladi.

Bu payt doskaga ikki o’quvchi klaster to’ldiradi.


O’quvchilar bajargan ishlari baholanadi .Husnihat asosida yozgan o’quvchi aniqlanadi. O’quvchilar daftarga bajaradilar.











III.Yangi mavzu bayoni.


O`qituvchi: Bugungi darsimizda KISHILARNING ISMI VA FAMILIYASIDA BOSH HARF mavzusini o`rganamiz.

Doskaga BBB tehnologiya jadvalini ilib uni to`ldirib olamiz.


BILAMAN.

BILISHNI HOHLAYMAN

BILIB OLDIM

Shaxs (kishi)lar nomini bildirgan so`zlar kim? so`rog`iga javob bo`ladi.

Narsalar nomini bildirgan so`zlar nima so`rogiga javob bo`ladi.

Kishilarning ism familiyasi boshharf bilan boshlab yoziladi.



O`qituvchi:Demak bugun sizlar bilan Kishilarning ism va familiyasi bosh harf bilan yozilishi mavzusini o`rganamiz. Quyidagi jadvalga diqqat bilan qarang.


Bobo

Anvar

Aliyev

Buvi

Aziza

Alixanova

Ota

Alisher

Aliyev

Ona

Saodat

Otabayeva

Aka

Ayub

Aliyev

Singil

Lola

Aliyeva

So`zlarning yozilishi taqqoslanadi. Quyidagi savollar yordamida bosh va kichik harfda yozilgan so`zlar ustida ishlanadi.

O`qituvchi: Birinchi ustundagi so`zlar nima uchun kichik harfda yozilgan?

O`quvchilar; Bobo, buvi, ota, ona, aka, singil-oila a`zolarning umumiy nomi.

O`qituvchi: Nima uchun ikkinchi ustundagi so`zlar bosh harfda yozilgan?

O`quvchilar: Anvar, Aziza, Alisher,Saodat, Ayub, Lola-kishilarga atab qo`yiladigan nomlar bo`lgani uchun.

O`qituvchi: Nima uchun uchinchi ustundagi so`zlar bosh harf bilan yozildi?

O`quvchilar:Aliyev, Alixanova, Otabayeva- kishilarning familiyasi bo`lgani uchun.

Javoblar umumlashtirib xulosa qilinadi va darslikda berilgan mavzuga oid qoida chiqariladi.


Kishilarning ismi va familiyasi bosh harf bilan yoziladi.

Darslik bilan ishlash.

162-mashq.

Yunus Rajabiy, Halima Nosirova,Komiljon Otaniyozov, Ma`murjon Uzoqov, Turg`un Alimatov, Mukarrama Turg`unboyeva, Tamaraxonim.

163-mashq

Qurolli kuchlarimiz jonajon O`zbekistonimizning qo`riqchilaridir. Ular xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini saqlaydilar. Akalarim Elshod va durbek harbiy xizmatdalar.

IV. Dam olish daqiqasi.

O `qituvchi: Lets pley.

Ekranda inglizcha “THE FINGER FAMILY” videosi qo`yiladi. O`quvchilar o`rnilaridan turib qo`shiq ijro qilish bilan birga qo`l va oyoqlarida harakatli mashqlar bajaradilar.

V. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun “Mening oilam” nomli didaktik o`yini o`tkaziladi. Xar bir o`quvchiga quyidagi klasterlar tarqatiladi. O`quvchilar o`z oila a`zolarini yozib chiqadilar.

.


Doskaga ilingan “BBB”tehnologiyasini bugungi mavzudan kelib chiqqan holda to`ldirib qo`yamiz.

BILAMAN.

BILISHNI HOHLAYMAN

BILIB OLDIM

Shaxs (kishi)lar nomini bildirgan so`zlar kim? so`rog`iga javob bo`ladi.

Narsalar nomini bildirgan so`zlar nima so`rogiga javob bo`ladi.

Kishilarning ism familiyasi boshharf bilan boshlab yoziladi.

Kishilarning ism va familiyasi bosh harf bilan boshlab yoziladi.






O`qituvchi: Qadrli o`quvchilar! Muhtaram prezidentimiz aytganlaridek, siz kelajak vorisisiz. O`zbekistonni yanada ravnaq topishi, gullab yashnashi sizlarning zimmangizda. Shunday ekan yurtboshimiz, ota-onamiz, vatanimiz ishonchini oqlash uchun faqat a`lo baholarga o`qishingiz, odob-ahloq bobida tengdoshlaringizga na`muna bo`lishingiz kerak. Axir aytadilarku, vatan qudrati unda kamol topayotgan barkamol avlodlarga bog`liq.

VI. Baholash va rag`batlantirish.

Guruhlardagi “rag`bat” kartochkalari hisoblab chiqilib, o`quvchilar baholanadi.







VII Uyga vazifa: 164-mashq

-Oila a`zolaringizni ism va familiyasini yozib keling.

-“Kim ko`p ism topish” o`yini.

-Qizlar “Gul”, o`g`ilbolalar “Sher” bilan boshlanadigan ismlar topib yozib kelish







Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 2 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Kishilarning ism va familiyasida bosh harf.

Автор: Мусабаева ноилабону

Дата: 19.05.2020

Номер свидетельства: 550446


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей


Распродажа видеоуроков!
ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства