Просмотр содержимого документа
«"Касрлар хақида тушунча"»
Fan. Matematika Sinf. 4 Mavzu. Kasrlar haqida tushuncha. Darsning maqsadi: a) ta`limiy: o`quvchilarga kasr haqida tushuncha berish, bilimlarini kengaytirish. FK: kasr haqida tasavvurlarini boyitish. b) tarbiyaviy: do`stona munosabatda bo`lishga o`rgatish, hamkorlikda ishlash. TK 4: tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash. d) rivojlantiruvchi: o`quvchilarning mustaqil va erkin fikrlashini rivojlantirish. FK2: yangi bilmlar hosil qilish. . Dars turi: Yangi bilim beruvchi. Dars metodi: Tushuntirish, “Xotira” mashqi, “Moslashuv” mashqi. “Tez top” o`yini Darsning jihozi: Dasrlik, mavzuga oid ko`rgazmalar, A4 qog`oz, marker, skotch, olma, multimediya ilovalari . Darsning borishi: I. Tashkiliy qism. Salomlashish. Navbatchi orqali davomadni aniqlash, o`quvchilar darsga tayyorgarligini ko`rib chiqish. “Ma`naviyat daqiqasi” o`tkaziladi. Ekranda Muso al-Xorazmiy haqida 2 daqiqalik film namoyish etiladi. O`quvchilar tomonidan kun yangiliklari e`lon qilinadi. -- 9-fevral bobomiz Alisher Navoiyning 577 yilik tavalludi nishonlandi. -- 14-fevral- shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun. O`quvchilar guruhlarga bo`linib, guruh sardorlari aniqlanadi. 1.”Muso al-Xorazmiy” 2.”Ahmad al-Farg`oniy” 3.”Mirzo Ulug`bek” II. O`tgan mavzuni mustahkamlash. Darslikning 139-betidagi 623-misol tekshirilib baholanadi. “Xotira” mashqi o`tkaziladi. O`quvchilarga ko`p xonali sonlar ko`rsatilib, eslab qolingan sonlarni daftarga yozish buyuriladi. Masalan, 312, 95, 6491, 5505. III. Yangi bilim berish. O`quvchilarga olma ko`rsatiladi. Uning rangi, shakli, ta`mi, foydasi (vitaminga boy), tabiat in`omi ekanligi tushuntiriladi. Olma teng ikkiga bo`linadi. So`ng teng to`rtga bo`lib ko`rsatiladi. Bir bo`lagi bir o`quvchiga beriladi. Demak, 4 qismga bo`lingan olmaning bir bo`lagi olindi, ya`ni to`rtdan bir qismi. Kasr haqida o`quvchilarga tushuncha beriladi. Mavzu ekranda ko`rsatilib, tushuntiriladi. Darslik bilan ishlash. Darslikdagi 625-misolda rasm nimasi bilan bir-biriga o`xshashligi tushuntiriladi. 626-misolda berilgan AB kesmani o`lchab, daftarga chizadilar. O`quvchilardan kesma, to`g`ri chiziq, nur haqidagi bilimlar aniqlanadi. Faol guruh a`zolari rag`batlantirilib boriladi. Demak, 1sm=1/10 dm 627-misolni bajarishda guruh sardorlari o`rtasida “Moslashuv” mashqi o`tkaziladi. 1/10sm 1dm 1/10m 1/10km 1m 1mm G`oliblar rag`batlantiriladi. “Tez top” o`yini guruhlararo o`tlaziladi. Guruhlarga kvadrat, uchburchak, to`rtburchak shakllari beriladi. Teng qismga bo`lingan bu shakllardan bir bo`lagini kesib oladilar. Guruh sardorlari natijani qog`ozga yozib doskaga iladi. Masalan, 1/4, 1/3 kabi.
IV. O`tgan mavzuni mustahkamlash. 628-misol doskada amllar turiga ko`ra bajariladi. 8491x73=619843 94720:80x96+89994=1184x96+89994=113664+89994=203658 Matematik diktant o`tkaziladi. -Olmaning to`rtdan bir bo`lagi – 1/4 -Qovunnig to`rtdan uch bo`lagi – 3/4 -Tortning beshdan bir bo`lagi – 1/5 Guruhlar bo`yicha to`g`ri javoblar aniqlanadi. V. O`quvchilarni baholash va darsni yakunlash. Guruhlarda eng faol qatnashgan o`quvchilar va g`olib guruh aniqlanadi. “Eng faol o`quvchi”, “Eng topqir o`quvchi”, “Eng aqlli o`quvchi” nominatsiyalari beriladi. VI. Uyga vazifa 629-630-misol- masala 630-masala sharti o`qilib, bajarish tartibi tushuntiriladi.