Mavzuga doir tayanch tushuncha va iboralar: Kasb,qiziqish,kelajak..
Soatlar soni: 1 soat
Mavzuning qisqacha ta’rifi: O’quvchilar mehnatsevarlik-fazilat,dangasalik yomon illat ekanini bilib oladilar.
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
Metod: suhbat,bahs-munozara , aqliy hujum metodidan,,,Rolli metodi’,,,Tushunchalar tahlili’’ metodi,O’zini-o’zi boshqarish metodlari
Shakl: interfaol, katta guruhda ishlash
Jihoz: Multmediya,slaydlar, tarqatma savollar, rangli rasmlar, didaktik materiallar.
Nazorat: o‘z-o‘zini nazorat qilish, guruh ichida nazorat, ustozning nazorati
Baholash: rag‘bat varaqalari va shakllari.
Mashg‘ulotning maqsad va vazifalari:
Maqsadlar:
1. Ta’limiy: Kasblar haqida tushunchaga ega bo’lish. FK1 - adabiy-nutqiy kompetensiya,,TK2 -turli axborot manbalaridan o‘ziga kerakli ma’lumotlarni topa olish.TK3 o‘zini nazorat qilish;og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho berish.
2.Tarbiyaviy: O’quvchilarda mehnatsevarlik,tejamkorlik fazilatlarini shakllantirish, Hikoyani ongli, ifodali, to‘g‘ri o‘qish. TK4 maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish;odobli bo‘lish, kattalarni hurmat qilish.
3.Rivojlantiruvchi: Og’zaki nutqni ,lug’at boyligini oshirish ,mustaqil fikrlash doirasini kengaytirish.
Kutilayotgan natija:
Dars yakunida o’quvchilar kasb va hunarning bog’liqligi va farqi, ularning hilma-hilligi,ahamiyati haqida tushuncaga ega bo’ladilar.
Dars yakunida o‘quvchi bajara oladi (Malaka):
Bajariladigan ish mazmuni
Mavzu yuzasidan fikr bildira oladi,ifodali o’qiy oladi
Metod
Vaqt
1-bosqich: tashkiliy qism
1) Jamoada ishlash
Suhbat orqali
2 min.
2-bosqich: refleksiya) Ehtiyojlarni aniqlash
1) o‘tilgan mashg‘ulot asosiy mazmunini eslash.
Refleksiya.
2) Yangi mavzu va rejasi bilan tanishtirish
Rolli metodi
Slayd asosida
6 min
2 min
3-bosqich:
Mashg‘ulotning borishi
1) Ko‘rgazma (slayd)lar asosida ustozning yangi mavzu bayoni.
2) Kichik guruhda bahs-munozara o‘tkazish.
3) O‘qituvchining mashg‘ulotni xulosalashi
Ko‘rgazma (slayd)lar asosida
Kichik guruhda ishlash
Ko‘rgazma, (slayd)lar asosida
10 min
4 min
3 min
4-bosqich: Mustahkamlash
Jamoaga yangi mavzu asosida topshiriqlar (tarqatmalar, didaktik materiallar testlar iterfaol mashqlar) berish. Bu topshiriq uchun 10 daqiqa vaqt ajratish. tahlil qilish, xulosalash hamda rag‘batlash.
Mustaqil ish
Krassvordlar yordamida
10 min
5-bosqich: Baholash)
Mashg‘ulot yakuni
1) O‘quvchilar tomonidan berilgan javoblar tahlili va baholash
2) O‘quvchilarni dars davomidagi yutuq va kamchiliklarini izohli tushuntirish va to‘ldirish.
Har bir o’quvchini baholash
3 min
3 min
6-bosqich: Uyga vazifa
Mavzu yuzasidan topshiriqlar berish.
2 min
I.Tashkily qism
O`qituvchi: So`zlarning eng shirini
Ochiq aytsam sirini
Odob bog`in sharbati
Qalb gavharin qimmati
Ko`ngillarni shod etgan
Qaysi shirin so`z ekan
O`quvchilar: Assalomu alaykum
O`qituvchi: Va alaykum assalom
Ko`zlari munchoqlarim
Bilimga chanqoqlarim
Navbatchini bilayin
Davomatni so`rayin
Navbatchi: Ustoz sizga ko`makchi
Bugun o`zim navbatchi
Sinfda barchamiz jam
Darsdan qolmaymiz hech ham
O`qituvchi: Demak darsda hamma bor
Darsga tayyormi shu on
O`quvchilar: Bizlar yaxshi bolamiz
Ochilgan gul lolamiz
Sinfdagi g`unchamiz
Darsga shaymiz barchamiz
O`qituvchi: Xozirgi darsimiz
O`quvchilar: Odobnoma
O`qituvchi: Shiorimiz
O`quvchilar: Biz barkamol o`ktam avlodmiz
Kelajagi buyuk davlatmiz
O`tgan mavzuni mustahkamlash
o`tgan darsda qaysi mavzuni o`rganganmiz?
biz o`tgangi darsda “Mehnat inson hayoti” ni bezaydi mavzusini o`rganganmiz
bugungi darsimizni musobaqa tarzida tashkil etamiz, sinf 3 guruhga bo`linadi.
1-guruh Aql
2-guruh Ahloq
3-guruh Odob
Har bir guruhdan 1 tadan o`quvchi chiqib, “Mehnat qo`shig`i” she`rini yoddan aytib beradi.
O`tgan mavzuni va “Toshni kesgan arqon” xikoyasi so`zlatiladi.
Davom ettir o`yini orqali o`tgan mavzu mustahkamlanadi. Bunga har bir guruhdan maqollarning boshi aytiladi, o`quvchilar davomini aytadilar
-Daryo suvini bahor toshirar
Odam qadrini mehnat oshirar
-Halol mehnat- yaxshi odat
Berur senga soadat
-Daraxt yaprog`i bilan ko`rkam
Odam mehnati bilan
-Bir kishi ariq qaziydi,
Ming kishi suv ichadi
-Gapni kam so`zla
Ishni ko`p izla
-Ish ishtaxa ochar
Dangasa ishdan qochar
“TUSHUNCHALAR TAXLILI” metodidan foydalanib, o`tgan mavzudagi so`zlar ma`nosi muxokama qilinadi.
TUSHUNCHALAR
MAZMUNI
MEHNAT
MEHNATSEVAR
DANGASA
DAM OLISH DAQIQASI.
III. YANGI MAVZU BAYONI
YANGI MAVZU: KASBLAR OLAMI.
Bugungi mavzuyimiz bizga yangilik emas. “KLASTER” usulida kasblarni eslab olamiz.
KASBLAR
Har bir guruhga bittadan oq qog`oz tarqatiladi. O`quvchilar ishni bajargunga qadar. Hunar, kasblar xaqida she`rlar aytiladi.
Quydagi fikrlarga mos javoblarni toping va daftaringizga yozing.
Bolalarga ta`lim-tarbiya beradi……….
Insonlarni davolaydi…….
Chiroyli imoratlar quradi……..
Tansiq taomlar pishiradi………
Bejirim kiyimlar tikadi………..
Odamlarning uzog`ini yaqin qiladi………
Vatanni qo`riqlaydi………
Turli-tuman nozi ne`matlar yetishtiradi……..
REKLAMALI SAHNA KO`RINISHI
-Men kelajakda oshpaz bo`lmoqchiman. Dadajonimga men pishirgan ovqatlar juda yoqadi. Mana dadajon tushligingiz ham tayyor.
-Men kelajakda tish shifokori bo`lmoqchiman. Shunda meni oldimga Qodirjonov Jasur keladi tishini ushlab voy-voylab, men o`qituvchilik paytlarimni eslab uni davolayman.
(Qo`lida katta omburi bo`ladi) Jasur og`zingni och
-Men kelajakda o`qituvchi bo`lmoqchiman. Zokirjonov senga “5” Ahmedov “2”
PARODIYA
Har xil kasblar bir kun jam bo`ldi
Qo`shiqchidan bankirga qadar
Eng birinchi shifokor keldi
Eng so`ngida harbiy darbadar
Ustozlarni aytmadilar ham
Kamtarinda sezmadilar ham
Maqtandilar rosa o`zaro
Kelib chiqdi og`ir majaro
Qo`shiqchilar biz zo`rmiz derdi
Prokurorchi ko`ksini kerdi
Shifokar ham qolishmas edi
Harbiy esa sirliman derdi
Hullas kalom eng yomoni bo`lib
Amalidan ko`p foyda ko`rib
Eng porvozi prokuror bo`ldi
Barchalari ustidan kuldi
Shu payt muallim keldi
Hammalari dong qotib qoldi
Prokuror shart o`rnidan turib
Ustoziga ta`zimlar qildi
Sizning ta`limingiz olmagan kim bor
Sizku yuraklarga ilk ziyo yoqqan,
Olimmi, shoirmi yo san`atkor
Ilk bor sizga tomon ustoz deb boqqan
YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH
Darsda o`rganilganlar savol-javob asosida mustahkamlanadi. “Podshoning hunar o`rgangani” haqida ertak. Darslikdan o`qib muxokama qilinadi.
Qadim zamonda bir shahzoda bo`lgan ekan. Kunlarning birida u ovga chiqib, chiroyli bir kiyikni tutish uchun quvib ketibdi. Chopqir kiyik undan qochib, bir qizning ortiga yashirinib olibdi. Qizning go`zalligini ko`rgan shahzoda kiyikni ham unitib, unga mahliyo bo`lib qolibdi. Shaxzoda qizga uylanish uchun sovchi jo`natibdi. Qiz esa sovchilarga shunday debdi;
-Shaxzoda menga uylanmoqchi bo`lsa, biron hunarni egallasin. Toj-u tat bugun uning qo`lida bo`lsa, ertaga boshqaga o`tishi mumkun. Hunarni esa hech kim tortib ololmaydi.
Shaxzoda qizning oqilaligiga tan berib, mamlakatning eng zo`r gilam to`quvchisiga shogird tushibdi. U qunt bilan hunar egallabdi va chiroyli gilam to`qib, qizga jo`natibdi. Qiz gilamni ko`rib, shahzodaga turmushga chiqishga rozi bo`libdi.
Yillar o`tib shahzoda mamlakatga podsho bo`ldi. U davlat yumushlari bilan uzoq safarga otlandi.Yo`lda u va hamrohlari bir guruh qaroqchilar to`dasiga duch kelishibdi. Qaroqchilar podsho va hamroxlarningmol-mulkini egallab, o`zlarini o`ldirmoqchi bo`lishibdi. Shunda podsho;
-Bizni o`ldirishdan naf yo`q. Tirik qoldirsangiz, men antiqa gilamlar to`qib beraman. Ularni pullab, boylik ortirishingiz mumkin, - debdi.
Qaroqchilar bu taklifga rozi bo`lishibdi. Yigit katta bir gilam to`qib, qaroqchilarga;
-Buni saroyga olib boring. Malika bu gilam uchun qanccha desangiz, shuncha pul beradi,-debdi.
Malika gilamni ko`rib , gap nimadaligini darxol anglab yetibdi. Chunki podshoh gilamga o`zi bilan bo`lgan voqealar tasvirini tushurgan ekanda. Malika darxol lashkarlar yo`llab, qaroqchilarni tutdiribdi va jazolabdi. Shunday qilib podsho hunar egallagani uchun go`zal va aqlli yoriga ega bo`lgan, o`limdan qutilib qolgan ekan.
O`QUVCHILARNI BAHOLASH
Guruhlarning ballari jamlanadi. G`olib guruh aniqlanadi va rag`batlantiriladi.
Faol qatnashgan o`quvchilar alohida rag`batlantiriladi.
UYGA VAZIFA BERISH
Uga vazifa “Kasblar olami” o`qib o`rganish. “Men tanlagan kasb” mavzusida matn tuzish
Foydalanilgan adabiyotlar:
“Odobnoma” darsligi 3-sinf.
“Boshlahg’ich ta’lim” jurnali.
“Kasbiy fanlar metodikasi” jurnali.
Boshlangich sinf “O’qish” darsliklari.
“Faollashtiruvchi va rivojlantiruvchi yondashuvlar pedagogic texnologiyalarning muhim vositasidir” metodik tavsiya 2007-yil.