Просмотр содержимого документа
«Kasbiy mahoratini oshirish masalalari»
Kasbiy mahoratini oshirish masalalari
Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani 1-umumiy o`rta ta`lim
I toifali boshlang`ich sinf o`qituvchisi
Niyozova Guliston Normamatovna.
Boshlang`ich ta`lim jarayonida o`qituvchining bolalar bilan muomalasi ularning ta`lim tarbiyasiga katta ta`sir korsatadi. Bolaga bo`lgan muxabbat hech qachon javobsiz qolmaydi .Buning uchun muallim bolalarni sevishi , o`zini bolalarning otasi onasidek his qilishi hamda ularni tarbiyasi va o`qishiga ijobiy ta`sir etuvchi vositalarning barchasini o`zining vazifasi deb bilishi kerak. O`qituvchida pedagogik tajribalar yuqori bo`lishi, pedagogik texnalogiya o`qitish metodlari pedagogik texnika,o`z-o`zini boshqarish, muloqot va nutq madaniyati orqali o`quvchiga ta`sir qila olishi, pedagogik axloq, o`zaro, munosabat ,ijobiy natijalarga erishish kabi bilim ko`nikma va malakalarning namoyon bo`lishi uning ko`p qirrali pedagogik maxoratga ega ekanligini ko`rsatadi. Bu degani-muallim faoliyatining samarali bo`lishi, uning pedagogik mahoratiga ,kasbiy qobilyatiga bog`liq.Bunda bilish, tushuntira olish, va ravon nutq, tashkilotchilik,obro` orttira olish, diqqatni taqsimlay olish qobilyatlari bir-biri bilan o`zaro bog`langan bo`lib bularning bari o`quvchi shaxsiga ta`sir etishda bir butunlikni hosil qiladi.Bunday qobilyatlarga ega o`qituvchi fanni o`quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqur biladi. O`z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi.O`quv materiallarini o`quvchilarga sodda, qiziqarli va tushunarli qilib bayon etadi.O`quv materiallarini o`zgartira oladi. Qiyin va murakkab narsani oddiy va tushunarli qilib o`quvchilarga yetkazadi.Ularning bilim va kamolot darajasi,nimani bilishlari va nimani unutib qo`yganliklarini tasavvur ettiradi.
Kasbiy-pedagogik sohada esa muallim bolalarni, kasbini sevishi, ular bilan ishlashga qiziqishi lozim.Shuningdek, u ziyrak va kuzatuvchan bo`lishi hamda pedagogik tassavvur,bunyodkorlik,tashkilotchilik , haqqoniylik, talabchanlik, qat`iylik , maqsadga intilish kabi xislatlarga ega bo`lishi kerak.Boshlang`ich ta`lim o`qituvchilaridan bilish sohasida keng ilmiy salohiyat,ma`naviy ehtiyoj va qiziqish, yangilikni his qila bilish pedagogik ma`lumotni oshirishga intilish talab etiladi.Shunday ekan ta`lim tarbiyaning muvaffaqiyatli kechishi uchun pedagog o`z kasbining ustasi, fidoiysi bo`lishi kerak. Boshlang`ich ta`lim o`qituvchilaridan bilish sohasida keng ilmiy salohiyat, ma`naviy ehtiyoj va qiziqish, yangilikni his qila bilish pedagogik ma`lumotni oshirishga intilish talab etiladi. Shunday ekan ta`lim-tarbiyaning muvaffaqqiyatli kechishi uchun pedagog o`z kasbining ustasi, fidoiysi bo`lishi kerak. Shu ma`noda bugungi o`qituvchidan yurtimiz kelajagi uchun yangicha fikirlaydigan, ertangi kunga yangicha nigoh iblan qaraydigan, zamon bilan hamnafas komil insonni shakillantirish talab etiladi. Bunday ma`sulyatli vazifani bajarish uchun,avvalo o`qituvchining o`zi keng bilim va yuksak mahoratga ega bo`lmog` lozim o`z ustida tinimsiz ishlaydigan,izlanuvchan o`qituvchi bu sinovdan muvaffaqiyatli o`tishi shubhasiz.