Просмотр содержимого документа
«Jarangli va jarangsiz undoshlar»
So`pijanova Rislig`oy Maxkamovna
Boshlang`ich ta`lim (UZB)
Mavzu: Jarangli va jarangsiz undoshlar. 3-sinf
Darsning maqsadi:
Ta`limiy:
O`quvchilarda jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni farqlash ko`nikmasini shakllantirish. So`zni tovush tarkibi jihatidan taxlil qilish ko`nikmasini o`stirish.
Tarbiyaviy:
O`quvchilarni topqirlik, sezgirlik va hozir javoblikka o`rgatish.
Rivojlantiruvchi:
Nutq tovushlarini farqlash ko`nikmasini rivojlantirish.
Dars turi:
Yangi bilim, ko`nikma malakalarini shakllantiruvchi dars.
Darslik rag`batlantirish uchun kartochkalar, undosh tovushlar kesmasi, mavzuga mos rasmlar, yozuvli plakatlar, multimediali ilovalar.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism:
Navbatchi xisobotini tinglash, qanday dars ekanligini so`rash, ingliz tilida o`quvchilar bilan yil fasllari, hafta kunlari haqida savol-javob qilish. Vatan, ona tili haqida she`rlar so`rash. Sinf o`quvchilarini 3 guruhga ajratish va darsni musobaqa tarzida olib borishni tushuntirish.
1-guruh: Topqirlar
2-guruh: Epchillar
3-guruh: Bilag`onlar
2.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:
O`quvchilardan o`tilgan mavzuni so`raladi.
3 ta guruhdan 1 nafardan o`quvchi sh, ch, ng harf birikmalari qatnashgan she`rlar topib aytdi. Har bir guruhdan 1 nafardan o`quvchi dars taxtada sh, ch, ng harf birikmlari bilan boshlanadigan so`zlardan 5 tadan yozadilar. Har bir o`quvchilarning javoblarini o`qituvchi ko`rib rag`batlantirib boradi.
O`quvchilarga o`qituvchi savollar yozilgan tarqatmalar beradi va javoblarini eshitadi.
Savollar:
Alifboda nechta harf bor?
Nechta harf birikmasi bor?
Unli harflar nechta?
Undosh harflar nechta?
Nutqimizni ishlatadigan undoshlar qanday guruhlarga bo`linadi?
Undosh tovushni unli tovushdan qanday ajratamiz?
O`tilgan mavzuni o`qituvchi mustahkamlab yakunlaydi.
Yangi mavzu bayoni: Jarangli va jarangsiz undoshlar.
O`zbek tili jarangli va jarangsiz undoshlar bor.
Jaranglilar: b, d, g, j, j, v, z, g`, l, m, n, r, y, ng
Jarangsizlar: p, t, k, ch, sh, f, s, h, x, q
O`qituvchi rasmli, rangli plakat yordamida jarangli va jarangsiz undoshlarni ko`rsatib o`qib beradi. Ular qatnashgan so`zlarni farqlashni tushuntiradi.
Yangi mavzuni meltimediali ilovadan foydalanib tushuntirish mumkin.
Jarangli va jarangsiz undoshlarni tushuntirish jarayonida inson a`zolari faoliyati animatsiyasi nomoyish etiladi. Biz gapirganimizda tovushlarni talaffuz qilamiz, bu tovushlarni hosil qilishda qatnashadigan inson a`zolari nutq a`zolari deyiladi. Bularga: O`pka, tovush paychalari, o`g`iz bo`shligi, lab, til va tishlar, burun bo`shlig`i kiradi.
O`zbek tili jarangli va jarangsiz undoshlar bor. Jarangli undosh tovushlarni talaffuz qilganda ovoz va shovqin eshitiladi, jarangsiz undosh tovushlarda faqat shovqin eshitiladi. Undosh tovushlarni hosil qilishda o`pkadan chiqayotgan hafo og`iz bo`shlida turli to`siqlarga uchraydi va buning natijasida shovqin hosil bo`ladi. Jarangli undoshlar talaffuzida tovush paychalari titraydi, jarangsiz undoshlar talaffuzida esa titramaydi. Buni siz tovush talaffuz qilayotganingizda barmoqlarinigiz ustki tomonini tomog`ingizga qo`yib tekshirishingiz mumkin. O`quvchilar jarangli va jarangsiz undoshlarni talaffuz qilib ko`rishadi.
Dam olish daqiqasi:
Bu vaqtda o`quvchilarga musiqali qo`shiq qo`yib berish va bunga mos harakatlarni bajariladi.
Mavzuni mustahkamlash:
Darslik bilan ishlash. O`quvchilar darsliklarini ochib 51-mashqqa qaraydilar. Bir o`quvchi mashqni o`qib beradi.
51-mashq. Juftlab berilgan so`zlarni o`qing.
mard – mart jim – chim
gul – kul dil – til
darz – dars choy – joy
dog` – tog` barcha – parcha
Bu so`zlar qaysi harflarga ko`ra bir-biridan farq qilyapti?
Ularni juftlab ayting va talaffuziga e`tabor bering.
O`quvchilar savollariga javob berishadi.
52-mashq. So`zlarni juftlab o`qing va ko`chiring. Aytilishi va yozilishida farq qiladigan undoshlarni aniqlab, tagiga chizing.
Maktab – maktabi, maqsad – maqsadi, ijod – ijodi, javob – javobi.
Rasmli rangli plakat yordamida mashq tushuntirib beriladi. Talaffuzda ayrim so`zlarning oxirida kelgan jarangli undosh o`rniga uning jarangsiz jufti eshitiladi: kitob, avlod, hisob, ozod, mayiz, yalpiz. Bunday so`zlar oxirida qaysi harf yozilishini farqlash uchun shu so`zdan so`ng unli qo`shib aytiladi: kitob – kitobi, mard – mardona. O`quvchilar daftarlarini ochib o`z baholarini ko`radilar, yaxshi baho olgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. Dars taxtada husnixat daqiqasi o`tkaziladi.
O`quvchilar daftarlariga 52-mashqni yozish qoidalarini eslatilgan holatda daftariga ko`chirib yozadilar. 3 nafar o`quvchi mashqni dars taxtada bajaradilar. O`qituvchi o`quvchilarning husnixatlarini baholab boradi.
53-mashq: O`qing. She`riy parchadagi jarangli va jarangsiz tovushlarni ifodalovchi harflarni alohida yozing. 1 nafar o`quvchi mashqni ifodali qilib o`qib beradi. O`qituvchi mashqni qanday bajarilishini tushuntirib beradi.
Men – jilg`aman,
ummon bo`lgim keladi,
Men – yog`duman,
cho`lpon bo`lgim keladi.
Men – uchqunman,
bo`lgim kelar alanga,
Farzand bo`lib yaray
aziz Vatanga!
Har bir guruhdan 1 nafardan o`quvchi navbat bilan dars taxtada mashqni yozma ravishda bajaradilar.
O `tilgan mavzu boshqotirma yordamida mustahkamlanadi.
1.Erta saharda qichqiradigan parranda?
2.Asalni yahshi ko`ruvchi hayvon
3.Tog`da ochiladigan gul?
4.Olamni yorutguvchi sayyora?
Dars davomida o`quvchilari javoblari baholab boriladi. 3 ta so`zni o`quvchilar fonetik tahlil qilishadi: Kitob, oftob, maktab.
O`qituvchi o`tilgan mavzuni yakunlang. Rag`bat kartochkalariga qarab o`quvchilarni baholanadi. G`olib guruh aniqlanadi.
Uyga vazifa: 54-mashq.
O`qituvchi uy vazifasini o`quvchilarga tushuntirib beradi va darsni yakunlaydi.