kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Innovasion metodik tavsiya:Geografiya

Нажмите, чтобы узнать подробности

O'quvchilarga sinfdan tashqari geografiya fanidan qo'llanma

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Innovasion metodik tavsiya:Geografiya»

SAMARQAND VILOYATI KATTAQO’RG’ON SHAHAR 2-UMUM O’RTA TA’LIM MAKTABI GEOGRAFIYA FANI O’QITUVCHISI Xolova Irodaning geografiya fanini o’qitishda va sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilishda innovasion metodik tavsiyasi

















2020-yil















Geografiya fanini o’qitishda va sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilishda INNOVASION METODIK TAVSIYA

“Geografiya xarita bilan boshlanib, xarita bilan tugaydi.” Baranskiy.

Ta’lim tarbiyada maqsadning amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish, ham o’qituvchi, ham o’quvchining hamkorlikdagi faoliyati hamda ular qo’ygan maqsad, tanlangan mazmun, shakl, vositaga, ya’ni innovasion metodga bog’liq. O’qituvchi va o’quvchining maqsaddan natijaga erishishida qanday innovasion metodni tanlashlari ularning o’z ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan, bunda o’qituvchi o’quvchilarning bilim saviyasi, sinf harakteri, sharoitiga qarab ishlatiladigan metod tanlanadi. Masalan, natijaga erishish uchun kompyutor bilan ishlash lozimdir, balki darslik mavzusiga oid geografik film, tarqatma material,har xil o’yinlar orqali, rangli suratlar kerak bo’lar, bular o’qituvchi va o’quvchiga bog’liq.



1.“USTUNCHALAR” o’yini: yaqin o’tgan mavzularni qayta xotirlash va mustahkamlash, chaqqonlik va tez fikrlay olish qobiliyatlarini tez o’stirish uchun ayni qo’l keluvchi o’yindir. O’quvchilar daftar varog’ini istagingizga qarab 3, 4 yoki 5 ta ustunchaga bo’lishadi. Ustunchalar boshiga mavzu nomi yoziladi. Har bir ustunchaga belgilashingizga qarab 5 tadan yoki yettidadan mavzuga oid atama yozish kerak bo’ladi. Birinchi bo’lib bo’lgan o’quvchini yozuv taxtasiga taklif qilasiz. Ular barchasini to’gri va bexato bajarishgan bo’lsa qo’shimcha baho bilan siylashingiz mumkin.

1-Mavzu “Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi” kursida nimalar o’rganiladi?

2-Mavzu Geografik xaritalar va ularning turlari. Atlaslar, globuslar

3-Mavzu Litosfera va Yer relyefi

1

Materik - tektonik tuzilishga ko’ra bir butun yirik quriqlik.

Masshtab – joydagi masofaning chizmada, plan va xaritada tasvirlanganda necha marta kichraytirilganligini ko’rsatuvchi kasr sondir.

Litosfera – yunoncha “litos”-tosh, qattiq, “sfera”-qobiq, Yerning tosh qobig’i.

2

Qit’a – kishilik jamiyatining taraqqiyoti davomida tarkib topgan tarixiy-madaniy tushuncha.

Geografik xarita – Yer yuzasi yoki uning ma’lum bir qismini kichraytitilib, shartli belgilar bilan tekis yuzaga tushirilgan tasviriga aytiladi.

Platforma – Yer po’stining o’ta mustahkam qismlari.

3

Okean – dunyo okeanining materiklar oralig’idagi qismlari.

Atlas – yagona dastur asosida bir butun (yaxlit, bo’linmas) asar sifatida bajarilgan geografik xaritalarning tizimli to’plami.

Geosinklinal – Yer po’stining o’ta serharakat joylari.

4

Qirgoq chizigI – okean yoki dengiz yuzasi bilan quruqlik yuzasi tutashgan chegara.

Globus – Yer sharining kichraytirilgan modeli.

Reliyef – Yer yuzasining kattaligi, kelib chiqishi, yoshi va rivojlanish tarixi turlicha bo’lgan shakllaridir.

5

Dunyo okeani – to’rtta okean birgalikda dunyo okeanini tashkil etadi

I.Y.Oshev – Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zMU geologiya va geografiya fakultetida 1984-yilda H.Hasanov raxbarligida I.Y.Oshev yasagan ulkan “Relyefli globus” o’rnatilgan.

Shelf – okeanlarning materiklarga tutashgan chekka qismlarida quruqlikning suv tagidagi davomi – materik sayozligi, yani shelf.

2.“TUSHUNCHALAR TALQINI” metodi: O’quvchilarga tushunchalar talqini va atamalar beriladi. O’quvchilar bu atamaning to’g’ri talqinini topib, strelkalar yordamida birlashtiradilar yoki ranglar orqali.

Yer qimirlash markazi


Relyef

Issiq buloqlar

Torf

Suv, shamol, muzliklar

Epitsentr

Yer yuzasidagi past- balandliklar

Geyzerlar

Botqoqliklarda o’simlik qoldiqlaridan hosil bo’lgan yoqilg’i

Tashqi kuchlar



Namuna sifatida:

Yer qimirlash markazi


Relyef

Issiq buloqlar

Torf

Suv, shamol, muzliklar

Epitsentr

Yer yuzasidagi past- balandliklar

Geyzerlar

Botqoqliklarda o’simlik qoldiqlaridan hosil bo’lgan yoqilg’i

Tashqi kuchlar



3.“DIQQATGA TORTISH” metodi. “shartli belgilarni bilasizmi?” Slayd orqali toshqobiqning boyliklarini shartli belgilari ko’rsatiladi. Guruhlar ularni tartib raqamini qo’yib nomlarini yozadilar.

1-alyuminiy rudalari 1- 5-

2-nilei rudalari 2- 6-

3-olmos 7-

4- shakl beruvchi oyna qumi 3-

5-toshko’mir 8-

6-mis rudasi

7-tabiiy gaz 4- 9-

8-osh tuzi 10-

9-neft

10-rang-barang toshlar

4.“UCHINCHISI ORTIQCHA” o’yini. Bunda 2 tasi bir xil va 1 tasi ortiqcha geografik nom tanlanadi.

Masalan – Nil, Klimanjaro, Kongo, Zair.

Nil, Kongo, Zair – daryo; Klimanjaro tog’ cho’qqisi.

Namib, Kalaxari, Atlas.

Namib, Kalaxari - cho’l; Atlas - tog’



5.“KERAKLI MA’LUMOTLARNI TOPING” o’yini. Bu o’yinda materik yuzasidan biror hodisa yoki geografik obyekt haqida tavsifnoma yozib, undagi ayrim ma’lumotlar tushirib qoldiriladi. O’quvchilarga ma’lum vaqt ichida tushirib qoldirilgan ma’lumotlarni topib, tavsifnomani to’ldirish topshiriladi.

Namuna sifatida: 1. Afrika- qadimgi________________quruqligining bir bo’lagi. Afrikaning eng baland nuqtasi_________________hisoblanadi. Uning eng past nuqtasi________________.Afrikaning ichki qismini tabiatini o’rganishda ingliz tadqiqotchisi_________________xizmatlari kata bo’ladi.

O’quvchi tomonidan to’ldirilgan variant: 1. Afrika- qadimgi Gondvana quruqligining bir bo’lagi. Afrikaning eng baland nuqtasi Klimanjaro vulqoni, 5895 metr hisoblanadi. Uning eng past nuqtasi Afar botig’idagi assal ko’li, -153 m.Afrikaning ichki qismini tabiatini o’rganishda ingliz tadqiqotchisi D. livingstonning xizmatlari kata bo’ladi.

6.“MOYCHECHAK” metodi: doskaga moychechak guli 8 yaproqli qilib chiziladi yoki moychechak rasmi yopishtiriladi va har bir yaprog’iga raqam qo’yib chiqiladi. O’qituvchi tomonidan 8 ta mavzuga oid savol tuzib kelinadi. Moychechak yaprogidagi har bir tanlangan raqam o’chirib boriladi. Guruh a’zolari tanlangan raqamlardagi savollar o’qituvchi tomonidan o’qiladi. Guruh o’quvchilari tomonidan javob beriladi.

Namuna sifatida:





1-savol: O’rta Osiyoning eng past nuqtasi qayer? – Javob: -132 metrli Qoragiyo botig’i.

2-savol: O’rta Osiyo tabiatini o’rganish tarixining birinchi bosqichi qanday nomlanadi? – Javob: “Buyuk Ipak yo’li” mavjud bo’lgan davr.

3-savol: Relyef topografik xaritalarda nima yordamida tasvirlanadi? – Javob: Gorizontallar.

4-savol: Taqvim deb nimaga aytiladi? – Javob: Uzoq vaqt hisoblab boriladigan sana tizimiga.

5-savol: Orol va kaspiy dengizi oralig’ida qaysi relyef shakli joylashgan? – Javob: Ustyurt platosi.

6-savol: O’rta Osiyoning sharqiy qismidagi eng yirik tog’ tizmasi? – Javob: Tyanshan tog’ tizimi.

7-savol: Havo frontlari necha turga bo’linadi? – Javob: Ikki turga, iliq va sovuq.

8-savol: O’rta Osiyo o’lkasi tog’larida qaysi fasl ko’proq va qaysi fasl kamroq davom etadi? – Javob: Qish fasli uzoq, yoz fasli qisqaroq davom etadi.

7.“KIM CHAQQON” o’yini: Bunda geografik nomlar yozilgan foto doskasiga konvertdan javoblarni olib, tezlik bilan to’g’ri javobni qo’yib chiqish kerak.

Namuna sifatida:

1-Faqat Namib cho’lida o’sadigan o’simlik—velvechiya

2-“Dunyo okeani” atamasini fanga kiritgan olim—rus olimi Y.M.Shokaliskiy

3-Dunyo okeanida jami dengizlar soni—67 ta

4-Erkin ko’chib yuruvchi organizmlar—nektonlar

5-Afrikaning ichki qismi tabiatini o’rgangan tadqiqotchi—

D.Livingston.

8.“ZIG-ZAG” metodi: Zigzag siniq chiziq, ilon izi, egri-bugri ma’nolarini anglatadi. Darslarda zigzag metodining mohiyati bir guruh tomonidan o’rganib bo’lingan o’quv materialining, hali uni o’rganmagan boshqa guruhga taqdim etilishidan iborat.

“Zig-zag” metodining bir qancha afzalliklari bor. Masalan usbu usulni qo’llash orqali o’quvchilar bir jamoa bo’lib ishlash ko’nikmasini hosil qiladi va vaqtdan unumli foydalaniladi. Ushbu usulni ketma ketligi quyidagicha amalga oshiriladi:

-o’quvchilar bir qancha guruhga bo’linadilar, 3 ta yoki 6 ta;

-har bir guruhga mavzu bo’yicha bitta savol tarqatiladi (savollar guruhdagi har bir ishtirokchiga bittadan berilishi lozim);

-guruh a’zolari shu tarqatilgan savolni belgilangan vaqtda o’rganib oladilar;

-har bir guruhga yetakchi sardor saylanadi va ular tarqatilgan mavzuni o’rganishda, tushunishda guruhda yetakchilik qiladi;

-sardorning fikri guruhdagi o’quvchilar tomonidan to’ldairilishi, qo’shimchalar va o’zgartirishlar kiritilishi mumkin;

-mavzular guruhda to’liq o’rganilib bo’lganidan keyin ular guruhlararo almashtiriladilar;

-endi ushbu guruhlarda yangi savollar o’rganiladi;

-bu savollar ham o’rganilib bo’lingach, ular yana almashtiriladi;

-guruhlarda barcha savollar o’rganilgancha ushbu jarayonlar takrorlanadi;

-bir-birining bilimini baholash va o’zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun guruhlar bir-biriga ketma-ket ravishda savol berib boriladi;

-savol qaysi guruhga tashlangan bo’lsa, birinchi shu guruh o’quvchilari javob berishlari mumkin, boshqa guruh a’zolari qo’shimcha qilib borishga haqli.

Ushbu metodning “Aqliy hujum” metodidan farqi, bu yerda o’quvchilarning bilimlari baholanadi.

9.“TAQQOSLASH” metodi. Misol tariqasida: 7-sinf darsligidagi “Topografik xaritalar” mavzusi quyidagi jadval orqali taqqoslanib tushintiriladi.

Geografik xarita

Topografik xarita

1

Butun yer shari aks ettiriladi.

1

Yer yuzasining kichik qismi aks ettiriladi.

2

Masshtab mayda, yani 200 mingdan 100 mln va undan mayda.

2

Yirik masshtabli, yani 25 mingdan 200 minggacha.

3

Yer shari yaxlit qog’ozga tasvirlanadi.

3

Ayrim-ayrim varaqlarga bo’linib, ko’p varaqli bo’ladi.

4

Xarita mayda masshtabli bo’lgani uchun xatoliklar ko’p bo’ladi.

4

Masshtabi yirik bo’lib, kichikroq maydonni egallagani uchun xatoliklar juda kam bo’ladi.

5

Xarita mashtabi barcha qismida bir xil bo’ladi.

5

Topografik xaritaning har bir varag’I meridian va paralellar bilan chegaralangan bo’ladi.

6

Mashtabi 1:1000000 bo’lgan xaritalarning har bir varag’I har 60 dan o’tkazilgan meridianlar va har 40 dan o’tkazilgan paralellar bilan chegaralanadi va yer yuzida uzunligi 60 ga, kengligi 40 ga teng bo’lgan 144 ta trapesiyalar hosil bo’ladi.

6

Masshtabi 1:1000000 bo’lgan xarita trapesiyasining o’lchami uzunlik bo’yicha 30 va kenglik bo’yicha 20 ga teng.

Masshtabi 1:25000 li bo’lgan xaritaning trapesiyasining o’lchami uzunlik bo’yicha 70, 300 kenglik bo’yicha 51 ga teng bo’ladi.

7

Xaritada ekvatordan yuqorisi shimoliy janubiy tomon parallel tomon g’arb va sharq meridian deb belgilangan.

7

Topografik xaritada yuqori shimol, past tomon janub, yon tomonlari g’arb va sharq deb olingan.

8

Xaritada shartli belgilar shakli lo’rsatiladi va qo’yilgan belgilar taxminiy qo’yiladi. Aholi markazlari ko’rsatilmaydi. Faqat shaharlar, shahar tipidagi poselkalar nuqta yordamida belgilab qo’yiladi.

8

Topografik xaritada shartli belgilari to’g’ri uchburchak bo’lib uning markazida nuqta tasvirlanadi. Nuqta geografik tayanchining haqiqiy joyiga to’g’ri keladi va uning geografik koordinatasi Yer yuzidagi haqiqiy joyiga to’g’ri keladi. Shartli belgi yoniga yozilgan son uning mutloq balandligini, aholi markazlarining nomlari turli kattalikdagi harflar bilan belgilanadi.

9

Masshtabsiz shartli belgilar bilan har ikkala xaritada ham bir xil bo’ladi. Xaritada ham sanoat markazlari , yirik elektro stansiyalar markazlari, konlar ko’rsatiladi.

9

Topografik xaritada sanoat va madaniy binolar, korxonalar, elektrostansiya, konlar ko’rsatiladi.

10

Xaritada daryolar, uning irmoqlari chiziqli shartli belgilar bilan, ko’llar, suv omborlari havo rang bilan tasvirlanadi. Relief shakllari-baland tog’lar, qizg’sh, tekisliklar va yassi tekisliklar yashil rang bilan, temir yo’llar, qora va aftomobil yo’llari qizil chiziqli ranglar bilan belgilanadi.

10

Topografik xaritalardadaryolar va irmoqlar, suv omborlar, ko’llar, hovuzlar havo rangda tasvirlanadi. Ko’k rangli raqamlar bilan daryo va ko’llardagi suv sathining mutloq balandligi ko’rsatkich chiziqlar va so’zlar bilan ko’rsatiladi. Maxsus shartli brlgilar bilan paromlar, ko’priklar, kema to’xtash joylari tasvirlanadi. Relief gorizontallar bilan ko’rsatilib, tik yonbag’ir bo;lsa gorizontal chiziqlari bir-biriga yaqin, qiya yonbag’ir bo’lsa gorizontallar oralig’I keng bo’ladi.



10.“RAQAMLI DIKTANT” metodi. Turli fanlarni o’qitish sifatini oshirish va o’quvchilarning mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish, yasash, kuzatish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash ko’nikmalarini hosil qilishda didaktik o’yinlarning, turli metodlarning ahamiyati kattadir. Shunday metodlardan biri “Raqamli diktant” metodidir. Bunda o’quvchilarni guruhlarga bo’lib ham, yakka tartibda ham o’tish mumkin. Shunda har bir guruhga, yoki har bir o’quvchiga raqamlar taqdim etiladi, bu raqamlar nimani anglatishini yozishlari kerak. Namuna tariqasida:

1. 510 mln.kv.km

2. 8848 m

3. 12 ta

4. 11022 m

5. 180 mln.kv.km

6. -17,50 C

7. -20 C

8. 4643 m

9. -12 m

10. -132 m

Bu topshiriqqa quyidagicha javob yoziladi:

  1. 510 mln.kv.km – Yer sharining umumiy maydoni

  2. 8848 m – Dunyoning eng baland Jomolungma cho’qqisi

  3. 12 ta – O’zbekistonning 12 viloyati

  4. 11022 m – Eng chuqur Mariana cho’kmasi

  5. 180 mln.kv.km – Tinch ocean maydoni.

“Raqamli diktant” metodini boshqa usullarda ham qo’llash mumkin.

TERMEN, ATAMA, JOY NOMLARI

JOYLASHGAN O’RNI

  1. Piay burni

  2. Niagara

  3. Mingbuloq

Afrika

6, 13, 9, 16

  1. Marakaybo

  2. Selva

  3. Namib

Yevrosiyo

1, 3, 10, 17

  1. Nunutak

  2. Atakama

  3. Madagaskar

Shimoliy Amerika

2, 11, 12, 18

  1. Turon

  2. Panama

  3. Nyufaundlend o.

Janubiy Amerika

15

  1. Nandu

  2. Skrep

  3. Evkalipt

Avstraliya

4, 14, 15

  1. Viktokiya

  2. Gobi

  3. Mamont g’ori

Antarktida

7

RAQAMLI DIKTANT”

O’qituvchi tomonidan jadval taqdim etiladi va sharti tushintiriladi. O’quvchilar qisqa vaqt ichida ushbu shartni bajarishadi. Masalan: Berilgan foydali qazilmalarni turlarga ajrating.

T/r

Foydali qazilmalar

Yoqilg’I boyliklar

Rudali mineral boyliklar

Rudamas foydali qazilmalar

1

Osh tuzi




2

Toshko’mir




3

Temir




4

Kaliy tuzi




5

Oltin




6

Neft




7

Gaz




8

Torf




9

Kumush




10

Mis




Namuna sifatida:



T/r

Foydali qazilmalar

Yoqilg’I boyliklar

Rudali mineral boyliklar

Rudamas foydali qazilmalar

1

Osh tuzi



1.Osh tuzi

2

Toshko’mir

2.Toshko’mir



3

Temir


3.Temir


4

Kaliy tuzi



4.Kaliy tuzi

5

Oltin


5.Oltin


6

Neft

6.Neft



7

Gaz

7.Gaz



8

Torf

8.Torf



9

Kumush


9.Kumush


10

Mis


10.Mis




11.Xarita bilan ishlash. Mustaqilligimiz bizga juda ko’p imkoniyatlar eshigini ochdi. Xorij davlatlariga sayohat qilish, xorij Oliygohlarida tahsil olish, hozirda minglab sportchilarimiz, san’atkorlarimiz ham ko’plab xorij davlatlarida bo’lib kelmoqda. Shunday ekan har bir inson o’zi yashaydigan zaminni, olamni har bir burchagini yaxshi bilishi lozim. Qaysi davlat qayerda joylashganligini, uning poytaxti, tili, dini, tabiati, relyefi haqida o’quvchilar bilimga ega bo’lishlari zarur. Ammo bunda bir qancha muommolar mavjud. Bu muommoni hal qilishda quyidagi ishlarni bajarish lozim.

Geografik muommo

Sababi

Yechimi

O’quvchilarning xarita haqida yetarli bilimga ega emasligi.

Darsdan bo’sh paytlarida, uyda xarita bilan ishlamaslik.

Sinfdan tashqari ishlarni amalga oshirish.







12.“XARITA OLDIDA OLAMGA SAYOHATmetodi o’ziga xos bo’lgan bir qancha ijobiy xususiyatlarga ega. Bu metodda kim tez xaritadan davlatning joylashgan o’rnini, chegaradosh davlatlarini, poytaxt shaharni topish, cho’llarni, orollarni, bo’giz va boshqa joy nomlarini qidirib, qaysi materikda, qaysi okeanda ekanligini topishdir. Bunda o’quvchi bitta geografik nomni xaritadan topish jarayonidan o’nlab geografik nomlar bilan tanishadi.

“Xarita geografiyaning ikkinchi tilidir” Kolesnik.

13.“AJURLI ARRA” metodi. Ajur fransuscha “ajour” so’zidan olingan bo’lib, “bir yoqdan ikkinchi yoqqa o’tgan, ikki tomoni ochiq ” degan ma’noni anglatadi.bu metoddan quyidagi bosqichlarda foydalaniladi:

-o’quvchilardan kichik 5-6 kishilik guruh tashkil etiladi;

-o’quvchilarga beriladigan topshiriq va ularni bajarishda foydalaniladigan matnli materiallar bir nechta asosiy qismlar (masalan, reja asosida bir nechta mavzular)ga qirqiladi;

-mavzular va ularga doir matnli materiallar paketi kichik guruhlarning har bir a’zosiga tarqatiladi;

-kichik guruh a’zolari matnli materiallardan foydalanib topshiriqni bajarishga kirishadilar;

-kichi guruhlarning yaxshi o’zlashtiruvchi a’zolaridan ekspert guruhi tashkil etiladi;

-ekspert guruhi a’zolari qo’llaridagi topshiriqlarni hamkorlikda muhokam qilishib, boshqalarga o’rgatish rejasini egallashadilar;

-ekspertlar o’zlarinig dastlabki kichik guruhlariga qaytishib o’rganganlarini boshqa o’quvchilarga o’rgatishadi.

O’qitishda bunday yondashilganda talaba-o’quvchilarning hamkorlikda ishlashlariga va kata hajmdagi o’quv materiallariningo’zlashtirishiga erishiladi.

Bu metoddan foydalanuvchi o’qituvchi o’quvchilarga taqdim etilgan topshiriqni bajarishga doir materiallarni qunt bilan o’rganishni, birgalikda muhokama etishni, savol-javob qilishni, o’rganganlarini boshqalarga o’rgatishlari zarurligini oldindan aytadi.

14.“DUMALOQ STOL” metodi. Bu metod amaliy mashg’ulot uchun qulay. Bunda o’qituvchi tomonidan bitta masala, savol yozilgan varaq kichik guruhga taqdim etiladi. O’quvchilar o’zlarining ism-shariflari va savolga javoblarini yozib, varaqni yonidagi o’quvchiga uzatadi. Shu tariqa yozilgan javoblar yig’ishtirib olinib, talabalar ishtirokida noto’g’rilari o’chirib chiqiladi va natijalar baholanadi.

15. MOJARO metodi. Bu metod amaliy mashg’ulotlar uchun qulay. Odatdan tashqari, hattoki favqulotdagi vaziyatlarda qilinadigan hatti-harakatlarni o’quvchilarga o’rgatish maqsadida bu metoddan foydalaniladi. Masalan, zilzila sodir bo’layotgan vaqtda nima qilish kerak? Va hokazo. Bunday muommolarni hal qilish yo’llarini o’rganishda mojaro metodidan foydalanilsa, o’quvchilarning fikrlari faollashib qisqa vaqt ichida to’g’ri qaror qabul qilish, vazifani to’la, tez va chaqqon bajarish sifatlari shakllanadi.



16. TARMOQLAR metodi (KLASTER). Fikrlarning tarmoqlanishi bu pedagogik strategiya bo’lib u o’quvchilarni biror bir mavzuni chuqur o’rganishlariga yordam berib, o’quvchilarni mavzuga taluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravshan ketma-ketlik bilan uzviy bog’lagan holda tarmoqlashlariga o’rgatadi.

Bu metod biron mavzuni chuqur o’rganishdan avval o’quvchilarning fikrlash qobiliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek o’tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o’zlashtirish, umumlashtirish hamda o’quvchilarning shu mavzu bo’yicha tasavvurlarini chizma shaklda ifodalashga undaydi.

















Buyuk Ipak Yo’li



Shahar

Toshkent

Poytaxt

Tarixiy yodgorliklar

Sharq mutafakkirlari

Tarix

Sirdaryo

Daryolar

Amudaryo

Tabiat

Ma’daniyat chorraxasi

O’ZBEKISTON

O’rta Osiyo

Sharq-g’arb




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 6 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Innovasion metodik tavsiya:Geografiya

Автор: Xolova Iroda Yaxshiboyevna

Дата: 01.04.2020

Номер свидетельства: 544907


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства