Просмотр содержимого документа
«Имя прилаготельная»
Ona tili 4-sinf III-chorak 17dars
Mavzu: Sifat- so`z turkumi (mustahkamlash)
Ta`limiymaqsad:O`quvchilarning olgan bilimlarini mustahkamlash, kengaytirish, erkin fikrlashga o`rgatish,
aqliy faoliyalarini, fanga qiziqishlarini yanada oshirish.
Tarbiyaviy maqsad:O`quvchilarni ona tiliga rost go`y, halol, mehnatsevar, odobli qilib, bir – biriga do`stona munosabatda, ona tilimiz bilan g`ururlanish hil- xislatlarini tarbiyalash.
Ko`rgazma: Kompyuter, multimedi, mater, tarqatma jadval, rasmlar, maket, test savollari.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism (Navbatchi hisoboti)
-Qani ayting, bolalar, Kim navbatchi bo`ladi? Ushbu kunning hisobin Menga aytib beradi? Navbatchi’: Bugun hafta kunining beshinchisi, fevral oyining 5-sanasi bo`ladi. Olloh ushbu kuniga katta nazar solibdi, Yaxshilik farishtasi yer yuzida qolibdi.Barcha ezgu- niyatlar ushbu kunning o`zida ijobat ham bolibdi. Hozir buyuk mutaffakkir , bobomiz Mir Alisher Navoiy asos solgan ona tili darsi. O`quvchi; Ona tilim,onajonim tili bu, Beshikdanoq singgan jonu-quloqqa. Elu- yurtim,xonu-monimtilim bu, Qadimlikdan o`xshar ona tuproqqa. Sen onam tilisan,otam tilisan, Sen bobom tilisan, asrlar oshgan. Oh, ona tilginam, muqaddas tilim, Bunchalar shirinsan, bunchalar so`lim!
-Ha, bolalar, til umr bo`yi o`rganiladigan fan.
Sayqal bergan sayin ochilib, yashnaydigan
san’at durdonasidir. Til – millatning qalbi, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan bebaho xazinasidir. Shunday ekan, bugungi darsimizni boshlab, olgan bilimlarimizni sinab ko`ramiz. Marhamat, boshladik.(Slayd)
Guruhlarga bo`linadilar. Dars 6 bosqichdan iborat.
1)”Aqllilar” –“Biz bilim cho`qqisini aql bilan olamiz, kelajakda albatta orzuyimizga yetamiz.
1)O`zbek tiliga qachon davlat tili maqomi berilgan?
2)Til haqida qanday maqol bilasiz?
3)Buyuk mutaffakir A.Navoiy tavalludining necha yilligini nishonlaymiz?O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida til haqida ko`rsatilgan?
Maqollarni o`qish, ma`nosini tushuntirib beradilar,sifatlarning otga bog`lanishini chizmada ifodalaydilar (kartochkalar yordamida bajariladi ) 276-mashq, So`roqlar yordamida sifatlarni aniqlab, gapdagi vazifasi aytiladi. (Ekranda )
4- bosqich: ``Meni tushun `` 1-Rasm asosida harakat qilib, hikoya tuzish. 2-Test savoliga javob topish. 3-Berilgan otga mos sifat topish. 4-Sifatlarning ma`nosini taqqoslash ( Kartochka ) 5-Birikmalarni o`rniga qo`yib, maqol tuzish (Tarqatma ) 5- bosqich. Mustahkamlash. Har bir o`quvchiga ALIFBOdagi harflar tarqatiladi. Ular shu harf bilan boshlanuvchi sifatlarni (shaxs va narsaning rangi, maza-ta`mi, shakli, hajmi,xil-xususiyatlari ) va qaysi turga tegishli ekanini yozadilar. (Bu vaqtda bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchi lar bilan yakka tartibda ish olib boriladi. )
6- bosqich:Taqdimot.
Bir tomoni keng o`tloq,
Bir tomoni qorli tog`.
Go`zal va nurli makon,
Mening aziz Vatanim.
Ona Vatan - hikoya tuzish,
Sifatlarni topish (keng, qorli, go`zal, nurli, aziz)
-Boshqotirmadan foydalanish.
Gorizontal
1.Bor rang-barang to`rt gilam,
Xizmatga shay to`rti ham.
Navbat bilan to`shalar,
Qani kim topa olar? (Fasl)
2.Yangi yilda u mehmon,
Bolalarga qadrdon. (Qorbobo)
3. Ayoz bobo novvot sotdi,
Olgan edim qo`lim qotdi.(Muz)
4.Ko`kda supra ochildi,
Uni yerga sochildi. (Qor)
5. Ko`zga ko`rinmay yuzni chimchilar. (Sovuq)
1
5
2
3
4
-Bugungi dars sizga yoqdimi?
-Nimasi yoqdi?
-Nimada qiynaldingiz?
-Yana shunday mashg`ulot o`tkazsak, nimalarga e’tibor berasiz?