XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NAMANGAN VILOYATI XALQ
TA’LIM BOSHQARMASI
Norin tumani Xalq ta’limi bo’limiga
qarashli 1-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi
boshlang’ich sinf o’qituvchisi Mashrapova Sayyoraxonning
4-sinf Matematika darsi uchun
“Ikki xonali va uch xonali songa bo’lish.
681-686-misol va masalalar”
mavzusida yaratgan 1 soatlik
DARS
I SHLANMASI
Fan: Matematika
Mavzu: Ikki xonali va uch xonali songa bo’lish. 681-685- masala va misollar.
Maqsad :
Ta’limiy: o’quvchilarga uch xonali va ikki xonali songa bo’lishni va shu mavzu asosida misol va masalalarni yechishni o’rgatish.
FK1: arifmetik amallarning algoritmlaridan foydalangan holda amallarni bajara olish
Tarbiyaviy: komil insonni tarbiyalashga qaratilgan odob va ahloq sifatlarini ongli, ixtiyoriy bajara olishga odatlantirish, bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga o’rgatish
TK4: atrofdagilar bilan o’zaro muloqot chog’ida odob-ahloq qoidalariga rioya qilish.
Rivojlantiruvchi: o’quvchilarda mantiq va xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratish.
FK2: o’rganilgan matematik tushunchlar, faktlarni o’quv vaziyatlarda qo’llay olish.
T|r
Dars bosqichlari
Bajariladigan ish mazmuni
Bajariladigan ish shakli
Ajratilgan vaqt
1
Tashkiliy qism
O’quv chilarni darsga tayyorlash. Navbatchi axboroti.
Suhbat.
3 daqiqa
2
O’tilgan mavzuni takrorlash
O’tilgan mavzuni takrorlash. “Kim chaqqon”, “Tez hisoblash”, metodi orqali takrorlsh
Savol- javob, misollar ishlash.
10 daqiqa
3
Yangi mavzu ustida ishlash
Ikki xonali va uch xonali songa bo’lish,
Ko’rgazmalilik.
20 daqiqa
4
Yangi mavzuni mustahkamlash
Tarqatmalar, “ Mevali bog’” o’yini, Matematik diktant
Og’zaki savol-javob
10 daqiqa
5
Darsni yakunlash va o’quvchilarni rag’batlantirish
Bilimlarini taqqoslash
Rag’batlantirish.
1-daqiqa
6.
Uyga vazifa
5-6-misol va masala
1-daqiqa
Dars turi: yangi tushuncha va bilim berish
Dars uslubi: “ Kim chaqqon”, “Tez hisoblash”, “Mevali bog’ “, matematik diktant metod va o’yinlari
Dars jihozi: Darslik, tarqatmalar, rasmli ko’rgazmalar, multimedia vositalari, jadvallar
Darsning borishi:
Tashkily qism:
a)Salomlashish.
Salom aziz,bolalar,
Chiroyli gullololar.
Hamma darsga tayyormi?
O`quv qurollar bormi?
Biz tayyormiz saboqqa,
Puxta bilim olmoqqa.
O`qituvchi: bolajonlar,hozir qaysi dars?
O`quvchilar: Matematika darsi
Darsimiz shiori:
Kelib ketma bilib ket,
O`qib ketma uqib ket
Ma’naviyat daqiqasi:
O`zbekiston Respublikasining umumiy yer maydoni qancha?
Javob: 448900 km.kv
O`zbekiston Respublikasida nechta viloyat bor?
Javob: 12 ta viloyat
O’zbekiston Respublikasi nechta davlat bilan chegaradosh?
Javob: 5 ta davlat
b) Davomatni aniqlash:
Qani ayting bolalar,
Kim navbatchi bo`ladi?
Shu bugunning hisobin
Menga aytib beradi?
Navbatchi axboroti:
Men bugun navbatchiman,
Ham tartib posboniman.
Bugun hamma jamuljam,
Ilm olishga intiq har dam.
d) Darsga tayyorlash
II. Uyga berilgan topshiriqlarni tekshirish.
679-misol.
“ KIM CHAQQON” metodi. 2 ta guruhga bo’linadi
I-guruh
II-guruh
300*270-18*2040=
680-misol. Shu guruhlar ishni doskada davom ettirishadi.
Berilgan misollarni ustun shaklida ishlang va bajarilishini tekshiring:
III. Yangi mavzuning bayoni:
681-misol
686 soni 98 ga qnday bo’linganini tushuntiraman:
224 soni 56 ga qanday bo’linganini ko’rib chiqamiz:
293 soni 32 ga qanday bo’linganini ko’rib chiqamiz:
“TEZ HISOBLASH “ o’yini
1-guruh
564:94=
390:78=
2
252:84=
-guruh
261:29=
683-masala.
Sarf bo’ldi- 84 ta bolta uchun 75 kg po’lat,
336 ta bolta uchun - ? kg po’lat.
Yechish:
336:84=4 (ta)
75*4=300 (kg)
Javob: 336 ta bolta tayyorlash uchun 300 kg polat kerak bo’ladi.
684-masala.
30 m
Berilgan: Ekin maydoni-bo’yi 40m, eni 30m
Poliz ekini –maydonning qismi
Kartoshka -? m.kv
40m
Yechish: 1) 30*40=1200 m.kv
2) 1200:5=240 m.kv
3) 1200-240=960 m.kv
Javob: kartoshka maydonining yuzi 960 m.kv.
“ Mevali bog’” o’yinida berilgan mevalar qismlarini topish
Javoblar: , , , , ,
, , , , ,
Matematik diktant o`tkaziladi.
V. Baholash : Darsda faol qatnashgano’quvchilar rag’batlantirilib, baholanadi.
VI. Uyga vazifa : 685 - misol.