kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Гуллаётган дарахт шохчасини ясаш.

Нажмите, чтобы узнать подробности

Этот курс отличным руководство о технологии.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Гуллаётган дарахт шохчасини ясаш.»

O`zbekiston Respublikasi

Xalq Ta`lim Vazirligi

Namangan viloyati

Xalq ta`limi Boshqarmasi

Yangiqo’rg’on XTMFMTTEBga

qarashli 22-umumiy o`rta ta`lim

maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi

Dilafruz Haydarovaning

Mehnat fanidan bir soatlik















Ushbu dars ishlanma Yangiqo’rg’on tumanidagi 22-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi Haydarova Dilafruzning ko’p yillik ish faoliyati va tajribasi asosida yozildi .



Muallif :

D.Haydarova

22-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi.

Muharrir:

D. Saidvaliyev

Yangiqo`rg`on tumani XTMFMTTE bo`limi mutaxassisi

Taqrizchilar:

A.Haydarova

22-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining mehnat fani o’qituvchisi.


Z. Qirg’izboyeva

40-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi.


M. Boboxonova

22-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf bo’yicha uslubiy birlashma rahbari.



Ushbu dars ishlanma tuman metodika markazi huzuridagi boshlang’ich sinf bo`yicha o`quv metodika kengashining yig`ilishida ko`rib chiqilib 2017 yil _______ -sonli qarori bilan foydalanishga tavsiya etildi.

T a q r i z

Boshlang’ich sinf o’qituvchilari me’todik qo’llanma sifatida foydalanishlari mumkin . Ushbu dars ishlanma o’quv dasturiga , DTS talablariga mos ravishda yozilgan . Bu dars ishlanmadan boshlang’ich sinf o’qituvchilari Mehnat ta’limi darsida foydalanishlari mumkin .

Dars ishlanmani “DTS talablariga mos” loyihasi asosida yaratilgan . Mavzu o’quvchi yoshiga , ongini hisobga olingan holatda , o’quvchilarni yanada qiziqtirish uchun turli hil o’yinlar, Multimediya , elektron darsliklardan foydalanib AKT dan unumli foydalangan holda bayon qilingan . Ushbu dars ishlanma o’quvchilar bo’shlig’ini to’ldirish uchun darslarda foydalanishga ham tavsiya etiladi.

Mavzuni musobaqa tarzida olib borilgan .

Ushbu dars ishlanmadan kam tajribali boshlang’ich o’qituvchilari foydalanishlari mumkin .











HAYDAROVA D ILAFRUZ

ISROILJANOVNA





Xaydarova Dilafruz Isroiljanovna 1980-yil 16-mayda Yangiqo’rg’on tuman Navkent qishlog’ida ziyoli oilada dunyoga kelgan.

Oilali, 3 nafar farzandi bor. Turmush o’rtog’i muxandis.

1997- yilda Namangan davlat Yniversitetining boshlang’ich ta’lim va tarbiyaviy ishlar metodikasi bo’limiga o’qishga kirib, 2001 yilda mazkur oliygohni tamomlagan.

Ish faoliyatini 2001- yildan 22-o’rta maktabda boshlang’ch sinf o’qituvchisi bo’lib faoliyat boshlagan.

Hozirda mazkur maktabda ish faoliyatini davom ettirmoqda.

Dilafruz ish faoliyati davomida ya’ni,

2010-yilda o’quvchisi matematika fan olimpiadasida tuman bosqichi g’olibi bo’lib ,viloyat bosqichida ishtirok etgan.

2012-yilda matematika fanidan «Qoldiqli bo’lish» mavzusidagi dars ishlanmasi, 2014-yilda «Noma’lum bo’linuvchini topish» mavzusidagi dars ishlanmasi tumanda ommalashtirilgan . 2015-yilda «So’z turkumlari»mavzusidagi dars ishlanmasi tumanda ommalashdi.2016-yil ,,Biz o’zbekistonda yashaymiz”mavzusidagi dars ishlanmasi viloyatda ommalashtirilgan.



Mavzu:Gullayotgan daraxt shoxchasini yasash

Darsning maqsadi :

ta’limiy: o’quvchilarga gullayotgan daraxt shoxchasini yasashni o’rgatish.Bahor faslidagi o’zgarishlar haqida tusuncha berish.

tarbiyaviy: har bir muammoni xushmuomilalik, hamjihatlik, hozirjavoblik bilan bajarish, mehnatsevarlik fazilatlarini tarbiyalash, inson mehnatini qadrlash haqidagi tasavvurini, dunyoqarashini kengaytirish.

rivojlantiruvchi: o’quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash malakalarini, ijodkorlik qobilyatlarini rivojlantirish.

Dars turi: o’quvchilarni bilim ko’nikma va malakalarini rivojlantiruvchi.

Dars uslubi: didaktik o’yin, yasash, tushuntirish, muammoli izlanish.

Dars jihozi: darslik, rangli qog’oz, yelim, kompyuter, tarqatma, blits so’rov.

Darsning borishi

I. Tashkiliy qism salomlashish, darsga tayyorgarlikni tekshirish.Navbatchi o’quvchi hisoboti, kun yangiliklari bilan tanishtirish.

II. O’tilgan mavzuni takrorlash. Uyda bajarib kelgan ishlarini kamchiliklarini tushuntirib baholash.

-Biz o’tgan darsimizda qog’ozdan turli o’yinchoqlar yasash mavzusi bilan tanishganmiz.Uyga vazifa qilib mushukcha va kuchukcha yasash berilgan edi. Uyda bajarib kelgan ishlaringizni oldingizga tayyorlab qo’ying tekshirib chiqaman.(O’quvchilarni ishlari ko’rib chiqilib, kamchiliklari tushuntirilib baholanadi.)

-Bolajonlar hozir darsimiz mehnat darsning shiorini takrorlab olamiz.

Dars shiori:Mehnat qilib topganing, qand-u asal totganing.

Q o’g’ozdan turli xil o’yinchoqlar yasash mavzusini mustahkamlash.























-Hozir darsimiz mehnat, shunday ekan mehnat haqida maqollar aytasiz.

Mehnat mehnatning tagi rohat.

Mehnat baxt keltirar.

Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo’lar chiroylik.

Yer ota, suv ona, mehnat boylik.

Dam olish daqiqasi.

Bog’imizga ko’chat ekdik,

Ko’chatni biz sug’ordik.

Ko’chatim o’sib ketdi,

Bo’yi osmonga yetdi.

III Yangi mavzu bayoni.

Gullayotgan daraxt shoxchasini yasash.

-Hozir o’lkamizda qaysi fasl?

-Bahor fasli necha oydan iborat?

-Bahor fasli kelishi bilan atrof olam o’zgacha tus oladi. Tabiat uyg’onadi. Bahorda quyosh tobora baland ko’tarilib havo yer isiy boshlaydi. Tez-tez yomg’ir yog’a boshlaydi.Kunlar isib borgan sari daraxt tanasiga suv bilan birga ozuqalar ko’tariladi.Kurtaklar bo’rtib kattalashadi so’ngra gullaydi. Eng oldin bodom gullaydi va barg chiqaradi. Eng oxiri behi avval barg chiqarib so’ng gullaydi.

-Bahor haqida she’r bilasizmi?

Bahor keldi,gul ochildi,

Nur sochildi borliqqa,

Oh qandayin o’yin kulgi

Yurak to’ldi shodlikka.

-Ko’nglim yana tog’day o’sar,

Ko’rkam bahor kelganda.

Quvongayman dasta-dasta

Gul-chechaklar terganda...

-Endi sizlarga topishmoq aytaman.

Yerda asta unadi

Ilk bahorda kuladi. [Boychechak]

Qovog’ini uyadi

Goh yomg’ir, qor quyadi. [Bulut]

Bahor faslida shamol bo’lib, chaqmoq chaqib, yomg’ir yog’adi.

-Yomg’ir haqida kim she’r yoki ashula biladi.

Qo’shiq aytilguncha klaster bajariladi.

- Bir o’quvchi meva nomlarini ajratadi,ikkinchi o’quvchi ob-havoga oid so’zlarni ajratadi.





































Gullayotgan daraxt shoxchasi tasvirlangan slaydlarni tomosha qilamiz.

















-Gullayotgan daraxt shoxchasini birgalikda yasaymiz. Eng avvalo oq varoq olamiz, o’rtasini belgilaymiz. Daraxt tanasiga mos rangli qo’g’ozni olib teskari qismiga qora qalam bilan chizib olib, qirqamiz, so’ngra gulyaproqlarini ham shunday qilamiz, barg qirqamiz va navbat bilan kerakli shakllarni qirqamiz va yopishtiramiz.Shoxchaning rangi jigarrang bo’ladi,gul yaproqlaripushti rangda,barglari yashil rangda, bulutni rangi havorang, quyoshni rangi sariq bo’ladi. Ingliz tilida ranglar qanday nomlanishini bilib olamiz.

Pushti-Pink

Jigarrang-Brown

Yashil-Green

Sariq-Yellow











































































IV Yangi mavzuni mustahkamlash

Darslik bilan ishlash.

Daraxtning tanasi qanday rangda bo’ladi?

Daraxtning bargi va guli qanday rangda bo’ladi?

Bahor faslida nishonlanadigan bayramlarni ayting.

Bahor faslida tabiatda qanday o’zgarish bo’ladi.

[Darsda faol qatnashgan o’quvchilar ragbatlantitiladi.]

V Uyga vazifa gullayotgan daraxt shoxchasini yasash.

























Foydalanilgan adabiyotlar


1. Mehnat darsligi 2-sinf

2. Boshlang’ich ta’lim jurnali

3. Ziyonet.uz

4.Kitob .uz


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 1 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Гуллаётган дарахт шохчасини ясаш.

Автор: Хайдарова Дилафруз Исроилжановна

Дата: 20.03.2020

Номер свидетельства: 543583


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства