kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

''Гулгунчалармиз''

Нажмите, чтобы узнать подробности

С помощью с этой разработки мы учим молодёжь любить книги и свою Родину.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«''Гулгунчалармиз''»

O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

NAMANGAN SHAHAR XALQ TA’LIMI

BOSH BOSHQARMASI

NAMANGAN SHAHAR XALQ BO‘LIMIGA

QARASHLI 81-MAKTABNING BOSHLANG‘ICH

SINF O‘QITUVCHISI

ZAMIRA ABDURAHIMOVANING

O‘QISH FANIDAN 4-SINF UCHUN

GULG’uNCHALARMIZ ” MAVZUSIDA

DARS ISHLANMASI



SINF:4 FAN: O’qish

Mavzu: “Gulg’unchalarmiz” she’ri. Muhiddin Omon


Mavzu; “Gulg’unchalarmiz” she’ri Muhiddin Omon

Mavzuga oid tayanch tushunchalar: gulg’unchalar,yurt madhi, shodlik kuyi, a’lo o’qish, Vatan umidi

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi: she’r bolalarni ozod O’zbekistonning kelajagi ekanliklarini,ulug'’ajdodlar zurriyotlari ekanliklarini anglatadi, istiqloldan bahra olishga, yurtga sadoqatli bo’lishga, a’lo baholarga o’qishga o’rgatadi.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars metodlari: suhbat , ko‘rgazmalilik, tushuntirish, “ Zigzak” usuli, “ Tezkor javob”, “ To’qirlar” o’yini.

Dars jihozi: darslik, mavzuga oid rasmlar, didaktik va tarqatma materiallar, multimediali ilovalar.

Nazorat: o’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi

Baholash: O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsad va vazifalari

Maqsadlar:

Talimiy: o’quvchilarni “Gulg’unchalarmiz” she’rining mazmuni bilan tanishtirish, ozod va obod Vatan qadriga yetish to’g’risida tushuncha berish, she’riy matnlar mazmuni va o’zgalar nutqini tushuna olishi, suhbatlarda tushungan holda ishtirok eta olishi, ifodali o’qishga o’rgatish, odamning Vatani davlati ekanligi haqida ma’lumot berish,

TK3: -o’qib-o’rganib borish orqali bilimini oshirib borish;

FK1: she’rning audio matnini tinglab tushuna olish; uni ongli, ifodali, o`qiy olish;

Tarbiyaviy: o‘quvchilarni ona Vatanni sevish, asrashga o’rgatish, yosh avlodning har jihatdan kamol topishiga yuksak ishonch g’oyasining tarbiyaviy ahamiyatiga e’tibor qaratish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash., ajdodlarimiz me’rosini asrab-avaylashga o’rgatish.

TK5: -badiiy adabiyotda aks etgan vatanparvarlik va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardan o’rnak olish;

Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning she’rda ozod Vatan bolalari “Gulg’unchalar”- quvnoq o’g’il-qiz bolalar nomidan jo’shib kuylanishining sababini izohlash, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o’stirish, lug‘at ustida ishlash, ongli va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish.

FK2: o`qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish;


Dars jarayoni va texnologiyasi

Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

I-bosqich

Tashkiliy qism

O’quvchilar davomati aniqlanadi. Sinf o’quvchilariningdarsga tayyorgarligi tekshiriladi.

“ Raqamlar tilsimi” o’yini

2 daqiqa

2-bosqich

Ehtiyoj

(refleksiyalarni aniqlash)

Dars shiori tanlanadi. Dars davomida rioya qilish lozim bo’lgan qoidalar belgilanadi.

Suhbat

2 daqiqa

3-bosqich

Darsning borishi

1.Otgan darsni so’rab baholash, o’qish malakalarini tekshirish

2.”Tezkor javob” o’yini o’ynaladi.

3. “ Topqirlar” o’yini

4.She’rni o’qishga tayyorgarlik. Muallif haqida ma`lumot beriladi.

5 She’r audio orqali matn o’qib eshittiriladi

6.Lug’at ishi.

7. Dam olish daqiqasi

Savol-javob


Izlanish

Izlanish


Suhbat


Namoyish



4 daqiqa


5 daqiqa

4 daqiqa


5 daqiqa


2 daqiqa

3 daqiqa

2 daqiqa

4-bosqich

Mustahkamlash

1 “Davom ettir” usulidan foydalanib, ifodali qilib o’qitiladi.

2. “Qofiyadoshini top” mashqi

3.Test topshiriqlari

4 O’qituvchi savollariga javob topiladi.



Izlanish


Suhbat

5 daqiqa


2daqiqa

5daqiqa

5 daqiqa

5-bosqich

Dars yakuni va baholash

O’quvchilarning darsda ishtiroki hisobga olinib,reytingi e`lon qilinadi. Dars yakunlanadi.

Baholash

2 daqiqa

6-bosqich

Uyga vazifa berish

She’rni yod olish, ulug’ aldodlarimiz hikmatli gaplaridan o’rganib kelish.

Tushuntirish

1 daqiqa



Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism.

Salomlashish

O’qituvchi:

-Salom shirintoylarim,yulduzlarim oylarim,

Latofatga boylarim, ham sho’x quvnoqlarim.

Tinglab mening so’zlarim,olgan siz saboqlarim,

O’ylab puxta javob bering,hozir qay dars aytib bering.

O‘quvchi: Hozir o‘qish darsi

B) Darsimiz shiori:

-Ko’p o’qigan-ko’p bilar!

-Kitobni seving va uni o’zingizga do’st tuting, shunda buyuk tafakkur sohibiga aylanasiz!

Sizlar qanday bolalarsiz?

Hamma:Bizlar– buyuk yurt osmonida go’zal kamalak,

Barkamol avlod bo’lmoq –eng ezgu tilak.

Davomatni aniqlash

Qani,ayting bolalar,

Kim navbatchi bo’ladi?

Ushbu kunning hisobin

Menga aytib beradi.


-Bugun oddiy dars emas,

Balki sinov darsidir.

O’tib olsak sinovdan,

Bu hammadan yaxshidir.

O‘quvchilarni darsga hozirlash.

-Hamma sog` omonmi?

-Ha.

- Juda yaxshi demak darsda hamma bor.

Siyosiy bilimlaringizni sinab olamiz, 2018-yil qanday nomlandi?

Harakatlar strategiyasi haqida nimalarni bilasiz? O’quvchilar sahna ko’rinishi orqali javob berishadi.

Siz kitob o’qishni yaxshi ko’rasizmi?

Yurtimizda qanday tanlovlar o’tkazilyapti?

O’quvchilar “Yosh kitobxon” tanlovi haqida, kitob o’qishning afzalliklari haqida so’zlashadi.

E) Fasl haqida suhbat o`tkazish

-Hozir yurtimizda qaysi fasl ?

-Hozir yurtimizda kuz fasli.

-Kuz faslida tabiatda qanday o`zgarishlar r`oy beradi?

-Kuz faslida havo soviydi, yomg`ir yog`adi, daraxtlarning barglari sarg`ayib to`kiladi, dalalarda yig`im-terim ishlari boshlanadi.

Raqamlar tilsimi” o‘yini

-Bu faslda yurtimizda qanday bayramlar nishonlanadi?






sonlarni bu faslda yurtimizda nishonlanadigan bayramlarni aytishingiz zarur.

1-sentabr “Mustaqillik bayrami”,

2-sentabr “Bilimlar kuni”,

1-oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni”,

21-oktabr “Til bayrami”,

18-noyabr Bayrog`imiz qabul qilingan kuni

II.Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

O’quvchilardan “Kichik Vatan” hikoyasining mazmunini hikoya qilib berish so’raladi.

O’tilgan mavzu asosida savol-javob o‘tkaziladi.

  1. Yangi hovliga ko’chayotgan bobo nima uchun g’amgin bo’lib qolishi sababini izohlang.

  2. U kichik Vatan haqida nimalarni aytib berdi ?

  3. Siz kichik Vatan haqida nimalarni bilib oldingiz?

  4. Vataningiz ravnaqi uchun siz qanday hissa qo’sha olasiz ?

Tezkor javob”o’yini

Buning uchun sinf o’quvchilari uch guruhga ajratiladi. Har bir guruhga

Vatan haqida maqollarni tez-tez aytishlari zarur. Har bir guruhning

javob berishiga qarab g’olib aniqlanadi.

Maqollar

Vatanning qadrini bilmagan

O’z qadrini bilmas

O’zga yurtda shoh bo’lguncha,

O’z yurtingda gado bo’l.

Ona yurting-oltin beshiging

III. Yangi mavzuni tushunturish.

Topqirlar” o’yini

B

6 20 11 26 20 13 28 1 11 1 17 12 8 24

u o’yinda o’quvchilar berilgan harflarni tagida raqamlarga mosini qoyib, so’zlarni hosil qilishlari lozim. Bu so’zlar orqali yangi mavzu hosil bo’ladi.

Javob: GULG’UNCHALARMIZ

Bugungi darsda siz bilan ” Gulg’unchalarmiz” she’ri bilan tanishamiz. She’r muallifi haqida ma’lumot beriladi.

Sh’er mazmuniga mos videolavha namoyish qilinadi.

She’r matni audio orqali o‘qib eshittiriladi.

GULG”UNCHALARMIZ Muhiddin Omon

Bizlar mitti yulduz, gulg’unchalarmiz,

Dilimizdan jo’shar quvnoq tarona.

Baxt-u saodatning kuyin chalarmiz,

Ozod O’zbekiston-bizlarga ona.


Maktabimiz bog’ida sayraydi bulbul,

Beg’ubor osmonda uchar bemalol.

Erkin havolardan yayraydi ko’ngil,

Biz Vatan umidi, sog’lom, barkamol.


Ilmu hunar bilan dunyoni olgan,

Buyuk allomalar avlodlarimiz.

Go’zal san’atiga jahon lol qolgan,

Ijodkor zotlarning zurriyotimiz.


Bizlar mitti yulduz, gulg’unchalarmiz,

Dilimizdan jo’shar quvnoq tarona.

Baxt-u saodatning kuyin chalarmiz,

Ozod O’zbekiston -bizlarga ona.

Mavzuning mazmuni o’quvchilar bilan tahlil qilinadi..

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.

Darslik bilan ishlash:

O‘quvchilarga “ Gulg’unchalarmiz”she’rini “Zigzak” usulidan foydalanib,

ifodali qilib o’qitiladi. She’r asosida qofiyadosh so’zlar topiladi

Qofiyadoshini top” mashqi

Mashqni bajarishda o’quvchilar uch guruhga bo’linadi.Bu mashq estafeta tariqasida ham tashkil etilsa bo’ladi. Har bir bir guruh a’zosi berilgan so’zlarni qofiyadoshini topib,to’g’ri joylashtirishlari zarur. Birinchi bo’lib to’g’ri bajargan guruh rag’batlantiriladi














Shu so’zlar asosida lug’at ishi o’tkaziladi, ma’nosi tushuntiriladi.

Dam olish daqiqasi o’tkaziladi.Bunda ingliz tilida berilgan so’zdan kim ko’p so’z topish o’yini o’tkaziladi.

Mavzu yuzasidan test o’tkaziladi.

Test topshiriqlari:

1.Mustaqillikka erishganimizdan so’ng nimalarga erishdik?

A) davlatimiz rivojlangan mamlakatlar qatoriga kirdi. B) o’z boyligimizga erishdik

D)erkimizga erishdik E) hamma javoblar to’g’ri

2.O’zbekistonning haqiqiy egalari kim?

A) ota-onalar B) biz bolalar D) keksalar E) rassomlar

3.”Gulg’unchalarmiz” she`rining muallifi kim?

A) Dilshod rajab B) Muhiddin Omon D)Tursunboy Adashboyev E) Po’lat Mo’min

4.”Gulg’unchalar” she’ri bolalarni nimalarga undaydi?

A) a’lo o’qishga, vatan ishonchi bo’lishga B) ota-onaga, ustozga, sportga

D)gullarga , daraxtlarga E) kitoblarga

5. Ozod O’zbekiston-bizlarga ona, -bu misralar kimning qalamiga mansub?

A) A. Abdulla Oripov B) Muhiddin Omon D)Tursunboy Adashboyev E) Dilshod Rajab

O‘quvchilar test topshiriqlarini bajaradilar. Test javoblari tekshiriladi, xatolari o’qituvchi tomonidan izohlanadi.

V.Darsga yakun yasash va baholash.

O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash maqsadida quyidagicha savollar bilan murojaat etiladi:

  1. Mustaqillikka erishgan yurtimiz gulg’unchalariga nima berdi

  2. She’rda shoir bolalar nomidan kuylashining sababi nimada deb o’ylaysiz ?

  3. Nima uchun she’r “Gulg’unchalarmiz” deb nomlandi? Siz uni qanday tushunasiz?

  4. Siz kimlarning zurriyotlarisiz? Ulug’ ajdodlarimizning nomlarini ayting.

  5. Istiqlolimizni saqlash uchun nima qilishimiz zarur?

O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi va dars yakunlanadi.

Dars davomida faol qatnashgan o‘quvchilarning faolliklari tahlil qilinib, baholanadi.



VI.Uyga vazifa berish.

“ Gulg’unchalarmiz” she’rini ifodali qilib yod olish, ajdodlarimiz hikmatli so’zlaridan yozib kelish

.


























































Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 4 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
''Гулгунчалармиз''

Автор: Абдурахимова Замира Махмудовна

Дата: 04.05.2020

Номер свидетельства: 548699


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства