kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Gapning maqsadiga ko‘ra turlari

Нажмите, чтобы узнать подробности

Darsning mavzusi: Gapning maqsadiga ko‘ra turlari. 

Darsning maqsadi:

talimiy:  gap, uning maqsadga ko‘ra turlari haqida bilimlarni aniqlash va matnni ohang yordamida gaplarga ajratishga, gap oxirida zarur tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘yishga o‘rgatish;

FK1: o‘qilgan matn mazmunini va o‘zgalar fikrini anglab, ifodalay olish, og‘zaki nutqda so‘z va gaplar ohangiga rioya qila olish, gapning maqsadga ko‘ra turlarini farqlaydi, gapning ohangiga ko‘ra tinish belgilarini (nuqta, so‘roq, undov belgilari) ishlata olish;

tarbiyaviy: oquvchilarda xalqimizning urf-odati, azaliy an’analariga muhabbat uyg‘otish, ularning tarbiyasida sharqona fazilatlarni shakllantirish;

TK2: media vositalridan, didaktik materiallaridan foydalanish;

TK3: mustaqil o‘qib-o‘rganish va bilimini muntazam oshirib borish;

rivojlantiruvchi: bog‘lanishli nutqi va lug‘atini yangi so‘zlar bilan boyitish;                    

   FK2: talaffuz me’yorlariga, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila olish, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda, o‘zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo‘llay olish.

Darsning turi: o‘quvchilarning  bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantiruvchi.

Darsning metodi: suhbat, ko‘rgazmalili, “O‘rnini top” ta’limiy o‘yini.

Darsning  jihozi: mavzuga oid  rasmlar, so‘z birikmalari yozilgan kartochkalar, multimedia ilovalari.

 

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Gapning maqsadiga ko‘ra turlari»

Samarqand viloyati

Kattaqo`rg`on shahar

16- umumiy o`rta ta`lim maktabi

boshlang `ich sinf o`qituvchisi

Aminova Mavluda Dusmurodovnaning

Gapning maqsadiga ko‘ra turlari mavzusida

o’tkazgan

DARS ISHLANMASI

Darsning mavzusi: Gapning maqsadiga ko‘ra turlari.

Darsning maqsadi:

talimiy: gap, uning maqsadga ko‘ra turlari haqida bilimlarni aniqlash va matnni ohang yordamida gaplarga ajratishga, gap oxirida zarur tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘yishga o‘rgatish;

FK1: o‘qilgan matn mazmunini va o‘zgalar fikrini anglab, ifodalay olish, og‘zaki nutqda so‘z va gaplar ohangiga rioya qila olish, gapning maqsadga ko‘ra turlarini farqlaydi, gapning ohangiga ko‘ra tinish belgilarini (nuqta, so‘roq, undov belgilari) ishlata olish;

tarbiyaviy: oquvchilarda xalqimizning urf-odati, azaliy an’analariga muhabbat uyg‘otish, ularning tarbiyasida sharqona fazilatlarni shakllantirish;

TK2: media vositalridan, didaktik materiallaridan foydalanish;

TK3: mustaqil o‘qib-o‘rganish va bilimini muntazam oshirib borish;

rivojlantiruvchi: bog‘lanishli nutqi va lug‘atini yangi so‘zlar bilan boyitish;

FK2: talaffuz me’yorlariga, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila olish, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda, o‘zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo‘llay olish.

Darsning turi: o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantiruvchi.

Darsning metodi: suhbat, ko‘rgazmalili, “O‘rnini top” ta’limiy o‘yini.

Darsning jihozi: mavzuga oid rasmlar, so‘z birikmalari yozilgan kartochkalar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism.

II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

H usnixat daqiqasi

Til – dil tarjimoni

Uyga berilgan vazifa 4-mashg`ulot yuzasidan suhbat.

She’r ifodali o‘qitladi.

She’rga nima uchun “Tinchlik” deb sarlavha qo‘yilgan?

She’r necha qtorda iborat?

Har bir qator oxiriga qanday tinish belgisi qo‘yilgan?

Doskaga “Vatanning sevimli farzandi bo‘lish uchun nima qilish kerak?” so‘roq gapi yoziladi. Bu gap yuzasidan suhbat uyushtiriladi.

O‘rnini top” ta’limiy o‘yini o‘tkaziladi. Buning uchun o‘quvchilar so‘z birikmalarni o‘z va ko‘chma ma’nosiga ko‘ra chiziqchalar yordamida ajratishlari kerak

III. Mustahkamlash.

Mashg`ulotlikda berilgan

1 mashg`ulotdagi “Kimning xati chiroyli?” she’ridan olingan parchani ifodali o‘qitiladi. U qaysi shoirning she’ri ekani so‘raladi.

She’r necha gapdan tuzilgan?

Uni qanday aniqladingiz?

She’r nacha qatordan uborat?

Har bir qator qanday harf bilan boshlangan? Nima uchun?

She’rni husnixat bilan ko‘chirib bo‘lingach, yozuvdagi kamchiliklarni o‘zlari aniqlash kerakligi aytiladi.

2- mashg`ulot. “Alpomish” dostonidan olingan matn ifodali o‘qitiladi. Matndagi Boybo‘ri, Hakimbek, Alpinbiy, Rustam dostonlarining kim ekanligi haqida qisqacha ma’limot beriladi. ( Alpinbiyning Boybo‘ri va Boysari degan o‘g‘illari bo‘lgan. Boybo‘rining Hakimbek degan o‘g‘li, Qaldirg‘och ismli qizi va Boysarining Barchinoy degan qizi bo‘lgan.)

Matndagi gaplarning maqsadga ko‘ra turlari aniqlanadi.

Matn qanday mazmundagi gaplardan iborat?

Darak gap qanday mazmun bildiradi?

Gaplar qanday ohang bilan o‘qiladi?

Har bir gapni maqsadiga ko‘ra turini ayting.

So‘roq gapda qaysi so‘z so‘roq ma’nosini bildiryapti?

Ular o‘zaro nimalariga ko‘ra farqlanadi?

Namunani o‘qing bu gap mazmuniga ko‘ra qanday gap?

Uni matndagi birinchi gap bilan solishtiring. Darak gapdagi qaysi so‘z so‘roq so‘z bilan almashtirilganini aniqlang.

Matndagi gaplarni so‘roq gapga aylantirish uchun nima qilish kerak?

Mashg`ulot shu tartibda bajariladi.

Matni qayta hikoyalatish uchun tuzgan so‘roq gaplariga javob beradilar. Alp so‘zining ma’nosini o‘qib, bilib oladilar.

1-topshiriq.

Multimedia ilovasida tartibsiz berilgan so‘zlardan gap tuzish vazifasi beriladi. Topshiriq bajarilgach, ekranda matn paydo bo‘ladi.

Matn nima haqida ekan? Matnda nechta gap bor? Gaplar qanday mazmun bildiryapti? Matnga sarlavha topish vazifasi beriladi.

Mashg`ulotlik bilan ishlash.

3- mashg`ulot. Matndagi gaplarni o‘quvchilar tugallangan ohang yordamida gaplarga ajratib o‘qiydilar. Matnning salomlashish odobi haqida ekanligini aytadilar va “Salomlashish odobi” deb sarlavha qo‘yadilar.

Gaplarning oxiriga qaysi tinish belgilari qo‘yilgan? Nima uchun?

Piyoda so‘zini qaysi so‘z bilan almashtirish mumkin.

2-topshiriq.

4-mashg`ulot. Matndagi gaplarning chegarasini aniqlash uchun matn ostida nuqta, so‘roq, undov belgilaridan o‘quvchilar foydalanadilar. Matnda nechta gap bor? Matnga sarlavha toping kabi topshiriqlar beriladi.

IV. Mashg`ulotga yakun yasash va baholash

Mashg`ulot yakunida umumiy baholar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.

V. Uyga vazifa.

4-mashg`ulot.Topishmoqni o‘qib, javobini topib, har bir misra oxiriga qo‘yilgan tinish belgisiga e’tibor berish kerakligi aytiladi.



Sana:________________

Darsning mavzusi: His –hayajon gaplar.

Darsning maqsadi:

ta’limiy: o‘z fikrini aytish birligi sifatida gap haqidagi tasavvurni umumlashtirish, his-hayajon gaplarning ohangiga ko‘ra yozuvda tinish belgilarini qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirish; FK1: o‘qilgan matn mazmunini va o‘zgalar fikrini anglab, ifodalay oladi, og‘zaki nutqda so‘z va gaplar ohangiga rioya qila olish, gapning maqsadga ko‘ra turlarini farqlash, gapning ohangiga ko‘ra tinish belgilarini (nuqta, so‘roq, undov belgilari) ishlata olish;

tarbiyaviy: o‘quvchilarda to‘g‘rililik, vijdonlilik hislatlarini tarbiyalash; TK2: axborot manbalaridan va Mashg`ulotlik materiallaridan tashqari (kitob, lug‘at) manbalardan ma’lumotlarni izlab topa olish va foydalanish; TK3: o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunib, o‘zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish, kattalarga, kichiklarga va o‘rtoqlariga yordam berish; TK4: o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish; TK5: yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish;

rivojlantiruvchi: o‘z fikrini tinglovchilarga yetkaza olish, ifodali o‘qish va ohangdor qilib gapirish malakalarini takomillashtirish; FK2: talaffuz me’yorlariga, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda, o‘zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo‘llay olish.

Darsning turi: o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish.

Darsning metodi: suhbat, analiz, mustaqil ish metodi.

Darsning jihozlari: vatanimizning hozirgi ko‘rinishi va kuz fasli tasvirlangan mazmunli rasmlar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism.

II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

H usnixat daqiqasi:

Hunarli kishi xor bo‘lmaydi.

O‘tilgan mavzuda berilgan uyga vazifasini tekshirish. Uyga berilgan mashg`ulot o‘qitiladi. Uy vazifasi tekshirilayotganda doim o‘quvchilarga “Qaysi so‘zda yoki shu so‘zning qayerida imlo xato qilib qo‘yish mumkin?” degan savol berish, o‘sha so‘zning imlosi ustida ishlash lozim. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlariga bittadan gap yozish mustaqil ish qilib topshiriladi. O‘qituvchi o‘quvchilar mustaqil ishni bajargunlaricha uy vazifalarini tekshirib chiqadi. O‘quvchilar yozgan gaplarini o’qibeshittiradilar. Har bir gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turini aytib, qo‘yilgan tinish belgini izohlaydilar. O‘qituvchi o‘quvchilar yozgan eng yaxshilarini doskaga yozdiradilar.

O‘quvchilar bilan gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari yuzasidan fikrlari umumlashtiriladi.

III. Mustahkamlash.

Mashg`ulotlik bilan ishlash. mashg`ulotdagi gaplar ko‘rgazma asosida o‘quvchilar diqqatiga havola qilinadi.

1. Biz barcha fanlarni qunt bilan o‘rganmoqdamiz.

2. Siz qanday badiiy adabiyotlarni o‘qiyapsiz?

3. Gulla, yashna, hur O‘zbekiston!

4. Bepoyon paxta dalalarimiz qanday go‘zal!

O’qituvchi 1-2 gapni o‘qib maqsadiga ko‘ra turlariga, ohangiga e’tibor berishni so‘raydi. Bu gaplarning 1-darak mazmunini bildirayotganini, pasayuvchi ohang bilan o‘qilishi o‘quvchilardan so‘rab aniqlanadi.

1 -topshiriq.

Gaplar oxirida tinish belgilarsiz beriladi. Tinish belgilar o‘rnidagi katakcha bosilganda tinish belgili (. , ! ? : ;) klaviatura paydo bo‘ladi. O‘quvchi tegishli tinish belgini to‘g‘ri tanlasa, katakchada shu belgi yoziladi.

17-mashg`ulot. O‘quvchilar mashg`ulot matnini ichda o‘qiydilar. Gap oxiriga qo‘yilgan tinish belgilariga qarab, ularning darak gap, so‘roq gap, his-hayalon va buyruq gap ekanini aytadilar. Gaplarning ohangi va ifoda etayotgan mazmuni taqqoslanadi.

O‘qituvchi gap tuzish uchun ona, Vatanimizni, sevamiz, biz, jondan yozilgan so‘zlarni kartonga qo‘yadi, bolalar o‘qiydilar.

Siz nimalami o‘qidingiz? (So‘zlarni).

Shu so‘zlardan gap tuzing. O‘qituvchi (yoki o‘quvchi) so‘zlarni gap tartibida qo‘yib chiqadi. O‘quvchilar o‘qiydilar.

Gap yozilganini ko‘rsatish uchun nima qilamiz? (Gapning birinchi so‘zini bosh harf bilan boshlaymiz, oxiriga nuqta qo‘yamiz).

Gapni yozish uchun har bir harfni to‘g‘ri yozish, harflarni o‘zaro qo‘shishni bilish zarur.

  • Gap deb nimaga aytiladi?

  • Gap nimalardan tuziladi?

  • Gapning maqsadga ko‘ra turlarini aytib bering.


2-topshiriq. Test topshiriqlari asosida o‘quvchilar bilimi mustahkamlanadi.

IV. Mashg`ulotga yakun yasash va baholash

O‘quvchilarning Mashg`ulotdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko‘ra o‘qituvchi tomonidan baholab boriladi. Mashg`ulot yakunida umumiy baholar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.

V. Uyga vazifa.

1-mashg`ulot. Shartiga ko‘ra bajarib kelish aytiladi






Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 4 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Gapning maqsadiga ko‘ra turlari

Автор: Aminova Mavluda Dusmurodovnaning

Дата: 04.04.2020

Номер свидетельства: 545287


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства