Просмотр содержимого документа
«Ertaklar yaxshilikka yetaklar»
Ertaklar yaxshilikka
yetaklar.
Yuldasheva Nozima Abdilxakimovna. Asaka tumani 11-maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi.
Ertak - xalq og’zaki ijodidagi eng ommaviy va keng tarqalgan janrlaridan biri. Ertaklar xalq tomonidan yaratilgan va uzoq zamonlardan beri avloddan-avlodga o’tib kelmoqda. Xalq og’zaki ijodi uning turmush tajribalari asosida yuzaga kelgan bo’lib, mehnat jarayoni bilan chambarchas bog’liq. Ertaklarda insonlar o’z orzu-umidiarini , kelajakka bo’lgan ishonchlarini ifoda etganlar. Ertaklar sodda va tushunarli bo’lgani uchun har qanday kitobxonga tez yetib boradi. Ular orqali insonning ijtimoiy axloq normalari shakllanib boradi. Ertaklarda doimo xalqning kelajakka bo’lgan ishonchi, adolatning-adolatsizlik ustidan g’alabasi, ozod va farovon hayotga erishishi turli obrazlar orqali ifodalangan.
Ertak qahramonlari orzu-istaklar timsoli sifatida o’quvchi qalbidan joy oladi. Ertaklar ,,Bir bor ekan,bir yo’q ekan’’ degan iboralar bilan boshlanadi va ,,Murod - maqsadiga yetbdi’’, deb yakunlanadi.
Xalq ertaklari o’z hususiyatiga ko’ra bir necha turlarga bo’linadi:
1.Hayotiy ertaklar.
2.Sehrli-sarguzasht ertaklar.
3.Hayvonlar haqidagi ertklar.
4.Hajviy ertaklar.
Boshlang’ich ta’limning 1-, 2-,3-,4-sinf o’qish kitobida ertaklar uchun alohida bo’limlar ajratilgan. 1-sinf o’qish kitobida ,,Xalq o’giti-baxt kaliti’’, 2-sinf o’qish kitobida ‘’Ertaklar-yaxshilikka yetaklar’’, 3-sinfda ,,Xalq og’zaki ijodi’’, 4-sinfda esa,,Ertaklar mamlakatida’’ bo’limlari o’quvchilar e’tiboriga havola etiladi.Bundan ko’rinib turibdiki, bola hayotida ertaklarning pedagogik-tarbiyaviy ahamiyati katta. ,,Rostgo’y bola’’(1-sinf) ertagidagi asosiy g’oya rostgo’ylikni targ’ib qilish bo’lib,yolg’onchilik yomon illiat ekanligi aytiladi.Ertakni o’qigan o’quvchi rostgo’ylik insonlarning eng yaxshi fazilati ekanligini anglab yetadi.Ertakni o’qigan o’quvchi ,,To’g’ri so’zlash insonni yaxshilikka eltadi’’ degan hulosaga keladi.Ertak qahramoni o’zining to’g’ri so’zligi bilan o’quchilarda yaxshi taassurot qoldiradi.Kichik yoshdagi o’quvchilar hayvonlaro’rtasidagi o’zaro do’stlik va ahillik kabi xislatlarni bilishga juda qiziqadilar.Hayvonot olamida ham do’stga mehribonchilik,g’amxo’rlik mavjudligini ,,Sher va sichqon’’(1-sinf)ertagida ko’ramiz.
Sher va sichqon.
Oqko’ngil sher bir kuni sichqonga yaxshilik qilgan edi. Oradan bir necha kunlar o’tib, sher tasodifan tuzoqqa tushib qoldi. Sherning yaxshiligini sichqon esdan chiqarmagan edi. U o’tkir tishlari bilan tuzoqni qirqib, o’z najotkorini tuzoqdan qutqaribdi.
Bu ertak o’qigan o’quvchi hahayotda doimo yaxshilikka-yaxshilk qaytishini anglaydi.Ertak o’qigan o’quvchilar:
-Hayotda mehnatsiz yashab bo’lmasligini anglaydilar.
-Mardlik,epchillik,dovyuraklik,vatanparvarlik, odamiylik kabi go’zai fazilatlatlar shakllanadi.
Xullas bolalar o’zlari o’qigan ertklari yordamida atrof-olam bilantanishib, nima yaxshi-yu, nima yomonligini bilish orqali ma’naviy dunyosi boyib, voyaga yetadilar.