Просмотр содержимого документа
««Давлат» народная сказка»
O‘zbekiston Respublikasi
Xalq ta`limi vazirligi
Namangan viloyat
xalq ta`limi boshqarmasi
Namangan shahar xalq ta`limi
bo‘limiga qarashli
51-umumiy o‘rta ta`lim maktabi
boshlang'ich sinf o‘qituvchisi
ABDURAHIMOVA DILFUZANING
O’qISH fanidan namunali
Namangan shahri
Ushbu dars ishlanmasi Namangan shahar xalq ta’limi bo’limiga qarashli 51-umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi Abdurahimova Dilfuza tomonidan tayyorlangan.
Muallif: Abdurahimova Dilfuza Namangan shahar 51-umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi.
Muharrir: N.Yuldasheva Namangan shahar xalq ta’limi bo’limi boshlang’ich sinf uslubchisi
Taqrizchi: S.Jumatova Namangan shahar 51-umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinflar ilmiy bo’lim mudiri
Mazkur dars ishlanmasi Namangan shahar xalq ta’limi bo’limi metodika kabinetining 201__- yil __________ oyidagi ___-sonli qarori bilan ommalashtirishga tavsiya etildi.
Mavzu: Davlat ertagi
Maqsad: a) ta’limiy: matn mazmuni bilan tanishtirish;
b) tarbiyaviy: mehnat qilishga, ahil- inoq yashashga, oqibatli bo’lishga undash, mehnat orqali davlatli bo’lish mumkinligini tushuntirish;
d) rivojlantiruvchi: og’zaki nutqini o’stirish, qayta hikoya qilishga o’rgatish.
TK3 O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
yaxshilik va yomonlikni bir-biridan farqlay oladi va yaxshi fazilatlarni o‘zida aks ettirishga harakat qiladi.
turli yo‘nalishdagi (ertak, sarguzasht, hikoya va san’atga doir) kitoblarni muntazam o‘qib-o‘rganib boradi va bilimini oshiradi;
FK2: o`qilgan asar mazmuniga doirsavol va topshiriqlarga javob berib, qahramonlarni ajrata olish;
O’quvchilar:Bizlar buyuk yurt osmonida go’zal kamalak
Barkamol avlod bo’lmoq-eng ezgu tilak
O’qituvchi:Tinglab mening so’zlarim,olgansiz saboqlarim
O’ylab puxta javob bering,hozir qaysi dars aytib bering
O’quvchilar: O’qish darsi.
O’qituvchi:Bugun oddiy dars emas,
Integratsiya darsidir,
Darsni yaxshi o’kazsak,
Bu hammadan yaxshidir
Qani ayting bolalar
Bog’dagi gul lololalar
Har narsadan xabarchi
Sinfda kim navbatchi?
Who is on duty today?
O’quvchi:Har narsadan xabarchi
Sinfda men navbatchi
I’m on duty today
Bugun 2-noyabr, haftaning juma kuni
Today is Friday, 2nd of November
Bugun ob-havo yaxshi ,quyosh charaqlab turibdi.
Today the weather is fine ,The sun is shining.
We are all in the lesson.
Sinfda 31 o’quvchi bo’lib.
BARCHASI DARSGA TAYYOR
Bizning Shior :
DTS talablari so’raladi, siyosiy daqiqa o’tkaziladi.
“VATAN” sherini aytadilar.
O ’zbekiston Respublikasi Prezidenti kim?
2018-yil qanday nomlandi?
O’quvchilar javob beradilar.
O’qituvchi: Harakatlar strategiyasi haqida nimalarni bilasiz?
O’quvchilar javob beradilar,harakat strategiyasi ramziy belgisini yasaydilar.
O`qituvchi:O’quvchilar xozir qaysi fasl?
O’quvchilar: Kuz fasli.
Kuz fasli haqida suhbat o’tkaziladi.
Bugun darsimizni “Buyuklar Vatani”ga sayohat tarzida olib boramiz. Buning uchun darsda faol ishtirok etishingiz kerak bo’ladi.
Sayohatimizni buyuk bobolarimizdan biri Al-Xorazmiy nomi bilan ataluvchi Xorazm shahridan boshlaymiz.
Darsimiz qiziqarli bo’lishi uchun sizlarni uch guruhga bo’lib olamiz:
1-guruh “BARKAMOL AVLOD”
2-guruh “ISTIQLOL G’UNCHALARI”
3-guruh “SOG’LOM AVLOD”
Rag’batlantirish tartibi tushuntiriladi,( har bir o’quvchida kitob javoni bo’ladi, darsda faol ishtirok etgan o’quvchilarga kitob ko’rinishidagi rag’bat kartochkalari beriladi, kimning kitob javonida kitoblar soni ko’p bo’lsa, shu o’quvchi “Eng yosh kitobxon” nominasiyasiga sazovor bo’ladi.)
Endi esa sayohatimizni Al-Buxoriy, Naqshbandiy, Ibn Sino kabi buyuk allaomalar yurti bo’lgan Buxoro shahri bo’ylab davom ettiramiz.
Biz o’tgan darsimizda qaysi mavzu bilan tanishgan edik.
Xalq og’zaki ijodidan “Ilm afzal” ertagini o’qigan edik.
X alq og’zaki ijodi turlaridan qaysilarini bilasiz?
“Bo’lishi mumkin emas” o’yini orqali mavzu mustahkamlanadi.
1. Dehqonning o’nta o’g’li bor ekan.
Bo’lishi mumkin emas, dehqonning sakkizta o’g’li bor edi.
2.O’rtancha o’g’il dono fikr aytdi.
Bolishi mumkin emas, kencha o’g’il dono fikrni aytdi.
3.Cholning kenja qizi akalarini dangasalikka chorladi.
Bolishi mumkin emas, cholning qizi akalarini mehnatsevarlikka undadi. .
Dam olish daqiqasida o’quvchilar mehnatsevarlik, do’stlik, ilm haqida maqollar aytadilar.
“Raqamlar tilsimi” o’yini orqali yangi mavzu nomi aniqlanadi.
Mana yo’limizning yarmiga ham yetib keldik. Bu kundan kun chiroy ochib borayotga,g’azal mulkining sultoni deya ta’rif berilgan Mir Alisher Navoiy nomi bilan ataluvchi yosh va navqion shahar Navoiy shahridir.
III. Yangi mavzu bayoni:
DAVLAT
Qadim zamonda bir dehqon o'tgan ekan. Davlat dehqonning hovlisida bir necha yil yashabdi. Uning sharofatidan dehqonning mol-u davlati juda ko'payib ketibdi. Dehqon mollarining son-sanog'ini, yerlarining tanobini, oltinlarining hisobini bilmas ekan.
Bir kuni Davlat dehqonning qoshiga kelib:
— Bobo, dargohingizda ko'p yillar yurdim, mening sharofatim bilan mol-u davlatingiz haddan ziyoda bo'ldi. Endi menga xursandlik bilan javob bersangiz, boshqa birovnikiga borsam, — debdi.
Dehqonning aqli shoshib, hushi boshidan uchibdi-yu:
— Davlatjon, to'g'ri aytasan, sendan ko'p bahramand bo'ldim, beqiyos boylik orttirdim. Minnatdorman sendan. Lekin mendan nima yomonlik ko'rdingki, ketaman deyapsan? O'tinib so'rayman sendan, ketmagin, huzurimda qolgin.
Sensiz ahvolim nima bo'ladi, zinhor ketma! — deb yalinibdi. Davlat:
— Bobo, sizdan yomonlik ko'rganim yo'q. Siznikida ko'p turib qoldim. Boshqalarnikiga ham boray-da. Ijozat bermasangiz bo'lmaydi! — debdi.
Dovdirab qolgan dehqon:
— Davlatjon, bir kun sabr qil, men uydagilar bilan maslahatlashib olayin! — debdi.
Davlat bir kun kutadigan bo'libdi. Dehqon xotini, ikkala o'g'li, kelinlari-yu qizini chaqirib, yig'lab shunday debdi:
— Endi holimiz xarob bo'ladi. Boshimizga musibat tushdi. Mol-u dunyomizdan birpasda ayrilamiz. Davlat bizdan xafaga o'xshaydi. Ketaman, deb oyoq tirayapti. Yalinib-yolvorganimgayam ko'nmayapti. Endi nima qilamiz?
Hammalari dehqonga qo'shilib yig'lashibdi. Kichkina kelini yig'lamabdi ham, xafa ham bo'lmabdi-da:
— Otajon, yig'lamang, qarigan chog'ingizda o'zingizni qiynamang. Davlat ketaman degan bo'lsa, xushnudlik bilan javob bering, mayli ketsin! Buning uchun g'am yemang, — debdi qaynotasiga.
Kelinning gapini eshitib hamma hayron bo'libdi.
— Kelinposhsha, nimaga bundoq deyapsiz? Davlat ketsa nima qilamiz? — debdi dehqon.
— Ota, ilojimiz qancha? Davlat ketsa ketaversin. Siz oyim bilan duo qilib o'tirasiz. Biz hammamiz mehnat qilamiz. Ekin ekamiz, mol boqamiz, meva teramiz, hayotimiz yomon bo'lmaydi, — debdi kelin.
Kelinning bu gaplari dehqonning ko'ngliga taskin beribdi. Ertalab turib, hovliga chiqibdi. Davlat hali ham meh-monxonaning eshigi yonida dehqonni kutib turgan ekan. -Assalomu alaykum, bobo! Endi menga ruxsat berasizmi? — deb so'rabdi u.
Dehqon xo'rsinib qo'yibdi-yu, gap boshlabdi:
— Davlatjon, hammamiz maslahatlashib, senga ruxsat beradigan bo'ldik. O'g'il-qizlarim, xotinim, kelinim: «Davlat ketadigan bo'lsa, mayli, javob bering, o'zimiz bir yoqadan bosh chiqarib, ahil bo'lib mehnat qilamiz, mol-u davlat bo'lsa kelaveradi», dedilar.
Davlat birpas ma'yuslanib turibdi-da, so'ng kulib:
— Bobo, men so'zimni qaytib oldim, hech qayerga ketmayman, shu yerda qolaman. Men xursand bo'lib, ahil yashaydigan xonadonni yaxshi ko'raman. Inoqlik qayerda bo'lsa, men ham o'sha yerdaman! — debdi.
Shunday qilib, Davlat dehqonning xonadonida umrbod qolgan ekan.
Ertak o’qituvchi tomonidan ifodali o’qib beriladi.
Lug’at ishi o’tkaziadi.
Bahramand-rohatlanuvchi
Beqiyos-behad, cheksiz
Xushnudlik-mamnun, shod, xursand.
O’quvchilar daftarlariga yozadilar.
Ertakni o’qucvhilar ikki nuqtadan ifodali o’qiydilar.
Savollarga javob qaytarib, ertak mazmuni yoritiladi.
1. Dehqonning oilasi qanday hayot kechirar edi?
2. Nima uchun Davlat dehqonning uyidan ketishni xohlamadi?
3. Davlat deganda nimani tushunasiz?
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Sayohatimizni ochiq osmon ostidagi muzey shahar deya tan olingan, ko’plab me;moray obidalari bilan jahonga mashxur bo’lgan Samarqand shahri bo’ylab davom ettiramiz.
“T” metodidan foydalanib, ertakdagi ijobiy hislatlar va unga qarama-qarshi bolgan salbiy odatlarni o’quvchilar topib yozadilar.
“T” METODI
----------------------------------------------
Sabr besabr
Ahil noahil
Inoq urushqoq
Aqlli aqlsiz
Bamaslahatlilik o’zboshimcha
Farosatlilik befarosat
Ijobiy hislatlar-fazilatlar,
Salbiy odatlat-illatlar deyiladi.
Chiroyli yozuv egasi “oltin toj” ga ega bo’ladi.
“Porloq kelajak” ko`rgazmasi orqali “Jajji aktyor” o`yini o`tkaziladi. Bunda o`quvchilarning aktyorlik qobilyatlari aniqlanadi. “Porloq kelajak” ko`rgazmasi farovon hayotni aks ettiruvchi rasm va ushbu rasmni to`sib turuvchi “kuz barglari”dan iborat. Har bir guruhning bir nafar a’zosi pantomima shartlarini bajaradi, qolgan o`quvchilar esa unga mos ta’rifni berishadi.
1-guruh 2-guruh 3-guruh
Shaxmat Haydovchi Ayiq
Boks Tikuvchi It
Futbol DAN xodimi Tulki
Tennis Shifokor Mushuk
Suzish O`qituvchi Maymun
Basketbol Oshpaz Quyon
Kurash Xonanda Tovuq
5. Darsni yakunlash va baholash:
Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar aniqlanadi. Kimning kitob javonida kitoblar soni ko’p bo’lsa, shu o’quvchi “Eng yosh kitobxon” nominatsiyasiga sazovor bo’ladi va g’olib guruh aniqlanadi.
O`qituvchi: Mana nihoyat manzilimizga ham yetib keldik. So`nggi manzilimiz 2011-yil “Islom madaniyati poytaxti” deya e`tirof etilgan, qadimda Shosh nomi bilan shuhrat qozongan, 2200 yildan ko`proq tarixga ega bo`lgan poytaxtimiz Toshkent shahridir.
Aziz o’quvchilar bugungi dars sizga yoqdimi, bugungi darsdan nimalarni o’rgandingiz?
6. Uyga vazifa: Ertakni qayta hikoyalab berishga tayyorlanish, mavzuga oid o’nta savol tuzib kelish.