Просмотр содержимого документа
«Dars ishlanmasi:Bokschi»
Kattaqo’rg’on shahar 2 – umumta’lim maktab
Mavzu: Bokschi mavzusida haykal ishlash.
Mavzuga DTS tomonidan qo’yilgan talablar. O’quvchilarning ijodiy qobiliyati va badiiy didini oshirish.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: Sopol buyumlardan tuzilgan natyurmortni bosqichma bosqich chizishga o’rgatish.
Tarbiyaviy: Vatanparvarlik, o’z kasbiga fidoiy qilib tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning aqliy qobiliyati va qiziqishini oshirish.
Darsning turi: aralash, amaliy.
Darsning uslubi: AKT (interfaol)
Fanlar aro bog’lanish: o’qish, mehnat, atrofimizdagi olam.
Darsning jihozi: Usta kulollar tomonidan ishlangan laganlar, ularning fotosuratlari, slaydlar va rangli ko’rgazmalar plakat, natura, kompyuter.
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism 3 daqiqa.
2. Uyga vazifani so’rash va tekshirish 5 daqiqa
3. Yangi mavzuga zamin tayyorlash 5 daqiqa
4. Yangi mavzu bayoni 20 daqiqa
5. Yangi mavzuni mustahkamlash5daqiqa
6. Uyga vazifa 2daqiqa
Ma’naviyat daqiqasi o’tkaziladi.
1-javob
A.Temur
1- Bolajonlar yaqinda biz buyuk ajdodimiz bo’lgan qaysi bobokalonlarimizning tug’ilgan kunlarini nishonladik?
2-javob
9 – may “
Xotira kunini
nishonlaymiz”
2. 9 – may kuni qanday bayramni nishonlaymiz
9 – may kuni qanday bayramni nishonlaymiz
9 – may “Xotira kunini nishonlaymiz”
Odob axloq qoidalari.
Bu qoida necha bo’lim, nechta bobi bor va qachon qabul qilingan - ?
javob
6 bo’lim
9 ta bob
Bolajonlar bugungi darsimiz tasviriy san’at darsi bo’lganligi uchun biz ko’proq ranglardan foydalanamiz. 7 xil ranglar bor. Bu ranglar kamalak ranglar ham deb ataladi.
Ranglar haqida kim she’r biladi - ?
1.Yashil
2.Qizil
3.Sariq
4.Oq
5. Ko’k
6.Zarg’aldoq
7.Qora
Ranglarni ingliz tilida ham izoxlab bering - ?
Uchbarb, oygul, gajak, chinnigul,
qalampir gullaridan foydalanamiz
Naqsh turlarini sanab bering - ?
- Doiraviy
- yo’lsimon
- kvadrat
- to’g’rito’rtburchak shaklidagi naqshlar.
Naqsh asosan qayerlarda ko’proq qo’llaniladi-?
- Temir buyumlar
- Sopol va chinni idishlar
- Yog’och o’ymakorligi
- Mato
- Kashta
Bu naqshlar kim tomonidan bajariladi.
- Hunarmand ustolar
- Chevarlar
- Kosib va kulol
- Qo’l mehnati bilan shug’ulanadigan haykaltaroshlar
tomonidan bajariladi.
Hunar haqida maqollar ayting:
Hunarli kishi xor bo’lmas
Hunar – hunardan rizqing unar
Hunaring bo’lsa qo’lingda
Non topilar yo’lingda
Yangi mavzu:
Bokschi mavzusida haykal ishlash
Siz sportning har xil turlariga qiziqasiz. Ular ora- sida, shubhasiz, boks ham bor. Boks 0‘zbekiston sportining ommaviy turlaridan biri. Chunki, O'zbe- kistondan dunyoga mashhur bokschilar yetishib chiq- qan. 1974-yilda Gavana shahrida havaskor bokschilar o'rtasida Birinchi jahon chempionati o'tkazilganda, shohsupaning eng yuqorisiga «Toshkent yo'lbarsi» deb nom qozongan o‘zbekistonlik Rufat Risqiyev ko‘tarilgan. Boks bo'yicha olimpiada chempioni Hasanboy Do‘stmatov. Ayniqsa, mustaqillik yillarida 0‘zbekistonda sport- ning bu turi jadal sur’atlarda rivojlanib bordi. Endi- likda Olimpiada chempionlari Muhammadqodir Abdullayev, Hasanboy Do‘stmatov , Shahobiddin Zoirov, Fazliddin G‘oyibnazarov, ikki kar- ra jahon chempionlari Abbos Atoyev, O'tkirbek Hay- darov, olimpiada va jahon chimpionatining kumush medal sohiblari Bektemir Meliqo'ziyev, Shahram G‘iyosovning nomlari butun dunyoga tanilgan. Professional bokschimiz Artur Grigoryan jahon chempioni sifatida o‘z kamarini 16 marta muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Siz televizorda berilgan reportajlar, gazeta va jurnallardagi fotoillustratsiyalar orqali ularning xatti-ha- rakatlarini ko‘p bora kuzatgansiz. Kompozitsiya yaratishdan avval bokschilarning ho- latlari qanday boladi, degan savolga javob topishga harakat qilib ko'ring. Ma’lumki, boksda ikki holat ku- zatiladi. Birinchisi, hujum qilish holati bo‘lsa, ikkin- chisi, himoyalanish holati. Shunga qarab qo‘l, oyoq va gavda harakatlari turlicha bo'ladi. 100-rasmda tasvirlangan bokschining turli holatlarini diqqat bilan kuzating. Shuningdek, bokschining hujum qilish jara- yonida zarba berish usullari ham har xil boladi. •Jumladan, o‘ngdan, chapdan, to‘g‘ridan, pastdan zarba berishga qarab yasaladigan haykalchaning holatini aniqlab oling.
Bunda siz haykalchaning harakati bilan bir qatorda gavdasining tayanch nuqtasini to‘g‘ri topishingiz lozim bo‘ladi. Aks holda yasagan haykalchangiz xuddi yiqilib tushayotgandek ko‘rinishi mum- kin. Shuning uchun yasaydigan haykalchangizni ko'rinishini hal qilib olish uchun qalamda bir necha qoralama chizib ko'ring. 0‘z ishingizni bajarishda na- munada keltirilgan rasmlardan ijodiy foydalanishga harakat qiling. Haykalchaning kompozitsiyasini hal etib olgach, mos tarzda bokschi gavdasining qismlarini ajratib olasiz. Bokschi gavdasining harakatiga mos umumiy ho- latni hosil qilib olgach, uning detallarini ishlashga ki- rishasiz. Bunda haykaltaroshlik anjomlari - steklardan foydalanasiz. Ular yordamida ortiqcha joylar qirib olib tashlanadi, kamchiliklari to'ldirib boriladi. Unda mayda detallarga alohida ahamiyat qaratmang. Masalan. bokschining ko'zi yoki qoshi tasvirlanishi unchalik muhim emas. Muhimi, uning harakati obrazli chiqi- shida.
O’quvchilar rassomlar ijodi haqida
O’quvchilar rassomlar ijodi haqida
O’quvchilar rassomlar ijodi haqida
Kitobda rasmlar ko’p
Aralash va quralash
Takrorlab bilib olsang
Bo’lar u mustahkamlash
Vatanimiz kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro` - e’tiborini avvalombor farzandlarimizning o`nib – o`sib, ulg`ayib, qanday inson bo`lib hayotga kirib borishiga bog`liqdir. Biz bunday o`tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak.
I. A. Karimov. “ Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”
Dars yakuni:
Sen san’atdan lazzatlanmoqchi bo’lsang badiiy diding va ma’lumoting yuksak bo’lmog’i lozim.