kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Dars ishlanma: O‘tilgan mavzularni mustahkamlash.

Нажмите, чтобы узнать подробности

3-sinf

Darsning mavzusu.O‘tilganlarni mustahkamlash.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Dars ishlanma: O‘tilgan mavzularni mustahkamlash.»

SAMARQAND VILOYATI

KATTAQO`RG`ON SHAHAR

11-IXTISOSLASHGAN DAVLAT

UMUMTA`LIM MAKTABI

BOSHLANG`ICH SINF O`QITUVCHISI

RADJABOVA SHAHLONING



2-SINFDA MATEMATIKA FANIDAN TAYYORLAGAN

DARS ISHLANMASI

mavzu: O`tilgan mavzularni mustahkamlash













Samarqand – 2020

Darsning mavzusi: O`tilganlarni mustahkamlash.

Mavzudgaoidtayanchtushunchalar: Ko`paytirish, bo`lish, ifoda, masala, hisobla, jadval

Soatlar soni: 1 soat (45 daqiqa)

Mavzuning qisqacha tarifi:O`tilganlarni mustahkamlash tenglamalarni yechish, ko`paytirish va bo`lish mavzularini takrorlash.

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Darsning metodi: Didaktiko`yin, “Muommoli izlanish”, “Musoboqa”, “Aqliy hujum”, “Zinama – zina”, “Klaster”, “Tushunchalari tahlili”.

Darsning shakli: Guruhbo`lib, jamoavayakkatartibdaishlash.

Darsning jihozi: Bellashuv shartlariga oid tarqatma va plakatlar, tarqatma kartochkalar, darslik, slaydlar.

Nazorat: Og`zaki nazorat, darsda savol-javob faolligini kuzatish, o`z-o`zini nazorati hisobga olib borladi.

Baholash: O`quvchilar reytingi dars oxirida e’lon qilinadi

Darsning maqsadlari:

Talimiy maqsad:

  1. O`tilganlarni takrorlash va mustahkamlash;

  2. Misol va masalalarni to`g`ri yechishga o`rgatish.

Tarbiyaviy maqsad:

  1. Matematika fani orqali hayotni to`g`ri tasavvur eta olishni;

  2. Vatanni sevish va qadrlashni muommolarni ahillik, hamjihatlik bilan hal etish hissini tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi maqsad:

  1. O`quvchilarni matematik topshiriqlar, didaktik o`yinlar bajarish orqali mustaqil va mantiqiy fikrlash qobilyatini rivojlantirish;

  2. Og`zaki va yozma hisoblash malakalarinirivojlantirish.

Kutilayotgan natija.Dars yakunida o`quvchilar tenglamalar yechish, bo`lish, qo`shish, ayirish amallarini amalda qo‘llash malakalari rivojlanadi

Dars jarayoni

Ishning nomi

Bajariladigan ishlar mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich

Tashkiliy qism

O`quvchilar davomatini aniqlash. Darsda rioya qilinadigan qoidalar, dars shiori belgilash. Sinf o`quvchilari guruhlarga ajratish.

Savol - javob

5 daqiqa

2- bosqich

O`tilgan mavzuni so`rash.

O`tilganlarni takrorlash mavzusini so`rash. Uyga berilgan 6-8 m/m. so‘rash “Klaster” usuli, Tezkor savol javoblar

“Klaster”, savol-javob

5 daqiqa

3- bosqich

O`tilgan mavzuni mustahkamlash.

  1. Tarqatma materilallar bilan ishlash, o`tilgan mavzuni mustahkamlash

2. “Zinamazina” o‘yini

3. Topishmoqlar

“Zinama zina”


Savol-javob


5 daqiqa

4- bosqich

Yangi

Mavzuning

bayoni

  1. Tenglamalar yechishni mustahkamlash

  2. Dam olish daqiqasi. Matematik topishmoqlar

  3. “Klaster” usuli

4. Tushunchalar tahlili

5. “Gulzorga sayr”

6. Dam olish daqiqasi..

“Klaster”

Musoboqa

Izlanishli muommoli

Tushuncha

lar tahlili

Sayohat

20 daqiqa

5-bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash

Tushunchangni bayon et.

Tushunchalar tahlili usuli

Tushunchalar tahlili

7 daqiqa

6- bosqich

Darsyakuni

O`quvchilar reytingi e’lon qilinadi.Uyga vazifa 6-7 m/m

Rag`batlantirish

3 daqiqa


Darsning borishi:

I Bosqich. Tashkiliy qism.

Navbatchi orqali o`quvchilar davomati aniqlanadi. Sinf tozaligi ko`zdan kechiriladi

O`qituvchi:

Odob boshi “Assalom”

Ishning boshi intizom.

Boshlayman ustoz so`zim

Tayyormisiz o`g`il – qizim?

O`quvchilar: Tayyormiz.

O`qituvchi:Hozir darsimiz qanday dars ekan?

O`quvchi: Darsimiz riyoziyot,

Hisob – kitob qilamiz

Raqamlarning sirlarin

Puxta bilib olamiz.

O`qituvchi: Keling darsimiz shiorini tanlab olamiz

O`quvchi: Qo`shamiz va olamiz

Ko`paytirib bo`lamiz

Tez va to`g`ri hisoblab,

Ham chiroyli yozamiz

O`qituvchi:Rahmat, qanday hikmatli so`zga amal qilamiz?

O`quvchilar: Matematika fanlar ichra shoh, uning sirlaridan bo`laylik ogoh

O`qituvchi: Darsning oltin qoidalari:

Intizomli bo`lish;

Faollik ko`rsatish;

Vaqtdan unumli foydalanish;

o`zaro hurmat;

o`ng qo`l qoidasi;

Guruhlarimizni gullar nomi bilan ataymiz.

1-guruh: Lola

2-guruh: Binafsha

Endi har bir guruh sardori o`z guruhini tanishtiradi. Marhamat

1—guruh sardori:

Biz bo`lamiz birinchi,

Qani yetib ko`ringchi

Dars qilganmiz hamma vaqt,

Bizga bo`lar baland taxt.

2-guruh sardori:

Biz ham ortda qolmaymiz,

So`nggi o`rin bo`lmaymiz.

Chiqing maydon kutmasin

Qimmatli vaqt o`tmasin.

II – bosqich. O‘tgan mavzuni so‘rash

O`qituvchi: Bolajonlar hozir uyga vazifani tekshirib olamiz.

Shirin, aziz, bolajonlar,

Bog`dagi gul, lolajonlar.

Yaxshi hordiq oldingizmi?

Uy ishini qildingizmi?

O`quvchilar:

Uyda yaxshi dam oldik

Uy ishini ham qildik.

O`qituvchi:Unda sinab ko`ramiz. Uyga berilgan vazifani kim aytadi?

O`quvchi: Bizga uyga vazifa 6- 7- misollar berilgan edi

O`qituvchi: Rahmat, unda 6- misolni “Klaster” usulida ko`rib chiqamiz.

Lola guruhi


Binafsha guruhi

O`quvchilar misollarga navbati bilan javob berishadi

Endi navbat tezkor savol – javoblarga.



Binafsha guruhiga

  1. Sanoq qaysi son bilan boshlanadi? (1)

  2. Eng katta bir xonali son ? (9)

  3. Alisher Navoiy nechanchi fevralda tug`ulgan?(9)

  4. Ertaklar qaysi son bilan boshlanadi? (1)

O`qituvchi: Qanday raqam hosil bo`ldi? Bu nimani bildiradi?

O`quvchi:1991 raqami hosil bo`ldi. Bu yilda O`zbekiston Respublikasi Mustaqil davlat deb e’lon qilingan va shu yilda O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i qabul qilingan yilni bildiradi.

O`qituvchi: Lola guruhiga

  1. Eng kichik bir xonali son? (1)

  2. O`ndan oldin keladigan son (9)

  3. A. Temur nechanchi aprelda tug`ulgan? (9)

  4. 1 ni o`ziga qo`shsak qanday son hosil bo`ladi? (2)

O`qituvchi: Hosil bo`lgan raqam nimani bildiradi?

O`quvchi: O`zbekiston Respublikasi davlat gerbi, madhiyasi va Konstitutsiyasi qabul qilingan yilni bildiradi.

III. Bosqich. O`tilgan mavzuni mustahkamlash.

7-misolni “Zinama-zina” o`yini asosida tekshiriladi.

Har bir guruh o`z ishini izohlaydi.

O`qituvchi: Sizlarga ajoyib topishmoqlar tayyorlab kelganman. Topishmoqlar ostida berilgan misollarni to`g`ri yechsangiz bu javoblar sizlarni topishmoqning javobiga olib

boraMasalan 1-topishmoqning javobi G





= 8 demak biz G qatoridagi 8 rasm javob ekan bu muz shundaymi bolajonlar agar shartimiz tushunarli bo`lsa guruhlar navbati bilan javoblarni topishsin.

IV – bosqich: Yangi mavzu.

O`qituvchi: O`tgan darsimiz mavzusini davom ettirib sizlar bilan bugun takrorlash darsini o`tamiz. Demak 1-masalaga e’tiborimizni qaratamiz.

Bunda 1-guruh masala shartini tushuntiradi. 2-guruh qisqa shartini tuzadi. Hamma o`zi mustaqil javobni topadi.

O`quvchi: Xo`jalikda – 27 ta yuk mashinasi bor

Yengil mashinalar – 3 marta kam.

Yechish: 27:3=9

Javob: 9 ta yengil mashina bor

Javobni birinchilardan bo`lib aytgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.

O`qituvchi:

Aziz bolajonlarim,

Shirintoy polvonlarim.

Yangi misol boshlaymiz,

Darslikka ko`z tashlaymiz.

Endi bolalar darslikdagi 2-tenglamani yechamiz. Har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqib misolni ishlaydi. Marhamat.

Binafsha guruhi. Lola guruhi.

5+x=8 X-3=8

X=8-5 X=8+3

X=3 X=11

5+3=8 11-3=8


X∙2=12 X∙3=15

X=12:2 X=15:3

X=6 X=5

6∙2=12 5∙3=15


18:X=2 24:X=3

X=18:2 X=24:3

X=9 X=8

18:9=2 24:8=3

Javoblar o`qituvchi tomonidan nazorat qilib boriladi.

O`qituvchi: Hamma misolni daftariga yozib oldimi?

Zukko ziyrak bolajonlar,

O`ylab ko`ringchi bir oz.

Navbatdagi yetti jumboq,

Sizlar uchun qulay mos

Bu o`yinda biz “Klaster” usulidan foydalanamiz.

Lola guruhi Davlatimizga tegishli 7 ta asosiy belgini sanaydi.

bayroq




Binafsha guruhi. Matematik maqollardan yozing.

Sanamay sakkiz dema

Yetti o‘lchab br kes







Besh qo‘l barobar emas





Birni ko‘rib shukr qil





Birni kessang o‘nni ek







V bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Bolalar hozir sizlar bilan “Tushunchalar tahlili” metodidan foydalanib bilimlarimizni mustahkamlaymiz. Bunda sizga berilgan tushunchaga ta’rif yozasiz.

TUSHUNCHA

MAZMUNI



OY


yil


ASR


KO`PAYTIRISH


1 oyimiz 30 kun


1 yilimiz 360 kun


1 asrimiz 100 yil


bir xil sonlarni qo`shish.



TUSHUNCHA

MAZMUNI



DAQIQA


SOAT


KUN


HAFTA


1 daqiqamiz 60 sekund


1 soatimiz 60 daqiqa


1 kunimiz 24 soat


1 haftamiz 7 kun













Ta’riflar umumlashtiriladi.

3- misol ranglarga qarab misollarning javobini toping. Bu misolni o`quvchilar navbati bilan yozuv taxtasida bajaradilar.

43+24

2x9

27:3

74+26

75-25

64+30

3x6

18:3

24:3

58-27

42+28

3x5

43+24=67 2x9=18 27:3=9 74+26=10

75-25=50 64+30=94 3x6=18 18:3=6

24:3=8 58-27=31 42+28=7 3x5=15

O `qituvchi aziz bolajonlar endi sizlar bilan “Gulzorga sayr” qilamiz guruhlar o`z nomlariga mos gullarni teradilar (bu shartda darsda faol qatnashmagan o`quvchilar ko`proq ishtirok etishlari lozim)







4-masala og`zaki bajariladi

O`qituvchi : Sport jamoasida 27ta va 23ta yangi futbol to`pi bor edi. Moshg`ulotlar davomida 6 ta to`p yaroqsiz bo`lib qoldi. Jamoada nechta to`p qoldi? Bu masalani ishlashda qanday amallar bajariladi:

O`quvchi: avval qo`shish keyin ayirish amallari bajariladi

27+23-6=44

Demak jamoada 44 ta to`p qolgan.

5 - topshiriq Shakllarni daftaringizga chizing va ularni bo`yang































VI bosqich Dars yakuni:

O`qituvchi: bolalar siz bugungi darsimizdan nimani o`rgandingiz?

O`quvchi: O`tilgan mavzularni takrorladik va mustahkamladik, turli metodlar orqali fikrimizni bayon etishni o`rgandik.

O`qituvchi: Darsimiz sizga yoqdimi?

Guruhlarning darsdagi ishtiroki tahlil qilinadi, g`olib guruhlar aniqlanib, darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.

Uyga vazifa 6-7- misol, masala o`qib tushuntiriladi.

6-masala. Qisqa yozuv bo`yicha masala tuzing va uni yeching:

Shaxmat to`garagida -27 nafar o`quvchi

Shashka to`garagida -?, 7 nafar kam o`quvchi

7-misol

(18+3):3 (68-41):3 2x(17-8)

(12+6):2 (56-35):3 3x(15-6








Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 3 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Dars ishlanma: O‘tilgan mavzularni mustahkamlash.

Автор: Djamolova Fotima Abduraxmanovna

Дата: 07.04.2020

Номер свидетельства: 545678


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства