Просмотр содержимого документа
«Дарс ишланма " Купбурчаклар".»
O’zbеkiston Rеspublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi
Namangan viloyat Xalq Ta’limi Boshqarmasi
Uchqo’rg’on tuman xalq ta’limi
bo’limiga qarashli
22-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining
BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISI
KENJAYEVA BAXTIGULNING
matematika fanidan
bir soatlik ochiq
Fan: Matematika
Mavzu: Ko’pburchaklar.
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarning sanoq texnikasini, to’g’ri va teskari sanash qobiliyatlarini boyitish, sonlarni o’zaro taqqoslash, o’quvchilarga ko’pburchaklar haqida tushuncha berish;
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni ona vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni erkin fikrlarini rivojlantirish, yozma xisoblash malakalarini o’stirish.
Tayanch va fanga oid kompetenshiyalar:
Tayanch kompetensiya: o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini (maqsadini) topa olish, ifodalay olish va qismlarga ajrata olish;
Fanga oid kompetensiya: kundalik hayotda uchraydigan koordinatalar sistemalarini real obyektlar (masalan teatrdagi tomoshabin, samolyotdagi yo‘lovchi, shaxmat figurasi) joylashuvini aniqlashda qo‘llay oladi;
Dars turi: Yangi bilim berish
Dars usuli: Yakka tarribda ishlash, aralash savol-javob, mustaqil ish.
Dars jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, tarqatmalar, test savollari, 1-sinf matematika darsligi
Darsda vaqt taqsimoti:
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
- O’quvchilar bilan she’riy tarizda salomlashiladi;
Salom aziz bolalar
Chiroyli gullolalar.
- Xonani va o’quvchilarni darsga tayyorliklarini tekshirish;
O’quvchilarni uch guruxga bo’lib Bilimdonlar, Zukkolarr va Donolar deb nomlanadi.
II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:
O’quvchilar kichik guruhlarga ajratilinadi, uy vazifalari tekshirilib, o’tilgan mavzu bo’yicha savol-javob va amaliy mashg’ulotlar o’tkaziladi.
III. Yangi mavzu bayoni:
Aziz bolajonlar bugungi biz matematika darsimizda ko’pburchaklar mavzusi bilan tanishamiz. Ko’pburchaklarning burchak va tomonlari uchta, to’rtta, beshta va undan ortiq bo’ladi.
Masalan:
2
O’quvchilar guruhlarga
B
ilimdonlar guruhi kvadrat
Zukkolar guruhi uchburchak
Donolar guruhi to’g’ri to’rtburchak
haqida ma’lumor berishadi.
O’quvchilar javoblari tahlil qilinib hatolar ustida ishlash tushuntiriladi. To’gri ma’lumor bergan guruh rag’batlqantiriladi.
Ikkinchi topshiriq
Guruhlar jadvaldan javoblari bir hil bo’lgan misollarni topadilar. Birinchi to’g’ri topgan gurux rag’batlantiriladi.
60+9=69 4. 54-4=50 7. 60+20=80 10. 47-7=40
95-5=90 5. 68+1=69 8. 45-10=35 11. 30+5=35
20+20=40 6. 82-2=80 9. 70+20=90 12. 58-8=50
1 va 5, 2 va 9, 3 va 10, 4 va 12, 6 va 7, 8 va 11
Uchunchi topshiriq
Guruhlar jadvalda berilgan sonlarni 2 ta ga orttiradilar. To’g’ri bajargan guruhlar rag’batlantiriladi.
2 ta orttiring
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
Dam olish daqwiqasi
Erta tongda turaman
Hovlida yuguraman
Mashq qilib bir, ikki, uch
Chiniqaman to’plab kuch
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Raqamlarni o’sib boorish tartibida joylashtiring.
, , , , ,
, , , .
V. Dars yakuni
Oquvchilarning darsdagi faolligi, ishtiroki va ijodkorligi, topshiriqlarni bajarish darajasi aniqlanib, guruhlar toplagan rag’batlari hisoblanib g’olib guruh aniqlanadi va o’quvchilar baholanadi.