kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

D d tovushu va harfi

Нажмите, чтобы узнать подробности

Sana:   

Fan:  Alifbe, Savod o’rgatish.              Maktab: 22           Sinf:  1-“B”.

Mavzu:  D d tovushu  va  harfi ( Multimediyali dars)

Dars  maqsadlari : a) Ta’limiy: O’quvchilarni D d tovushi bilan tanishtirish, to’g’ri talaffuz qilishni, tovush ishtirokida bo’gin,so’z va gaplar tuzishni o’rgatish.

F.K.-1.  Nutqiy kompetensiya: Tovushni  to’g’ri talaffuz  qiladi, bo’g’in, so’z va gaplar tuza oladi. Jarangli  D tovushini  jarangsiz T tovushidan farqlay olish va turli boshqotirmali so’zlarni topa olish, ravon o’qish, televizordan ko’rgan, radiodan eshitgan lavhalardan ma’lumotlar tushunib aytib berish.

b)Tarbiyaviy:O’quvchilarga ma’naviy tarbiya berish,kasbga yo’naltirish;

T.K.-5 Milliy va umummadaniy kompetensiya: Vatanga sadoqat, o’zaro hurmat qilish, orasta kiyinish, maktab ichki qoidalariga rioya qilish, kasbga yo’naltirish, kattalar mehnatini qadrlashga o’rgatish.

c)Rivojlantiruvchi: bog’lanishli nutq malakasini oshirish.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«D d tovushu va harfi»

Hayotim mazmuniga aylangan dunyo

«Aziz o'qituvchi senga sinfga termulib

turgan va undan ruhiy ozuqa kutib

turgan qora ko'zlar oldiga aslo

tayyorlanmay kira ko'rma, aks

holda u cho'lpon ko'zlarda o'zingga

nisbatan nafrat va g'azab

o'tini yoqqan bo'lasan...»

Sana:

Fan: Alifbe, Savod o’rgatish. Maktab: 22 Sinf: 1-“B”.

Mavzu: D d tovushu va harfi ( Multimediyali dars)

Dars maqsadlari : a) Ta’limiy: O’quvchilarni D d tovushi bilan tanishtirish, to’g’ri talaffuz qilishni, tovush ishtirokida bo’gin,so’z va gaplar tuzishni o’rgatish.

F.K.-1. Nutqiy kompetensiya: Tovushni to’g’ri talaffuz qiladi, bo’g’in, so’z va gaplar tuza oladi. Jarangli D tovushini jarangsiz T tovushidan farqlay olish va turli boshqotirmali so’zlarni topa olish, ravon o’qish, televizordan ko’rgan, radiodan eshitgan lavhalardan ma’lumotlar tushunib aytib berish.

b)Tarbiyaviy:O’quvchilarga ma’naviy tarbiya berish,kasbga yo’naltirish;

T.K.-5 Milliy va umummadaniy kompetensiya: Vatanga sadoqat, o’zaro hurmat qilish, orasta kiyinish, maktab ichki qoidalariga rioya qilish, kasbga yo’naltirish, kattalar mehnatini qadrlashga o’rgatish.

c)Rivojlantiruvchi: bog’lanishli nutq malakasini oshirish.

T.K. 3- O’z-o’zini rivojlantiruvchi kompetensiya. Kun tartibiga rioya qilish, kattalarni hurmat qilish, jamoat joylarida tozalikka rioya qilish.

Dars turi : Yangi bilim beruvchi dars.

Dars metodlari: Tushuntirish, namuna ko’rsatish, savol-javob, ta’limiy,interfaol metodlar, mavsumiy o’yinlar.

Dars jihozlari : A.K.T. multimediya, alifboning kesma harflari va bo’g’inlar, nutq o’stirish uchun mavzuga oid rangli rasmlar, hikmatlar va maqollar to‘plami .

Darsning texnologik xaritasi:

1.Tashkiliy qism: 3-5 daqiqa

2 .O’tilgan mavzuni so’rash: 5-7 daqiqa.

3. Yangi mavzu bayoni : 20-25 daqiqa.

4 .Yangi mavzuni mustahkamlash : 4 daqiqa.

5.O’quvchilarning bilimini baholash: 2 daqiqa.

6.Uyga vazifalarini tushuntirish va topshirish: 2 daqiqa. (45 daqiqa )

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism: O’quv xonasi hamda o’quvchilarning darsga tayyorgarligini aniqlash, navbatchi axborotini tinglash orqali davomatni aniqlash,tabiat yilnomasida ob-havo hamda hafta kuni va sanani belgilash. Mavsumiy o’yin:” Xazonchinak” (Bu o’yinda oltinrang barglarda so’zlar yozilgan . Shu so’zlardan :”Oltin kuz ” mavzusida kichik matn tuzish: Hozir o’lkada kuz fasli. Tabiat oltinrang libosini kiygan. Dala va bog’larda ayni pishiqchilik pallasi. Oltin kuz-hosiling yuz.

Sinf xonasi kuz mavsumiga mos jihozlanadi.

--Salom bolajonlar!

--Assalomu aleykum!

--Kimni yoki nimani kutyapsizlar?

--Sizni kutyapmiz.

--Nima uchun?!

--Savod darsida gòzallik olamini, Vatanimizga bòlgan mehr muhabbat, sadoqat tuyģularini, ota-onamizga, dòstlarimizga mehr, vafodorlik tuyģulari chòqqisini zabt etish uchun!

--Bu tuyģular chòqqisini zabt etish uchun darsda hamma bormi?

--Haaaa

--Unda bugungi dars orqali barcha chòqqilarni zabt etishimiz uchun olģa bolajonlar!

2. O’tilgan mavzuni so’rash: O’tilgan tovush O’ o’ unlisini harf cho’ntagidan topish, shu tovush bilan bo’g’in, so’zlar tuzish va o’qish ,ijodiy mashq sifatida tuzilgan so’zlardan gaplar, gaplardan matn tuzish. Bunda: 1-qator o’quvchilari O’ o’ tovushi qatnashgan so’zlarni tuzadi.


D a v o m e t t i r” o’yini:

O’lka, o’rmon, To’lan, o’tin, ko’mak, ko’m-ko’k, O’tkir, o’t.

2-qatordagi o’quvchilar shu tuzilgan so’zlarni bo’g’inlar orqali topib o’qiydi. Ular bilan:” Kim topqir”o’yini o’tkaziladi.

3-qator o’quvchilari topilgan so’zlardan gaplar tuzadi. Bu o’quvchilar bilan :“Jajji ijodkor” oyini “ o’tkaziladi.

  • O’lkamiz juda go’zal.

  • Bu ko’m-ko’k o’rmon.

  • To’lan o’quvchi.

  • Xola o’tin terdim.

  • Ko’mak- bir-biriga yordam berish.

  • O’tkir o’rikni yaxshi ko’radi.



  • O’t bilan o’ynamayman.











Dam olish daqiqasi :

O ’quvchilar qani kim aytadi?

O’rik” ruschada va inglizchada nima deyiladi?

«Kerak bo‘lsa uch.

Ucholmasang yugur.

Yugurolmasang yur.

Yurolmasang emakla.

Har qanday holatda ham

O’qishdn va uqishdan

to‘xtab qolma!»







Navbatdagi didaktik o’yin:

So’zdan-so’z tuzo’yini:

O’r- o’rin-, o’rnak, o’rmon, o’rtoq, o’rim, o’rdak

O’t- o’tin-o’tloq-o’tir-o’tkir.

O’quvchilar rag’batlantirilib boriladi.

III. Yangi mavzu bayoni:

O’qituvchi yangi mavzuga zamin tayyorlash maqsadida.

Diqqatingni jamlab ol” o’yinini tashkil qiladi.O’yinda “ D d “ tovushiga doir oddiy so’zlarning rasmini A.K.T.da tasvirlab, rasmdagi narsalar nomini talaffuz qilishni o’quvchilar hukmiga havola qiladi.





Doska, daftar, deraza.

Talaffuz qilingan so’zlar ma’nosi va ularning vazifasi haqida o’qivchilar fikri eshitilgach,o’qituvchi shu so’zlarning boshlanish tovushini harflar cho’ntagidan topishni topshiradi.O’quvchilarning bu jarayondagi mustaqil ishlash faoliyati nazorat qilinadi. 1- topgan o’quvchi maxsus tayyorlangan “D d” tovushiga oid ko’rgazmani o’quv taxtasiga joylashtiradi. O’yinni o’qituvchi yakunlab, o’quvchilarni rag’batlaydi hamda bugungi yangi mavzu e’lon qiladi. O’qituvchi o’quv taxtasiga mavzuni:”D d tovushi va harfi” tariqasida husnixat qoidasiga asosan yozib qo’yadi




Mavzu:D d tovushi va harfi









“D d “tovushi undosh jarangli ekanligi o’quvchilarga tushuntirilgach, hamma o’quvchi “D” tovushini talaffuz qiladi.






Navbatdagi o’yin tashkil

qilinishi ko’zda tutulib:

“Bo’g’in tuzish” o’yinida:

Da, do , du, di, do’,

ad, id, od,o’d






kabi bo’g’inlar tuziladi. Endi shu bo’g’indan yangi so’zlar tuzish mashqi uchun tuzilgan multimediya.

A.K.T.da multimediya namoyish etiladi: Aziz o’quvchi aytingchi,

  • bug’doy, arpa, makka, sholi qanday ekin hisoblanadi?- DONli ekin.

  • Katta ekinzor joy nomi nima? –DALA.

  • Milliy cholg’ular nomini ayting:-DOIRA, DO’MBIRA, DUTOR.

  • Inson ko’rki nima ? –Inson ko’rki ODOB

Dam olish daqiqasi:

Odobli bo’l, hamisha.

Ko’rganlar desin :”YASHA!”.

Darslik bilan ishlash: O’quvchilar xatcho’p yordamida darslikdagi “D d” tovushiga oid sahifani ochib, birinchi turgan rasm asosida gap tuzish bilan o’qishni boshlaydi. Bu delfin.U suv hayvoni. Delfin odamlarga do’st.

Keyin so’zlarni o’qiydi:


Don, do-ri, do-i-ra, O-dil, da-la, do’m-bi-ra, A-do-lat





do –i – ra du-tor don



da – la do’m – bi – ra do - ri









Ado-lat

O-dil


Darslikdagi rasm asosida so’zlarni topib,

bo’g’inga ajratadi:

Dil- bar, da-la, do- i- ra, du-tor.

Shu so’zlar bilan gap tuzadi: Dilbar mana dutor.

“ Dalada” matni oq’iladi.

Mana dala. Dalada don mo’l. Madina dalada Odil amakini ko’rdi. Odil amaki bug’doy o’ryapti..

Dam olish daqiqasida:” Dd” tovushiga oid she’r aytiladi:

Dono, Dilbar, Dilnur

Dadil-u dilkash juda.


IV. Darsni mustahkamlash: Bu jarayonda A.K.T.da ona yurtimiz dalalarida yetishtirilgan boyligimiz bug’doy va undan tayyorlanadigan un va non mahsulotlari haqidagi ma’lumotlar va nonning shifobaxshligi haqida xalq tabobati durdonalaridan namunalar aytiladi.

Non ham non, ushog’i ham non.

Non gadosi bo’lsang ham, Yurt gadosi bo’lma. 

5.O’ quvchilarni rag’batlantirish va baxolash

Dars so’ngida o’quvchilarga qarata «Ko'ksingizda urib turgan jajji yurakchangiz ustiga kaftingizni qo'ying, uch bora Vatan, Vatan, Vatan deya takrorlang...

Yuragingiz hapqirib urganini his qildingizmi? Bu ona Vatanga muhabbat hissi edi. Endi bu muhabbatingizni bilim va intizomingiz bilan isbotlab bering, zero yurt kelajagi siz kabi yosh avlodlar qo'lida! »

"Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta’kidladi Prezidentimiz. 



6.Uyga vazifa: ( I-yarim yillikda uyga vazifa berilmaydi)




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 1 класс

Скачать
D d tovushu va harfi

Автор: Jumayeva Aziza Mirjonovna

Дата: 10.02.2021

Номер свидетельства: 572741

Похожие файлы

object(ArrayObject)#851 (1) {
  ["storage":"ArrayObject":private] => array(6) {
    ["title"] => string(26) "Alifbe, Savod o’rgatish."
    ["seo_title"] => string(21) "alifbe_savod_orgatish"
    ["file_id"] => string(6) "573218"
    ["category_seo"] => string(16) "nachalniyeKlassi"
    ["subcategory_seo"] => string(5) "uroki"
    ["date"] => string(10) "1613385789"
  }
}


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства