kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Бўрининг табиб бўлгани ҳақида эртак

Нажмите, чтобы узнать подробности

Урок для 4 класса ( Нац. школа). 

Я подготовил этот план урока для учеников 4-х классов 7-й школы Учкурганского района Наманганской области.

Этот курс развития смог дать желаемие и ожидаемые результаты.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Бўрининг табиб бўлгани ҳақида эртак»



Mavzu: A. Obidjonning “ Bo’rining tabib bo’lgani haqida ertak ” asari.



Darsning maqsadi:

Ta’limiy maqsad: O’quvchilarning ertak janri haqidagi nazariy bilimlarini aniqlash, boyitish, ularni matnni to’g’ri va ifodali o’qish, malakalarini takomillashtirish, topshiriqlar ustida mustaqil ishlash ko’nikmalarini shakllantirish.

Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarning rostgo’ylik, to’g’riso’zlik, samimiylik kabi fazilatlar haqidagi tasavvurlarini boyitish, yolg’onchilik va ochko’zlikka qarshi nafrat uyg’otish.

Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini, bog’lanishli nutqini o’stirish, nutqlarining ta’sirchan bo’lishiga erishish, mantiqiy fikrlash malakalarini rivojlantirish.

Dars turi: yangi bilim beruvchi, ertak o’qish darsi.

Darsning jihozi: o’yinlar, darslik, A. Obidjon portreti, ertak qahramonlari rasmi, tarqatmalar, slaydlar va AKT kompyuter.

Darsning uslubi: savol – javob, izohli o’qish.

Darsning borishi: ingliz tilida o’quvchilar bilan salomlashish.

  • Good morning children.

  • Good morning, Good morning, Good morning to you.

  • Good morning, Good morning

  • We are glad to see you

  • I am glad to see you too.

  • What lesson is it now?

  • It is reading

Navbatchi hisoboti yordamida davomatni aniqlash:

  • Who is on duty today?

  • I am on duty today

  • What is your name?

  • My name is…

  • What is your surname?

  • My surname is…

  • How old are you?

  • I am eight years old.

  • Where are you from?

  • I am from Uzbekistan.

  • I am from Tashkent.

  • Where do you live?

  • I live in Uchkurgan.

  • Have you got a family?

  • What is your father’s name?

  • My father’s name is…

  • What is your mother’s name?

  • My mother’s name is…

  • The lesson is reading now.

  • Make up sentences, please.



Tashkiliy davr: salomlashish, davomatni aniqlash. Sinf haqida ma’lumot:

Sinfimizda 25 nafar o’quvchi bo’lib, ulardan 15 nafari qizlar, 10 nafari o’g’il bolalar. Darsda hamma bor. Bugun 29 – noyabr, juma.

  • Biz qish fasli kelganini nimadan bilamiz? Tashqarida qor bo’lmasa, quyosh charaqlab turibdi. Yakshanbadan qish fasli boshlanadi.

  • Taqvimdan va sanadan bilamiz.

  • To’g’ri rahmat. Bolalar hozirgi vaqtdagi eng dolzarb mavzu qaysi?

  1. Strategiya;

  2. 5ta muhim tashabbus.

Prezidentimizning 2017-2021 – yillarga mo’ljallangan strategiya haqida nimalarni bilasiz?

2017-2021 – yillarga mo’ljallangan strategiya 2017 – yil qabul qilingan.

U 5 xil rangda bo’lib:

  1. Moviy havorang. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish;

  2. Siyohrang. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud – huquq tizimini yanada isloh qilish;

  3. Tillarang. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish;

  4. Qizil rang. Ijtimoiy sohani rivojlantirish;

  5. Oq rang. Xavfsizlik, diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlik, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat.

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus haqida nimalarni bilasiz?

5ta muhim tashabbus 2017 – yil qabul qilingan.



Odil qaror yurtboshimizdan,

Saboq bo’lsin beshta tashabbus.

Ibrat bo’lib har doim bizga,

Mayoq bo’lsin beshta tashabbus.



Komillikka intilib har dam,

Zabt etaylik cho’qqilarni ham.

Yo’llarimizni yoritguvchi sham,

Chiroq bo’lsin beshta tashabbus.



Ertamiz bor yorqin, ulug’vor,

Tuprog’imiz, gulzor, chamanzor.

Ko’ksimizda g’urur, iftihor,

Panoh bo’lsin beshta tashabbus.



Imkonimiz yer bilan osmon,

Yuksaklarni etaylik makon.

Buyuk maqsad yo’lida har on,

Hamroh bo’lsin beshta tashabbus.



  • Yaxshi. Hozirgi darsimiz nima?

  • Hozirgi darsimiz o’qish darsi.

  • Qani menga o’qish darsining BKMlarini sanab bering?

  1. So’zlarni to’g’ri va izohli o’qishimiz kerak;

  2. 1 daqiqada 85 – 90 ta so’zni o’qishimiz kerak;

  3. Kuniga 2tadan she’r yod olishimiz kerak.

  • Kim menga she’r aytib beradi?



O’tgan mavzuni takrorlash.

  • Biz o’tgan darsimizda qanday mavzu bilan tanishganmiz?

  • Biz o’tgan darsimizda “ Bo’rining tabib bo’lgani haqida ertak ”ning 1 – qismi bilan tanishganmiz.

  • Tabib so’zining ma’nosi nima?

  • Tabib odamlarni davolaydi.

  • Ertak nima?

  • Ertak xalq to’qigan cho’pchak.

  • Kimlar ertak yod oldi?

  • ( 3-4 o’quvchiga ertakni yod ayttiraman ).

Davom et ” o’yini:

O’qituvchi she’r matnini o’qiydi, o’quvchilar kuzatib boradilar, hohlagan o’quvchisidan matnni davom ettirishni so’raydi.



O’tgan mavzuni mustahkamlash.

Mavzu yuzasidan savol-javob o’tkazaman.

Buning uchun “ qo’ziqorin terish o’yinini o’tkazaman ”

Qo’ziqorinlarga savollar yozilgan.

O’quvchilar qo’ziqorinlarni olib savollarga javob beradilar.

6ta qo’ziqoringa 5 ta savol va 1 tasiga esa “ rag’bat ” so’zi yozilgan.

“ rag’bat ” so’zi chiqqan o’quvchiga bugun juma ulug’ kun ekanligi, shuning uchun bu o’quvchiga “ rag’bat ” kartochkasi berish lozimligini aytaman va rag’batlantiraman.

Savol: bo’ri kim etib saylandi?

Savol: quyon tabibning oldiga nima deb keldi?

Savol: quyonning qayeri og’riyotgan edi?

Savol: nima uchun to’ng’iz qochib qoldi?

Savol: tabiblar qanday bo’lishi lozim?

  • Sizlardan kimlar shifokor bo’lmoqchi? Shifokor bo’lish uchun nima qilish kerak?

  • Shifokor bo’lish uchun a’lo baholarga o’qish kerak.



Yangi mavzu bayoni

Mavzu: “ Bo’rining tabib bo’lgani haqida ertak ” 2-qism.

  • O’quvchilar, biz bugungi o’qish darsimizda manashu ertakning 2 – qismi bilan tanishamiz. Bolalar ertakni kim yozgan ekan?

  • Anvar Obidjon.

  • Men sizlarga bolalar shoir Anvar Obidjon haqida ma’lumot yig’ishni vazifa qilib bergan edim. Kim ma’lumot beradi?

( o’quvchilar ma’lumot beradilar )

O’zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon 1947-yil yanvarda Farg’ona viloyati Oltiariq tumanining Poloson qishlog’ida tug’ilgan. Uning bolalarga atab yozgan she’r va ertaklari juda kata qiziqish bila o’qilib kelinmoqda. ‘’ shkafcham’’ nomli birinchi she’ri ‘’g’uncha’’ chop etilgan.

Anvar obidjonning she’ri boshlang’ich sinf darsliklarida kiritilgan.

-Yaxshi raxmat.Mana biz ham Anvar Obidjon haqida ma’lumotga ega bo’ldik. Endi men sizlarga ertakning ikkinchi qismini o’qib beraman. Sizlar kuzatib borasizlar.

Keldi tulki ming’illab,

Tikan kirib qo’liga.

( bo’ri der: ‘’ Bu boshqa gap’’)

-Tabib, uzr,

Keldim kech…

Juda chatoq ishlarim…

-Dard ko’rmaysan endi hech,

Omon bo’lsa tishlarim!

-Kecha tunda uzoqdan

Tinglab shirin ovozin,

Tutib keldim uzoqdan

Tul kampirning xo’rozin.

Yo’lda ablah bo’ztikan

Yaraladi qo’limni.

Azobi ja zo’r ekan,

Bukchaytirdi belimni.

‘’ Shoshmay turgin muttaham!’’

Der bo’rivoy ichida.

-Ko’z tegmasin,

Yetilibsan-da juda…

Dardingni bilay tishlab,

Beri kelchi,jon inim.

…Shunday qilib,

Dil xushlab,

Bo’ri yedi tulkini.

So’ngra ochib bemorning,

Qabul qilish daftarin,

Silab – siypab qornini

Yozdi ushbu gaplarni:

Qo’ling tirnab bo’ztikan,

Tulki keldi notetik.

Ahvoli og’ir ekan,

Chora topmadik…

Yedik…

O’quvchilar kim menga bo’rining rasmini chizib beradi?

( 3-4 o’quvchi bo’rining rasmini chizadilar.)

Biz bu rasmni chizib bo’lgunga qadar she’r daftardagi she’rlar haqida suhbatlashamiz.

( Chiroyli chizilgan rasm egasini rag’batlantiraman.)

“ Bilasizmi “ nomli lug’at ishi otkazaman.

Lug’at ishi

Tul kampir – beva kampir.

Muttaham – aldoqchi,shum.

Dil xushlab – xursand bo’lib.

Notetik – og’rib.

Darg’azab – g’azabli.

Quvvat dori – quvvat beruvchi dori .

Xapdori – tabletkalar.

- O’quvchilar biz nimani hayot manbai deymiz .

- Suvni hayot manbai deymiz

- Ko’pchiligingizni uyingizda mana bunday narsa bor. Bu nima?

-Akvarium.

- Akvariumda nimalar suzib yuripti?

- Baliqlar.

- Juda to’g’ri. Biz hozir sizlar bilan “ Oltin baliqcha ” nomli o’yin o’ynaymiz.

( 6ta o’quvchi doskaga chiqib akvariumdagi baliqlardan tutadi. Baliqlardan birining orqasiga bir so’z yashiringan. O’quvchilar baliqdagi so’zni o’qiydilar. Baliqda “ Konstitutsiya ” so’zi yashiringan )

  • Nima uchun aynan Konstitutsiya so’zi yashiringan?

  • Chunki 8 – dekabr Konstitutsiya qabul qilingan kun yaqinlashmoqda.

  • Unday bo’lsa men sizlarni Konstitutsiya haqida qanday bilimga ega ekanligingizni bilish maqsadida “ bilmasvoyga yordam beramiz “ o’yini orqali savol-javob o’tkazaman. ( 6 o’quvchi navbat bilan chiqib, savollardan oladilar va ularga javob beradilar. To’g’ri javob bergan o’quvchi baho kartochkasi bilan rag’batlantiriladi )

1 – savol: 41-modda nima haqida?

Bepul bilim olamiz,

Hur vatanim qo’ynida.

Vatanga xizmat qilish,

Har o’g’il-qiz o’yida.



2 – savol: Konstitutsiya so’zi qanday ma’noni bildiradi?

Konstitutsiya – bu bizning huquq va burchlarimizni ifodalab beruvchi hujjatdir.



3 – savol: 4-modda nima haqida?

Moddaning to’rtinchisin,

Ulug’ tilim tasdiqlar.

Ajdodlarim orzusi,

Ko’zlarimda charaqlar.



4 – savol: Konstitutsiya necha bo’lim, necha bob va necha moddadan iborat?

Olti bo’limli kitob,

Bor 26 bob.

128,

Moddani o’rganamiz.



5 – savol: Konstitutsiya haqida she’r aytib bering?

Xalqim dilida yog’du,

Sochar misoli oftob.

Qonunlar majmuasi,

Muqaddas ezgu kitob.



6 – savol: Konstitutsiya qachon qabul qilingan?

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan.



O’tgan mavzuni mustahkamlash.



  1. Bo’ri tulkini qanday davoladi?

  2. Sherni – chi?

  3. Bo’ri qanday hayvon? Klaster usulida javob olinadi. Tengdoshlar guruhi bo’yicha “ tengdoshingni top ” o’yinini o’ynaymiz.

Baholash: O’quvchilarni olgan baho kartochkalari yordamida baholanadi.

Uyga vazifa: ertakni ifodali o’qish.

Ertak qahramonlari rasmini chizish.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 4 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Бўрининг табиб бўлгани ҳақида эртак

Автор: Давронова Саидахон Қосимжановна

Дата: 12.04.2020

Номер свидетельства: 546229


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

Распродажа видеоуроков!
ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства