kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Boshlang’ich ta’limda multimedia vositalari va elektron didaktik o’yinlardan foydalanish asosida o’quvchilarni bilim olishga motivatsion tayyorlash

Нажмите, чтобы узнать подробности

В статье приведены методические рекомендации по мотивации учащихся к обучению использованием мультимедийных средств и электронных дидактических игр в начальных классах.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Boshlang’ich ta’limda multimedia vositalari va elektron didaktik o’yinlardan foydalanish asosida o’quvchilarni bilim olishga motivatsion tayyorlash»

BOSHLANG’ICH TA’LIMDA MULTIMEDIA VOSITALARI VA ELEKTRON DIDAKTIK O’YINLARDAN FOYDALANISH ASOSIDA O’QUVCHILARNI BILIM OLISHGA MOTIVATSION TAYYORLASH


Z.Bahronova, V.Ergasheva - Buxoro viloyati

Vobkent tumani 28-umumiy o’rta ta’lim

maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchilari

4-sho’ba uchun (90 745 28 95)

[email protected]

Annotatsiya

Maqolada boshlang’ich ta’limda multimedia vositalari va elektron didaktik o’yinlardan foydalanish asosida o’quvchilarni bilim olishga motivatsion tayyorlash yuzasidan metodik tavsiyalar keltirilgan

Аннотация

В статье приведены методические рекомендации по мотивации учащихся к обучению использованием мультимедийных средств и электронных дидактических игр в начальных классах.

Annotation

The article provides methodological recommendations for motivating students to learn through the use of multimedia tools and electronic didactic games in primary education.



Ommaviy kommunikatsiya va axborot vositalari insonning hayoti davomida bilim olishga katta ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun ham barcha talaba va o’quvchilar media va boshqa axborot xizmatlari (kutubxonalar, arxivlar, Internet va boshq.) ning imkoniyatlari, ularning qay tarzda faoliyat ko’rsatishi va ulardan qay tarzda to‘g‘ri foydalanish lozimligini bilishi zarur. Media va axborot savodxonligining asosiy vazifasi esa bilimlarni foydalanuvchilarga yetkazib berishdan iboratdir. Mamlakatimiz ta’lim tizimining bugungi vazifasi o‘quvchilarni kun sayin oshib borayotgan axborot oqimidan oqilona foydalanishga o‘rgatish, uzluksiz samarali ta’lim olish uchun ma’qul muhit, sharoit yaratishdan iborat1.

Axborot savodxonligi – axborotni tanlash, baholash, qayta ishlash va uzatish borasidagi ko‘nikmalar va malakalar majmuini bildiradi. Axborot savodxonligi axborotga egalik, uni baholash va axloqiy qoidalarga rioya qilgan holda foydalanishning muhimligini e’tirof etadi.

O’quvchilarning ta’limiy faoliyatida maktab ta’limidan tashqari elektron o‘yinlar – kompyuter, gadjet yoki mobil qurilmalar, interfaol monitor yoki internet vositasida o‘ynaladigan o‘yinlar ham muhim o’rin tutadi. Hozirgi kunda uyali telefon va interfaol o‘yinlar ta’limiy faoliyatni ham oddiy mashg‘ulotga aylantirib qo‘ymoqda.

Elektron o‘yinlarning afzalliklari ularning o‘zaro bog‘liqlikka asoslanishi bo’lib, unda o‘yin ishtirokchisining harakatlari o‘yinning keyingi bosqichiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois o‘yinga mukkasidan ketish, aytaylik, kitob o‘qishga kirishib ketishdan osonroq va tezroq kechadi. Ammo ayrim o‘yin ishtirokchilari me’yorni unutgan holda o‘yinga o‘ta berilib ketadilar, bu esa o‘yinga qattiq bog’lanib qolishni keltirib chiqaradi. Bunday bolalarga o‘z vaqtida kattalar va o’qituvchi tomonidan “yordam” ko‘rsatish zarur. Darhaqiqat, o‘qituvchining eng muhim sifati – har doim biror narsani o‘ylab topishga intilish, o‘quvchilarni ham shunday faoliyatga undash hisoblanadi. “Bolalarni o‘ylashga o‘rgatish uchun ularda o‘ylab topish ko‘nikmasini shakllantirish kerak” (Dj.Rodari). Aynan o‘z-o‘zini rivojlantiradigan, doimiy takomillasha oladigan o‘qituvchigina zamonaviy maktab ta’limi oldiga qo‘ygan vazifalarni bajara oladi. Bunday o‘qituvchi o‘quvchi shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan yondashuvni qo‘llab-quvvatlaydi. 2

O‘yin o’ynovchilar uchun har doim ijtimoiy jihat muhim hisoblanadi va ular aksariyat hollarda sheriklikda o‘ynash uchun oila a’zolari yoki do‘stlarini taklif etadilar. Yoki ko‘plab onlayn o‘yinlar bir necha kishi ishtirokida o‘ynaladi. Internetda o‘yin o‘ynash uchun sherikni istalgan paytda, xatto kechasi ham topish mumkin. Ko‘p kishilik o‘yinlar bir vaqtning o‘zida ko‘plab ishtirokchining o‘yinda qatnashishiga imkoniyat yaratadi. Bundan tashqari, aksariyat onlayn o‘yinlarda ishtirokchilar o‘zaro muloqot qilishi hamda o‘yin strategiyasini muhokama etib borishi uchun ham imkoniyat mavjud bo‘ladi.









Kompyuter orqali amalga oshadigan didaktik o’yinlar aniq ta’lim yo‘nalishiga egaligi bois, uyda yoki maktabda aniq ko‘nikmalarni singdirishni o’zida maqsad qiladi. Bunda makonni idrok qilish, deduksiya, lingvistik va hamkorlikda harakat qilish ko‘nikmalari o‘yin davomida shakllanib borishi mumkin.

Ko‘plab strategik o‘yinlar mantiqiy masalalarning qiyinligi yuzasidan shaxmat bilan tenglasha oladi: xuddi shaxmatda bo‘lgani kabi bunday o‘yinlarda ham oldindan o‘ylab mulohaza qilish, mantiqiy fikrlashga to‘g‘ri keladi. O‘yinlar shuningdek, sabr-bardoshga o‘rgatishi, muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini tez shakllanishiga yordam beradi.

Chunki o‘yin davomida qiyin bosqichlardan sakrab o‘tib ketib bo’lmaydi. Bir bosqichdan o’ta olmagan ishtirokchi keying bosqichga o’ta olmaydi va har safar o’yinni yana boshidan boshlash talab etiladi. Shu ma’noda o‘yinlarni ta’limning ko‘makchisi deyish mumkin, chunki ular o’quvchini harakat qilish, fikrlash, sabrli bo’lish, muvaffaqiyatga erishish, maqsad qo’yish, kreativ va mantiqiy fikrlash hamda muammolarni hal etishga o‘rgatadi. Elektron o‘yinlar yordamida o’quvchilar didaktik materialini shunchaki yodlab olmaydi, balki ta’limiy harakat va tajriba vositasida amalga oshiradilar. Bunday o’yinlar turkumiga “Pazl”, “So’z tuzish”, “4 rasm - 1 so’z”, “Harflar” kabi o’yinlar kiradi.

Bunday elektron o‘yinlar o’quvchilarga til ko’nikmalarini nisbatan tez o‘zlashtirishiga, muloqot ko‘nikmalarini hosil qilishiga, taklif etilayotgan vaziyatlarga oson moslashishiga yordam beradi.

Media va axborot tizimlari kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishda quyidagi funksiyalarni rag‘batlantiradi:

– aholining turli qatlamlari uchun tushunarli, qiziq va zarur bo‘lgan axborot va bilimlarni taqdim etish;

– fuqarolarda demokratiya qadriyatlari va me’yorlariga sodiqlikni va boshqaruvdagi mas’uliyatni tarbiyalash.

Media va axborot xizmatlari faqat o’quvchilarnigina emas, balki boshqa fuqarolarning kasbiy bilim olishi uchun ham zamin yaratadi. Qator mamlakatlarda mazkur platformadan ochiq va masofaviy ta’lim olish (open and distance learning — ODL) va uzluksiz kasbiy ta’lim olish (continuing professional development — CPD) uchun ham foydalaniladi. Axborot savodxonligi borasidagi tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, texnologik ko‘nikmalar o’quvchilarda kattalarga nisbatan yaxshiroq shakllangan ekan. Bu holat esa zamonaviy yoshlar texnika yangiliklari bilan bolaligidan boshlab tanishishi, ulardan shaxsiy yoki ijtimoiy maqsadlarda axborotni to‘plashi, qayta ishlashi va uzatishda foydalanishi bilan bog‘liq.


Foydalanilgan adabiyotlar


  1. Ирназаров К.Т., Маматова Я.М. Информация в печати (Краткий курс лекций). – Т.: НУУз, 2000. – С. 6.

  2. Ta’limni rivojlantirishdagi o‘zgarishlar. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi “Maktab ta’limini rivojlantirish” loyixasi. Toshkent 2011, B-39

  3. Маслоу А. Мотивация и личность. 3-е изд./ СП: Питер, 2009. Б -12

1 Ta’limni rivojlantirishdagi o‘zgarishlar. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi “Maktab ta’limini rivojlantirish” loyixasi. Toshkent 2011, B-39


2 Маслоу А. Мотивация и личность. 3-е изд./ СП: Питер, 2009. Б -120




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 3 класс

Скачать
Boshlang’ich ta’limda multimedia vositalari va elektron didaktik o’yinlardan foydalanish asosida o’quvchilarni bilim olishga motivatsion tayyorlash

Автор: Z.Bahronova, V.Ergasheva

Дата: 10.05.2022

Номер свидетельства: 606408


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства