kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Бошланғич синф ўқувчиларини чиройли ёзувга ўргатишдан олдин қуйидаги малакаларни бериш

Нажмите, чтобы узнать подробности

Санакулова Нигора Муродуллаевна рахмат барчага 

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Бошланғич синф ўқувчиларини чиройли ёзувга ўргатишдан олдин қуйидаги малакаларни бериш»

Sana ____________________


Yosh dasturchi to’garagi mashg’uloti. 33-dars.

Mavzu: Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar.

Maqsad:

1) Ta’limiy: O`quvchilarga Internet Explorer misolida Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar haqida ma’lumot berish;

2) Tarbiyaviy: O`quvchilarga estetik tarbiya berish;

3) Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning AKT dan foydalanish malakasini oshirish;

DTS: Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar haqida tushunchaga ega bo`ish.

Darsning borishi

I. Tashkiliy davr

    1. salomlashish;

    2. savomatni aniqlash.

II. Takrorlash

1. Internet deganda nimani tushunasiz?

2. Internetning yaratilishiga sabab bo'lgan birinchi kompyuter tarmog'i haqida so'zlab bering.

3. Internetda axborot uzatish protokoli deganda nimani tushunasiz?

4. Multimediya nima?

5. Word Wide Web haqida nimalarni bilasiz?

6. Web-sahifa va gipermatn haqida so`zlab bering.

7. Web-sayt nima?

8. Internetdagi web-sahifalar qayerda saqlanadi?

9. URL deganda nima tushiniladi?

III. Yangi mavzuni o`rganish.

Internet - axborotlar ummoni. Undan siz istalgan mavzuga oid xohlagancha ma'lumot olishingiz mumkin. Lekin internetga kirish, undan kerakli ma'lumotlarni olish qanday amalga oshiriladi? Ushbu darsda internetda ishlash imkonini beruvchi dasturiy vositalar bilan tanishasiz.

Web-brauzerlar

Siz avvalgi sinflarda bir nechta amaliy dasturlar bilan tanishdingiz. Masalan, Word - matn, Paint — grafik ko'rinishdagi axborotlar bilan ishlashga, Kalkulyator esa hisob-kitob ishlarini bajarishga mo'ljallangan dasturlar edi. Xuddi shunday, Internetning WWW xizmatidan foydalanish uchun ham maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Ular Web-brauzerlar (Browser) deb ataladi. Browser inglizcha so'z bo'lib, ko'rishni ta 'mintash, ko'rsatish ma'nosini anglatadi. Birinchi Web-brauzer 1990-yil CERN (Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashi) xodimi Tim Berners Li tomonidan ishlab chiqilgan.

Hozirgi kungacha juda ko'p Web-brauzerlar ishlab chiqarilgan. Mosaic, Opera, AdWiper. Netscape Navigator, Netscape Communicator, Microsoft Internet Explorer va Power browser shular jumlasidandir. Shulardan eng ko'p foydalaniladigani Netscape Communicator va Microsoft Internet Explorerdir. Microsoft firmasining Internet Explorer dasturini Windows operatsion sistemasi tarkibiga kiritganligi bu brauzerning keng tarqalishiga sabab bo'ldi. Shuning uchun Microsoft Internet Explorer dasturi asosida braiizerlarning vazifalari va imkoniyatlari bilan tanishamiz.

Web-brauzerlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Web-sahifalarni xotiraga yuklash va ko'rish;

  • Web-sahifani diskka yozib qo'yish (saqlash).

  • WWWdagi adresi bo'yicha Web-sahifani chaqirish.

Internet Explorer dasturi interfeysi

Internet Explorer dasturi quyidagi usullarda ishga tushiriladi:

  • Windows ish stolidagi fayl belgisi yordamida;

  • Tez ishga tushirish panelidagi piktogrammasi yordamida.

  • Quyidagi ketma-ketlikdagi buyraqlami bajarish orqali amalga oshiriladi:

[Пуск]=[Программы]=[Internet Explorer]

Internet Explorer dasturida ishni tugallash uchun [x] piktogrammasini yoki fayl menyusining [Закрыть]- ya'ni yopish buyrug'ini tanlash yoki [Alt] +[F4] tugmalarini birga bosish yetarli.

Internet Explorer kompyuterga yuklanganda quyidagi ko'rinishdagi oyna chiladi:



Sarlavha satrida dastur (Microsoft Internet Explorer) hamda joriy hujjat nomi aks etib turadi

Menyular satri quyidagilardan iborat:

Har bir menyu ma'lum amallarni bajarishga mo'ljallangan buyruq va ko'rsatmalar majmuyidan iborat. Ularning asosiylarini ko'rib chiqamiz.

Fayl menyusi orqali asosan Web-sahifani ochish (kompyuter xotirasiga yuklash), uni o'z npmi yoki boshqa nom bilan saqlab qo'yish, Web-sahifani qog'ozga chop etish, dasturdan chiqish ishlari amalga oshiriladi.

Tahrir menyusi yordamida qirqib olish, nusxa olish, joylashtirish, izlash kabi amallarni bajarish mumkin.

Ko'rinish menyusi tarkibiga asosan, dasturning ekrandagi ko'rinishiga ta'sir etuvchi (uskunalar paneli, adreslar satri, holat satrini ekrandan olib qo'yish yoki joyiga qaytarib qo'yish, shrift o'lchami va kodlash usulini o'zgartirish) amallarMenyular satri quyidagilardan iborat:

Tanlangan menyusiga kirgan amallar yordamida asosan, o'zingizga yoqqan yoki ko'p foydalanadigan Web-sahifalarni saqlab qo'yish, ularga yangilarini qo'shish, tartiblash ishlarini bajarish mumkin.

Servis menyusi dastur xususiyatlarini sozlash (dastur ishga tushirilganda avtomatik yuklanadigan Web-sahifani tanlash, Web-sahifadagi audio, video va animatsiyalarini ko'rsatish yoki ko'rsat-maslik va hokazo) uchun mo'ljallangan.

Ma'lumot menyusi yordamida Microsoft Internet Explorer dasturidan foydalanish haqida ma'lumot olish mumkin.

Internet Explorer dasturining uskunalar paneli

Menyular tarkibiga kirgan amallarning ba'zilari kam qo'llanilsa, ba'zilari tez-tez qo'llaniladi. Ko'p qo'llaniladigan amallarni bajarishni osonlashtirish maqsadida dasturda uskunalar paneli tasbkil etilgan. Uskunalar paneli tugmalar majmuyidan iborat bo'lib, har bir tugma ma'lum amalni bajaradi.

Uskunalar paneliga yangi amallar kiritish yoki undagi ixtiyoriy amalni olib tashlash mumkin. Quyida uskunalar paneliga kirgan asosiy amallar keltirilgan


Bu amallar odatda Internet Explorer menyulariga deyarli murojaat qilmasdan ishlashni ta'minlaydi.Internet Explorer dasturi ishlash uchun qulay bo'lib, oson o'zlashtiriladi. Chunki bu dastur yordamida asosan Internet tarmog'idagi Web-sahifa ochiladi va zarur bo'lsa, qog'ozga chop etiladi yoki diskda saqlab qo'yiladi.

Internet tarmog'idagi Web-sahifani ochish uchun Internet Explorerning adreslar satriga kerakli Web-sahifa adresini yozib, [ENTERltugmasini bosish kifoya. Masalan, adreslar satriga www.rambler.ru deb yozib, [ENTER tugmasini bossak, bir necha soniyadan keyin ma'lumotlar oynasida rambler.ru Web-sahifasi paydo bo'ladi. Xuddi shunday ketma-ket bir nechta Web-sahifani ochish mumkin. Uskunalar panelidagi "orqaga" va "oldinga" amallari yordamida ochilgan Web-sahifalar bo'ylab harakatlanish, ya'ni oldingi yoki keying! ochilgan Web-sahifaga o'tish mumkin. Web-sahifaning hajmiga qarab, uning ochilishiga bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha vaqt sarflanishi mumkin. Web-sahifa ochilish jarayonida uning qismlari ekranda asta-sekin ko'rinib boradi.

Agar shu vaqtda uskunalar panelidagi "To'xtatish" tugmasini bossangiz, Web-sahifani internetdan qabul qilish to'xtatiladi va ma'lumotlar oynasida mazkur Wcb-sahifaning o'qib ulgurilgan qismi qoladi.

Ma'lumotlar oynasidagi Web-sahifani qog'ozga chop etish uchun uskunalar panelidagi "chop etish" tugmasi bosiladi. Tez-tez murojaat qilib turiladigan Web-sahifalarni "Tanlangan" papkasiga qo'shib qo'yish mumkin. Buning uchun uskunalar panelidagi "tanlangan" tugmasi bosiladi.

Hosil bo'lgan "Tanlangan" oynasidagi "Qo'shish..." (Добавить...) tugmasi bosilsa, ekranga "Tanlanganlarga qo'shib qo'yish" (Добавление в избранное") lavhasi chiqatfi. Bu lavhadagi "Ok" tugmasi bosilsa, ko'rsatilgan Web-sahifa "Tanlangan" papkasiga qo'shib qo'yiladi. Keyinchaiik "Tanlangan" papkasiga kirganda, undagi Web-sahifalar ro'yxatida mazkur Web-sahifa nomini ko'rish mumkin. Endibu Web-sahifani chiqarish uchun uning ro'yxatdagi nomini tanlash kifoya.

IV. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar.

1. Internetning WWW xizmatidan foydalanish uchun ishlab chiqilgan qanday dasturlar bor?

2. Web-brauzerlarning asosiy vazifalarini aytib bering.

3. Birinchi Web-brauzer qachon va kim tomonidan ishlab chiqarilgan?

4. Nima sababdan Internet Explorer boshqa brauzerlarga nisbatan ko'proq qo'llaniladi?

5. Internet Explorerni ishga tushirish usullarini amalda ko'rsatib bering.

6. Internet Exploreming menyular satrida qanday menyular bor?

7. Fayl va Tahrir menyusining asosiy vazifalarini izohlang.

8. Tanlangan menyusining asosiy vazifalarini izohlang.

9. Internet Exploreming uskunalar paneli haqida nimalarni bilasiz?

Mashqlar

1. Chap ustundagi so'zlarni o'ng ustundagi jumlalarga moslab qo'ying.


MS Word

Web-brauzerlar

Opera

MS Internet Explorer

MS Paint

Microsoft firmasi dasturlari

Netscape Navigator

AdWiper


2. Nuqtalar o'rniga o'ng ustundagi mos keladigan so'zlarni joylashtirib ko'chiring.


Birinchi ... 1990-yil Tim Berners Li tomonidan ishlab chiqilgan.

Web-sahifa

Web-brauzerlar ...ni ko'rsatishni ta'minlovchi dastur

Tahrir menyusi

... yordamida qirqib olish, nusxa olish, joylashtirish amallari bajariladi.

Web-brauzer


Quyidagi jadvalning birinchi ustunidagi dasturni ishga tushirish uchun keyingi ustundagi amallardan to'g'ri amallar ketma-ketligini tuzing.


V. Uyga vazifa

11-dars mavzusini o`rganish. 1-9-savollar.


Ko’rildi:

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha

direktor o’rinbosari: __________________



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 3 класс.
Урок соответствует ФГОС

Автор: Санакулова Нигора Муродуллаевна

Дата: 03.04.2020

Номер свидетельства: 545119


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

Распродажа видеоуроков!
ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства