Просмотр содержимого документа
«Boshlangʻich sinflarning og'zaki nutqlarini o'stirish usullari»
Keyingi yillari pedagogik adabiyotlar va maqolalarda «pedagogik texnologiya», «Yangi pedagogik texnologiyalar», «il\or pedagogik texnologiyalar», «progressiv pedagogik texnologiyalar» kabi iboralar ko’p qo’llanila boshlandi. Ta’limning bu metodlari va yo’llari qanday paydo bo’ldi va u o’zi nima?-degan savol tug’iladi.
Bu borada klassik pedagoglar juda qadimdanoq o’z fikrlarini bayon etganlar. Ya. O. Komenskiyning buyuk didaktika kitobining 17-bobi oson o’qitish va o’qishning 10 asosiga bag’ishlangan bo’lib, pedagogik texnologiyaning didaktik asoslari batafsil bayon qilingan. Komenskiy fikriga ko’ra ta’lim jarayoni 4 ta asosiy: 1) izchillik printsipi; 2) ko’rgazmalilik printsipi; 3) Oddiydan murakkabga printsipi; 4) tajriba-sinovlar va amaliyotga tatbiq etish printsiplariga va 10 asosga asoslanganda eng samarali bo’ladi. Keyinroq shu 4 printsip asosida omiylilik, faollik va ilmiylik printsipi ham asoslab berildi. Komenskiy fikriga ko’ra didaktika ta’lim nazariyasini asosi bo’lib uni to’g’ri yo’lga yo’naltiradi. Didaktika, ota onalar uchun, o’qituvchilar uchun. o’quvchilar uchun, maktablar va Davlat uchun muhim hisoblanadi. Ta’limni amalga oshirishda tabiatdan ibrat olishni o’rgatadi. Har bir ishni o’z vaqti — soati bor, deydi Komenskiy va tarbiyachini faoliyatini bog’bon faoliyatiga qiyoslaydi. Ta’lim berishni bolani yoshligidan boshlashni takidlaydi. Bolalikni – bahorga yoshlikni – yozga, voyaga yetgan davrni kuzga va qarilikni qishga o’xshatadi. Mashg’ulotlarni ertalab o’tkazishni taklif etadi. Bunda ertalabki vaqtni bahorga tush paytini yozga kechqurinni kuzga tunni esa qishga o’xshatadi shu asnoda ta’limning tabiatga o’xshashligini 10 asosini bayon qiladi.
“Pedagogik texnologiya” termini I. P. Pavlov, V. M. Bexterov, A. A. Uxtomskiylarning o’tgan asrning 20-yillarida birinchi marta ishlatilgan. o’tgan asrning 50-yillariga kelib ta’limda o’qitishning texnikaviy vositalari keng qo’llanila boshladi. Bu jarayon ham pedagogik texnologiyalarning shakllanishiga asos bo’ldi. O’tgan asrning 70-80-yillariga kelib o’zining xususiy pedagogik texnologiyasiga ega bo’lgan “Novator pedagoglar” ta’lim tizimida faoliyat ko’rsata boshladilar. SHahrixon tumanidan Muhammadjon aka Abdurasulov, Mashrabjon Botirov, andijonlik SHukurillo Xodjaev, Mahmudjon Azizov, Qodirjon Parpievlar shular jumlasidandir. pedagogik texnologiya bo’yicha keyingi 10 yil davomida o’zbek olimlari tomonidan ham qator risolalar chop etildi. Jumladan J. Yo’ldoshev va S. O’smonovlarning 2004 yil nashr qilingan “Pedagogik texnologiyalar asoslari” o’quv qo’llanmasi bu borada ancha muvaffaqiyat qozondi. Risolada pedagogik texnologiyaning 20 ga yaqin ta’riflari bayon qilingan. SHu ta’riflarni o’zgartirmay keltirishni ma’qul topdik.
Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san’atda qo’llaniladigan usullar, yo’llar yig’indisi.
Pedagogik texnologiya – o’qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo’llari, tarbiyaviy vositalarining maxsus yi\indisi va komponovkasi (joylashuvini) belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovkalar) majmuasi; u pedagogik jarayonning tashkiliy – uslubiy vositalaridan iborat.
Pedagogik texnologiya – o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatning kafolatlay oladigan, o’quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir.
Pedagogik texnologiya – ta’limning rejalashtiriladigan natijalariga erishish jarayoni tafsiloti (I. P. Volkov).
Ta’lim texnologiyasi – didaktik tizimning tarkibiy jarayonli qismi (M. CHoshanov).