kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Bog`lovchi va uning turlari

Нажмите, чтобы узнать подробности

данная статья создана для методической помощи учителям начальных классов

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Bog`lovchi va uning turlari»

Mavzu: BOG’LOVCHILAR

Darsning maqsadi: 1.Ta’limiy maqsad.

Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tilimizga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish. O`quvchilarga bog`lovchilar haqida ma`lumot berish.

2. Tarbiyaviy maqsad.

Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.

3.Rivojlantiruvchi maqsad.

O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

4. Kompetensiyaviylik.

O`quvchilarning mustaqil fikrlarini og`zaki nutqda qo`llay olish malakasini shakllantirish.

Dars turi: yangi bilim beruvchi.

Dars uslubi: noan’anaviy

Dars vositalari va jihozi.Darslik, kompyuter,proyektor, slaydlar, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar,rasmlar...

Darsda qo`llanadigan metodlar. Hamkorlik texnologiyasi, guruhlarga bo`linib ishlash, “Zanjir”,”Klaster”

Dars shiori: Til – millat ko`zgusi. (A.Navoiy)

Foydalaniladigan adabiyotlar.«Ona tili» 7-sinf uchun darslik.

Darsdan kutiladigan BKM natijalari. O`quvchilarning bog`lovchilar, ularning ma’no turlari va qo`llanishi yuzasida nazariy bilimga va amaliy ko`nikmaga ega bo`ladilar. Bog`lovchilarning nutqda qo`llash malakasi shakllanadi.

Dars rejasi:




Darsning borishi


Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism, kirish suhbati

5 daqiqa

2

O`tilgan mavzuni so`rash,slayd namoyishi.

10 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni, slayd namoyishi

10 daqiqa

4

Mustahkamlash.

15 daqiqa

5

Baholash.

3 daqiqa

6

Uyga vazifa berish.

2 daqiqa

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism: a) salomlashish;

b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish.

Dars noan’anaviy uslubda taskil etilganligai uchun sinfni guruhlarga bo`lib olamiz. Guruhlar o`zlariga nom va shior tanlaydilar.

1-guruh: “Donolar”

Shiori: Oz-oz o`rganib dono bo`lur.

2-guruh: “Bilimdonlar”

Shiori: Bilim yoshda emas, boshda.

3-guruh: “Zukkolar”

Shiori: Zukkolik-la dunyoga tanilamiz.

Kirish suhbati mamlakatimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida olib boriladi. “Tezkor savol-javoblar” texnologiyasidan foydalaniladi.

1 -guruh- “Donolar” guruhi uchun savollar:













2 -guruh- “Bilimdonlar” guruhi uchun savollar:













3-guruh-“Zukkolar”guruhi uchun savollar:









Slaydlar yordamida o`quvchilar bergan javoblar xulosalab beriladi.

II. O’tgan mavzuni so’rash.

Uyga vazifa- Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar ustida ishlanadi, bunda turli- skanvord, klaster, mevali bog` kabi interfaol metodlardan foydalaniladi. Shu asosda o`tilgan mavzu bo`yicha o`quvchilarning bilim va malakalari baholanadi.

Guruhlar stol ustiga yoyilgan so`zlar orasidan ko`makchi yordamchi so`z turkumiga oid so`zlarni tanlab, “Klaster”tuzadilar.Qaysi guruh tez va to`g`ri bajarsa, g`olib sanaladi.

Chaynvord yordamida guruhlar olmosh so`z turkumi yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlaydilar.

M

E

N

E

G

A

SH

U

E

N

H

V

D

Z

S

I

Z

C

K

I

M

A

N

A

Q

A

CH

O

N

A

A

N

D

B

I

O`

Q

A

A

U

N

SH

R

YE

Y

T

U

A

1-guruh : kishilik olmoshlari- men, sen, biz, siz,u.

2-guruh : so`roq olmoshlari- kim?,nima?, qachon?, nega?,qanday?

3-guruh : ko`rsatish olmoshlari- bu, shu, ana, mana, o`sha.

Shartlarni birinchi va to`g`ri bajargan guruh a’zolariga “Rag`bat”kartochkalari berib boriladi.

O`tilgan mavzular yuzasidan guruhlarga umumiy savollar beriladi.

1. Yordamchi so’zlar deb nimaga aytiladi

2. Ko’makchilarning vazifasi

3. Sof ko’makchilar deb nimaga aytiladi?

4. Vazifadosh ko’makchilar deb nimaga aytiladi?

O`tilgan mavzu slaydlar yordamida xulosalanadi.

II. Yangi mavzu:

Yangi mavzu avvalida darslikda berilgan topshiriqlarga e’tibor qaratiladi. Bunda multimediya vositalariga murojaat qilinadi, shu bilan bir qatorda o`quvchilar sinf taxtasiga topshiriqni yozadilar.

1-topshiriq. Nuqtalar o’rniga qavs ichida berilgan yordamchi so’zlarni qo’yib, gaplar qatorini hosil qiling.

Men Pirimqul Qodirov ... Said Ahmad asarlariga qiziqaman. Saidiy borib qishloqning ruhini o’z ko’zi bilan ko’rgisi keldi,... borishga yuragi betlamas edi.

(goh... goh, yo... yo..., ba’zan... ba’zan..., na..., na..., bilan, va, ham... ham..., bir... bir...)

Yangi mavzu bayoni.(slaydlar yordamida)

Gapning uyushiq bo’laklarini va qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o’zaro bog’lash uchun xizmat qiluvchi yordamchi so’zlarga bog’lovchi deyiladi. Masalan: va, ammo, lekin, biroq, chunki, yo... yo..., dam... dam..., goh... goh... singari.

Bilan ko’makchisi ba’zan uyushiq bo’laklarni bog’lab kelganda bog’lovchi vazifasini bajaradi: Qalam bilan daftar oldim.

O’zaro tobe bog’lanuvchi so’zlarni bog’lab kelganda ko’makchi vazifasini bajaradi: Qalam bilan yozdim.

181-mashq. Nuqtalar o’rniga bog’lovchilardan mosini qo’yib, gaplarni ko’chiring.

1. O’rtoqlarim ... men uloqning tezroq boshlanishini kutmoqdamiz. (Abdulla Qodiriy) 2. Farzandlari galma-galdan xivichlarni bir yo’la sindirishga urinibdi, . . . hech biri buning uddasidan chiqa olmabdi. (Ertakdan) 3. O’zi balo tog’ining . . . ofat bulog’ining Boshida o’ltirarmish, Kun-u tun, yoz ham qish. (Hamid Olimjon) 4. O’ktam u yoq-bu yoqqa asta yurar, «Komila bu yerda biron ishga . . . majlisga o’ralashib qolmasaydi», deb xavotirlanardi. (Oybek) 5. — Sizga bir narsani ko’rsataman, . . . kinoga olmaysiz ! — dedi Islom. (Sh. Xolmirzayev)

Bog’lovchilar: va, yo, ammo, bilan, lekin.



IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

1. Yordamchi so’zlar deb nimaga aytiladi

2. Ko’makchilarning vazifasi

3. Sof ko’makchilar deb nimaga aytiladi?

4. Vazifadosh ko’makchilar deb nimaga aytiladi?

5. Bog’lovchilar deb nimaga aytiladi?

V. Uyga vazifa.

VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 1 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Bog`lovchi va uning turlari

Автор: Мирзаакбарова Яйра Кодировна

Дата: 14.02.2020

Номер свидетельства: 539615


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства