kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Bir xonali sonlarni ko'paytirish

Нажмите, чтобы узнать подробности

Ushbu dars ishlanmada 1 xonali sonlarni ko'paytirish haqida ma'lumot berilgan.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Bir xonali sonlarni ko'paytirish»



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI








BUXORO VILOYATI

XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI


BUXORO TUMAN XALQ TA’LIMI BO’LIMIGA QARASHLI 10-SONLI UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISI

JUMAGELDIYEVA MATONATNING

MATEMATIKA FANIDAN TAYYORLAGAN BIR SOATLIK

DARS ISHLANMASI











Mavzu: Bir xonali sonlarni ko‘paytirish jadvali

(Axborotni jadval ko’rinishida ifodalash)

 

Mavzuga oid tayanch tushunchalar: ko’paytuvchi, ko’paytma, ko’paytirish jadvali, bo’linuvchi, bo’luvchi, bo’linma.

Soatlar soni: 45 daqiqa.

Mavzuning qisqacha ta’rifi: bir xonali sonlarni ko’paytirish va bo’lish, noma’lum ko’paytuvchini, bo’linuvchini, bo’luvchini bo’linmani topish qoidalari bilan tanishtiriladi. Ko’paytirish va bo’lishga doir misol va masalalarni tushunib,turli usullarda bajarishga, tenglamalar yechishga o’zaro teskari masalalar tuza olishga o’rgatiladi.


O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:


Metod: suhbat, kichik guruhlarda ishlash, o’z-o’zini va do’stini baholash, muammoli izlanish, munozara, tezkor savol-javob, didaktik o’yinlar.

Shakl: jamoa, yakka va guruh bo’lib ishlash.

Jihoz: texnika vositalari, plakatlar, mavzuga oid rasmlar, marker, rag’bat kartochkalari, multimediali ilova, “Harakatli ko’rgazma”.

Nazorat: o’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: o’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanadi. O’quvchilarga o’z-o’zini va bir birini baholashni o’rgatish.

Darsning maqsad va vazifalari:

Maqsadlar:

Ta’limiy: O’quvchilarni ko’paytirish, bo’lish, qo’shish va ayirish amallariga dоir misollarni amallar tartibi bo’yicha bajara olishga, fikrlashga, оg’zaki hisоblash ko’nikma va malakalaridan fоydalana olishga, noma’lum ko’paytuvchini topishga doir masala, tenglama va ifodalarni bajara olishga, masalalarni oddiy, sxema, jadval, tenglama, chizma asosida bajara olishga o’rgatish, o’quvchilar faоlligini оshirish.

FK1: Bir xonali sonlarni ko’paytirish va bo’lish amallarini bajara oladi.

Tarbiyaviy: milliy g’oya tamoyillari doirasida o’quvchilar qalbida yurtiga sadoqat hissini tarbiyalash, do’stona munosabat yaratish.

TK1: matematikaga oid atamalarning ma’nosinitushunib to’g’ri o’qiy olad.

TK6: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza oladi.

Rivojlantiruvchi: Darsda interfaоl usullardan fоydalanib, o’quvchilarni tоpqirlik, zukkоlik va bilimlarini o’zlashtira оlishga o’rgatish. BKMlarni shakllantirish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish.

FK2: olingan bilimlar asosida matematik ma’lumotlardan xulosa keltirib chiqara oladi.

Kutilayotgan natijalar: Bir xonali sonlarni ko’paytirish va bo’lish malakasini egallash, tenglamalar ishlash, ko’paytirish jadvalini aytish texnikasini egallash.

Sanoq texnikasini egallash, matn ko’rinishidan belgilar ko’rinishiga o’tkazish, geometrik shakllarni bilish, hisob-kitob asosida shaxsiy reja tuzish, hisob-kitob bilan ish yuritish, texnika vositalaridan foydalanish kompetensiyalariga ega bo’lish.


DARS JARAYONI VA TEXNOLOGIYASI

Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich.

Tashkiliy qism

O’quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi

Savol-javob

1 daqiqa

2-bosqich.

Ehtiyoj (refleksiya)-larni aniqlash

Dars shiori tanlanadi. Dars davomida rioya qilish lozim bo’lgan qoidalar belgilanadi. Matematika fani, DTS talablari, matematik savodxonlik kompetensiyasi haqida suhbat. Raqamlar va muhim sanalarni rus va ingliz tillarida bilish.

“Suhbat- munozara” o’yini texnologi-yasi “Multimadiyali ilova

2 daqiqa

3-bosqich.

O’tgan mavzuni so’rash va baholash

Uy ishining bajarilishini nazorat qilish. Ko’paytrirish va bo’lishning bog’liqligi tushuntirish

“Kapalaklar parvozi”, “Berkinma-choq” o’yinlari, “FSMU” texno-logiyasi

15 daqiqa

4-bosqich.

Yangi mavzu bayoni

1. Sonni bir necha birlik kamaytirish, Sonni bir necha marta kamaytirish haqida tushuncha berish.

2. Mavzuga oid misol va masalalar yechish

Muammoli vaziyat “Harakatli ko’rgazma” asosida “Aql charxpala-gi” o’yini, ”Kim chaqqon” didaktik o’yini

15 daqiqa

5-bosqich.

Mustah-kamlash

1. Mavzu bo’yicha misollar ishlash

2. O’zaro teskari masalalar tuzish

“Plickers” dasturi.

7 daqiqa

6-bosqich.

Uyga vazifa berish, baholash, darsni yakunlash.

O’quvchilarning darsda ishtirokini hisobga olib, reytingi e’lon qilinadi. Vazifa tushuntiriladi. Dars yakunlanadi.

Tushunti-rish, savol-javob

5 daqiqa



Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism:

-Assalomu alaykum!

-Vaalaykum assalom!

Mustaqil ona Yurtning barkamol avlodlari

Darsga shaymisiz bugun, dono o’gil-qizlari?

-Barchamiz sog’-omonmiz, bugun darsga tayyormiz.

Fanlar shohi matematika,

Bilim koni matematik

Bir o’lka bor dunyoda doim quyoshi chaqnar,

Bu o’lkaning suvlari jilovlanib oqar.


Bu o’lkada to’rt fasl birin–ketin keladi,

Bu o’lka ajdodlari dunyoga teng keladi.

Bu olkaning faxri kim,ayting aziz bolajon,

Yurtning nomi nimadir, bizga aziz jonajon.

1441-yil 9-fevral - A.Navoiyning tavallud topgan kuni.

1483-yil 14-fevral - Z.M.Boburning tavallud topgan kuni.


O’quvchilar bilan yurtboshimizning 5 ta tashabbuslari haqida ham savol-javob o’tkaziladi.


-Matematika fani nimani o’rgatadi?

(Savolga o’quvchilar she’riy javob beradilar).

-Matematika fanida qanday o’quv qurollaridan foydalanamiz? O’quv qurollarini ingliz tilida sanab bering.

-Matematika fanida nimalardan foydalanamiz?

-Sonlar nimalardan hosil bo’ladi?

-1, 2, 8, 10, 18.


(Sirli raqamlar haqida ma’lumot aytadilar. Davlat ramzlari esga olinadi. Raqamlar ortidagi 5 ta tashabbus rasmiga ma’lumot aytadilar).

O’quvchilar ma’naviyatini yuksaltisish va bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Prezidentimiz tomonidan 5 ta muhim tashabbus ishlab chiqildi.


-Siz bo’sh vaqtingizda nimalar bilan shug’ullanasiz?

-Siz kelajakda kim bo’lmoqchisiz?

(kabi savollarga o’quvchilar she’riy tarzda javob beradilar).


II. O’tilgan mavzuni so’rash:

-Biz hozirgi kunda qaysi bo’limni o’rganyapmiz?

-Jadval ichida ko’paytirish va bo’lish bo’limini.

(FSMU texnologiyasidan foydalanib, ko’paytirish va bo’lish amali haqidagi bilimlar yodga olinadi)








Ko’paytirish va bo’lish amali haqida, uning xossalari haqida o’quvchilar o’z fikrlarini bildiradilar.

1-guruh: Sababini ko’rsatadilar.

2-guruh: Misol keltiradilar.

3-guruh: Umumlashtiradilar.

Bir xil qo’shiluvchilarni qo’shish ko’paytirish deyiladi. Nuqta ko’paytirish belgisidir. Ko’paytirish amalidagi had nomlari ko’paytuvchi, ko’paytuvchi, ko’paytma deyiladi.

Narsalarni bo’lib berish bo’lish deyiladi. Ikki nuqta bo’lish belgisidir. Bo’lish amalining hadlari bo’linuvchi, bo’luvchi, bo’linma deyiladi.

Sababi: Ko’paytirish amali vaqtni tejaydi, aqlimizni o’stiradi, hisoblash oson va qulay bo’ladi.

Masalan: 3 ta tokchadagi 4 tadan bo’lgan gulni hisoblash uchun, 2 ta javondagi 10 tadan kitobni hisoblash uchun ko’paytirish amalidan foydalaniladi.

3*4=12 2*10=20

Umumlashtirish: Biz bilgan oltin qoidalar.

a*1=a 1*a=a 0*a=0 0:a=0

O’quvchilar har bir qoidaga misol keltiradilar.

O’quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi, o’z-o’zini ballashni ham guruhlarga tushuntiriladi.

Uy vazifalari tekshirilib, o’tilgan mavzu bo’yicha savol-javob o’tkaziladi?

6-masala o’qiladi. 12 sm li tasma qirqib, ikkiga bukib, amalda ko’rsatiladi.

7-misol.

Bu misol orqali o’quvchilar kapalaklarda berilgan misolllarn olib doskada bajaradilar va misollarning javoblarini gullardan topib o’sha gulga kapalakni qo’ndiradilar.


O’tilgan mavzuni mustahkamlash:

O’quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi, uy vazifalari tekshirilib, o’tilgan mavzu bo’yicha savol-javob o’tkaziladi.

O’quvchilar o’zaro ko’paytirish jadvali asosida savollar berib ko’paytirish jadvalini mustahkamlaydilar.




III. Yangi mavzu bayoni:

Ko’paytirish jadvali:

Bir xonali sonlarni ko’paytirish jadvali:


O’qituvchi ko’paytirish jadvalini vertical va gorizontal o’qlarni kesishishini tushuntiradi. Ko’paytirish jadvalini mustahkamlash uchun guruhlarda koptok o’yini o’tkaziladi.

1-guruh:

9 ga ko’paytiris jadvalini koptokni uloqtirish yo’li bilan aytadilar.

2-guruh:

5 ga ko’paytiris jadvalini juft va toq sonlarni ajratish yo’li bilan aytadilar.

3-guruh:

8 sonini 8 ga ko’paytirish jadvalidagi ko’paytmalarni aytadilar.


2-masala.

Masala shartini o’qib, o’quvchilar bilan savol–javob o’rkaziladi. Rayxon va xina o’simligi haqida ma’lumot beriladi.


Hilola onasi bilan 9 tup rayhon ko‘chati, undan 3 marta ko‘p xina ko‘chatlarini o‘tqazishdi. Ular hammasi bo‘lib qancha ko‘chat o‘tqazishgan?


Masalani qisqa shartini va yechimini o’quvchilar doskada bajaradilar.

3-misol. Hisoblang: “Harakatdagi ko’rgazma”

4-misol.

Bu nisolni bajarishda o’quvchilar bilan sonli va harfli ifodalar haqida so’raladi va harflar o’rniga ularga mos qiymatlarini topib, a•8, b : 7 ifodaning qiymatini topadilar.


a

9

8

7

6

a*8





 

a

63

56

49

42

b:7





















O’quvchilar kompyuterda ushbu misolni bajaradilar.



Jadval asosida berilgan harfli ifodalarda a va b ning qiymatini qo’yib ko’paytmani bo’linmaning qiymatini topadilar.


Har bir topshiriqda qatnashgan o’quvchilar o’z gulzorlarini ko’chatlar ekib boradilar.

-Bolajonlar, hozir qaysi fasl yaqinlashmoqda?

-Bahor faslida qanday bayramlar nishonlanadi?

-8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayramida oanjonlaringizga nimalar sovg’a qilmoqchisiz?

Guldasta tayyorlash o’yini orqali kim qanday guldasta sovg’a qilishini bilib olamiz.

(Ikki o’quvchi doskada biri 9 ga bo’linadigan sonlardan, ikkinchisi 8 ga bo’linadigan sonlardan guldasta yasaydilar. Guldasta tayyorlash uchun 1 daqiqa vaqt beriladi. O’quvchilarning tezkorligi va guldastadagi gullar soni aniqlanadi.)


5-misol. 36, 37, 45, 81 sonlarining qaysi biri 9 ga bo‘linadi?

Yechish: 36:9=4 45:9=5 81:9=9 Javob: 36, 45, 81


Guruhlardan o’quvchilar “Guldasta tayyorlash“ o’yini orqali 8 ga, 9 ga bo’linadigan sonlarni topib gullardagi sonlarni 8 ga, 9 ga bo’lib misollarni yechadilar.



90: 9= 81 : 9= 45: 9= 36:9= 27:9=



16: 8= 24 : 8= 32: 8 = 40:8= 48:8=


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:


Mavzuni mustahkamlash uchun har bir guruhga o’qituvchi turli topshiriqlarni berib, yangi bilimlarini avvalgi darslarga oid egallagan B.K.M. mustahkamlaydilar.


1-guruh:

O’quvchilar bilan Pisa - Xalqaro baholash dasturi asosidagi ayrim test namunalaridan ham ishlaydilar.


2-guruh:


3-guruh:


O’quvchilarni o’zlashtirishlariga va darsdagi faoliyatiga qarab o’z gulzorlariga ko’chatlarini ekib boradilar.




O’quvchilar bilan Plickers onlayn dasturi orqali test namunalarini bajaradilar:




- Rahmat, bolajonlarim. Bugungi darsimizga barcha guruhlar faol ishtirok etdingiz.

Qadrli o’quvchilar! Muhtaram yurtboshimiz aytganlaridek siz kelajak vorislarisiz. O’zbekistonning yanada ravnaq topishi, gullab- yashnashi siz, yoshlar zimmasida. Siz o’tmishi buyuk xalq avlodidansiz. Kelajakda siz ulardek mard, jasur, eli va yurtiga sodiq, vatanparvar insonlar bo’lib kamol topasiz deb umid qilaman.

V. Darsga yakun yasash, baholash:

Darsga faol ishtirok etgan o’quvchilarni rag’batlantirish.

VI. Uyga vazifa: 131-bet. 6-masala va 7-misol.

Uyga vazifa tushuntiriladi:

6- masala:

Bir o‘ramda 75 sm sim bor edi. Simdan bir necha santimetr qirqib olindi va unda 32 sm sim qoldi. Necha santimetr sim qirqib olingan?

Yechish: 75–32=43                Javob: 43

7-misol:

47 +54: 6 69 – 6•6 81: 9 • 3

80 –21: 3 35 + 7•5 72: 8 • 4


Insondagi eng oliy tuyg`u Vatan tuyg`usidir...











O`zi tugilib-o`sgan ona Yurtini jon qadar sevadigan, o`zga yurt tabiatidan o`z yurti tabiatichalik zavq ololmaydigan, diyoridagi katta-kichik yutuqlardan faxrlanadigan, hatto mitti chumoli harakatidan zavqlanadigan butun aql-zakovati, qalb qo`ri, kuch va imkoniyatini shu jamiyat va tabiat go`zalligi, rivojiga bahshida eta olgan insondagina bu tuyg`u namoyon bo`ladi.

Matematika fani-

Fanlarning kalitidir.

Matematikasiz hayot

Quruq cho’lning o’zidir.

-Ushbu dars yoqar kimga?

Qani, ayting-chi menga?

-Sizga,bizga,hammaga,

Yoqar ushbu darsimiz.

Chunki hisob-kitobga

Qiziqish uyg’otgan o’zingiz.

-Rahmat sizga muallim,

Bizga berdingiz ta’lim.

V. Rag’batlantirish:

Darsga faol ishtirok etgan o’quvchilarni rag’batlantirish.


Vatan uchun fido qilib jonimiz,

Nozik yelkalarda bugun ulkan yuk.

Bu yukni engimoq uchun,

Ming bitta jonimiz bo’lsin tasadduq.



FОYDALANILGAN ADABIYOTLAR:


1. 2-sinf matematika darsligi

2. 2-sinf matematika o’qitish metоdikasi

3. “Topishmoqlar” kitobi

4. Bоshlang’ich ta`lim оynоmasi

5. www.ziyonet.uz

6. https://aim.uz

7. https://ecoohotnadzor31.ru

8. https://assz.ru

9. @uzb_ o’zbekistonpedagogi


21




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 1 класс

Скачать
Bir xonali sonlarni ko'paytirish

Автор: Jumageldiyeva Matonat

Дата: 08.06.2022

Номер свидетельства: 609149


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства