kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Barglar nega sarg'ayadi?

Нажмите, чтобы узнать подробности

Bu dars 2 sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, o'quvchilarning to'g'ri, ifodali va ravon o'qish ko'nikmalarini takomillashtiradi. Tabiatdagi o'zgarishlar sabablari haqidagi tushunchalami tarkib toptirishga yordam beradi.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Barglar nega sarg'ayadi?»

2-sinf Mavzu: Barglar nega sarg'ayadi? (Muhabbat O'rinboy qizi) .

Dars nomi: Kuzdagi o'zgarishlar.

Maqsad:

• O'quvchilaming to'g'ri, ifodali va ravon o'qish ko'nikmalarini takomillashtirish. Tabiatdagi o'zgarishlar sabablari haqidagi tushun-chalami tarkib toptirish.

• O'quvchilami tabiat ne'matlarini asrab-avaylash, uni qadrlash-ga o'rgatish.

• O'quvchilaming mantiqiy fikrlash va hamkorlikda ishlash, o'zaro yordam ko'nikmalarini rivojlantirish.

Jihozlar: A4 formatli qog'oz.

O`quvchilarda shakllantiriladigan kompetensiyalar

. Adabiy-nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish):

hikmatli gap, hikoya, she’r va ixcham audio matnlarni tinglab tushuna oladi;

ularni ongli, ifodali, to‘g‘ri o‘qiy oladi;

o‘qilgan matnlarning mazmunini tushuna oladi;

ularning mazmunini qisqartirib, fikrini og‘zaki bayon qilib bera oladi;

ikki va uch bo‘g‘indan iborat sodda, kichik matnlarni yoza oladi

.

FK1 turli janrdagi (ertak, masal, hikoya va she’rga doir) kitoblarni muntazam o‘qib-o‘rganib borish va bilimini oshirish;

yaxshilik va yomonlikni bir-biridan farqlay olish va yaxshi fazilatlarni o‘zida aks ettirish








Dars bosqichlari

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism. Uyga vazifani so`rash

10 daqiqa

2

Yangi mavzuni yoritish. Darslik bilan tanishtirish

10 daqiqa

3

Guruhlarda ishlash yangi mavzuni topshiriqlar orqali mustahkamlash



10 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

.Yakuniy qism

15 daqiqa



















Dars jarayoni

1-bosqich. O'tgan mavzuni so'rab baholashda o'quvchilardan Eson Rahimovning «Kuz fasli» she'rining mazmuni so'raladi. O'quvchilaming o'qish malakalari tekshirib ko'riladi. 10 daqiqa Uyga vazifa sifatida berilgan «Oltin kuz» matnini o‘qish va Tolib Yo‘ldoshning «Kuz kelganda» she’rini yod olish topshiriqlarining qanday bajarilganligi tekshirib chiqiladi.

Buning uchun o‘quvchilar 5 guruhga bo‘linadilar.

1- guruh — «Donolar».

2- guruh — «Zukkolar».

3- guruh — «Bilimdonlar».

4- guruh — «Chaqqonlar».

5- guruh — «Topqirlar».

      1. guruh — «Kuz faslida mamlaka­timizda nishonlanadigan sanalar»

2- guruh — «Kuz faslida tabiatdagi o‘zgarishlar»,

3- guruh — «Kuz faslida pishadigan mevalar,

4- guruh «Kuzgi sabzavotlar» va

5- guruh — «Issiq o‘lkalarga uchib ketadigan qushlar» mavzularini doskada «Yelpig‘ich» uslubidan foydalanib to‘ldirishadi.

Har bir guruhdan o‘quvchilar navbati bilan berilgan topshiriqlarni bajaradi. Javoblar o‘qib, tahlil qilinadi. Mustahkamlash uchun savol-javob o‘tkaziladi.

— Kuz faslida tabiatda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar haqida nimalarni bilib oldingiz?

— Kuz ne’matlaridan nimalarni bilib oldingiz?

Kuzda o‘lkamizdan uchib ketadigan qushlarning nomini ayting?

2-bosqich. Barglar nega sarg'ayadi? (Muhabbat O'rinboy qizi) .

Asarni o'qishga tayyorgarlik. O'qituvchi kuz faslida-gi o'zgarishlar haqida gapirib, mavzuni e'lon qiladi. Hikoyani ifodali o'qib eshittiradi. Mazmuni tushuntiriladi.

O'quvchilar matnni ifodali o'qiydilar. Avval ichda o'qish, ke-yin jo'r bo'lib o'qish mashq qilinadi. Ertakni rollarga bo'lib o'qish mashqi o'tkaziladi.

Topshiriq bilan o'qish. O'qituvchi o'quvchilarga ertak matnidan tipratikanning savoliga boshqa qahramonlarning javoblarini topib o'qish va ular ichidan eng yaxshisini tanlash topshirig'ini beradi.









Matnni qismlarga bo'lib o'qitish. O'qituvchi matnni 3-4 qismga bo'lib o'qish topshirig'ini beradi. Har bir qismga sarlavha topiladi.

Dam olish daqiqasi.

Kitob

Kitob bilimning boshi,

Aql-u idrok quyoshi.

Kitobda nurli iqbol,

O‘qib topaman kamol.

O‘quvchilar she’rni jismoniy harakatlar bilan aytishadi.

15 daqiqa

3-bosqich. O'quvchilar guruhlarga bo'linadilar. Ularga A4 formatli qog'oz tarqatiladi.

Guruhlarga topshiriq.

Quyidagi reja asosida kuzda tabiatda bo'ladigan o'zgarishlarni yozing

Reja:

1. Kuzda ob-havodagi o 'zgarishlar.

2. Kuzda daraxtlar, gullar.

3. Kuzda qushlar va hayvonlar.

4. «Atrofimizdagi olam» darsligidan olgan bilimlaringiz asosida kuz mevalarini yozing.

Taqdimot. Har guruhdan bittadan o'quvchi chiqib, guruh ishini taqdimot qiladi. 10 daqiqa

Darslikdagi mavzuga doir qo'shimcha materiallar bilan ishlanadi.

3 daqiqa

Muhokama:

• Dars sizga yoqdimi?

• Kuz haqida qanday yangi ma'lumotlarni o'rgandingiz?

• Kuzda daraxtlarni kuzatganmisiz? Nimalarni ko'rgansiz?

• Kuzda ob-havoda qanday o'zgarishlar bo'ladi? 6 daqiqa

Baholash. Mashg'ulot yakunida o'quvchilar reyting mezonlari asosida baholanadilar. 1 daqiqa




Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 2 класс

Скачать
Barglar nega sarg'ayadi?

Автор: Raxmonova Dildora Shamatovna

Дата: 06.04.2020

Номер свидетельства: 545631


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства