kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

"Бахор" мавзусидаги дарс ишланма

Нажмите, чтобы узнать подробности

Разработка урока расчитана для  учащихся 2 кл по предмету чтение с узбекским языком обучения

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«"Бахор" мавзусидаги дарс ишланма»

SANA: 13-fevral


Mavzu: Bahor keldi. (Aziz Abdurazzoq)


Maqsad: 1. O`quvchilarga Aziz Abdurazzoqning “Bahor kelgach” she`rini tanishtirish.


2. O`quvchilar qalbida tabiatga bo`lgan mehr-muhabbatni oshirish.


3. O`quvchilarning she`rni ifodali o`qish va yod olish ko`nikmalarini rivojlantirish.



Axborot bilan ishlash kompententsiyasi:turli manbalardan ( kitob, telefon va televizorlardan) foydalana olish.


Adabiy-nutqiy kompetensiya elementlari (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish):ertak va she’riy matnlarni tinglab tushuna oladi;


Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi:o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi.


Dars turi: Yangi bilim beruvchi


Dars metodi: Tushuntirish, hikoya, suhbat “Aqliy hujum”, klaster.


Dars jihozi: Bahor fasliga oid rangli rasmlar

DARSNING BORISHI.


I. Tashkiliy qism. Salomlashish,davomatni aniqlash.

-Salom aziz bolajonlar,

Zehnlilar,zukkolar.

Barchangiz sog’-omonmisiz?

Darsimizga tayyormisiz?

--Barchamiz sog’ omonmiz

Darsimizga tayyormiz.

--Har narsadan xabarchi,

Sinfda kim navbatchi?


II.Uy vazifasini so’rash va o’tilgan mavzuni mustahkamlash.

Yaxshi insonlar qanday bo’lishi kerak?-degan savolga yozilgan javoblar o’quvchilarga o’qitiladi.


O’quvchilar javoblari rag’batlantirilib, baholanadi.


III. Yangi mavzu bayoni.

- O'quvchilar bilan savol-javob o'tkaziladi).

-Bahor fasli qaysi oylardan iborat?

-Bahorda qaysi qushlar uchib keladi?

-Bahor kelishi bilan tabiatda qanday o'zgarishlar bo'ladi?

-Bahorda qanday ishlar amalga oshiriladi?


,,Klaster “ metodi yordamida o’quvchilar bahor fasliga tasnif berishadi.Bunda har bir o’quvchi doskaga chiqib yozadilar.Qolgan o’quvchilar daftarlariga chizib yozadilar.



-Bolajonlar, bugun sizlar bilan Aziz Abdurazzoqning ,,Bahor keldi” zhe’ri bilan tanishamiz

(Muallif haqida qisqacha ma’lumot berish)

,,Aqliy hujum”usulida savol-javob o’tkaziladi.

-O’lkamizda bahor fasli qaysi oydan boshlanadi?

-Bahor faslida tabiat qanday libos kiyadi?

Videolavhada bahorda tabiat uyg’onishi,gullarning ochilishi,qushlarning uchib kelishi,suvlarning shildirab oqishi tasvirlanadi.Kadr ortidan she’r matni o’qiladi.

-SHoirimiz bahorni qanday so’zlar bilan tasvirlaydilar?


BAHOR KELDI Aziz Abdurazzoq

Uchib keldi ko‘llarga

Turna-yu g‘oz, o‘rdaklar.

Keling, biz ham yo‘llarga

Otlanaylik, o‘rtoqlar.

Borib tabrik etaylik

Do‘st, qadrdon – hammani.

Bog‘-rog‘larga ekaylik

O‘rik, gilos, olmani.

Har bahorda gullasin,

Gullari to‘p-to‘p bo‘lsin.

Qurimasin, so‘lmasin,

Hosili ko‘p-ko‘p bo‘lsin.


She’rda uchragan notanish so’zlar yuzasidan lug’at ishi o’tkaziladi.


Lug’at ishi:


otlanaylik- tayyorlanaylik


qadrdon-tanish,birodar


She’r mazmunini tushuntirib berish.


Dam olish daqiqasi.Musiqa ostida harakatli mashqlar bajariladi.


Tumshug’I uzun laylak,

Ajab,unga ne kerak ?

Bo’yni ham uzun rosa:

Atrofni ko’rar – maza!

IV.Mustahkamlash .

O'quvchilar navbat bilan she'rni o'qiydilar. Ichda o'qish, topshiriq bilan o'qish, jo'r bo'lib o'qish turlaridan foydalaniladi


  1. She’r qaysi fasl haqida ekan?

  1. Bahor faslida tabiatda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?


  1. Dalada qanday yumushlar bajariladi?


Maqollarni izohlash.


Kun g‘amini sahar ye,

Yil g‘amini bahor ye.


Tez aytish:

Gulnor gulzor oralab gullarni saraladi.


Topishmoq:

Suv ostida makoni,

Chuvalchang uning joni.

Qo‘lda turmaydi, silliq,

Tanga to‘nli u …


V.Darsni yakunlash va baholash


She'r sizga ma'qulmi?

She'rda qaysi fasl tasvirlangan? Bu faslda tabiatda yana qanday o'zgarishlar bo'ladi?

Bahorda qanday ishlar qilinadi?

Bahoroyning savollari sizga yoqdimi?

O’quvchilar javoblari rag’batlantirilib,baholanadi.

U y ishi: Uyda o'quvchilarga ota-onalariga she'rni ifodali o'qib berib, bahorgi ishlar haqida ularning fikrlarini yozib kelish topshirig'i beriladi.





Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 2 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
"Бахор" мавзусидаги дарс ишланма

Автор: Тулаева Рохат Базарбаевна

Дата: 29.03.2020

Номер свидетельства: 544607


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства