kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Бадий адабиётлар фойдаланиш

Нажмите, чтобы узнать подробности

Рустамова ойдинисо нагматуллаевна крута 

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Бадий адабиётлар фойдаланиш»


Sana ____________________


Yosh dasturchi to’garagi mashg’uloti. 30-dars.


Mavzu: Axborotlarni kompyuterda tasvirlanishi.

Maqsad:

1) ta’limiy:O`quvchilarga axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi, axborotni ikkita belgi yordamida kodlash, axborot miqdori va uzatish tezligi haqida ma’lumot berish;

2) tarbiyaviy: O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;

3) rivojlantiruvchi: o`quvchilarda axborotni ikkita belgi yordamida kodlash, axborot miqdori va uzatish tezligini hisoblash ko`nikmalarini rivojlantirish

DTS: axborotni ikkita belgi yordamida kodlash, axborot miqdori va uzatish tezligi haqida tushunchaga ega bo`lish.

Darsning borishi

I. Tashkiliy davr

a) salomlashish;

b) savomatni aniqlash.

II. Takrorlash

1. Ikkilik sanoq sistemasida qo'shish amali qanday bajariladi?

2. Ikkilik sanoq sistemasida ayirish amali qanday bajariladi?

4. Ikkilik sanoq sistemasidagi ko'paytirish jadvalini yozib bering..

III. Yangi mavzuni o`rganish.

Ma'lumki, kompyuterlar elektr toki asosida ishlaydi. Kompyuter maxsus qurilmada tokning bor bo'lishini 1 ga teng, aks holda, ya'ni tok bo'lmaganda 0 ga teng axborot deb oladi. Ikkinchi tomondan, axborotlarni kodlash uchun kodlash sistemasi ikkita belgidan iborat bo'lishi yetarli bo'ladi. Endi belgilarni ikkita belgi orqali qanday kodlash mumkinligini ko'rib chiqamiz.

Axborotni ikkita belgi yordamida kodlash

Kompyuter raqamlarning o'zini emas, balki shu raqamlarni ifodalovchi signallarni farqlaydi. Bunda raqamlar signalning ikki qiymati bilan (magnitlangan yoki magnitlanmagan; ulangan yoki ulanmagan; ha yoki yo'q va h.k.) ifodalanadi. Bu holatning birinchisini 1 raqami bilan, ikkinchisini esa 0 raqami bilan belgilash qabul qilingan bo'lib, axborotni ikkita belgi yordamida kodlash (qisqacha, ikkilikda kodlash) nomini olgan. Masalan:


A

01000001

M

01001101

B

01000010

O

01001111

D

01000100

R

01010010

H

01001000

T

01010100

K

01001011

U

01010101

I

01001001

X

01011000


Kompyuterlarda har bir belgiga 0 va 1 belgilarining ketma-ketligidan iborat 8 ta belgi mos qo'yiladi. 8 ta nol va birlarning turli o'rin almashtirishidan foydalanib, turli xildagi belgilarni kodlashimiz mumkin. 0 va 1 dan iborat raqamlar yordamida ularni 8 tadan ajratsak, bu o'rin almashtirishlar soni 28 =256 ga teng bo'ladi, ya'ni ular yordamida 256 ta harflar, raqamlar, turli
boshqa belgilarni kodlash mumkin bo'ladi.

KITOB so'zini quyidagicha kodlash mumkin:

01001011 01001001 01010100 01001111 01000010


K I T O B


Buyruqlarni yoki turli boshqa turdagi axborotlarni kodlash uchun shu trtibda yondashiladi. Biroq, turli rusumdagi kompyuterlar uchun turlicha b'lishi mumkin. Bu texnikaning xususiyatiga bog'liq bo'lgan holatdir.

Agar ikkilikda kodlangan belgilarni o'n oltilikda kodlamoqchi bo'lsak, tetrada kodlash usulidan foydalanishimiz mumkin. Bu holda sanoq sistemasidagi sonlarni taqqoslash jadvaliga ko'ra 4=0100 va 1=0001 ekanligidan A belgisi kodi o'n oltilikda 41 ga teng bo'ladi. Agar birinchi
raqamni ustun, ikkinchi raqamni satr tartib raqami deb olsak yangi jadval hosil qilamiz. Bunda har bir raqam va alifbodagi belgi jahon andozalaridagi kodlash jadvali - ASCII (American Standard Code for Information Interchange) jadvali hosil bo'ladi.

ASCII kodlash jadvali



0000

0001

0010

0011

0100

0101

0110

0111

1000

1001

1010

1011

1100

1101

1110

1111



0

1

2

3

4

5

6

7

8

9

A

B

C

D

E

F

0000

0



0

@

P

p

А

Р

а

р

Ё

0001

1


!

1

A

Q

a

q

Б

С

б

с

ё

0010

2


2

B

R

b

r

В

Т

в

т

0011

3

#

3

C

S

c

s

Г

У

г

у

0100

4

$

4

D

T

d

t

Д

Ф

д

ф

0101

5

§

%

5

E

U

e

u

Е

Х

е

х

0110

6

&

6

F

V

f

v

Ж

Ц

ж

ц

0111

7


`

7

G

W

g

w

З

Ч

з

ч

1000

8


(

8

H

X

h

x

И

Ш

и

ш

1001

9


)

9

I

Y

i

y

Й

Щ

й

щ

1010

A


*

:

J

Z

j

z

К

Ъ

к

ъ

.

1011

B


+

;

K

[

k

{

Л

Ы

л

ы

1100

C



,

L

\

l

|

М

Ь

м

ь

1101

D


-

=

M

]

m

}

Н

Э

н

э

²

1110

E


.

N

^

n

~

О

Ю

о

ю

1111

F


/

?

O

_

o

П

Я

п

я



Grafik axborotni ikkita belgi yordamida kodlash

Nol va birlar ketma-ketligi bilan grafik axborotlarni ham kodlash mumkin. Buning uchun quyidagi usuldan foydalaniladi.

Ro'znomadagi rasmga diqqat bilan razm solsangiz, u mayda nuqtalardan (ularni poligrafiya tilida "rastr" deyishadi) tashkil topganligini ko'rasiz. Turli poligrafiya uskunalaridan foydalanganlik bois, bu nuqtalarning zichligi turlicha bo'ladi. Ko'pchilik ro'znomalardagi rasmlarda bir santimetrlik uzunlikda 24 ta nuqta bo'ladi, ya'ni 10 x 10 santimetr o'lchovidagi rasm taxminan 60 ming nuqtadan iborat bo'ladi. Agar bular bir xil darajadagi oq va qora nuqtalardan iborat bo'lsa, u holda ularning har birini 0 yoki 1 qiymatni qabul qiluvchi bitta bit bilan kodlasa bo'ladi. Agar nuqtalar holati har xil bo'lsa, u holda bitta nuqtaga bir bit yetarli bo'lmaydi. Ikki bit bilan nuqtaning to'rt xil rangni: 00 - oq, 01 - och kul rang, 10 - to'q kul rang, 11 - qora
rangni kodlash mumkin bo'lsa, uch bit 8 xil rangni, 4 bit 16 xil rangni kodlash imkoniyatini beradi va hokazo.

Kompyuterda rangni ifodalash uchun uch xil - qizil, yashil va ko'k ranglardan foydalaniladi. Bu qurilma RGB modul deb nomlanadi.


Rang

Ravshanlik

Qizil

Yashil

Ko'k

Qora

0

0

0

0

Ko'k

0

0

0

1

Yashil

0

0

1

0

Havo rang

0

0

1

1

Qizil

0

1

0

0

Siyoh rang

0

1

0

1

Jigar rang

0

1

1

0

Oq

0

1

1

1

Kulrang

1

0

0

0

Och-ko'k

1

0

0

1

Och-yashil

1

0

1

0

Och-ko'k

1

0

1

1

Och-qizil

1

1

0

0

Och-siyoh rang

1

1

0

1

Sariq

1

1

1

0

Oppoq

1

1

1

1

Ovozni ham shu tariqa kodlash mumkin. Musiqaga yozilgan notalar ovozni
kodlashning bir turidir. Masalan, nota belgilariga raqamlar mos keltirilib, ovozni bitlar orqali ifodalash ham mumkin.

Axborot miqdori va uzatish tezligi

Axborot ham, boshqa ko'pgina tushunchalar (masalan, vaqt, ish, harorat masofa va h.k) kabi o'lchanadi. Ammo uning o'lchov birligi siz bilan matematika yoki fizika kursida tanishgan o'lchov birliklarimizdan farq qiladi.

Axborotni o'lchash uchun unda ishtirok etgan harf, raqam va boshqa belgilar 0 va 1 raqamlaridan iborat kod bilan almashtiriladi. Masalan, 3 raqami - 00000011 kabi; 8 raqami - 00001000 kabi; A harfi - 01000001; m harfi esa — 01101101 kabi ifodalanadi.

Axborotning eng kichik o'lchov birligi sifatida bit qabul qilingan. Bit axborotning raqamli ifodasidagi 0 yoki 1 belgisi bo'lib, ingliz tilidagi "binary digit" so'zlaridan olingan va ikkilik raqami" degan ma'noni anglatadi. Masalan: 100101101 da 9 ta bit bor, chunki unda 9 ta raqam (0 va 1) ishtirok etmoqda.

Bitdan kattaroq o'lchov birligi sifatida bayt qabul qilingan: 1 bayt = 8 bit. Masalan: 11011011 da 1 bayt axborot bor, chunki unda 8 ta bit (raqam) qatnashmoqda, 1011010100100011 da esa 2 bayt axborot bor, chunki unda 16 ta bit (raqam) qatnashmoqda. Axborotda qatnashgan har qanday belgi 1 bayt hajtnli deb hisoblanadi. Masalan, "B" harfi 1 bayt hajmga ega; "MA" esa 2 bayt hajmli; "MAS" 3 bayt hajmli va h.k.

Baytdan katta o'lchov birligi ham mavjud. U kilobayt (Kbt) deb nomlanadi va 210 baytga teng: 1 Kbt = 210 bayt = 1024 bayt.

Kilobaytdan katta o'lchov birliklari ham qabul qilingan bo'lib, ular megabayt (Mbt), gigabayt (Gbt), terabayt (Tbt), petabayt (Pbt) kabi belgilangan:

1 Mbt = 210 Kbt =1024 Kbt= 1024x1024 bayt= 1048576 bayt =1048576 x8 bit = 8388608 bit;

1 Gbt = 2'° Mbt = 1024 Mbt = 1024x1024 Kbt = 1024x1024x1024 bayt = 230 bayt;

1 Tbt = 210 Gbt = 1024 Gbt= 1024x1024 Mbt = 1024x1024x1024x1024 bayt = 240 bayt;

1 Pbt=2,0Tbt= 1024Tbt=1024x 1024Gbt = 1024x1024x1024x1024x1024 bayt = 250 bayt.

Demak, 1 Pbt hajmli axborotda 250 ta belgi ishtirok etar ekan.

Ma'lumki, axborot ustida uzoq masofaga uzatish amali bajarilishi mumkin. Axborotni kompyuter yordamida uzatish uchun esa sarflanadigan vaqt uning hajmiga bog`liq bo'ladi. Axborotning vaqt birligi ichida uzatilgan miqdori axborotni uzatish tezligi deb ataladi. Axborot uzatish tezligining birligi sifatida bod kiritilgan: 1 bod = 1 bit/1 sekund.

Masalan, 120 megabayt axborot 8 minutda uzatilgan bo'lsin. U holda axborot uzatish tezligini quyidagicha hisoblash mumkin:

120 Mbt/8 minut =122880 Kbt/8 minut = 15360 Kbt/minut = 15728640 bayt/minut = 262144 bayt/sekund = 2097152 bit/sekund = 2097152 bod.

Hozirgi kunda axborot uzatish tezligining birliklari sifatida quyidagilar ishlatiladi:

Kilobayt/sekund, Kilobit/sekund, Megabit/sekund.

IV. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar.

Savollar:

  1. Ikkilikda kodlash nima uchun kerak?

  2. Sakkiz bit orqali qancha belgi va harfni kodlash mumkin?

  3. ASCII jadvali haqida gapirib bering.

  4. Grafik axborotlarni kodlash mumkinmi?

  5. Ikki, uch va to'rt bit bilan necha xil rangni kodlash mumkin va bu qanday amalga oshiriladi?

  6. Tovushni kodlash mumkinmi? Mumkin bo'lsa, tovushni qanday qilib raqamlarga o'tkazish mumkin?

  7. Axborot miqdorining qanday o'lchov birliklari bor?

  8. Eng kichik axborot miqdorining o'lchov birligi qanday?

  9. Axborot uzatish tezligi deganda nimani tushunasiz?

  10. Axborot uzatish tezligining qanday o'lchov birliklari bor?

Mashqlar

1. Ikkilikda kodlangan quyidagi yozuvni aniqlang:

a) 01000001 01010011 — AS

b) 01010011 01000001 01001100 01001111 01001101 — SALOM

2. Ikkilikda kodlangan quyidagi yozuvdan foydalanib uchta belgining ASCII kodini aniqlang.

a) 1010 0100 1011 0101 0111 1101

b) 1010 1000 1011 0101 0110 1101

d) 1101 0000 1011 0101 0110 1101

e) 1010 0100 1010 0101 0111 1101

f) 1110 0100 1010 0101 0111 1101

g) 1010 0100 1010 0101 0111 1100

3. O'z ism-sharifingizda necha bit va bayt axborot borligini hisoblang.

4. "Kelajak yoshlar qo'lida" iborasida necha bayt axborot borligini hisoblang va uni axborotning boshqa o'lchov birliklarida ifodalang. (23 bayt=23*8=184 bit)

5. Agar axborot 14 Mbt hajmga ega bo'lsa, u qancha bit, bayt va Kbt ekanligini hisoblang.

14 Mbt=14 336 Kbt=14 680 064 bayt.

6. Agar kitobdagi axborot hajmi 640 Kbt ekanligi ma'lum bo'lsa, uni nechta "komputer" so'zi bilan almashtirish mumkin?

640*1024/8=81 920 ta

7. 256 xil rangli gorizontaliga 1280 ta nuqtali vertikaliga 1024 ta nuqtali ekrandagi rasm kodlanganda axborot hajmini bayt va Kbt da toping.

1280*1024*8=84 213 760 bit=1 310 720 bayt=1280 Kbt=1,25 Mbt

V. Vazifa

1-10-savollar. 3-,5-mashqlar.

Ko’rildi:

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha

direktor o’rinbosari: __________________





Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 3 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Бадий адабиётлар фойдаланиш

Автор: Рустамова Ойдинисо Нагматуллаевна

Дата: 03.04.2020

Номер свидетельства: 545129


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства