kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

Aytilishida tushib qoladigan undoshlar. 2- sinflar uchun

Нажмите, чтобы узнать подробности

Данный  урок для начальных классов  с  узбекским  обучением.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Aytilishida tushib qoladigan undoshlar. 2- sinflar uchun»

Ona tili fanidan 2-sinf uchun ichiq dars ishlanmasi

Mavzu: Mavzu: Aytilishida tushib qoladigan undoshlar. 66*-67-68-mashqlar

Mavzu: Aytilishida tushib qoladigan undoshlar. 66*-67-68-mashqlar

Mavzuga oid tayanch tushunchalar:Undosh tovushlar, harflar.

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuningqisqachatarifi: Aytilishida tushib qoladigan undoshlar haqida malumot berish.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Metod:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli diktant”, “So’z tuz” o’yinlari.

Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun,

Jihoz:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar,tarqatma testlar,plakatlar, ona tili multimediyalar ilovasi

Nazorat:O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.

Baholash:O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,dars oxirida e’lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar:

Talimiy: Aytilishida tushib qoladigan undoshlar haqidagi bilimlarni umumlashtirish; muhim belgilariga qarab, undosh tovushlarni aniqlash ko'nikmasini o'stirish

Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarda insonlarga bo’lgan hurmat tuyg’ularini uyg’otish.

Rivojlantiruvchi maqsad: Undosh tovushlar va harflar haqidagi ko'nikmalarni rivojlantirish.

Fanga oid kompetensiya : Adabiy – nutqiy kompetensiya elementlari(tinglab tushunish, fikrni og’zaki bayon qilish, o’qish, fikrni yozma bayon qilish.) hikmatli gap, hikoya, she’r va ixcham audio matnlarni tinglab tushuna oladi; ularni ongli, ifodali to’g’ri o’qiy oladi, o’zbek tilida nutq tovushlarini to’g’ri qo’llay oladi, talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo’g’in ko’chirish qoidalariga rioya qila oladi, o’zlashtirgan leksik birliklarni matnda qo’llay oladi, tinish belgilarini to’g’ri qo’llay oladi.

Tayanch kompetensiya: TK-1:Ko‘rgan lavhalaridan ma’lumotlar yig‘ish; televizor, telefondan to‘g‘ri foydalanish.

TK-2:O‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlash; kun tartibiga amal qilish va badantarbiya bilan shug‘ullanish.

TK-3:Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:davlat ramzlarini bilish; sinfda va oilasida o‘z o‘rniga ega bo‘lish; o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish.




Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism: O’qituvchi; Bolajonlar omonmisiz?

Yangi darsga tayyormisiz?

O’quvchilar: Bizlar ustoz omonmiz,

Yangi darsga tayyormiz.

Navbatchi hisoboti: Har sarsadan habarchi, kim bugun navbatchi?

-O’quvchilar hozir o’lkamizda qaysi fasl?

-Tabiatda kuz faslida qanday o’zgarishlar bo’ladi? Kim kuz fasli haqida she’r yod biladi?

-Kim bugungi sanani aytadi?

-21-oktabr qanday kun?

-Bugun Davlat tili tasdiqlangan kun. Bu yil davlat tili tasdiqlanganligiga 30-yil bo’ldi.

Hozirgi darsimiz qanday dars?

Ona tili darsida biz nimalarni o’rganamiz?

-Harflarni to’g’ri yozishni, chiroyli yozishni, kishilarni ism familiyalarini bosh harf bilan yozishni…….

Bugungi mavzuimiz:

Bugungi darsimiz sayyohat darsi. Bugun biz poyezdda sayyohatga chiqamiz. Qani o’quvchilar tayyormisiz?

Dars boshidanoq o’quvchilarni sinf jurnalidagi nehanchi son o’rnida kelishlari o’qib beriladi.

Aylanma daftar yig’ib olib, boshqasi tarqatiladi.

Shu payt poyezd haydovchi provodnik ruxsat bermaydi. Sababi chipta olinmagan.

Provodnik o’quvchilarga chipta olish uchun Toshkent Samarqand shahrigacha temir yo’ni ta’mirlab berishni iltimos qiladi.

O’quvchilarga birinchi shartni tushuntirib beriladi.Birinchi shartni birinchi vagon yo’lovchilari bajarishadi.

O’quvchilar birinchi yo’l ni qurish uchun tezkor savol-javob o’tkazilladi.

1.Vatan nima? Sizning Vataningiz qaer? Uqanday davlat?

2.Vatanimiz mustaqil bo’lib nimalarga erishildi?

3.Davlat tili tog’risidagi qonun qachon qabul qilingan?

4.Davlat tili to’g’risidaci qonun necha moddadan iborat?

5.Ona tili haqida she’r bilasizmi?

6.Davlat tili to’g’risidagi qonundan qaysi moddani yod olgansiz?

7.Til haqida qanday hikmatli gaplar bilasiz?

Birinchi shart javoblarini tinglab o’quvchilar yo’l jeton topshiriladi va birinchi temir yo’li tozalanadi.

O’quvchilarga sanani yozdirib, husnixat daqiqasi o’tkaziladi.

Har bir o’quvchiga nomerlangan (jurnaldagi nomer) varaq tarqatiladi va unda rasmli diktant tarqatiladi.

Y harfidan boshlangan so’zlar rasmli diktant tarzida yozdiriladi.

Yaproq yetti yo’lbars yomg’ir yong’oq yulduz

II.O’tilgan mavzular bo’yicha provodnik 2-shartini e’lon qiladi.

2-shart quyidagicha: 2-vagondagi har bir yo’lovchiga ona tili fani bo’yicha savollar beriladi

8 - yo’lovchiga savol: Qachon bosh harf ishlatiladi?

9- yo’lovchiga savol: Unli tovush va unli harflar haqida nimalarni bilasiz?

10 - yo’lovchiga savol: Undosh tovush va undosh

harflar haqida nimalarni bilasiz?

11 - yo’lovchiga savol :Jarangli tovush haqida nimalarni bilasiz?

12- yo’lovchiga savol: Jaranglsiz tovush haqida nimalarni bilasiz?

13-- yo’lovchiga savol: Alifbo haqida nimalar bilasiz?

14- yo’lovchiga savol: Jarangli va jarangsiz undosh tovushlar farqini ayting?

15- yo’lovchiga savol: Jarangli va jarangsiz undosh harflar bilan tugagan so’zlar qanday tekshiriladi?

16- yo’lovchiga savol: Nima uchun undosh tovushlar 24ta-yu , undosh harflar 23 ta.

2-shart bo’yicha o’quvchilar javoblari tinglanib rag’batlantiriladi va jeton chiptalar beriladi.

III.Yangi mavzu bayoni: : Aytilishida tushib qoladigan undoshlar. 66*-67-68-mashqlar.

O’quvchilarga daraxt, poyezd kabi rasmlarni ko’rsatib nomini talaffuz qildiriladi. So’z oxiridagi d,t haflarni talaffuzda tushib qolishi, lekin so’zni yozganda yozilishini tushuntiriladi.

Samarqand, farzand, do‘st, daraxt kabi so‘zlar oxirida kelgan d, t tovushlari ba’zan aytilmasa ham yoziladi.

Provodnikning 3-sharti 66-mashqni bajarish. Bu mashqni 3-vagon yo’lovchilari bajaradilar.17-18-19-20-21-22-23-24-yo’lovchilar qatnashadilar.

66-mashq. Nuqtalar o‘rniga d, t harflaridan mosini qo‘yib yozing.

Xursan.(d). , balan.(d). , darax.(t). , pas..(t). , farzan...(d),

payvan...(d) , ros...(t) , do‘s...(t) .

Mashqni bajargan o’lovchilarga yo’l chiptasi jetolar beriladi



IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.

4-vagon yo’lovchilari 67-mashqni bajaradilar. 25-26-27-28-yo’lovchilar qatnashadilar.

67-mashq. O‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning aytilishi va yozilishidagi farqni ayting.

Toshken.(t), poytax(t), balan(d), pas(t)

5-vagon yo’lovchilari 68-mashqni bajaradilar.Mashqni ifodali ,ravon o’qib berishadi. 29-30-31-32-yo’lovchlar qatnashadilar

68-mashq. Tez va to‘g‘ri o‘qing.

Olti juft oq chinni choynakka to‘rt juft ko‘k qopqoqni, to‘rt juft ko‘k chinni choynakka olti juft oq qopqoqni yopib bo‘ladimi?

6-vagon yo’lovchilari “So’z tuz” o’yini bo’yicha bellashadilar.

Bunda berilgan bo’g’inlardan so’zlar tuzib, tahlil qilinadi.

V.Dars yakuni:

Dars umumlashtiriladi, o’quvchilardan kim yo’l chiptasi olmagan bo’lsa qo’shimcha topshiriqlar berilib jeton olishiga imkon beriladi.O’quvchilarni darsdagi faolligiga qarab baholanadi.

VI. Uyga vazifa: 69- mashq. (Mashq sharti tushuntirib beriladi.) Yozing. Aytilishi va yozilishida farq qilgan so‘zning tagiga chizing.

Alisher buvisining uyidan mushukcha olib keldi. Uyga o‘rgansin, deb uni go‘sht_ va sut bilan boqdi.







Tekshirildi:_____________________________Tuxtaxo’jayeva M.J.















Namangan shahar

34-sonli umumta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi Kodirova Robiya G’anixonovnaning ona tili fanidan “Aytilishida tushib qoladigan undoshlar” mavzusi bo’yicha bir soatlik

ochiq dars ishlanmasi.









2019-2020-o’.y.















Dars jarayonidan lavhalar

Dars jarayonidan lavhalar.












Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 2 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
Aytilishida tushib qoladigan undoshlar. 2- sinflar uchun

Автор: Kодирова Робия Ганихоновна

Дата: 21.02.2020

Номер свидетельства: 540651


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства