kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

A+b,a-b ifodaning qiymatini topish

Нажмите, чтобы узнать подробности

Данная разработка урока для учителей начальных классов Республики Узбекистан

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«A+b,a-b ifodaning qiymatini topish»

Sana:3-may.2018-yil

O‘zbekiston Respublikasi

Xalq ta`limi vazirligi




Namangan viloyat

Xalq ta`limi boshqarmasi

Namangan shahar xalq ta`limi

bo‘limiga qarashli

51-umumiy o‘rta ta`lim maktabi

boshlang'ich sinf o‘qituvchisi

ABDURAHIMOVA DILFUZANING

MATEMATIKA FANIDAN NAMUNALI






















Namangan shahri


Ushbu dars ishlanma Namangan shahar xalq ta'limi bo'limiga qarashli 51-umumiy o’rta ta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi Abdurahimova Dilfuza tomonidan tayyorlangan.





Tuzuvchi: Abdurahimova Dilfuza – Namangan shahar 51-umumiy o’rta ta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi.







Taqrizchi: N.Yuldasheva - Namangan shahar xalq ta'limi bo'limi boshlang'ich ta'lim uslubchisi







Mazkur dars ishlanma Namangan shahar xalq ta'limi boshqarmasi huzuridagi Metodik ishlarni muvofiqlashtiruvchi viloyat kengashi yig’ilishining 201__- yil _________ oyidagi __-sonli qarori bilan viloyat miqyosida ommalashtirish uchun tavsiya etilgan.




Mavzu: a + b, a-b ifodaning qiymatini topish.

Darsning maqsadi:

1. Ta'limiy:

a) harfli ifodalar bo’yicha misollar tuzish va uni yechishni o’rgatish, tenglamalar yechish, uch xonali sonlarni bo‘lish va ko’paytirish mavzuni mustahkamlash, misol va masala yechish ko’nikmalarini hosil qilish;

b) masalalar yechish malakalarini rivojlantirish.

2. Tarbiyaviy:

a) o’quvchilarning iqtisodiy savodxonligini oshirish, olgan bilimlarini amaliyotda qo’llay olishga o’rgatish.

3. Rivojlantiruvchi:

a) mustaqil ishlash ko’nikmasini rivojlantirish, hamkorlikda ishlashga o’rgatish.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

tavsiya etilgan media manbalardan axborotni izlab topa olish, zarur bo‘lsa uni boshqa ko‘rinishlarga (matn, jadval, sxema va h.k.) o‘tkaza olish;

axborotlarni statistik ma’lumotlarning ko‘rinishlarning bir turidan (ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar) boshqa ko‘rinishga o‘tkaza olish;


Dars tipi: bilimlarni mustahkamlash, ko'nikma hosil qilish, malakalarini shakllantirish.

Dars uslubi: Og'zaki savol-javob, “Limonlarni ter”, “Zinama-zina”, “Kimning uyi qayerda” didaktik o’yinlari.

Dars jihozi: Kompyuter, televizor, turli rasmlar, kartochkalar, darslik.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

O’qituvchi: Salom aziz bolalar,

Bog’dagi gul-lolalar.

Bugun hamma sog’lommi,

Darsga barcha tayyormi.

O’quvchilar: Ustoz bizlar sog’lommiz,

Darsga doim tayyormiz.

O’qituvchi: Har narsadan xabarchi,

Sinfda kim navbatchi?

O’quvchi: Har narsadan xabarchi,

Sinfda men navbatchi.

Sinfda ___ o’quvchi bo’lib,

Barchasi darsga tayyor




Bizning shior:

Ko’p o’qigan, ko’p bilar.

O’qituvchi: Rahmat aziz bolalar. Darsning oltin qoidalarini eslab olamiz.O’quvchilar qoidalarni aytadilar.



O’qituvchi: Hozir darsimiz nima?

O’quvchi: Matematika fanlar ichra shohdir,

Aqlli o’quvchi bundan ogohdir.

O’qituvchi: Matematika faniga kim asos solgan?

O’quvchi: Matematika budir mo’jiza,

Al-Xorazmiy bobom asos solgan.

Har qadamda duch kelamiz,

Hisob –kitob shundan qolgan.


Matematika bo’yicha davlat ta’lim standartlari so’raladi. O’quvchilar javob beradilar.

O’quvchilar 3 guruhga bo’linadi.
    1. 1.Topqirlar
    2. 2.Zukkolar

3.Bilimdonlar

“Zamon bilan hamnafas” o’yini orqali oynai jahonda yoritib borilayotgan eng so’nngi habarlar bilan tanishtiradilar.

5 ta tashabbus haqidagi bilimlarini namoyish qiladilar

    1. II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
    2. “Bilimingni sina”o’yini bo’yicha o’tilgan mavzular yuzasidan tarqatma kartochkalar tarqatiladi Har bir guruhga mantiqiy topshiriqlar beriladi.


Massa o’lchov birliklariga oid

“Zinama-zina” o’yini o’ynaladi.




“Bo’sh o’tirma,bosh qotir”

Qolgan o’quvchilarga quyidagi mazmunga tarqatmalar tarqatiladi.
    1. 1.Qo’shish hadlarini sanab bering?
    2. 2.Noma’lum qo’shiluvchini topish?
    3. 3.Qo’shish xossalarini aytib bering?
4.Ayirish hadlarini sanab bering?


    1. 5.Noma’lum kamayuvchini topish?
    2. 6.Noma’lum ayiriluvchini topish?
    3. 7.Ko’paytirish hadlarini sanab bering?
    4. 8.Noma’lum ko’paytuvchini topish?


    1. 9.Ko’paytirish xossasini aytib bering?
    2. 10.Bo’lish hadlarini sanab bering?
    3. 11.Noma’lum bo’limuvchini topish?
    4. 12.Noma’lum bo’luvchini topish?


Uyga vazifa tekshiriladi.

Daftarlar almashtiriladi.







III.Yangi mavzu bayoni.

a+b va a-b ifodaning qiymatini topish

O’quvchilarga harfiy ifoda haqida tushuncha beriladi. Sonlar o’rnida harflar ishtirok etgan ifodalar harfiy ifodalar deb ataladi.

1-topshiriqni bajarish orqali a + b ifodaning qiymatini topish qoidalari tushuntiriladi. Har bir o‘quvchi bu qoidalarni yoddan bilishi kerakligi ta’kidlanadi.

  1. a=3000 b=2000 bo’lsa, a+b, a-b ni toping.

3000+2000=5000

3000-2000=1000

2-topshiriq jadval asosida bajariladi.

Jadvaldagi a va b ning berilgan qiymatlari bo‘yicha

a + b ifodaning qiymatlarini toping:

Bu topshiriqni “Limonlarni ter” o’yini orqali bajariladi. Limonning shifobaxsh xususiyatlari haqida suhbat o’tkaziladi.


a

123

2364

2586

3549

4734

4673

b

234

3127

4258

4734

4876

5327

a+b












3.Jadvaldagi a va b ning berilgan qiymatlari bo‘yicha a – b ifodaning qiymatlarini toping: “Kimning uyi qayerda” didaktik o’yini orqali bajariladi.




  1. Kimning uyi qayerda”


257-123=

6544-2677=



7656-3898=

4247-2354=


5463-2677=

8244-5366=



a

257

4742

5463

6544

7656

8244

b

123

2354

2746

2677

3898

5366

a-b








4. Rasm asosida masala tuzing va uni yeching:

O’quvchilar bilan birgalikda rasm asosida masala tuziladi.



Do’konga sotish uchun 5608 kg olma keltirildi. Kechga yaqin sotilmagan olmalar ja’mi olmalarning choragini tashkil etdi. Kun davomida qancha olma sotilgan?

Qisqa sharti o’quvchilar tomonidan tuziladi:


Bor edi- 5608kg

Sotildi-?, kg

Qoldi- ?,choragi kg

Yechilishi:

1) 5608:4=1402 kg (olma)

2) 5608-1402=4206 kg (olma)

Javob: Sotildi 4206 kg olma.

5-topshiriq kompyuter orqali bajariladi.

“Matematik diktant”

  1. 354 soniga 42 va 6 sonlari bo’linmasini qo’shing.


  1. Birinchi qo’shiluvchi 876, ikkinchi qo’shiluvchi esa 14 va 6 sonlarining ko’paytmasi. Yig’indini toping.




Dam olish daqiqasi” o’tkaziladi.

    1. Bordir ikki qulog’im,
    2. Ikki ko’zim, yanog’im.
    3. Burnim, og’zim, dudog’im,
    4. Ikki qo’lim, oyog’im.
    5. Yana bordir o’rtog’im-
    6. Qo’llarda 10 barmog’im.
    7. V .Yangi mavzuni mustahkamlash:
    8. Zanjir hamda klaster usulidan foydalanib,
    9. guruhlarga topshiriq beriladi.
    1. 1. Matematik topishmoqlar:
    2. Sharlarim bor rang-barang,
    3. Biri biridan tarang.


    1. Singillarimga bersam,
    2. Xursand bo’lishdi biram.
Karimada 6 ta, Vazirada 3 ta ko’p,
    1. Xatosiz jami sharni
    2. Sen tezda hisoblab top.
Katta sexda tikuvchi
    1. Palto, plash tikadi.
    2. Har biriga beshtadan
    3. Bir xil tugma qadadi
O’n palto, to’rt plashga
    1. Nechta tugma ketadi?
    2. 2. Tezkor savol-javob:
    3. 1) 3 yil necha oy?
    4. 2) 7 hafta necha kun?
    5. 3) Burchak turlari?
    6. 4) 4 asr necha yil?
    7. 5) 4 sutka necha kun?
    8. 6) 5 yil necha oy?
7) 5 hafta necha kun?
    1. 8) Uchburchak turlari?
9) 7 asr necha yil?
    1. 10) 3 sutka necha kun?


3.Sonli maqollarni davom ettiring: 1) Bir yil tut ekkan kishi …
    1. 2) Yetti o’lchab, …



    1. 3) Bilagi zo’r birni yiqar, bilimi zo’r …
4) Oltovlon ola bo’lsa, og’zidagin…
    1. 5) Bir kun tuz ichgan joyingga…
    2. 6) Bir kattaning, gapiga kir, …
    3. 7) Birniki – mingga, mingniki …
    4. 8) Bir ko’rgan tanish, ikki ko’rgan …
    5. 9) Birni kessang, …
10) Bir yigitga yetmish … V. Baholash va rag’batlantirish. G’olib guruh rag’batlantiriladi.Darsda faol ishtirok etgan har bir o’quvchi: Eng quvnoq Eng chaqqon

Eng bilimdon



nominatsiyalari bilan taqdirlanadi va baholanadi.

VI. Uyga vazifa:

6-7- misol-masala tushuntirib beriladi.

6- misol: a va b ning qiymatlari bo’yicha a-b ifodaning qiymatlarini toping.


a

3764

5643

6435

7367

8213

9531

b

1452

2467

2476

2488

3495

5678

a-b








7-masala: diagramma chizish orqali bajarilishi tushintiriladi.



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 3 класс

Скачать
A+b,a-b ifodaning qiymatini topish

Автор: Абдурахимова Дилфуза

Дата: 19.02.2020

Номер свидетельства: 540408


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства