kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

6-sinf "Fe`llarning tuzilishiga ko`ra turlari"

Нажмите, чтобы узнать подробности

     Ta’limiy  maqsad : o`quvchilarga  fe`llarning   tuzilishiga   ko`ra  turlari va sodda  fe`llar  haqida  ma`lumot   berish.

     Tarbiyaviy  maqsad : o`quvchilarni  o`zlikni  anglash ,  ona  tiliga  mehr – muhabbat, vatanga  sadoqat  tuyg`ularida  tarbiyalash. 

      Rivojlantiruvchi  maqsad : o`quvchilarning  og`zaki  va  yozma  nutqini  o`stirish,ongli  fikrlashga  o`rgatish.

      Dars  turi : umumlashtiruvchi, o`tilganlarni  tizimlovchi  dars.

      Dars  metodi : musobaqa, guruhlarda  ishlash.

      Dars  jihozi :darslik,tarqatmalar, mavzuga  oid  slaydlar, rag`bat kartochkalari.

Dars bosqichlari:

1. Tashkiliy  qism:            5daqiqa.

      2. O`tilgan  mavzuni  so`rash va mustahkamlash:       15daqiqa.

      3. Yangi mavzu bayoni: 10daqiqa.

      4. Yangi mavzuni mustahkamlash:  10 daqiqa.

      5.Darsni yakunlash, o`quvchilarni baholash va uy vazifalarini tushuntirib berish.

 I.Tashkiliy  qism:      

a)salomlashish ;

b)navbatchi  o`quvchi axboroti;

d)ma’naviyat  daqiqasi  o`tkazish.

       O`qituvchi : Darsimizning  nomini

                            Kim  aytadi, bolalar ?

       O`quvchi :   Sizga aytsam, muallim,

                            Darsimiz  ona  tilim.

      O`qituvchi :  Ona  tilim, jon tilim.                   

                           Jonginam qurbon,tilim                   

                           Beshik  allasi  bilan,

                           Ochilgan biyron, tilim.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«6-sinf "Fe`llarning tuzilishiga ko`ra turlari"»

Namangan viloyati Uchqo`rg`on tumaniga qarashli 30 – ummumiy o`rta ta`lim maktabi ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Abdurazzoqova Sohibaning ona tili fanidan 6 – siniflar uchun “Fe`llarning tuzilishiga ko`ra turlari. Sodda fe`llar” mavzusida yozgan 1 soatlik dars ishlanmasi.


Fanning nomi: ona tili.

Sinfi : 6-sinf

O`quvchilar soni:27 ta

Mavzu: Fe’llarning tuzilishiga ko`ra turlari. Sodda fe’llar

Ta’limiy maqsad : o`quvchilarga fe`llarning tuzilishiga ko`ra turlari va

sodda fe`llar haqida ma`lumot berish .

Tarbiyaviy maqsad : o`quvchilarni o`zlikni anglash , ona tiliga mehr – muhabbat , vatanga sadoqat tuyg`ularida tarbiyalash .

Rivojlantiruvchi maqsad : o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqini o`stirish , ongli fikrlashga o`rgatish .

Dars turi : umumlashtiruvchi , o`tilganlarni tizimlovchi dars .

Dars metodi : musobaqa , guruhlarda ishlash .

Dars jihozi :darslik ,tarqatmalar , mavzuga oid slaydlar , rag`bat kartochkalari .

Dars bosqichlari:

1. Tashkiliy qism: 5daqiqa.

2. O`tilgan mavzuni so`rash va mustahkamlash: 15daqiqa.

3. Yangi mavzu bayoni: 10daqiqa.

4. Yangi mavzuni mustahkamlash: 10 daqiqa.

5.Darsni yakunlash, o`quvchilarni baholash va uy vazifalarini tushuntirib berish.

I .Tashkiliy qism:

a)salomlashish ;

b)navbatchi o`quvchi axboroti;

d)ma’naviyat daqiqasi o`tkazish .

O`qituvchi : Darsimizning nomini

Kim aytadi , bolalar ?

O`quvchi : Sizga aytsam , muallim,

Darsimiz ona tilim .

O`qituvchi : Ona tilim , jon tilim .

Jonginam qurbon ,tilim

Beshik allasi bilan ,

Ochilgan biyron , tilim.

Darsimizni ona tili haqidagi she`rlar bilan davom ettiramiz .

O`quvchi: Sen millatning mulkisan .

Chiroyisan , ko`rkisan,

Fe’l- atvori , ruhini,

Aks ettirgan ko`zgusan ,

Donishmand, dono tilim .

Asl, durdona tilim.

O`quvchi: Ilk bor anglaganim mo`jiza, sehr,

Meni allalagan adog`siz mehr.

Nega tahsin aytmay madhingga axir,

Ona tilim, o`zing onamday suyuk .

Onamning bag`rida ochdim ko`zimni .

Onamdan o`rgandim ,,Vatan “- so`zimni.

Shunda tanidim, o`zim-o`zimni,

Ona tilim, o`zing onamday suyuk.

O`qituvchi :

1)O`zbek tiliga qachon davlat tili maqomi berilgan ?

2)Tilimiz taraqqiyotiga qaysi buyuk alloma ulkan hissa qo`shgan ?

3)Davlat tili deganda nimani tushunasiz?

4)O`zbekiston Respublikasining ,,Davlat tili haqida “gi Qonuni moddalaridan yod ayting.

O`qituvchi: o`quvchilar , ona tilimiz go`zal , so`zga boy va betakror til . Har birimiz jonajon tilimizni sevishimiz , qadrlashimiz kerak . Chunki ona tilimiz biz uchun onamizday suyukli va qadrdon .

Siz tilni asrangiz har nedan ortiq ,

Yagona olamni asragansimon .

Bobolardan qolgan noyob bu tortiq ,

Toki avlodlarga yetolsin omon .

II. O`tilgan mavzuni so`rash .

O`qituvchi : Aziz , o`quvchilar , biz o`tgan ona tili darsimizda qaysi mavzuni o`tganmiz ?

O`quvchi : Biz o`tgan ona tili darsimizda ayrim fe`l yasovchi qo`shimchalar imlosi mavzusi bilan tanishganmiz .

  1. Uy vazifasini tekshirish. O`quvchilar uyda 192- mashqni bajarib kelishlari kerak edi. Uy vazifasini o`quvchilar o`z- o`zini boshqarish usulida tekshiradilar.

Sinf o`quvchilari uch guruhga bo`linadilar.

Birinchi guruh ,,Donolar”, ikkinchi guruh ,,Zukkolar’’ , uchinchi guruh ,,Bilimdonlar deb nomlanadi.

,,Donolar” guruhi :Fe`l yasovchi yasovchi qo`shimchalar qaysilar ?

,,Zukkolar” guruhi : Past –sust so`zlaridan fe`l yasalganda qanday tovush o`zgarishi yuz beradi ?

,,Bilimdonlar” guruhi : -illa qo`shimchasi bilan fe`l yasalganda qanday tovush o`zgarishi yuz beradi ?

Guruhlararo yasama fe`llarga misol aytish musobaqasi o`tkaziladi .


,, Donolar “ guruhi ,, Zukkolar “ guruhi ,, Bilimdonlar”guruhi

Ishla so`zla oqla

Ko`kar qisqar qizar

Gursilla charsilla g`uvulla

Guruhlar baholanib boradi.

Guruhlararo ,,To`g`ri” ,,Noto`g`ri” o`yini o`tkaziladi. Bunda ot mavzusiga oid nazariy bilimlar yuzasidan savol- javob o`tkaziladi. Guruhlar bir- birlariga savollar berishadi va javoblarning to`g`ri yoki noto`g`ri ekanligi o`yin tarzida aniqlanadi.

,,Donolar” guruhi : Qanday fe`llar harakat fe`llari deyiladi ? ,,Zukkolar” guruhi :Shaxs va narsalarning jismoniy faoliyati natijasida ro`y bergan harakatnini bildiruvchi fe`llar harakat fe`llari deyiladi . ,,Bilimdonlar” guruhi : Javob to`g`ri.

,,Zukkolar” guruhi : Qanday fe`llar o`timli fe`llar deyiladi?

,,Bilimdonlar” guruhi : Tushum kelishigidagi fe`llar bilan bog`lana olmaydigan fe`llar o`timli fe`llar deyiladi ?

,,Donolar” guruhi : Javob noto`g`ri .Tushum kelishigidagi so`zlar bilan bog`lana oladigan fe`llar o`timli fe`llar hisoblanadi ? ,,Bilimdonlar” guruhi : O`qishdi ,bajarishdi ,yugurishdi fe`llari qaysi nisbatda ?

,,Donolar “ guruhi : O`qishdi , bajarishdi , yugurishdi fe`llari fe`lning

birgalik nisbatida .

,,Zukkolar “ guruhi : Javob to`g`ri .

O`yin shu tarzda davom etadi .Savol –javob yakunlangach , guruhlar baholanadi , faol o`quvchilar rag`batlantiriladi .

III. Yangi mavzu bayoni:

O`qituvchi yangi mavzuni e`lon qiladi . Fe`llarning tuzilishiga ko`ra turlari . Sodda fe`llar .

1–topshiriqqa asosan o`quvchilar berilgan fe`llarni solishtiradilar bir asosli va ikki asosli fe`llarga ajratadilar . Topshiriq ,, Kim epchil va kim chaqqon ‘‘ o`yini tarzida bajariladi.


Sodda fe`llar

Qo`shma fe`llar

Toshmoq

Oqmoq

Yurmoq

Sakramoq

Topib olmoq

Uxlab qolmoq

Bayon qilmoq

Tortib olmoq


Topshiriqni birinchi bo`lib bajargan guruh g`olib hisoblanadi .

O`qituvchi mavzuni tushuntirishda quyidagi ko`rgazmadan va mavzuga oid slayddan foydalanishi mumkin .


Sodda fe’llar

Qo`shma fe’llar

Juft va takroriy fe’llar


Bormoq

Kelmoq

O`qimoq

Olib kelmoq

Sotib olmoq

Ko`mak bermoq

Ketdi-qoldi

Oldi-qo`ydi

Aytib -aytib



BILIB OLING. Fe’llar tuzilishiga ko`ra to`rt xil bo`ladi: 1) sodda fe’llar ;

2) qo`shma fe’llar ; 3) juft fe’llar ; 4) takroriy fe`llar .

Sodda fe’llar bir asosdan tarkib topadi. Sodda fe’llar ikkiga bo`linadi: sodda tub fe’llar va sodda yasama fe’llar . Sodda tub fe’llar asos holatida ish-harakat va holatni anglatadi. Masalan: qurmoq, yurmoq, ketmoq.

Sodda yasama fe’llar so`z yasovchi qo`shimchalar yordamida boshqa so`z turkumlaridan yasaladi: shod –shodlanmoq, yangi – yangilamoq, gap- gapirmoq,

Guv- guvullamoq, tez- tezlamoq.

Sodda fe’llar

Turi

tarkibi

misollar

Sodda tub fe’llar

Asos

Bormoq, kelmoq, yurmoq, chizmoq.

Sodda yasama fe’llar

Asos+so`z yasovchi qo`shimcha.

Ishla, angla, tuna, qoray.

IV. Mustahkamlash .197 -199- mashqlar.

So`ng o`qituvchi o`quvchilarga 197- mashqda Alisher Navoiyning “Sher va Durroj” hikoyatidan berilgan parchani ifodali o`qitadi. Matn asosida yolg`onchilikning yomon oqibatlarini tushuntiradi, inson rostgo`y bo’lishi lozimligini uqtiradi , hamda sinf o`quvchilari matndagi sodda tub fe’llarni va sodda yasama fe’llarni aniqlaydilar .

Sodda tub fe’llar

Sodda yasama fe’llar

Tushmoq, aldamoq,ilinmoq

Nafratlanmoq,gapirmoq ,so`zlamoq.


Mashqni birinchi bo`lib bajarib bo`lgan o`quvchi g`olib hisoblanadi va rag`batlantiriladi .

198-mashqni ham musobaqa tarzida bajartirish maqsadga muvofiq. Bu mashqda ham o`quvchilar sodda fe’llarni topib, sodda tub va sodda yasama fe’llarga ajratadilar.

199 -mashqda esa o`quvchilar gaplardagi sodda fe’llarni aniqlab, ularning yasalishini izohlaydilar .

Namuna: Ko`klam . Butun mavjudot qaytadan yasharmoqda . Yasharmoq Sodda yasama fe`l , yosh ot asosiga -ar qo`shimchasi qo`shish bilan yasalgan..

199 –mashqda har bir guruh a`zosi ikkitadan gapni izohlaydi .

Guruhlar baholanib boradi .

,,Ma`nodoshini top “ o`yini 1 –guruh aytgan fe`lning ma`nodoshini 2-3 –guruh a`z olari topishlari kerak .

,, Donolar “ guruhi ,, Zukkolar “guruhi ,, Bilimdonlar “ guruhi.

Gapirdi So`zlaydi . So`ylaydi

Bajardi Ado etdi Bitirdi.

Yoqtirdi Istadi Xohladi

O`yin shu tarzda davom etadi . G`olib guruh aniqlanadi va rag`batlantiriladi .

V . Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi va rag`batlantiriladi .

VI . Uyga vazifa : 200 – mashq . Berilgan gaplardagi sodda gaplarni topib , guruhlarga ajratish .


Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 6 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
6-sinf "Fe`llarning tuzilishiga ko`ra turlari"

Автор: Abdurazzoqova Sohiba Alijonovna

Дата: 12.04.2020

Номер свидетельства: 546330


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Ваш личный кабинет
Проверка свидетельства