kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

6-sinf "Aniq va mavhum otlar"

Нажмите, чтобы узнать подробности

 

Ta’limiy maqsad:                 O`quvchilarda gap bo`laklari to`g`risida  bilim, ko`nikma va malakasini shakllantirish, gap bo`laklarining gapdagi tartibini o`rgatish.  

Tarbiyaviy maqsad:               O`quvchilarni ona tiliga hurmat,uni sevish va ardoqlash ruhida tarbiyalash, guruhlarda o`zaro hamkorlikda ishlashga o`rgatish,do`stlik ruhida tarbiyalash,fikrlash doirasini kengaytirish, umummadaniy kompetensiyalar asosida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi maqsad:      O`quvchilarning og`zaki va yozma savodxonligini oshirish, ularni ona tili fanini o`rganishga nisbatan qiziqishlarini kuchaytirish, tezkorlik, mantiqiy va ijodiy fikrlash ko`nikmalarini  shakllantirish.

Dars turi:                               Mustahkamlovchi.

Dars usuli:                              Aqliy hujum, interfaol usullar “Kim epchil-u kim chaqqon”, “Charxpalak”,”Gap bo`laklarini toping” she’riy topishmoq

Dars jihozi:                            Mavzuga doir jadvallar, tarqatmalar, rasmlar, slaydlar, darslik, AKT

Dars shiori:                            “Eshitganlarimni esimdan chiqarmayman, ko`rganlarimni eslab qolaman, mustaqil ishlashla-sam tushunib yetaman”.  

                                               Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism:

         A)  Salomlashish,tozalik nazorat qilinadi, davomat aniqlanadi.

         B)  O`quvchilar guruhlarga ajratiladi.

         1-guruh: Bilimdon

2-guruh: Donolar

2-guruh: Ziyraklar

O`qituvchi: Aziz o`quvchilar, darsimiz ona tili - fanlarning eng sarasi. Barchamiz shu aziz va azim yurtning farzandi ekanmiz, shu yurt tilini sharaflamoq, e’zozlamoq, ko              `klarga ko`tarmoq siz bilan bizning burchimizdir. Zero, shoir Mirtemir aytganidek:

O`quvchi:  Ona tilim –onajonim tili bu,

 Beshikdanoq singgan jon-u quloqqa.

 El-u yurtim xonumonim tili bu

 Qadimlikda o`xshar ona tuproqqa.

         O`qituvchi: Barakalla, rahmat. Shu o`rinda so`z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy bobomizning ushbu hikmatomuz fikrlarini aytib o`tmoqchiman. “Tilimiz o`n sakkiz ming olamdan boyroq bo`lgan shunday bir xazinaki, har bir dur-u gavhari osmon yoritgichlaridan ham porloq, shunday bir gulzorki, har bir guli chaman lolalaridan go`zalroq”.

       II.O`tilgan mavzuni so`rash:(savol-javob asosida o`tkaziladi)

         O`qituvchi: O`tilgan mavzu “Sifatlovchi aniqlovchi va qaratqichi aniqlovchi” bilan tanishganmiz.

O`tilgan mavzuni so`rash ikki bosqichda amalga oshiriladi. 1-bosqich juftliklarda ishlash. Har bir partadagi guruhlarga quyidagi jadvalni to`ldirish uchun beriladi 3 daqiqa vaqt beriladi.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«6-sinf "Aniq va mavhum otlar"»


O ’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI









NAMANGAN VILOYATI XALQ TA’LIMI

BOSHQARMASI

Uchqo`rg`on tuman xalq ta’limi bo`limiga qarashli 6-sonli umumiy o`rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Jarkinova Zulfiya Abdulhayevnaning 6-sinflarda “Aniq va mavhum otlar” mavzusidagi bir soatlik















Uchqo`rg`on tumani




Mavzu: Aniq va mavhum otlar


Ta’limiy maqsad: O`quvchilarda aniq va mavhum otlat to`g`risida bilim, ko`nikma va malakasini shakllantirish, otlarning turlarini farqlay olishni o`rgatish.


Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni ona tiliga hurmat,uni sevish va ardoqlash ruhida tarbiyalash, guruhlarda o`zaro hamkorlikda ishlashga o`rgatish,do`stlik ruhida tarbiyalash,fikrlash doirasini kengaytirish, umummadaniy kompetensiyalar asosida tarbiyalash.


Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning og`zaki va yozma savodxonligini oshirish, ularni ona tili fanini o`rganishga nisbatan qiziqishlarini kuchaytirish, tezkorlik, mantiqiy va ijodiy fikrlash ko`nikmalarini shakllantirish.


Dars turi: Yangi bilim beruvchi.


Dars usuli: Aqliy hujum, interfaol usullar “Kim epchil-u kim chaqqon”, “Charxpalak”,”Otlarni toping” she’riy topishmoq


Dars jihozi: Mavzuga doir jadvallar, tarqatmalar, rasmlar, slaydlar, darslik, AKT


Dars shiori: “Eshitganlarimni esimdan chiqarmayman, ko`rganlarimni eslab qolaman, mustaqil ishlashlasam tushunib yetaman”.



Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism:

A) Salomlashish,tozalik nazorat qilinadi, davomat aniqlanadi.

B) O`quvchilar guruhlarga ajratiladi.

1-guruh: Bilimdon

2-guruh: Ziyraklar

O`qituvchi: Aziz o`quvchilar, darsimiz ona tili - fanlarning eng sarasi. Barchamiz shu aziz va azim yurtning farzandi ekanmiz, shu yurt tilini sharaflamoq, e’zozlamoq, ko `klarga ko`tarmoq siz bilan bizning burchimizdir. Zero, shoir Mirtemir aytganidek:

O`quvchi: Ona tilim –onajonim tili bu,

Beshikdanoq singgan jon-u quloqqa.

El-u yurtim xonumonim tili bu

Qadimlikda o`xshar ona tuproqqa.

O`qituvchi: Barakalla, rahmat. Shu o`rinda so`z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy bobomizning ushbu hikmatomuz fikrlarini aytib o`tmoqchiman. “Tilimiz o`n sakkiz ming olamdan boyroq bo`lgan shunday bir xazinaki, har bir dur-u gavhari osmon yoritgichlaridan ham porloq, shunday bir gulzorki, har bir guli chaman lolalaridan go`zalroq”.


O`tilgan mavzuni so`rash:(savol-javob asosida o`tkaziladi)

O`qituvchi: O`tilgan mavzu “Faoliyat-jarayon otlari” bilan tanishganmiz.

O`tilgan mavzuni so`rash ikki bosqichda amalga oshiriladi. 1-bosqich juftliklarda ishlash. Har bir partaga quyidagi jadval to`ldirish uchun beriladi.

3 minut vaqt beriladi.


Otning turlari

Kitob

Oshpaz

Yig`im-terim

O`tloq

Supurgi

Loygar

chilik

O`quvchi

Do`st

Toshloq

Shaxs otlari


+





+



Narsa otlari

+




+





O`rin-joy otlari




+





+

Faoliyat-jarayon otlari



+



+





O`quvchilar jadvalni to`ldirguniga qadar qolgan guruh qatnashchilari tarqatmali savollarga javob beradilar.

2-bosqich:

Bilimdon guruhi:

1-savol.

1. Ot deb nimaga aytiladi?

Javob: Shaxs, narsa, joy nomlarini bildirib, kim?,nima?,qayer? so`roq lariga javob bo`luvchi mustaqil so`z turkumiga ot deyiladi.

Otlarga:

1) ona, daftar, direktor, soat, Madina, toshloq, kitob, yig`im-terim so’zlari kiradi.

2) so`z yasovchi va sintaktik shakl yasovchi singari qo`shimchalar otlarni yasash uchun xizmat qiladi.

2- savol: Otlar tuzilishiga ko`ra necha turli bo`ladi?

Ziyraklar guruhi

Javobi: Otlar tuzilishiga ko`ra 4 turli bo`ladi.


Otlarning tuzilishiga ko`ra turlari

Misollar

Sodda otlar

Kitob, daftar, parta, ona, quyosh

Qo`shma otlar

Gultijoxo`roz, qo`lqop, toshbag`ir

Juft otlar

Ota-ona, sabzi-piyoz, kitob-daftar

Takroriy otlar

Yashik-yashik, qop-qop, es-es

O`qituvchi: Faoliyat-jarayon otlari deb nimaga aytiladi? Misollar keltiring.

Bilimdon guruhi

Shaxs va narsalarning faoliyat jarayonini nomlovchi otlarga faoliyat-jarayon otlari deb aytiladi.


O`qituvchi: Faoliyat-jarayon otlarini yasovchi qo`shimchalarini ayting.


Ziyraklar guruhi


-lik, -chilik,-garchilik,-(i)m,-(i)k,-(q) qo`shimchalari faoliyat-jarayon otlarini yasash uchun xizmat qiladi.

Uy vazifasi 323-mashq tekshiriladi. “Erta turishning fazilati” mavzusida matn tuzing. Unda faoliyat-jarayon otlaridan foydalaning.

Har bir guruh o`zlari tayyorlab kelgan matnlarini o`qib eshittirishadi, faoliyat-jarayon otlarini matn ichidan topishadi.

Yangi mavzu: Aniq va mavhum otlar. Slayd namoyish etiladi, shartlar e’lon qilinadi.

1-shart. Aqliy hujum.

1-savol. Aniq otlar deb nimaga aytiladi?

Bilimdon guruhi: Sezgi a’zolarimiz orqali bilishimiz mumkin bo`lgan narsalarnibildirgan otlarga aniq otlar deb aytiladi.

2-savol.Mavhum otlar qanday otlar hisoblanadi?

Ziyraklar guruhi: Sezgi a’zolarimiz orqali bilishimiz mumkin bo`lmagan, tafakkur va tasavvur orqali idrok qilinadigan narsalarni bildirgan otlarga mavhum otlar deyiladi.

3-savol. Mavhum otlarni sanab bering.

Bilimdon guruhi: dev, do`stlik, sevinch, yaxshilik, pari, yomonlik, xayol

4-savol: Aniq otlar ishtirokida gaplar tuzing.

Ziyraklar guruhi: Bu yilgi o`quv yilida qanday yutuqlarga erishdingiz? Nega Vatanni ona-Vatan deymiz?

5-savol. Mavhum otlar ishtirokida gaplar tuzing.

Bilimdon guruhi: 1. Har birimiz Vatanimizning yorqin kelajagi va ravnaqi uchun hissa qo`shmog’imiz lozim 2.Do`stlik har narsadan ustun.

6-savol. Mavhum otlar ko`plik shaklda qo`llaniladimi?

Ziyraklar guruhi: Mavhum otlar ko`plik shaklda qo`llanganda, asosan, ko`plik ma’nosi emas, balki ta’kidlash, kuchaytirish ma’nolari ifodalanadi.


Guruh ballari e’lon qilinadi, rag`bat beriladi.


Mustahkamlash: Guruhlar shartlarni bajarishda davom ettirishadi.


2-shart. “So`zlar bilan to`ldiring” deb nomlanadi. Quyidagi gaplar slayd orqali namoyish etiladi .Har bir guruhdan bir nafardan o`quvchi yozuv taxtasida berilgan gaplarni to`ldiradilar.


Bilimdon guruhi:

Gulzorda oq, qizil, sariq, pushti________________ ochildi.(gullar, serquyosh)

Ziyraklar guruhi:

Har kim har kuni___________ishlarni amalga oshirishi kerak.(hasad, savob)


Guruh ballari e’lon qilinadi. Rag`bat beriladi.

3-shart. “Kim epchil-u kim chaqqon”.


Ushbu shartda oq qog`ozga atoqli otlarning ma’no turlarini ifodalovchi so`zlar aralash holda yozilgan bo`lib, guruhlar so`zlarni ma’no turlarga tez va to`g`ri ajratadilar.


Bilimdon guruhi shaxs va narsa otlariga oid so`zlarni topadilar.

Ziyraklar guruhi o`rin-joy va faoliyat-jarayon otlariga topadilar.

4-shart. “Rasmlar tilga kirganda” deb nomlanadi.

O`qituvchi:Mana dars davomida bir-birlaringiz bilan do`stona ishlamoqdasiz. Topshiriqlarnni yakdillik bilan bajarishingizda ustozning o`rni bor deb o`ylayman.Shunday ekan , ushbu shartda har bir guruhdan bir nafardan o`quvchi rasmlar asosida ustoz haqida gap tuzadilar. Matnda aniq va mavhum oatlatdan foydalanish lozim.

B ilimdon guruhi: Men “Ustoz - otangday ulug`” hikmatiga ishonaman. Kishi mehnat, ijod, hayotda nimaiki yutuqni qo`lga kiritar ekan, bu uning ustozi tufaylidir.









Ziyraklar guruhi: Ular shogirdining yutuqlaridan quvonadi.Ustoz ko`rmagan shogird har maqomga yo`rg`alar.Ustoz o’z umrini, qalb qo`rini, o`z tajribasi va bilimini sening yo`lingda sarf etadi.


Har bir guruh rag`batlantiriladi.

5-shart. Darslikdagi mashqlar yozuv taxtasida va o`quvchilarning daftarlarida bajariladi. 325-mashq og`zaki bajariladi.

324-mashq yozma bajariladi.

Guruhlardan o`quvchilar gaplarni yozadilar va izohlaydilar.


Bilimdon guruhi: U o`z qalbida kechayotgan tuyg`ularning nomini bilmas, shu daqiqadagi holatini o`rtoqlariga ham izohlab berolmas edi.

Ziyraklar guruhi: Hunarlaringni, didlaringni ishlatib, chiroyli bino solib bersangiz, bas.


6-shart: Darsimiz so`ngida lirik chekinish qilamiz.Bu shartimizni “Otlarni toping”deb nomlaymiz.Bu shartda har bir guruh otlar qatnashgan she’rlardan misralar keltiradilar.

Bilimdon guruhi:

Yurtim, senga she’r bitdim bu kun

Qiyosingni topmadim, also.

Shoirlar bor o`z yurtin butun

Olam aro atagan tanho.

Ziyraklar guruhi:

She’rim! Yana o`zing yaxshisan,

Boqqa kirsang gullar sharmanda.

Bir men emas hayot shaxsisan,

Jonim kabi yashaysan manda.


Baholash: Dars so`ngida g`olib guruh aniqlanadi. O`quvchilar baholanadilar.


Uyga vazifa: 326-mashqdagi gaplardan aniq va mavhum otlar ajratiladi. Ular o`rtasidagi farqlar tushuntiriladi.








Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 6 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
6-sinf "Aniq va mavhum otlar"

Автор: Jarkinova Zulfiya Abdulhayevna

Дата: 09.04.2020

Номер свидетельства: 545922


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства