kopilkaurokov.ru - сайт для учителей

Создайте Ваш сайт учителя Курсы ПК и ППК Видеоуроки Олимпиады Вебинары для учителей

10 soni ishtirokida ko‘paytirish va bo‘lishga doir misol va masalalar yechish

Нажмите, чтобы узнать подробности

Darsning maqsadi:

ta’limiy: 10 soni ishtirokida ko‘paytirish va bo‘lishni o‘rganish;

tarbiyaviy: o'quvchilarni ozoda va sarishta yurishga chaqirish va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash;

c) rivojlantiruvchi: o‘quvchilaming mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.

Darsning borishi:

Tashkiliy qism. Navbatchi o‘quvchining axboroti tinglanadi, o‘quvchilarning darsga tayyorgarligi, uyga berilgan vazifa tekshiriladi va tahlil qilinadi.

0‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

0‘qituvchi: Bugungi darsimiz sayohat darsi bo‘lib, dars davomida Qimmatoyning sayohatiga yordam beramiz. Demak, ertakni eshiting:

Bir kuni Qimmatoy Zumradxonning aqlli va dono, sarishta va ozodaligiga havas qilib, onasiga: «Men ham aqlli va sarishta bo‘lish uchun sehrgar parining oldiga boraman», - deb xarxasha qilibdi. Onasi noiloj rozi bo‘libdi. Yo'lga chiqish uchun tayyorgarlik ko‘ribdi. Keling, unga yo‘lxaltasiga zarur narsalami solishda yordam beramiz.

0‘quvchi portfelida nimalar bo‘lishi kerak? 

(0‘quvchilar kerakli o`quv qurollarini tanlaydilar)

Ko‘rgazmada turli buyumlar, masalan, konfet, muzqaymoq, oddiy suv, daftar, kitob, ruchka, qalam, koptok, qo‘g‘irchoq kabilar ko‘rsatiladi. 0‘quvchilar Qimmatoyga ular orasidan keraklisini tanlashda yordam beradilar. Noto‘g‘ri buyum tanlansa, o‘qituvchi ulami tuzatadi.

Hamma buyumlar tanlab bo'lingach, Qimmatoy o‘z sayohatini boshlaydi.

O'qituvchi: Qimmatoy yo‘lga tushish oldidan barcha narsalarni bir-bir esga solishga qaror qilibdi. Keling, Qimmatoyga yordam beramiz.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«10 soni ishtirokida ko‘paytirish va bo‘lishga doir misol va masalalar yechish»

Sana: 26.02.2020 yil

Mavzu: 10 soni ishtirokiba ko‘paytirish va bo‘lishga doir misol va masalalar yechish .

Darsning maqsadi:

  1. ta’limiy: 10 soni ishtirokida ko‘paytirish va bo‘lishni o‘rganish;

  2. tarbiyaviy: o'quvchilarni ozoda va sarishta yurishga chaqirish va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash;

c) rivojlantiruvchi: o‘quvchilaming mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism. Navbatchi o‘quvchining axboroti tinglanadi, o‘quvchilarning darsga tayyorgarligi, uyga berilgan vazifa tekshiriladi va tahlil qilinadi.

  2. 0‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

0‘qituvchi: Bugungi darsimiz sayohat darsi bo‘lib, dars davomida Qimmatoyning sayohatiga yordam beramiz. Demak, ertakni eshiting:

Bir kuni Qimmatoy Zumradxonning aqlli va dono, sarishta va ozodaligiga havas qilib, onasiga: «Men ham aqlli va sarishta bo‘lish uchun sehrgar parining oldiga boraman», - deb xarxasha qilibdi. Onasi noiloj rozi bo‘libdi. Yo'lga chiqish uchun tayyorgarlik ko‘ribdi. Keling, unga yo‘lxaltasiga zarur narsalami solishda yordam beramiz.

0‘quvchi portfelida nimalar bo‘lishi kerak?

(0‘quvchilar kerakli o`quv qurollarini tanlaydilar)

Ko‘rgazmada turli buyumlar, masalan, konfet, muzqaymoq, oddiy suv, daftar, kitob, ruchka, qalam, koptok, qo‘g‘irchoq kabilar ko‘rsatiladi. 0‘quvchilar Qimmatoyga ular orasidan keraklisini tanlashda yordam beradilar. Noto‘g‘ri buyum tanlansa, o‘qituvchi ulami tuzatadi.

Hamma buyumlar tanlab bo'lingach, Qimmatoy o‘z sayohatini boshlaydi.

O'qituvchi: Qimmatoy yo‘lga tushish oldidan barcha narsalarni bir-bir esga solishga qaror qilibdi. Keling, Qimmatoyga yordam beramiz.

Savollarga javob bering:

1) Har qanday son 1 ga ko‘paytirilsa, qanday son hosil bo‘ladi?

2)Har qanday son 0 ga ko‘paytirilsa, qanday son hosil bo‘ladi?

3)Har qanday son 1 ga bo‘linsa, qanday son hosil bo‘ladi?

4)Har qanday son o‘ziga bo‘linsa, qanday son hosil bo‘ladi?

5)Nol har qanday songa bo‘linsa, qanday son hosil bo‘ladi?

Mana, Qimmatoy endi yo‘lga tushishi mumkin ekan.

(Yo‘l xaritasida Qimmatoyning sehrgar parining uyiga borish sxemasi chizilgan bo‘ladi).

III. Yangi mavzuning bayoni.

0‘rmonda duch keldi shu choq,

Mevasi g‘uj-g‘uj yong‘oq.

Savollari bisyor edi,

Bunga Qimmat hayron edi.

Yong‘oq daraxti qizchaga yo‘lni davom ettirishi uchun shunday topshiriq beribdi: «Agar yong‘oqlarimni o‘nta-o‘ntadan to‘plab, qopga joylab bersang, senga yo‘l beraman».

Qimmatoy nima qilishini bilmay qolibdi. Keling, biz unga yor­dam berish uchun yangi mavzuni ekran orqali o'rganamiz.

1-misol ekran orqali tushuntirib yechiladi.

10•2 = 20 2 • 10 = 20

10 ni 2 ga ko'paytirish uchun 1 o‘nlikni 2 ga ko‘paytirish kerak, natijada 2 o‘nlik yoki 20 hosil bo‘ladi.

Demak, 10 • 2 = 20, yoki

2 • 10 = 20 bo‘lsa,

u holda 20 : 2 = 10,

20 : 10 = 2 bo'ladi.

2-misolni ham o‘qituvchi doskada tushuntirib yechadi.

10•3=30

3•10=30

30: 3=10

30:10=3


10•5=50

5•10=50

50: 5=10

50:10=5


10•8=80

8•10=80

80: 8=10

80:10=8



O'qitnvchi: Mana, Qimmatoy ham mavzuni tushunib olibdi. Yong‘oq mevalarini qiynalmay terib olib, yolida davom etibdi. 0‘rmonda ancha yurganidan keyin Yalmog‘iz kampimi uchratib qolib, unga salom beribdi. Unga sehrgar kampiming uyiga ketayotganini va yo‘ldan adashganini aytib, yordam so‘rabdi. Yalmog‘iz kampir unga agar uyini tozalab, ovqat tayyorlab bersa, yordam berishini aytibdi. Qimmatoy xohlamasada, o‘z maqsadi yo‘lida noiloj uning aytganlarini bajaribdi. Yalmog‘iz uyi sarishta va toza bo‘lganidan quvonibdi. Shunda kampir ancha qarib qolganini, ishlarini qilishda qiynalayotganini aytibdi. Keyin Yalmog‘iz kampir unga bir masala beribdi. Qimmatoyga yana yordam kerak bo‘libdi. Xo‘sh, bolalar, Qimmatoyga yordam beramizmi? Qani, unda kim birinchi bo‘lib Yalmog‘iz kampir bergan masalani yecha olar ekan.

3-masalani o‘quvchilar daftarga o‘zlari mustaqil yechadilar.

Derazalar - 10 ta.

Har bir derazada - 4 tadan.

Hamma gultuvaklar - ? ta.

Yechish: 10 • 4 = 40 (ta).

Javob: hamma gultuvaklar 40 ta.

О ‘qituvchi: Yalmog‘iz kampir Qimmatoyga rahmat aytib, unga yo‘l ko‘rsatibdi.

Qimmatoy yo‘l yuribdi, yo‘l yursa ham mo‘l yuribdi. Keyin bir katta daryoga duch kelibdi. Daryodan o‘tish uchun 4- topshiriqdagi tenglamalarni yechishga to‘g‘ri kelibdi.


4-misolni o‘quvchilar navbati bilan doskaga chiqib ishlaydi.








29+x = 60

x = 60 - 29

x = 31

Tekshirish:

29+31=60

60=60


x - 26 = 40

x = 40 + 26

x = 66

Tekshirish:

66 - 26 = 40

40= 40

80 -x = 53

x = 80 – 53

x = 27

Tekshirish:

80 - 27 = 53

53 = 53


58 = 50

х = 58 - 50

х = 8

Tekshirish:

58 - 8 = 50

41+ х = 64

41+х=64

х = 64-41

х = 23

Tekshirish:

41+23 = 64

64 = 64


х - 15 = 35

х = 35+ 15

х = 50

Tekshirish:

50-15 = 35

35 = 35


О ‘qituvchi: Qimmatoy topshiriqni bajargach, daryo ustida ko‘p- rikpaydo bo‘libdi. (Doskadagi yo`l xaritasida Qimmatoyning yo‘nalish harakati amalga oshiriladi). Qahramonimiz yo`l yurib, nihoyat, sehrgar parining uyiga yetib kelibdi. Undan nima qilsa Zumradga o‘xshashi mumkinligini so‘rabdi. Sehrgar pari unga yo‘1 davomida erishgan yutuqlarining o‘zi uning ozoda va sarishta ekanligidan dalolat berishini aytibdi va mehnat insonni ulug`lashini eslatibdi. Qimmatoy juda xursand bo‘libdi. Sehrgar pari esa unga kitob sovg‘a qilibdi. Qimmatoy yana uyga qaytibdi. U qaytishida bugungi o‘rganganlarini esga olib, mustahkamlab olmoqchi bo‘libdi.

  1. Yangi mavzuni mustahkamlash. Ekranda misollar trenajyor-mashq yordamida bajariladi. Masalan, Qimmatoy gullami terib, misollami javoblari bilan moslashtirishi mumkin.

5-misol og‘zaki bajariladi.

4•10 = 40;

9•10 = 90;

70 : 10 = 7;

20: 10 = 2;

5• 10 = 50;

8 • 10 = 80;

30: 10 = 3;

60 : 10 = 6;

7 • 10 = 70

6•10 = 60

40 : 10 = 4

50 : 10 = 5.

Оqituvchi; Qimmatoy misollami bajargach, qanday qilib uyga yetib borganini ham bilmay qolibdi. Yo‘l-yo`lakay o‘tin uchun cho‘p ham teribdi. Keling, birgalikda uning nechta cho‘p terganini sanaymiz.

6-topshiriqda o‘quvchilar Qimmatoy tergan hamma cho‘plarni sanaydi.

Ekran orqali trenajyor-mashq va test topshiriqlari bajariladi.

О‘qituvchi: Qimmatoyni oyisi va Zumradoy xursand bo‘lib kutib olishibdi. Ko‘rdingizmi, bolajonlar, ozoda va sarishta boTish qanday yaxshi. Siz ham shunday bo‘lishingiz kerak.

  1. 0‘quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashib, Qimmatoy­ga ko‘proq yordam berganlar rag‘batlantiriladi.

  2. Uyga vazifa berish. 7-masala va 8-misol uyga vazifa qilib beriladi va ulami qandav vechish kerakligi tushuntiriladi.



Получите в подарок сайт учителя

Предмет: Начальные классы

Категория: Уроки

Целевая аудитория: 2 класс.
Урок соответствует ФГОС

Скачать
10 soni ishtirokida ko‘paytirish va bo‘lishga doir misol va masalalar yechish

Автор: Xaydorova Munira Asatullayevnaning

Дата: 04.04.2020

Номер свидетельства: 545353


Получите в подарок сайт учителя

Видеоуроки для учителей

Курсы для учителей

ПОЛУЧИТЕ СВИДЕТЕЛЬСТВО МГНОВЕННО

Добавить свою работу

* Свидетельство о публикации выдается БЕСПЛАТНО, СРАЗУ же после добавления Вами Вашей работы на сайт

Удобный поиск материалов для учителей

Проверка свидетельства